Toshkent davlat iqtisodiyot univyersityeti a. Sh. Bekmurodov, Z. A. Abdullayev, B. M. Badalov


To„lov balansi va XIPda operatsiyalarning to„g„ri ifodalanishi



Download 6,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/321
Sana11.02.2022
Hajmi6,92 Mb.
#443676
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   321
Bog'liq
XALQARO MOLIYA BOZORI VA INSTITUTLARI O„quv qo„llanma

To„lov balansi va XIPda operatsiyalarning to„g„ri ifodalanishi 
Operatsiyalar 
Kredit, plyus (+) 
Debet, minus (–) 
Tovarlar va xizmatlar 
Tovarlar va xizmatlar 
eksporti 
Tovarlar va xizmatlar 
importi 
Daromadlar (ish haqi va 
investitsiyalardan daromad) 
Norezidentlardan 
rezidentlarga tushumlar 
Rezidentlarning 
norezidentlarga to‗lovlari 
Transfertlar (joriy va 
kapital) 
Mablag‗larni olish 
Mablag‗lar o‗tkazilishi 
Noishlab chiqarish 
nomoliyaviy aktivlarni 
sotish va sotib olish 
Aktivlarni sotish 
Aktivlarni sotib olish 
Moliyaviy aktiv yoki 
majburiyatlar bilan 
operatsiyalar 
Norezidentlarga 
munosabatlar bo‗yicha 
majburiyatlarni o‗sishi yoki 
norezidentlarga talablarni 
kamayishi 
Norezidentlarga 
munosabatlar bo‗yicha 
majburiyatlarni kamayishi 
yoki norezidentlarga 
talablarni o‗sishi 
Manba:
Mejdunarodnie valyutno–kreditnie otnosheniya:uchebnik i praktikum / Ye.A. Zvonova i 
dr. – M.: Izdatelstvo Yurayt, 2014. –454s. 
To‗lov balansi strukturasi, uni tuzish usullari nazariyasi va amaliyoti jahon 
iqtisodiyotidagi o‗zgarishlardan kelib chiqib, rivojlanib, takomillashib boradi. 
To‗lov balansining amaldagi joriy operatsiyalar hamda kapital va moliyaviy 
insturmentlar hisobining–ikkita asosiy guruh moddalariga bo‗linish printsipi 1970 
yillarning ikkinchi yarmida yirik masshtabda kapitalning xalqaro harakatining 
liberalashuvi boshlanishi davrlarida tasdiqlangan.
1993- yildan amalda bo‗lgan ―To‗lov balansini tuzish bo‗yicha XVF 
qo‗llanmasi‖ beshinchi nashriga ko‗ra to‗lov balansi xolatini xarakterlovchi o‗zaro 
bog‗liq bo‗lgan ikkita asosiy bo‗limlardan 
– 
joriy operatsiyalar hisobi hamda 
kapital va moliyaviy insturmentlar hisobidan iborat bo‗lgan.
Joriy operatsiyalar hisobi tarkibiga tashqi savdo balansi, xizmatlar (transport 
tashish, sug‗urta , elektron, pochta va boshqa aloqa turlari, xalqaro turizm, ishlab-
chiqarish va ilmiy–texnik tajriba almashish, ekspert xizmatlari, diplomatik, tijorat 
va boshqa vakolatxonalar,axborotlar berish, madaniy va ilmiy sohalari,turli 
komission yig‗imlar, reklama, yarmarka va boshqalar) bo‗yicha tushum va 
to‗lovlar. Xizmatlar bo‗limiga xorijiy davlatlarga xarbiy yordamlar va xorijdagi 
xarbiy xarajatlar moddalari kiritilgan.
XVF metodikasiga asosan to‗lov balansida ―Bir tomonlama o‗tkazmalar‖ 
moddasi quyidagicha ajratib ko‗rsatilishi qabul qilingan:
davlat operatsiyalari – iqtisodiy yordam yo‗nalishlari bo‗yicha boshqa 
mamlakatlarga subsidiyalar, davlat pensiyalari, xalqaro tashkilotlarga badallar;
xususiy o‗tkazmalar;
xorijiy mutaxasislar, ishchilar ish haqi, qarindoshlarning valyuta o‗tkazmalari.


Yuqoridagi ko‗rsatib o‗tilgan xizmatlar bo‗yicha operatsiyalar, shu jumladan, 
xarbiy, investitsiyadan daromadlar harakati va bir tomonlama o‗tkazmalar 
―ko‗rinmas‖ operatsiyalar deb ataladi.
Kapital va moliyaviy insturmentlar hisobining yurtilishida qulayliq yaratish 
uchun ikki qismga ajratilgan bo‗lib, birinchisida, asosan davlat kreditlari harakati 
va bir qator o‗ziga xos qiymatliklar (erlarga egalik, patentlar,avtorlik 
huquqlari,savdo belgilari va boshqalar) ifoda etilsa, ikkinchisi, esa har xil 
ko‗rinishdagi investitsiyalarni (to‗g‗ridan-to‗g‗ri, portfeli, bank va boshqalar) 
qamrab olgan. 
To‗lov balansining yakuniy qismi rasmiy valyuta rezervlari bo‗lib, qaysiki
o‗zgarishi eng so‗nggi muvozanatni ta‘minlaydi. To‗lov balansining ikkinchi 
bo‗limi – kapital va moliyaviy insturmentlar hisobi qimmatli qog‗ozlarga 
investitsiyalar, xalqaro kreditlar berilishi va olinishi, davlat va xususiy kapitalning 
kirib kelishi va chiqib ketishi bilan bog‗liq tushumlar oqimi va pul resurslarini 
chiqimi nisbatini ifodalaydi
74
.
To‗lov balansi xalqaro hisob-kitoblar balansida markaziy o‗rinni egallaydi va 
u statistik tizim sifatida davlatning tashqi iqtisodiy aloqalari xarakteri va strukturasi 
hamda ko‗lami sifat va miqdorini ifodalovchi quyidagi bo‗limlardan iborat
75

1)joriy operatsiyalar hisobi; 2)kapital bilan operatsiyalar hisobi; 3)moliyaviy 
insturmentlar bilan operatsiyalar hisobi; 4)―sof xatolar va o‗tkazib yuborishlar‖ 
moddasi.
To‗lov balansi doirasida hisoblar o‗rtasidagi chegaralash, yetkazib beriladigan 
va olinadigan iqtisodiy resurlarning tabiatiga bog‗liqlikdan kelib chiqadi.
Bugungi kunda dunyodagi aksariyat mamlakatlar to‗lov balansining tuzish va 
nashr qilinishi XVF ning 2008- yildagi ―To‗lov balansi va xalqaro investitsion 
pozitsiya bo‗yicha qo‗llanmasi‖ ning oltinchi nashriga muvofiq amalga oshiriladi. 
U tashqi dunyoga nisbatan mamlakatlar pozitsiyasi va operatsiyalar bo‗yicha 
statistik ma‘lumotlar shakllanishi uchun huquqiy asos bo‗lib hisoblanadi.

Download 6,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish