Toshkent davlat iqtisodiyot


X BOB.  SANOAT MARKETINGIDA REJALAShTIRISh



Download 4,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/290
Sana31.12.2021
Hajmi4,95 Mb.
#237709
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   290
Bog'liq
1548-Текст статьи-3977-1-10-20200627

X BOB.  SANOAT MARKETINGIDA REJALAShTIRISh   

 

10.1.  Strategik rejalashtirish konsepsiyasi 

Strategik  rejalashtirish  –  bu  korxonaning  potensial  imkoniyatlarini  aniqlash  va 

korxona  imkoniyatlarining  o‘zgaruvchan  tashqi  muhit  sharoitlariga  strategik 

muvofiqligini  qo‘llab-quvvatlash  jarayonidir.  Strategiyadan  maqsad  korxona 

resurslarini  optimal  taqsimlash  hisoblanadi.  Strategik  rejalashtirish  «oldinga  qaraydi» 

va  korxonaga  shiddat  bilan  o‘zgarayotgan  bozor  vaziyatiga  moslashishga  yordam 

beradi,  shuningdek,  rahbariyatdan  tashkiliy,  tezkor  rejalar  va  bashoratlar  ishlab 

chiqishni  talab  etadi.  Bu  rejalar  korxonaga  tashqi  muhitdagi  o‘zgarishlarni 

boshqalardan oldin payqash va ularga moslashishga yordam beradi. 

Strategik rejalashtirishning yettita asosiy elementlari mavjud: 

1)  korxonaning kuchli va kuchsiz tomonlarini baholash; 

2)  korxonani ajratib turadigan kompetensiyalarni aniqlashga ijodiy yondashuv; 

3)  bozordagi iqtisodiy sharoitlar va ularning o‘zgarishlari tahlili; 

4)  uzoq muddatli maqsadlarni aniqlash; 

5)  korxona  uchun  ochiladigan  tovar-bozor  imkoniyatlarini  baholash  va  ularni 

tanlash; 

6)  uzoq  muddatli  maqsadlarga  erishish  uchun  zarur  va  ularning  natijalari 

o‘lchanishi mumkin bo‘lgan vazifalar qo‘yish; 

7)  aniqlangan  imkoniyatlardan  foydalanish  va  qo‘yilgan  vazifalarni  hal  qilish 

bo‘yicha dasturlar ishlab chiqish. 

Yirik  korxonalar  shtatlarida  rejalashtirish  bo‘yicha  professional  mutaxassislar 

bo‘lishi  mumkin,  biroq  aksariyat  korxonalarda  rejalashtirish  bosh  direktorning  yoki 

oliy  bo‘g‘in  funksional  menejerlari  majburiyati  hisoblanadi.  Rejalashtirish  bo‘yicha 

majburiyatlarning  nomarkazlashuvi,  bu  majburiyalarning  tezkor  boshqaruv  bilan 

shug‘ullanuvchi  menejerlarga  berilishi  va  bu  funksiyalarning  moliyaviy  rejalashtirish 

va tashkiliy rivojlanish kabi strategik boshqaruv jarayoni jihatlari bilan integratsiyalash 

1980-yillarda  boshqaruvga  xos  bo‘lgan  tendensiyalardan  hisoblanadi.  Murakkab 

strategik  rejalashtirish  tizimlari  bilan  mashhur  bo‘lgan  General  Electric  kabi  ko‘plab 




 

168 


 

yirik  korporatsiyalarda  korporativ  rejalashtirish  bilan  shug‘ullanuvchi  xodimlar  roli 

tubdan  qayta  ko‘rib  chiqildi.  Endi  ularning  majburiyatlari  qatoriga  rejalar  ishlab 

chiqish  emas,  balki  tezkor  boshqaruv  darajasida  rejalashtirish  jarayonini  qo‘llab-

quvvatlash va maslahatlar berish  kiradi. 

Strategik  rejalashtirish  korxonaning  kuchli  va  kuchsiz  tomonlarini  baholashdan 

boshlanadi.  Korxona  faoliyatining  barcha  sohalari,  jumladan,    tashkiliy  struktura, 

moliyaviy imkoniyatlar, texnik kompetensiyalar, joylashuv, ishlab chiqarish quvvatlari 

va  asbob-uskunalar,  rahbariyat  va  boshqa  xodimlar,  distributsiya  tizimi  va 

distribyutorlar  bilan  munosabatlar,  savdo  personali  faoliyati,  korxona  imidji,  mijozlar 

sodiqligi,  narxga  oid  ustunliklar,  reklama  va  sotuvni  rag‘batlantirish  sohasidagi 

ko‘nikmalar  va  h.k.  baholashnishi  lozim.  Odatda  raqobatchi  korxonalar  ma’lum  bir 

yo‘nalishlar,  taqqoslash  uchun  asoslar  beradi,  biroq  korxonaning  kuchli  va  kuchsiz 

tomonlarini  baholash  uchun  turli  –  ham  ob’ektiv,  ham  sub’ektivroq  mezonlar 

foydalanilishi mumkin. 

Strategik,  ma’muriy  va  tezkor  boshqaruvda  kuchsiz  joylarni  aniqlash  qiyinroq 

vazifa  bo‘lib  chiqishi  mumkin.  Kuchsiz  joylarni  aniqlash  ko‘pincha  ayb  qo‘yish 

sifatida ko‘rib chiqiladi  va  mas’ul  menejerlar  ularning javobgarlik  hududida biron-bir 

muammo  borligini  inkor  qiladi  yoki  qiyinchiliklar  katta  emasligi  va  tezda  hal  etishini 

ta’kidlaydi.  Korxonada  kuchsiz  joylar  paydo  bo‘lishi  ma’lum  bir  mahsulotni  bozorda 

pozitsiyalashtirish  bilan  izohlanishi  mumkin.  Masalan,  mahsulot  sifatining  yuqoriligi, 

agarda u mahsulot birligi tannarxining yuqoriligi bilan birgalikda kuzatiladigan bo‘lsa, 

narxga  oid  raqobat  kuchli  bo‘lgan  va  sotuvni  rag‘batlantirish  bo‘yicha  tadbirlar  faol 

foydalaniladigan  bozor  sohasida  «kamchilik»ka  aylanishi  mumkin.  Korxonaning 

kuchsiz  tomonlari  ayrim  muhim  kasbiy  ko‘nikmalar  –  masalan,  reklama  va  sotuvni 

rag‘batlantirish sohasida aniqlanishi mumkin. 

Strategik  rejalashtirishning  asosiy  vazifasi  –  korxona  resurslarini  maksimal 

darajada  samarali  taqsimlashdir.  Ko‘rinib  turibdiki,  korxonaning  kuchli  va  kuchsiz 

tomonlarini  tahlil  qilishning  maqsadlaridan  biri  bu  korxona  ularni  rivojlantirishga  o‘z 

resurslarini  yo‘naltirishi lozim bo‘lgan faoliyat sohalarini aniqlash sanaladi. 




 

169 


 

Marketing  auditini  o‘tkazish  strategik  rejalashtirish  jarayonini  yengillashtirishi 

mumkin.  Marketing  auditi  bu  –  korxona  marketing  faoliyatini  detalli,  har  tomonlama 

tahlil  qilishdir.  U  mazkur  biznes-jarayonning  bir  qismi  sanalmagan,  vaholanki,  ushbu 

korxonaning  boshqa  bo‘limlari  xodimlari  bo‘lishi  mumkin  bo‘lgan  kuzatuvchilar 

jamoasi  tomonidan  o‘tkazilishi  lozim.  Audit  marketing  faoliyatining  olti  sohasini 

qamrab oladi: 

1)  marketing muhiti; 

2)  marketing strategiyasi; 

3)  marketing xizmatini tashkil qilish; 

4)  marketing tizimi; 

5)  marketing samaradorligi; 

6)  marketing funksional tarkibiy qismlari.


Download 4,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish