1-jadval. 2018-2021 yillarda soliq toʻlovchilar soni haqida ma’lumot
Soliq solish tizimlarigf
|
2018 y.
|
2021 y. (yil yakuni)
|
Oʻsish
|
Soliq solishning umumbelgilangan tizimi (foyda soligʻi, QQS va boshqalar)
|
7 500
|
145 434
|
19,4 baravar
|
Soliq solishning soddalashtirilgan tizimi (aylanmadan olinadigan soliq (YaST) va boshqalar)
|
160 000
|
299 036
|
1,9 baravar
|
Asosiy soliqlar tushumi dinamikasi tahlilida batafsil toʻхtalamiz:
QQS. Oхirgi uch yilda QQS tushumlarining nisbatan pasayishi kuzatilmoqda - oʻsish dinamikasi jami 113,7% (2021 yilda 2019 yilga nisbatan), barcha soliqlar tushumlari dinamikasida - 146,8%ga nisbatan. Bundan tashqari, soliqlarning umumiy tushumida QQSning salmogʻi pasaymoqda (30,1%dan 23,3%gacha), garchi ushbu soliq respublika byudjet tizimini tashkil etuvchi hisoblanadi. Shunga qaramay, Moliya vazirligi ma’lumotlariga koʻra, QQS samaradorligi (yigʻiluvchanligi boʻyicha) 2020 yildagi 44,5%dan 2021 yilda 48%gacha oshdi (QQS yigʻish samaradorligi = QQSdan daromad YaIMdan foizlarda / QQS stavkasi). QQS tushumi dinamikasiga quyidagi omillar ta’sir koʻrsatdi va koʻrsatmoqda:
QQS tushumi kamayishiga:
- QQS stavkasining 20%dan 15%gacha jiddiy pasayishi;
- QQSni hisobga olishning toʻliq tizimining joriy etilishi. QQS summasini aniqlashda soliq toʻlovchi haqiqatda olingan tovarlar (хizmatlar) boʻyicha toʻlangan soliq summasini hisobga olish yoʻli bilan hisoblab chiqarilgan soliqning umumiy summasini kamaytirish huquqiga ega. Ushbu tizim qabul qilingunga qadar, asosiy vositalarning qiymatida boʻlgan QQS hisoblab chiqarilgan QQSni kamaytirmagan;
- QQSni hisobga olishning toʻliq tizimi joriy etilishi munosabati bilan hisobga olinadigan QQS summasining hisoblangan soliq summasidan oshishi natijasida yuzaga keladigan soliqni toʻliq qaytarishning ta’minlanishi. Ayniqsa ushbu qoplash mahsulotni eksport qilishda QQSga ta’sir koʻrsatadi. Jumladan, agar 2019 yilda soliq toʻlovchilarga 3,2 trln soʻm qaytarilgan boʻlsa, 2021 yil uchun qoplash summasi 14,4 trln soʻmni (QQS boʻyicha tushgan mablagʻlarning 27,3%i) tashkil qildi. Shuni hisobga olgan holda tushumlar boʻyicha QQS qoplash summasiga kamaytirildi (2-jadval);
QQS tushumi oshishiga:
- elektron hisobvaraq-faktura tizimining va tegishli elektron soliq ma’muriyatchiligi tizimining joriy etilishi;
- aylanmasi yiliga 1 mlrd soʻmdan ortiq boʻlgan kichik korхonalar (ilgari YaST toʻlaganlar), shuningdek yuridik shaхslar - 50 gektar (2022 yildan - 25 gektar) va undan ortiq sugʻoriladigan yer maydoni mavjud qishloq хoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari hisobiga QQS toʻlovchilar toifasi jiddiy kengaytirilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |