Toshkent davlat iqtisodiyot untversiteti m. S. Qosimova, M. A. Yusupov



Download 4,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/397
Sana31.12.2021
Hajmi4,29 Mb.
#204034
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   397
Bog'liq
Marketing

K IR IS H
Fanni  o'rganishning  dolzarbligi.  Bozor  munosabatlarining  ravnaq 
topishida,  erkin  raqobat  va  aholi  turmush  farovonligini  ta'minlashda 
marketing faoliyati  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.
Marketing  —  bozorda  vujudga  keladigan  iqtisodiy  munosabatlami 
faollashtirish uslublarini, tovarlami ishlab chiqarish hamda realizatsiya qilish 
muammolarini  kompleks,  tizimli  yechish  uslublarini  bozorda  vujudga 
keladigan  o'zgarishlarga  tezda  moslashish,  iste'molchilarga  tabaqali 
yondoshish,  raqobatdosh yangi tovarlami vujudga keltirish va ulami ishlab 
chiqarishni tashkil etish, konyunkturani o'rganish va bashorat qilish hamda 
ta'sirchan rekiamani rivojlantirish masalalarini o’rganishni o'z oldiga maqsad 
qilib qo'ygan. Marketing fani xo'jalik yurituvchi subyektlami bozorda iqtisodiy 
maqsadlarga erishish quroli (ya’ni foyda oladigan bozorlar hissasiga erishish) 
sifatida  qarashga  alohida  e'tibor beradi.  Ushbu  fan  raqobatni,  iste'molchi 
xulq-atvorini,  tovami  sifati,  uning  raqobatbardoshligi,  ragЪatlantirishni, 
rekiamani  va bozomi  chuqur  o’rganadi.
Marketing  bu  nafaqat  falsafa,  fikrlash  tarzi  va  iqtisodiy  tafakkur 
yo'nalishi,  balki  ayrim  firma,  kompaniya  va  butun  iqtisodiyot  bo’yicha 
amaliyot  faoliyati  hamdir.
Amerika  va  boshqa  barcha  xorijiy  davlatlar  adabiyotlarida  keltirilgan 
marketing  ta’rifida,  uning  konsepsiyasi  bosh  tamoyili  —  iste'molchiga, 
ya’ni  "ayrim  shaxslar va  tashkilotlar ehtiyojini  qondirishga”  qaratilgandir.
Qisqacha  aytganda,  marketingning  ijtimoiy  asosini  insonlar  ehtiyojini 
qondirishdan iborat desa bo’ladi.
Iqtisodiyot,  biznes  va  tijorat  sohasi  bo'yicha  tayyorlanayotgan 
mutaxassisliklar  uchun  marketing  kursi,  bozor  faoliyatini  metodologik 
asoslarini,  korxonalaming bozordagi harakati va holatini,  faol assortiment 
siyosatini,  narx,  oldi-sotdi,  reklama,  iste'molchilami  o'rganish,  tomonlar 
bilan  munosabatlarga  kirishish,  tijorat qaltisligini  o'rganadigan  fandir.
Marketing  fani  keng  qirradagi  oliy  ma'lumotli  iqtisodchilarni 
shakllantiradigan  asosiy  mutaxassislik  fanlardan  biri  hisoblanadi. 
Marketingning bosh vazifasi talabalaiga marketingni asosiy uslublarini hamda 
tamoyillarini  o’rgatishdan  iboratdir.
Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasida so’nggi


yillarda  iqtisodiy  islohotlaming  eng  muhim  ustuvor  masalasi  etib  bozor 
islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirishdan iborat 
deb  belgilangan1.
Fan  bo'yicha  o’quv  adabiyotlaming  qiyosiy  tahlili.  Marketing  fanidan 
G.L.Bagiyev,  F.Kotler,  L.A.Danchenok,  E.P.Golubkovlar  tomonidan 
darsliklar, o’quv qo'llanmalar, o’quv-uslubiy qo'llanmalar yaratilgan. Ularda 
marketing  elementlarini  to'liq  jarayonlari,  tovar,  narx,  sotish, 
kommunikatsiya siyosatlari keng yoritib berilgan. Mamlakatimizda JJalolov, 
A.Soliyev,  P.Nosirov,  Sh.Abdullayeva,  G.Axunova,  A.Sh.Bekmuradov, 
M.Qosimova,  M.YusupovIar tomonidan  marketing  faniga  taalluqli  o'quv 
qo'llanma  va  darsliklar chop etilgan.
A.P.Pankruxin  tomonidan  tayyorlangan  "Marketing"  nomli  darslikda 
uning qanday paydo bo'lishi, uning asosiy rivojlanish bosqichlari, marketing 
evolyutsiyasi,  marketing  bo’yicha  axborot,  iste'molchilar  xulq-atvori, 
strategik marketing, marketingni tashkil etish, rejalashtirish, byudjeti, tovar, 
narx, sotish,  kommunikatsiya siyosatlari, tovar harakati va savdo,  internet
-  marketing, ishlab chiqarish tovarlari uchun marketing, intelliktual kapital 
marketingi,  hududlar  marketingi  masalalari  atroflicha  yoritib  berilgan. 
Bundan tashqari, darslikda bugungi kunda marketing faoliyati bilan bog'liq 
bo'lgan  masalalar berilgan.
G.L.Bagiyev,  V.M.Tarasevich,  X.Annlar  tomonidan  tayyorlangan 
"Marketing” darsligida uni tashkil etishni nazariy va uslubiy asoslari biznes 
falsafasi  va  tadbirkorlik  quroli  sifatida  bayon  qilingan.  Unda  marketing 
tadqiqotlari va benchmarketing,  marketingda  o'zaro  ta'sin  integratsiya va 
kooperatsiya,  tovar,  narx  siyosatlari,  taqsimlash  va  logistika  tizimida 
marketing  qarorlarini  qabul  qilish  asoslari,  kommunikativ  siyosatlar, 
shuningdek  xalqaro  marketingni  tashkil  etish  asoslari  yoritilgan.  Bundan 
tashqari darslikda  izohli  lug'atlar ham  berilgan.
Danchenok L.A. tomonidan 2004 yilda tayyorlangan "Marketing" nomli 
o’quv  -  uslubiy  qo'llanmada  marketing  tushunchasi  va  uni  tashkil  etish, 
firmaning  marketing  muhiti,  talab  marketing  ob’yekti  sifatida  ekanligi, 
strategik  marketing,  tovar,  narx,  taqsimot  marketingi,  marketing 
kommunikatsiyasi, marketing tadqiqotlari kabi masalalar ko'rsatilgan. O'quv 
uslubiy qo'llanmada har bir bob bo'yicha masalalar, testlar, atamalar izohi 
berilgan.
Mualliflar tomonidan tayyorlangan darslik O'zbekiston Respublikasining

Download 4,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   397




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish