Toshkent davlat iqtisodiyot univyersityeti a. Sh. Bekmurodov, Z. A. Abdullayev, B. M. Badalov


VI- bob. XALQARO FOND (QIMMATLI QOG„OZLAR) BOZORI



Download 6,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/321
Sana11.02.2022
Hajmi6,92 Mb.
#443676
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   321
Bog'liq
XALQARO MOLIYA BOZORI VA INSTITUTLARI O„quv qo„llanma

VI- bob. XALQARO FOND (QIMMATLI QOG„OZLAR) BOZORI 
 
6.1.Xalqaro fond bozori va ishtirokchilari 
 
Kapital bozoriga qimmatli qog‗ozlarni muomalaga chiqaruvchi firmalar va 
ushbu qimmatli qog‗ozlarni sotib oluvchi investorlarning pul bozorida 
ishlovchilarga nisbatan manfaatlari juda turlichadir. Firma va jismoniy shaxslar pul 
bozordan zaruriy ehtiyojlar yoki resurslardan yanada samarali foydalanish usullari 
paydo bo‗lgunga qadar, asosan jamg‗arma resurslari uchun qisqa muddatga 
foydalanishadi. Bunda farqli ravishda firma va jismoniy shaxslar kapital bozoridan 
uzoq muddatli investitsiyalar uchun foydalanishadi. Taxmin qilaylik, firma chuqur 
moliyaviy tahlildan so‗ng, o‗z mahsulotiga nisbatan o‗sib borayotgan talabni 
qondirish uchun yangi ishlab chiqarish obyekti zarurligini aniqladi. Ushbu tahlil 
firma uchun uzoq muddatli resurslarning joriy qiymatini ifodalovchi foiz stavkalari 
qo‗llanilgan xolda amalga oshiriladi.
Yana 
taxmin 
qilaylik, 
firma 
tomonidan 
ushbu 
yangi 
obyektni 
moliyalashtirishda pul bozorining tijorat qog‗ozlarini chiqarish orqali mablag‗lar 
jalb qilish yo‗li tanlandi. Foiz stavkasi ko‗tarilmas ekan, ushbu jarayon firma uchun 
yaxshi. Biroq, foiz stavkalarini 1980 yildagi kabi o‗sishi, firmadan qimmatli 
qog‗ozlarni juda tezlikda chiqarish talab etiladi. Foiz stavkasining ko‗tarilishi firma 
rejalarini buzib yuborishi mumkin, chunki foiz stavkasini ko‗tarilishi natijasida
yangi obyektni ushlab turish uchun firma pul oqimi yoki daromadga ega emas deb 
hisoblash mumkin.
Agarda, firma tomonidan uzoq muddatli qimmatli qog‗ozlar, ya‘ni obligatsiya 
va aktsiyalardan foydalanilgan xolda mablag‗lar jalb qilinganda, foiz stavkalarini 
oshishi bunchalik muhim bo‗lmas edi. Firmalar va jismoniy shaxslarni uzoq 
muddatga qarz olishni afzal ko‗rishlarini asosiy sababi, qarzni to‗lashda foiz 
stavkalarini o‗sishidan kelib chiqadigan risklarni kamaytirishdir. Biroq shunga 
qaramasdan, kapital bozoridan mablag‗lar jalb qilish uchun yuqoriroq foiz 
stavkalari to‗lanishi zaruriyati bo‗lsada, bu bozor juda ham faol bo‗lib qolmoqda
125
.
Jahon xo‗jaligini larzaga keltirgan so‗nggi yillardagi global inqirozlar 
qimmatli qog‗ozlar bozorining rivojlanishi moliya bozorining asosiy segmentlari 
faoliyati bilan uzviy bog‗liqligini hamda kapital harakati sohasidagi bazaviy 
tendensiyalarda turli moliyaviy operatsiyalarini qo‗shilib ketish (konvergentsiya) 
jarayonlari davom etayotganligini ko‗rsatdi
126
.
Bozor iqtisodiyoti nuqtai nazaridan, xalqaro moliya bozori moliyaviy aktivlar 
savdosi uchun zaruriy sharoitlarni ta‘minlash (shu jumladan, tovarlar bitimiga 
xizmat ko‗rsatish), nisbatan past tranzaktsion xarajatlarga asoslanishi hamda talab 
va taklifning optimal muvozanatini shakllantirish.
Zamonaviy davrdagi jahon moliya bozorining asosiy tasnifi quyidagilardan 
iborat
127

125
Financial Markets and Institution\Eighth Edition. Frederic S. Mishkin & Stanley G. Eakins.274p. 
126
Nozdrev S.V. Sovremennoe sostoyanie i tendentsii razvitiya mejdunarodnogo rinka sennix bumag.– M.:IMEMO 
RAN, 2012. – 6 s. 
127
Teoreticheskie aspekti sootnosheniya natsionalnix, mejdunarodnogo i mirovogo finansovogo rinkov 


138 

xalqaro valyuta, kredit, moliyaviy hisob-kitoblar, kafolatlar, sug‗urta va 
qimmatli qog‗ozlar operatsiyalari amalga oshiradigan unversal xarakteri;

milliy va xalqaro kapital bozorlarining yalpi hajmi hisobga olingan xolda,
muomaladagi moliyaviy resurslarning katta masshtabi; 

makon va vaqt chegaralari mavjud emasligi, modomiki jahon moliya 
bozoridagi operatsiyalar kechayu–kunduz qit‘alarning barcha qismlarida amalga 
oshirilishi. 
80–yillardan boshlab jahon moliya bozoridagi operatsiyalar hajmini o‗sish 
su‘rati dunyo YaIM o‗sish su‘ratidan o‗tib ketdi. Bu birinchi, navbatda rivojlangan 
mamlakatlar moliyaviy xizmatlar sohasini kengayib borishi bilan bog‗liqdir. 2007- 
yilda jahon moliyaviy aktivlar umumiy qiymati 202 trln. dollarga yetgan bo‗lib, 
moliyaviy krizis jahon moliya bozorining qiymati hajmini qisqarishiga olib 
kelganiga qaramasdan, 2009- yildan qaytadan o‗sish boshlanib, 2010- yilda bu 
ko‗rsatkich 212 trn.dollarga yetgan. Bir yil davomidagi o‗sish 11 trln. dollarni 
tashkil etib, yarmidan ortig‗i 12 foizga yoki 6 trln. dollarga aktsiyalar qiymatini 
ko‗payishiga to‗g‗ri kelgan. Inqiroz oqibatlarini bartaraf qilish uchun rivojlangan 
mamlakatlar tomonidan joylashtirilgan qarzdorlik oid majburiyatlar hisobiga davlat 
qarzi 4,4 trln. dollarga o‗sgan.
Moliya bozorining boshqa segmentlaridan farqli ravishda, ushbu davrga 
moliya sektori moliyalashtirishning yana barqaror manbasi va sekyuritizatsiya 
darajasi pasayishiga yo‗naltirilishi natijasida moliya institutlari chiqargan 
obligatsiyalar 
bo‗yicha 
majburiyatlar 
va 
sekyuritizatsiyalashgan 
aktivlar 
qisqargan
128
.
U yoki bu mamlakat moliya bozorining o‗rta muddatli va uzoq muddatli 
rivojlanish rejasi bir qator fundamental omillar asosida aniqlanib, ushbu omillar 
orasida asosiylaridan biri ―moliyaviy chuqurlik‖ (financial depth) hisoblanadi.
Makroiqtisodiy darajada mamlakat moliya bozorining chuqurligi odatda yalpi 
moliyaviy talablar va majburiyatlarning YaIM ga nisbati bo‗yicha aniqlanib, bu 
ko‗rsatkich uy xo‗jaligi, korporatsiya va davlat institutlari o‗z faoliyatini moliya 
bozori va vositachilari hisobiga qay darajada moliyalashtirish mumkinligini 
ko‗rsatadi. 

Download 6,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish