Toshkent davlat iqtisodiyot univyersityeti a. Sh. Bekmurodov, Z. A. Abdullayev, B. M. Badalov


I- bob. IQTISODIY VA MOLIYAVIY GLOBALIZASIYA



Download 6,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/321
Sana11.02.2022
Hajmi6,92 Mb.
#443676
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   321
Bog'liq
XALQARO MOLIYA BOZORI VA INSTITUTLARI O„quv qo„llanma

 
I- bob. IQTISODIY VA MOLIYAVIY GLOBALIZASIYA 
 
1.1.
 
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi: tushuncha, mohiyati va 
bugungi holati. Iqtisodiy globallashuv yo„nalishlari 
 
Zamonaviy jahon xo‗jaligini rivojlanishining muhim xususiyatlaridan biri 
bo‗lgan jahon iqtisodiyotining globallashuvi milliy iqtisodiyotlarni o‗zaro 
bog‗liqligini kuchayishiga olib kelmoqda. Bugungi kunda butun dunyoni yyetakchi 
transmilliy korporatsiyalar faoliyati maydoniga aylanishi, xalqaro mehnat 
taqsimotini chuqurlashuvi, xalqaro iqtisodiy aloqalar va tashqi savdoni ahamiyati, 
hajmi, dinamikasi oshib borishi kuzatilmoqda.
Evolyutsion jarayonda zamonaviy jahon iqtisodiyoti bir necha bosqichlarga 
ajratiladi
1

1.
XIX asr oxiri–birinchi jahon urushigacha bo‗lgan davr. Bu bosqichda jahon 
iqtisodiyotini ochiqligini kuchayish va xom–ashyo yo‗nalishdagi xalqaro savdo 
ustun bo‗lsada, biroq eksport hajmi doimiy o‗sib borgan. 
2.
Birinchi va ikkinchi jahon urushi o‗rtasidagi davr. Bunda jahon 
iqtisodiyotni rivojlanishi beqarorlik va krizislar bilan xarakterlanadi. Milliy 
iqtisodiyotda avtarkiya va protektsionizm tendensiyasi kuchaygan,shuningdek 
esportni roli pasaygan.
3.
XX asrning 50–90 yillar davri. Bu bosqich jahon xo‗jaligini shakllantirishga 
qaratilgan tendensiyani tiklanishi bilan xarakterlanadi. Xalqaro xo‗jalik 
aloqalarining muhim subyekti bo‗lgan transmilliy korporatsiyalar mahsulotni 
yaratish, uni realizatsiyasi, raschetlari,kreditlashni ichiga olgan ishlab chiqarishning 
internatsionallashgan kompleksini shakllantirdi. XX asrning 60 yillari o‗rtasidagi 
kolonial sistemadagi krizis jahon xo‗jaligini yangi ishtirokchilari bo‗lgan katta 
gruppadagi rivojlanayotgan mamlakatlarni paydo bo‗lishiga olib keldi.
4.
XX asr oxiri–XXI asrni boshlanishi – zamonaviy jahon xo‗jaligini 
shakllanish bosqichi. Xalqaro ishlab chiqarish kuchlarini shakllanishi, iqtisodiy 
o‗zaro aloqa va o‗zaro bog‗liqlikni kuchayishi va boshqalar.Jahon xo‗jaligi 
rivojlanishida integratsiyalashuv jarayonning yangi yuqori bosqichi–jahon 
iqtisodiyotining globallashuvidir. Jahon xo‗jaligining iqtisodiy tahlil qilishda, qoida 
bo‗yicha zamonaviy jahon xo‗jaligini xolatini va dinamikasini xarakterlovchi 
ko‗rsatkichlar tizimidan foydalaniladi. Bularga mamlakatni milliy boyligi va uni 
aholi jon boshiga ulushi, YaIM, xalqaro iqtisodiy aloqalarda ishtiroki (tashqi savdo 
kvota, aholi jon boshiga tashqi savdo oboroti va boshqa ko‗rsatkichlar) ifodalovchi 
kabi ko‗rsatkichlar kiradi. 
Mamlakatlarni jahon xo‗jaligi tizimida ishtirokini xarakterlovchi asosiy 
ko‗rsatkichlar quyidagilar hisoblanadi: 
1
Mirovaya ekonomika: uchebnoe posobie/Ye. G. Gujva, M. I. Lesnaya,A. V. Kondratev, A. N. Yegorov; SPbGASU. 
– SPb., 2009. – 9s. 


1.
Eksport kvotasi–alohida mahsulot turi yoki tarmoq va butun iqtisodiyotda 
eksportni ulushini ifodalovchi miqdoriy ko‗rsatkich. Bu ko‗rsatkich ma‘lum davrga 
eksport qiymatini YaIM qiymaitiga nisbati orqali aniqlanadi. K
E
=(E/VVP)*100%. 
2.
Import kvotasi–alohida mahsulot turi yoki tarmoq va xalq xo‗jaligida 
importni ulushini ifodalovchi miqdoriy ko‗rsatkich. Bu ko‗rsatkich ma‘lum davrga 
eksport qiymatini YaIM qiymaitiga nisbati orqali aniqlanadi. K
i
=(I/VVP)*100%. 
3.
Tashqi savdo kvotasi–eksport va importni yalpi qiymatini ½ YaIM 
qiymatiga nisbati orqali aniqlanadi. K
V
4.
Mamlakatni tashqi savdo oboroti–eksport va importning jahon tovar 
oborotidagi ulushi. 
5.
Aholi jon boshiga tashqi savdo oboroti. 
6.
Malakatni kapital xalqaro migratsiyasi jarayonidagi ulushi(kapital 
eksport–import) 
7.
Malakatni mehnat resurslari xalqaro migratsiyasi jarayonidagi ulushi. 
Iqtisodiy mohiyati jihatidan ishlab chiqarish kuchlarini rivojlanishining yangi 
darajasi asosida iqtisodiy integratsiyani chuqurlashuvini bildiradi. Globallashuv 
jarayoni jahon iqtisodiyotining faoliyat ko‗rsatish xarakteriga kuchli ta‘sir 
ko‗rsatib, alohida davlatlar iqtisodiy tizimini ochiqligiga va regional 
integratsiyalashuv jarayonlarini intensifikatsiyalashuviga olib keldi
2
.
Jahon xo‗jaligining globallashuvi–nisbatan yangi tushuncha bo‗lib, XX 
asrning 1980-yil oxiri va 90–yillarning boshlab ilmiy adabiyotlarda keng 
qo‗lananila boshlangan. Bungacha bo‗lgan davrda ―globalizatsiya‖ tushunchasi 
zamonaviy iqtisodiyotda sodir bo‗layotgan iqtisodiy jarayonlar

yirik xalqaro 
kompaniyalarning ta‘minot mahsulotlari alohidagi bozorlarini qo‗shilishi ya‘ni 
global masshtabdagi faoliyatini mohiyatini tushuntirishda ishlatilgan.
―Globalizatsiya‖ tushunchasi ilk marotaba amerkalik olim T.Levit tomonidan 
1980 yillar boshida kiritilgan bo‗lib, bunda u yirik transmilliy korporatsiyalar 
tomonidan ishlab chiqarilgan alohidagi mahsulotlar bozorini qo‗shilishi fenomenni 
sifatida tushungan
3
. XX asrning 1990- yillarga kelib, globalizatsiya tushunchasi 
yangi mazmundagi termin sifatida qo‗llanilgan. Taniqli amerkalik olim K.Omedan 
(kniga ―Mir bez granits‖, 1990) keyin bu termin jahon xo‗jaligi rivojlanishining
yangi kirralari va xarakteristkasi, uni o‗tgan davrdagi evolyutsion rivojlanish 
bosqichidan farqlanadigan zamonaviy xolatini ifodalovchi termin sifatida keng 
qo‗llanila boshlandi.
Globallashuv deganda ko‗pchilik xolatlarda iqtisodiyotni ochiqligini o‗sishi, 
savdo, xalqaro kapitalni liberalizatsiyalashuvi ma‘nosida tushuniladi.
G.Kolodko tomonidan ―globallashuv‖ atamasiga quyidagicha tushuncha 
berilgan
4


Download 6,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish