markaziy banklarning valyuta bozorida davriy interventsiyalarni amalga
oshirishlaridan iborat.
Markaziy bankning valyuta interaentsiyasi – bu ma‘lum vaqt davri mobaynida
valyutani e‘lon qilingan kurs bo‗yicha sotish yoki xarid qilishdir. ―Nazorat ostida
o‗zgarish (suzish)ni‖ 30 dan ortiq mamlakatlar
valyutalari amalga oshiradi
(Argentina, Braziliya, Hindiston, Islandiya, Meksika, Yangi Zelandiya, Rossiya,
Turkiya va boshq.).
Ko‗pgina rivojlanayotgan davlatlar o‗z valyutalarini xalqaro valyuta bozorida
Mustaqil suzishga umuman ruxsat etmaslikni afzal ko‗radilar. Ular o‗z
valyutalarini birorta suzuvchi valyuta (o‗zgarib turuvchi) valyuta (dollar, yevro,
britaniya funti, iena)ga nisbatan tengligini oddiy qayd etishadi, va shu tarzda uning
kursi yyetakchi-valyuta kursining o‗zgarishi bilangina o‗zgaradi. Ko‗pgina
mamlakatlar o‗z valyuta kurslarini bir necha valyutalarga nisbatan (valyuta
savatsiga
nisbatan, unda har bir valyuta o‗zining aniq usuliga ega bo‗ladi)
o‗rnatiladi.
Erkin suzish (o‗zgarish) rejim sharoitida milliy valyutaning chet el
valyutalariga nisbatan bozor kursi xalqaro valyuta bozorida aniqlanadi. Valyutalar
kursini belgilash valyuta bozorida tarixan kotirovakaning ikki turi: bevosita va
bilvosita turi qaror topgan. Bevosita kotirovka chet el valyutasi (tayanch valyuta)
birligida milliy valyutaning (kotirovka qilinayotgan valyutaning) mos miqdori
ifodalanadi. Xalqaro valyuta bozorining ko‗pchilik
ishtirokchilari, shu jumladan
Rossiya ham bevosita kotirovkani qo‗llashadi. Bilvosita pul birliklarida
ifodalanadigan milliy valyuta birlik uchun qabul qilinadi. Bilvosita kotirovka
an‘anaviy tarzda Angliyada va Brtaniya mamlakatlari Hamdo‗stligida qo‗llaniladi.
Xalqaro valyuta bozorida tijorat bitimlari bo‗yicha valyutalar kotirovkasi
odatda kross-kursga – ikki valyuta o‗rtasidagi
nisbatga tayanib, u bu ikki
valyutaning uchinchi valyuta (odatda dollar)ga nisbatan kursidan kelib chiqadi.
Jumladan, yevroning boshqa valyutalarga nisbatan kross-qurol dollar orqali
aniqlanadi.
Xalqaro valyuta bozorida valyutaning bozorda oldi-sotti barcha operatsiyalari
bo‗yicha bozor valyuta kursi ikki darajada o‗rnatiladi. Bozor qonunlariga ko‗ra
sotuvchilvr valyutani qimmatroq sotishga intilishadi, xaridorlar esa uni arzonroq
sotib olishni afzal ko‗rishadi. Birinchi holda sotuvchining kursi (
bid
),
ikkinchi
holda xaridorning kursi (
offer yoki
ask)
shakllanadi. Masalan, Nyu-Yorkning
Syurixga kurga (bevosita kotirovka): 1 CHF = 1,3365 doll. (sotuvchiniki), 1CHF
= 1,3360 doll. (xaridorniki). Bid va offer kurslari orasidagi farq marjani tashkil
etadi. U banklarning valyuta almashuv operatsiyalaridagi harakatlarini qoplaydi va
ma‘lum darajada valyuta havflarini sug‗urtalash metodi bo‗lib xizmat qiladi.
Bozorda valyutalarning faol katerovkasi bilan shug‗ullanuvchi banklar
(marketmeykerlar) ancha katta hajmdagi valyuta operatsiyalarini bajarishadi. Bu
ularga valyuta kursini bitimlarning ma‘lum hajmlari bo‗yicha aniqlashga imkon
beradi.
Xalqaro valyuta bozorida har kuni ikkala kurs:
sotuvchi va xaridorning
kurslari bo‗yicha valyutalar kotirovkasi tadbirlari o‗tkaziladi. Bu tadbir
fiksing
deb
ataladi va odatda, mahalliy vaqt bo‗yicha soat 12da o‗tkaziladi. Fiksing har bir
114
valyuta bo‗yicha talab va taklifni izchil taqqoslash yo‗li bilan banklararo kursni har
kuni aniqlash va qayd etish metodi bilan amalga oshiriladi.
Xalqaro valyuta bozorida valyuta kurslari dinamikasining noaniqligi sharoitida
ular ishtirokchilarining eng muhim vazifasi valyuta kurslarini tahlil qilish va
prognoz (bashorat) qilish bo‗lib, ularning noqulay o‗zgarishi havfini qisqartirishga
imkon beradi.
Xalqaro valyuta bozorining faoliyat yuritishi davrida valyuta kurslarini tahlil
qilish va bashorat qilish metodlarining juda ko‗p spektri yaratildi. Bu metodlarning
butun majmuini ikki guruhga ajratish mumkin: fundamental (omilli) tahlil va texnik
tahlil. Birinchi guruh valyuta kursi asosiy makroiqtisodiy kursatkichlarning
funktsiyasi sifatida aniqlanishi mumkin degan farazga asoslangan metodlar.
Ularning qatoriga ichki yalpi mahsulotning o‗sish sur‘atlarini,
davlat byudjeti va
to‗lov balansi saldosini, inflyatsiyani va boshqalarni kiritish mumkin.
Valyuta kursini tahlil va bashorat qilish metodlarining ikkinchi guruhiga ikki
uslub:
ekstropolyatsiya
va
chartlar
uslubi
kiradi.
Valyuta
kursining
ekstropolyatsiyasi kursi dinamikasida avval o‗rnatilgan yo‗nalishlarni kelgusi
davrga ham ko‗chirishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: