2.Данченок Л.П. Маркетинг. Учебно-практическое пособие. -М.: 2004. 3. Аакер Д., и др. Маркетинговые исследования. Изд. 7-е. Пер. с англ / Под ред. С. Божук. - СПб.: Питер,2004. 4.Голубков Е.П. Основы маркетинга. Учеб. изд. 2-е перераб. и доп. - М.:Финпресс, 2003. 5. www.4p.com.ua/books/4.html 6.Marketihg .—Oxford : Blachwell, 1992. www.ziyouz.com kutubxonasi
I l l B O B M A R K E TIN G FAOLIYATINI A X B O R O T BILA N TA’M IN L A S H 3.1. Axborot — marketingning poydevoridir. A^dborot tizimi Zamonaviy tadbirkorlik davri o’zining bir qancha hususiyatlariga ko’ra dastlabki davrlardan ajralib turadi. Bu birinchi navbatda marketing faoliyatining nazariy va amaliy jihatdan asosiy kurash vositasi, rivojlanish uslubi va dasturi sifatida tobora namoyon bo’layotganligidan ko’rinmoqda. Marketing faoliyatiga xos bo’lgan barcha axborotlar, ma’lumotlar, tadqiqotlar uchun muhim qurol sifatida shakllanadi. Ularni tashkil etish, muayyan tartibga solish va uzluksizligini ta’minlash zarur bo’ladi. Marketing axboroti yaxlit tizim sifatida namoyon bo’ladi va rivojlanib boradi. Marketing axborot tizimi - insonlar, texnik vositalar va amalga oshirish uslublaridan tashkil topib, muhim va to’g’ri axborotni to’plash, tartibga solish, tahlil qilish, uzatish natijasida marketing sohasida qaror qabul qiluvchiga samarali yordam ko’rsatish vazifasini bajaradi. Marketing axboroti tizimi o’zaro mushtarak bog’langan elementlar va munosabatlar majmuini tashkil etadi. Axborotni to’plash va undan foydalanish jihatlariga ko’ra axborot tizimini to’rtta quyi tizimga ajratish mumkin. Bular jumlasiga tashkilot ichki hisobot tizimi,