187
Davr
Nazariy ishlarning asosiy mazmuni
Mualliflar
1985 yil
Arizona
universiteti
huzurida
Xizmatlar
marketingini
o‘rganish Markazi ochildi
1990 yil
Xizmatlar marketingini boshqarish bo‘yicha ilk xalqaro
seminar o‘tkazildi
Marsel universiteti
90-yillar
boshlari
Xizmatlar marketingi muammolari bo‘yicha ilk mahalliy
nashrlar chop etildi
XX asrning 80-yillar boshlariga qadar xizmatlar marketingi moddiy-buyum
shaklidagi tovarlar marketingidan hech qanday farq qilmasligi lozimligi haqida faol
bahs-munozaralar olib borilgan bo‘lib, bu munozaralar tovarlar va xizmatlarni farqlash
mezoni juda tortishuvli ekanligi bilan izohlanardi.
Faqatgina xizmatlar sohasida marketing to‘laqonli fan sohasiga aylanadi. Chunki
tovar marketingdan farqli o‘laroq, nafaqat ishlab chiqaruvchining xohish va faoliyati,
balki iste’molchining ham xohish va ehtiyojlarini, xodimlar psixologiyasini ham
ehtiborga olishga zarurat tug‘iladi.
Takidlashimiz joizki “biznes”ning asosiy vazifasi tovar va xizmatlarni sotishdir.
Shubhasiz ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish marketingida buxgalteriya hisobi,
bank ishi, sug‘urta va logistika faqatgina vositalar hisoblanadi. Vaholanki xizmatlar
marketingi yuqori foyda olish va mahsulotni sota bilish garovidir.
Xizmatlar sohasining an’anaviy tarmoqlari bilan bir qatorda har doim yangi
xizmatlar paydo bo‘la boshlaydi.
Ta’kidlab o‘tganimizdek xorij olimlari xizmatlar sohasiga o‘tgan asrning 50-60
yillarida e’tiborlarini qaratdilar. Xizmatlar marketingi sohasidagi ilk izlanishlar 70 –
yillar boshidan paydo bo‘ldi. Hozirgi kunga kelib xorijda xizmatlar marketingi va
menejmentini o‘rganuvchi ko‘plab ilmiy izlanish markaz va guruhlari mavjud.
Bu mavzuga bag‘ishlangan dastlabki milliy nashrlar 90 – yillar oxiriga kelib
paydo bo‘ldi. Hozirgacha xizmatlar marketingini o‘rganuvchi bir qancha markazlar
shakllandi, yurtimiz olimlarining bir qator monografiya va jamoaviy ishlari chop etildi.
Bu soha ustida xorijda amalga oshirilgan ko‘p yillik izlanishlar natijasi o‘laroq
xizmatlar marketingining turli modellari taklif etildi. Shular jumlasiga quyidagilarni
aytib o‘tishimiz mumkin:
Jon Ratmel modeli (J.Ratmelning xizmatlar marketingi konsepsiyasi).
188
Dastlab J. Ratmel tomonidan tarixiy shakllangan ushbu xizmatlar marketingi
1974 yilda ishlab chiqilgan. “Xizmatlar marketingi” tushunchasi 1970– yillarda g‘arb
adabiyotlarida paydo bo‘lgan “xizmatlar sohasida revalyutsiya” tushunchasiga javob
tariqasida endigina vujudga kelayotgan edi. Ushbu modelning asosiy maqsadi
faqatgina xizmatlar marketingiga tavsif berish emas, balki ishlab chiqarish va noishlab
chiqarish sohalarda mahsulot va xizmatlar, mahsulot marketingi va xizmat
marketingini tasniflash qilishdan iborat. Modelning sxematik surati 2– rasmda
keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |