1.3. Xalqaro moliyaviy globallashuv jarayonlari: mohiyati, samarali tomonlari va kamchiliklari. Kapitalning global migratsiyasi Globallashuvning eng muhim xususiyatlari bu savdoni liberalizatsiyalashuvi
va mamlakatlar o‗rtasida kapital harakatiga cheklovlarni olib tashlanishi
hisoblanadi. Moliyaviy globallashuv va moliyaviy integratsiyalashuv–o‗zaro
aloqador jarayonlar bo‗lsada, biroq turli ma‘nodagi iqtisodiy tendensiyalarni
anglatadi.
Moliyaviy globallashuv mamlakatlar o‗rtasida kapital harakati orqali
iqtisodiyotda global aloqalarning kuchayishidir.