25
1.5. O‘zbekiston Respublikasining sanoati va uni rivojlanishi
O‘zbekiston iqtisodiyoti rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shib kelayotgan
sohalardan biri sanoatdir. Iqtisodiyotning mazkur tarmog‘i yuqori salohiyatga ega
bo‘lib, unda aholi ehtiyojlarini qondirish uchun zarur mahsulotlar ishlab chiqariladi
va sanoat korxonalarida samaradorlikning oshishi aholi turmush darajasi
yaxshilanishini ta’minlaydi.
6
Sanoat tarmog‘ining rivojlanishi O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun ham muhim
o‘rin tutadi. Xususan, respublika YaIMda tarmoqlar qo‘shilgan qiymatining 25,7 foizi,
iqtisodiyotdagi jami bandlikning 13,6 foizi hamda iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha
asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning 39,4 foizi mazkur tarmoq hissasiga
to‘g‘ri keladi. Hozirgi iqtisodiy vaziyatda jahon bozorlarida raqobat shiddat bilan
kuchayib borayotgan bir paytda milliy iqtisodiyotning raqobatdoshligini tubdan
yaxshilash, ishlab chiqarishni texnik va texnologik jihatdan uzluksiz yangilab borish,
iqtisodiyotda
chuqur
tarkibiy
o‘zgarishlarni amalga oshirish, tarmoqlarni
modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni izchil davom ettirish masalalari iqtisodiy
siyosatda dolzarb ahamiyat kasb etib, bu kabi vazifalarni amalga oshirishda sanoat
tarmog‘ining mavqei tobora ortib bormoqda
7
.
Mamlakatmiz Prezidenti tashabbusi bilan ishlab chiqilgan 2017-2021 yillarda
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha
Harakatlar strategiyasida «milliy iqtisodiyotning tarkibida sanoat ulushini ko‘paytirish,
yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xomashyo
resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo‘shimcha qiymatli tayyor mahsulot
ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatidan yangi bosqichga
o‘tkazish orqali sanoatni yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilish»
8
ustuvor
vazifa sifatida belgilab berilgan.
6
Н.Рустамов., С.Тўраев. Саноатни инновацион ривожлантириш – аҳоли турмуш фаровонлигини оширишнинг
муҳим омили. // "BIZNES - ЭКСПЕРТ" http://www.biznes-daily.uz/ru/birjaexpert/22956.
7
Хомидов С. Саноатнинг ривожланиш тенденциясини моделлаштириш (Ўзбекистон Республикаси мисолида).
Иқтисодиёт фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) диссертацияси автореферати. ТДИУ., 2018 йил. 5-бет.
8
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги «Ўзбекистон Республикасини янада
ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида»ги ПФ-4947-сонли фармони. // www.lex.uz.
26
O‘zbekiston Respublikasida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 2017 yilda
144185,3 mlrd.so‘mni tashkil etib, 2016 yilga nisbatan 7 foizga, 2005-2017 yillar
davomida esa o‘rtacha 8,7 foizdan o‘sgan. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish
amaldagi narhlardagi qiymati o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lsada, umumiy o‘sish
tendensiyalarining 2014 yildan boshlab pasayib borishini kuzatish mumkin (1.1-rasm).
Mustaqillik
yillarida
O‘zbekistonda
sanoatning
tarmoq
tarkibini
takomillashtirishning muayyan huquqiy asoslari yaratildi. Sanoat ishlab chiqarishini
rivojlantirish va joylashtirishni hududiy jihatdan tartibga solinuvchi maqsadli dasturlar
ishlab chiqildi va natijada qishloq joylarida ish bilan bandlik, kichik biznes va xususiy
tadbikorlik va boshqalarni rivojlantirishga erishildi. Shu bilan bir qatorda
mamlakatimizda sanoat salohiyatini oshirishga qaratilgan iqtisodiy o‘sishning hududiy
omillaridan yetarli darajada foydalanilanish, maqsadli sanoatni rivojlantirish va aniq
yo‘naltirilgan sanoat siyosati strategiyalarini ishlab chiqish dolzarbligicha qolmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |