214
joylashgan aniq bir hududda shakllanadigan
mahalliy moliyaviy resurslarga;
korporatsiya bo‗linmasi faoliyat yuritadigan mamlakatda, biroq boshqa hududda
o‗zga mahalliy omillar bilan shakllanadigan hududiy resurslarga ajratiladi. Bundan
tashqari,o‗z navbatida korporatsiyalar xorijiy tashqi moliyaviy resurslari ajratib
ko‗rsatiladi.
Ular
korporatsiya
bo‗linmasi
faoliyat
yuritib
kelayotgan
mamlakatlarda, shuningdek kirib borish potentsiali mavjud mamlakatlarda
shakllanadi. Ushbu resurslarning jalb qilinishi, intensivligi va hajmi investor
ko‗zlangan maqsadlardan kelib chiqib farqlanadi.
TMK tashqi resurslarini yo‗nalish maqsadi, ko‗pincha kompaniyaning faoliyat
ko‗rsatishi, rivojlanishini ta‘minlash, kengaytirish yoki resturkturizatsiyani amalga
oshirishdan iborat bo‗ladi. Tashqi moliyaviy resurslarni,
ularni faollashtirish
darajasi bo‗yicha ajratish yuzasidan TMKlardagi tasnifiy yondashuv samarali
moliyaviy menejment uchun katta ahamiyat kasb etadi. Bu tasnifda TMK lar tashqi
moliyaviy resurslardan foydalanish va faollashtirishni cheklovchi o‗ziga xos
xususiyatlarga ega hududiy omillar muhim o‗rin tutadi. Ushbu omillar ta‘siri,
ularni yo‗nalish va samaradorligi tabiiy sharoit va xom ashyo bazasi, mehnatga
yaroqli aholi tarkibi va miqdori, shuningdek ijtimoiy an‘analar, me‘yoriy qoida va
cheklovlarga bog‗liqdir. Majburiyatlarni so‗ndirish oqimlari bo‗yicha resurslarni
tabaqalashtiruvchi tasnifiy tamoyil xalqaro moliya bozoridan jalb qilingan TMK
moliyaviy resurslarini tartibga solishda katta ahamiyatga egadir. Bu tasnifiy
yondashuv ayniqsa, kompaniyaning kredit va bank
tizimlaridan jalb qiladigan
tashqi resurslarga juda zarurdir. Minimal risklarini hisob-kitob qilishning tezkor
rejasida moliyaviy oqimlar ikki turga bo‗linadi. Birinchisida, yirik tijorat
loyihalarini amalga oshirish uchun jalb etilgan moliyaviy oqimlar bo‗lib, ularni
baholash va nazorat qilish nisbatan oson hisoblanadi. Bu turdagi moliyaviy
resurslar loyihalarning asosiy parametrlari asosida-bahosi, muddati, sotish hajmi,
risk darajasi va boshqalarni yetarli darajada aniqlash
va tuzatishlar kiritish
imkoniyatini beradi. Ikkinchi, turdagi moliya oqimlar TMKlar tomonidan asosan
joriy faoliyatini ta‘minlash uchun jalb qilinadigan tashqi moliyaviy oqimlarga
bo‗linadi. Shuningdek, TMK lar tashqi moliyaviy resurslarini tasniflash belgisi
sifatida bozor namoyon bo‗ladi, bu yerda so‗z tashqi moliyaviy resurslar
faollashadigan bozor segmentlari–valyuta, kredit, qimmatli qog‗ozlar va
investitsiya to‗g‗risida so‗z bormoqda
192
.
Har bir bozor segmentlarini o‗z insturmentlari,ishtirokchilari,usullari, huquqiy
infrastruktura va nazorat organlari bo‗lib, bu ko‗rsatilgan bozorlar resurslarini jalb
qilish va foydalanish o‗ziga xos xususiyatlari mavjudligidan dalolat beradi.
Masalan, konvertsion valyuta operatsiyalari kassa, muddatli
va valyuta arbitrajiga
bo‗linadi.
Muddatli valyuta operatsiyalari asosan valyuta (kurslari o‗zgarishida yuzaga
keladigan) risklarini xejirlash maqsadida amalga oshiriladi. Bularga svop (valyuta
va foizli svop), forvard, fyuchers va optsion shartnomalari kiradi.
192
Mejdunarodniy finansoviy rinok: ucheb.posobie./pod red. d–ra ekon.nauk,prof. V.A.Slepova, d–ra ekon.nauk,prof.
Ye.A.Zvonovoy. –M.:Magistr,2007.276–278s.
Optsion–ma‘lum bir aktivni (qimmatli qog‗oz, valyuta va boshqalar) qat‘iy
kurs bo‗yicha kelishilgan sanada yoki kelishilgan davr muddatlarida sotish yoki
sotib olish huquqiga bo‗lgan ikki tomonlama shartnoma
193
.
Xalqaro moliya bozori strukturasi bo‗yicha moliyaviy risklar quyidagi
valyuta, kredit, fond va investitsiya hamda sug‗urta risklariga klassifikatsiyalanadi.
Valyuta kurslarining tez o‗zgarishlar natijasida operatsion, translyatsion va
iqtisodiy risklar paydo bo‗ladi. Masalan, operatsion risklar tashqi iqtisodiy faoliyat
uchun xos bo‗lib, majburiyatlar paydo bo‗lish va to‗lanish muddatlarini bir–biriga
to‗g‗ri kelmasligi oqibatida eksport–import operatsiyalari, valyutadagi qarzlar va
valyutada dividendlar to‗lashda yuzaga keladi.
Bundan tashqari, TMK tashqi
moliyaviy resurslar hajmi va muddatlari bo‗yicha klassifikatsiyalashuvi ham
moliyaviy menedjmentda katta rol o‗ynaydi. Tashqi moliyaviy resurslar hajmi
ko‗rsatkichi moliyaviy resurslar intensiv shakllanishiga,moliyalashtirish manbalari
sifatida ularning jozibadorligiga,risklar paydo bo‗lishi va shakllanishiga ta‘sir
o‗tkazadi.
Tashqi moliyaviy resurslar ulushini TMK lar o‗z kapitali, uni
aktivlari,korporatsiya alohida fondlari (amortizatsiya, ish haqi fondi va boshqalar)
yoki bo‗linmalariga nisbati bo‗yicha aniqlash mumkin. Muddatlari bo‗yicha
tashqi
moliyaviy resurslar qisqa, o‗rta va uzoq muddatlarga bo‗linadi. Bundan
tashqari, TMK moliyaviy resurslari tashqi manbalarini pul oqimlari xususiyatlari
hamda ularni yo‗nalishlari va asosida yotgan ishtirokchilar manfatdorliklariga
bog‗liq xolda qayta taqsimlangan, qarz va jalb qilingan sifatida xarakterlash
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: