200
aytganda,
sindikatda
buyurtmalar
taqsimoti,mahsulotlar
ta‘minoti
markazlashtirilgan tartibda amalga oshiriladi.
2.
TMK larning ikkinchi avlodi 1918–1939 yillarda trestlar ko‗rinishida
shakllangan.
Trest
–kapitalistik monopoliya shakli bo‗lib, birlashuvchi korxonalar
o‗zlarining ishlab chiqarish va tijorat mustaqilliklarini yo‗qotib,
yagona
boshqaruvga bo‗ysunadi.
3.
TMK larning uchinchi avlodi 1945–1960 yillarda kontsern va
konglomeratlar ko‗rinishida faoliyat yuritgan.
Kontsern
(nem.
der Konzern
)–
sanoatning
turli
tarmoq
kompaniyalarining
moliya–sanoat
guruhi.
Masalan, Mitsubishi kontserni tarkibiga avtomobil,
elektronika, kema qurilishi
sohasidagi korxonalar va sanoatning boshqa tarmoqlari kiradi. Bunda
ishtirokchilarning huquqiy va xo‗jalik mustaqilliklari
saqlangan xolda yyetakchi
moliya tizimlari tomonidan koordinatsiya qilinadi. Kontsernning asosiy ustunliklari
moliyaviy va boshqa resurslar kontsentratsiyasi hisoblanadi.
Konglomerat
–
ishlab
chiqarishda umumiylik bo‗lmagan, qaysiki yagona moliyaviy nazorat maqsadida
turli-tuman
korxonalar
tarmoqlari,
ularning
gorizontal
va
vertikal
integratsiyalashuviga bog‗liq bo‗lmagan xolda paydo bo‗lgan turli firmalar
qo‗shilishi natijasida kompaniyalar integratsiyalashuvining tashkiliy shakli.
4.
TMK larning to‗rtinchi avlodi 1970–1980 yillar.
5.
TMK larning beshinchi avlodi XXI asr
boshida globallashuvning
mintaqalashuvi jarayonlari davri.
TMK larning tahlil etishda ―transmilliylashuv indeksi‖ tushunchasi
qo‗llaniladi.Transmilliylashuv indeksining ikki turi mavjud. Kompaniyalar
transmilliylashuv indeksi u yoki bu TMK ning xorijda tovar (xizmat)lar ishlab
chiqarishga jalb qilinish darajasi quyidagi uchta ko‗rsatkichning o‗rtacha arifmetik
usulda hisoblash orqali aniqlanadi
177
:
TMK ning umumiy aktivlari hajmida xorijidagi aktivlar ulushi;
TMK ning umumiy sotuv hajmida xorijdagi sotuv ulushi;
TMK umumiy xodimlar sonida xorijdagi xodimlar soni.
Mamlakat transmilliylashuv indeksi u yoki bu mamlakat uchun xorijiy
TMKlar ahamiyatini baholaydi va unda quyidagi ko‗rsatkichlar hisoblanadi:
to‗g‗ridan-to‗g‗ri xorijiy investitsiyalarning mamlakat ichidagi jami
kapital qo‗yilmadagi ulushi;
mamlakatda jamg‗arilgan to‗g‗ridan-to‗g‗ri
xorijiy investitsiyalarning
mamlakat YaIM ga nisbati;
xorijiy korporatsiyalar filiallaridagi ishlab chiqarishning mamlakat YaIM
dagi ulushi;
xorijiy korporatsiyalar filiallarida band bo‗lganlarni mamlakatdagi
umumiy band aholi sonidagi ulushi.
177
Mirovaya ekonomika i mejdunarodnie ekonomicheskie otnosheniya:uchebnik.–Izd.S obnovleniyami/ pod red.
prof. A.S. Bulatova, prof. N.N. Liventseva.– M.: Magistr: INFRA-M, 2013.155–156s.