3 Materiallarni inventarizatsiya qilish tartibi Inventarizatsiyani o‘tkazish uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlar quyidagi tarkibida doimiy ishlaydigan inventarizatsiya komissiyalari tuziladi: xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari yoki uning o‘rinbosari (komissiya raisi); bosh buxgalter; buxgalteriya hisobi xizmati rahbarlari (keyingi o‘rinlarda — bosh buxgalter). Inventarizatsiya komissiyasi tarkibiga xo‘jalik yurituvchi subyektning ichki audit xizmati vakillari kiritilishi mumkin. Ishlar hajmi katta bo‘lganda aktivlar va majburiyatlarni inventarizatsiyasini bir vaqtda o‘tkazish uchun quyidagi tarkibida ishchi inventarizatsiya komissiyalari tuziladi: inventarizatsiyani tayinlagan xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarining vakili (komissiya raisi); mutaxassislar: tovarshunos, muhandis, texnolog, mexanik, ishni yurituvchi, iqtisodchi, buxgalteriya hisobi xizmati xodimi (keyingi o‘rinlarda — buxgalteriya) va boshqalar. Komissiya tarkibiga inventarizatsiya qilinayotgan qiymatliklar, narxlar va boshlang‘ich hisobni yaxshi biladigan tajribali xodimlar kiritilishi kerak. Birgina moddiy javobgar shaxslarda xuddi shu xodimni ketma-ket ikki marta ishchi inventarizatsiya komissiyasining raisi qilib tayinlash taqiqlanadi. Doimiy ishlaydigan va ishchi inventarizatsiya komissiyalarining shaxsiy tarkibini xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari tasdiqlaydi. Inventarizatsiyani o‘tkazishda komissiyaning hattoki bitta a’zosi yo‘q bo‘lsa, bu hol inventarizatsiya natijalarini haqiqiy emas deb topish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Tovar-moddiy qiymatliklarni inventarizatsiyasi, qoidaga ko‘ra, mazkur xonada qiymatliklarning joylashish tartibida bajarilishi kerak. Inventarizatsiya vaqtida bir turdagi tovar-moddiy qiymatliklardan boshqasiga tartibsiz o‘tishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Tovar-moddiy qiymatliklar turli alohida xonalarda bitta moddiy javobgar shaxsda saqlanganda inventarizatsiya saqlash joylari bo‘yicha ketma-ketlikda o‘tkaziladi. Qiymatliklar tekshirilganidan keyin xona eshigi plombalanadi va komissiya ishlash uchun keyingi xonaga o‘tadi. Tovar-moddiy qiymatliklar inventarizatsiyasi ro‘yxatiga nomenklatura raqami, turi, guruhi, artikuli, navi va miqdori ko‘rsatilib har bir nom bo‘yicha kiritiladi. Ishchi inventarizatsiya komissiyasi raisi yoki uning topshirig‘iga ko‘ra komissiya a’zolari ombor (omborxona) mudiri va boshqa moddiy javobgar shaxslar ishtirokida tovar-moddiy qiymatliklarning haqiqatda mavjudligini ularni majburiy sanash, tarozida tortish yoki qayta o‘lchash yo‘li bilan tekshiradilar. Ro‘yxatlarga qiymatliklar qoldig‘i haqidagi ma’lumotlarni moddiy javobgar shaxslar og‘zidan yoki haqiqatda mavjudligini tekshirmasdan turib hisob ma’lumotlari bo‘yicha qayd etish qat’iyan taqiqlanadi.
Inventarizatsiya vaqtida kelib tushadigan tovar-moddiy qiymatliklar moddiy javobgar shaxslar tomonidan inventarizatsiya komissiyasi a’zolari ishtirokida qabul qilinadi va inventarizatsiyadan so‘ng reyestr yoki tovar hisoboti bo‘yicha kirim qilinadi. Ushbu tovar-moddiy qiymatliklar “Inventarizatsiya vaqtida kelib tushgan tovar-moddiy qiymatliklar” nomi bilan alohida ro‘yxatga kiritiladi. Ro‘yxatda ular qachon, kimdan kelib tushgani, kirim hujjatining sanasi va raqami, nomi, miqdori, narxi va summasi ko‘rsatiladi. Bir vaqtning o‘zida kirim hujjatida inventarizatsiya komissiyasi raisining imzosi bilan ana shu qiymatliklar qayd etilgan ro‘yxat sanasiga havola qilgan holda “inventarizatsiyadan keyin” belgisi qo‘yiladi. Inventarizatsiya uzoq vaqt o‘tkazilganda alohida hollarda va faqat xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari va bosh buxgalterining yozma ruxsati bilan inventarizatsiya jarayonida tovar-moddiy qiymatliklar moddiy javobgar shaxslar tomonidan inventarizatsiya komissiyasi a’zolari ishtirokida berilishi mumkin. Ushbu qiymatliklar “Inventarizatsiya vaqtida berilgan tovar-moddiy qiymatliklar” deb nomlangan alohida inventar ro‘yxatiga kiritiladi. Bu ro‘yxat inventarizatsiya vaqtida kelib tushgan tovar-moddiy qiymatliklarga oid hujjatlarga o‘xshab rasmiylashtirilishi kerak. Chiqim hujjatlarida inventarizatsiya komissiyasi raisining imzosi bilan belgi qo‘yiladi. Boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarga tegishli bo‘lgan va mas’ul saqlashda bo‘lgan tovar-moddiy qiymatliklar o‘zining tovar-moddiy qiymatliklari bilan bir vaqtda inventarizatsiya qilinadi. Ushbu qiymatliklarga alohida inventarizatsiya ro‘yxati tuziladi va unda ushbu qiymatliklarni mas’ul saqlashga qabul qilingani tasdiqlanadigan tegishli hujjatlarga havola beriladi. Yo‘lda bo‘lgan, yuklab jo‘natilgan, xaridorlar tomonidan haqi muddatida to‘lanmagan, boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar omborlarida bo‘lgan tovar-moddiy qiymatliklarni inventarizatsiyasi tegishli schyotlarda ko‘rsatilgan summalarning asosliligini sinchiklab tekshirishni o‘z ichiga oladi. Ushbu tovar-moddiy qiymatliklarni (yo‘ldagi, yuklab jo‘natilgan va hokazo tovarlar) hisobga oluvchi schyotlarda tegishlicha rasmiylashtirilgan hujjatlar bilan tasdiqlangan summalargina qolishi mumkin: yo‘lda bo‘lganlari bo‘yicha — mol yetkazib beruvchilarning schyot — to‘lov talabnomalari yoki ularning o‘rnini bosadigan hujjatlar bilan; yuklab jo‘natilganlari bo‘yicha — xaridorlarga taqdim etgan schyot-fakturalar nusxalari va to‘lov talabnomalari nusxalari bilan; to‘lash muddati o‘tganlar bo‘yicha — bank muassasasining kartotekalarda to‘lov talabnomalari mavjudligini albatta tasdiqlashi bilan; boshqa tashkilotlarning omborlarida joylashganlari bo‘yicha — inventarizatsiya sanasiga yaqin bo‘lgan sanaga qayta rasmiylashtirilgan saqlangan tilxatlar bilan; bitta shahardagi mol yetkazib beruvchilarning omborlarida bo‘lganlari bo‘yicha — inventarizatsiyani o‘tkazish sanasida qayta rasmiylashtirilgan saqlangan tilxatlar bilan.
Material qiymatliklar butligini amaliy nazorat qilishni ta’minlashda korxonada ta’minot bo’limini tashkil etish, shuningdek, ombor va torozi o’lchov xo’jaligining holati katta ahamiyatga ega. Shu boisdan, korxona bo’yicha chiqarilgan buyruqda har bir omborga doimiy raqam berkitilib, keyinchalik bu raqam mazkur omborga tegishli barcha hujjatlarda ko’rsatiladi. Хo’jalikda bir necha omborda ma’lum guruh materiallar saqlanishi kerak. Shu maqsadda materiallarni saqlash joylariga yorliq yopishtirib qo’yiladi. Omborlar to’g’ri torozi o’lchov buyumlari va o’lchov idishlari bilan ta’minlangan bo’lishi kerak. Material qiymatliklarini qabul qilish va jo’natish, bu muomalalarni to’g’ri va o’z vaqtida rasmiylashtirish, shuningdek material qiymatliklarini butligini ta’minlaydigan lavozimli va mas’uliyatli ro’yxatini belgilash kerak. Bu shaxslar bilan moddiy javobgarligi to’g’risida shartnoma tuziladi. Ombordan materiallarni olish va jo’natish hujjatlariga imzo qo’yadigan, shuningdek material qiymatliklarni korxonadan olib chiqishga ruxsat beradigan lavozimli shaxslar ro’yxatini korxonada barcha bilishi kerak.
Materiallarni omborda va buxgalteriyada hisobga olish tartibi materiallar hisobini yuritish usuliga bog’liq. Materiallar hisobini yuritish usuli materiallar hisobini yuritish tartibi va ketma-ketligini, hisob registrlarni turlari, ularning miqdori, ko’rsatkichlarini o’zaro solishtirishni nazarda tutadi. Materiallar hisobining progressiv va oqilona usuli bo’lib operativ – buxgalteriya (saldo) usuli hisoblanadi. Shuningdek, moddiy-javobgar shaxslarning hisobotlari yordamida son-summa usulidan ham foydalanish mumkin. Operativ-saldo usulining asosiy prinsiplari qo’yidagilardan iborat: ombordagi son hisobini operativligi va to’g’riligi moddiy javobgar shaxslar tomonidan yuritiladigan ombor hisobining kartochkalariga asosan aniqlanadi; buxgalteriya hodimlari tomonidan materiallar harakati va materiallarni ombordagi hisobi bo’yicha muomalalarni to’g’ri va o’z vaqtida rasmiylashtirish ustidan uzluksiz nazorat bevosita omborda olib boriladi; materiallarning natura shaklidagi haqiqiy qoldig’ini joriy ombor hisobi ma’lumotlari bilan solishtirish huquqi buxgalterlarga beriladi; nomenklatura raqamlari bo’yicha, materiallar harakati hisobini faqat pul o’lovchida hisob bahosida va haqiqiy tannarxida hisobi yuritiladi; ombor hisobi ma’lumotlarini buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan uzluksiz tekshirib boriladi. Materiallar hisobini operativ-saldo usulida yuritish ombordagi materiallar hisobini faqat son-nav bo’yicha yuritishni nazarda tutadi. Bu hisob shakldagi materiallarni ombor hisobi kartochkalari shaklida yuritiladi. Kartochka buxgalteriyada materialning har bir nomenklatura raqami bo’yicha ochilib, ombor mudiriga olganligi to’g’risida imzo qo’ydirib beriladi. Materiallarning omborga tushishiga qarab omborchi kirim orderi yoki uni o’rnini bosadigan hujjat yozadi va uni materiallarni ombor hisobi kartochkasida ro’yxatga oladi. Хarajat hujjatlari limit-zabor kartalari, talabnomalar, nakladnoylarga asosan kartochkada materiallarni chiqimi ro’yxatga olinadi. Materiallarni sarfi to’g’risidagi limit-zabor kartalarining ma’lumotlari kartalarning yopilishiga qarab, lekin hisobot oydan keyingi oyning 1-sanasidan kechiktirilmay registrlarga yoziladi. Bunday hollarda oy davomida limit-zabor kartalari tegishli materiallarni ombor hisobi kartochkasi bilan birga saqlanadi. Kartochkadagi qoldiq har bir yozuvdan so’ng chiqariladi. Materiallarning kirim va chiqim hujjatlariga ularning hisob baholarini va ombor kartochkasidagi yozuv raqamini yozib qo’yish omborchining vazifasiga kiradi. Hujjatlar soni, ularning raqamlari va materiallar guruhini ko’rsatib grafik bilan belgilangan muddatda omborchi materiallarning kirimi va chiqimi to’g’risidagi hujjatlarni topshirish reestrini tuzadi.
Material bo’limining buxgalteri moddiy-javobgar shaxsdan reestr bilan birga hujjatlarni bevosita omborda, materiallarni ombor hisobi kartochkasida aks ettirilishini sinchiklab tekshirib, qabul qiladi Shundan so’ng kartochka buxgalteriya registri kuchiga ega bo’ladi. Buxgalteriya xodimi ombordagi materiallarning, ayniqsa noyob va qimmatli materiallarning haqiqiy qoldiqlarini nazorat - tanlov tekshiruvidan o’tkazib turishi kerak. Bunda moddiy-javobgar shaxslarning ishlarida aniqlangan qoida buzilishlar maxsus jurnalda aks ettiriladi va korxonaning bosh buxgalteri axborotiga yetkaziladi. Moddiy-javobgar shaxs har oyning 1-sanasiga kartochkalardagi son qoldiqlarini hisobga olish qaydnomasiga o’tkazib qo’yadi. Bu qaydnoma har bir ombor bo’yicha buxgalteriya tomonidan bir yilga ochiladi. U buxgalteriyada saqlanib, oy tugashiga bir kun qolganda omborchiga beriladi, hisobot oydan keyingi oyning 1-2 sanasiga u buxgalteriyaga qaytarib topshiradi. Nomenklatura raqamlari bo’yicha haqiqiy qoldiqlarini belgilangan zaxira normalariga to’g’ri kelishini nazorat qilish va sodir bo’lgan farqlar to’g’risida marketing bo’limiga axborat berib turish moddiy-javobgar shaxsning zimmasiga yuklangan.
Buxgalteriya hisobi va hisobotining ishonchliligini ta’minlash maqsadida korxona o’z mulki va moliyaviy majburiyatlarini inventarizatsiya qiladi. 4 va 19-sonli BHMSlariga muvofiq tovar-material qiymatliklarning inventarizatsiyasi quyidagi hollarda o’tkazilishi mumkin: hisobot yilining 1 oktabridan keyin inventarizatsiya o’tkazilmagan bo’lsa, yillik buxgalteriya hisobotini tuzishdan oldin; moddiy-javobgar shaxslar almashilganda va tabiiy ofatlar ro’y berganda; buxgalteriya va ombor hisobi orasida farq vujudga kelganda; o’g’irlik yoki xiyonatkorlik aniqlanganda, shuningdek, qiymatliklar nobud bo’lganda – shu faktlarning aniqlanishi bo’yicha darhol; tovar-material qiymatliklar qaytadan baholanganda; korxona tugatilganda yoki qaytadan tashkil etilganda. Pul mablag’lari, pul hujjatlari, qat’iy hisobot blankalari bir oyda bir marta inventarizatsiya qilinadi, yonilg’i-moylash materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari – har chorakda qimmatbaho metallar -tarmoq yo’riqnomalariga binoan. Inventarizatsiya jarayonida quyidagilar tekshiriladi: tovar-material qiymatliklarning butligi; ularning to’g’ri saqlanishi, jo’natilishi, tarozi va o’lchov instrumentlarini holati; material qiymatliklar harakati va qoldig’ini hisobga olish tartibi. Тekshirish hajmi bo’yicha yoppasiga va tanlab, oralatib tekshirish, vaqti bo’yicha esa – rejali va to’satdan tekshirishga bo’linadi. Inventarizatsiyani korxona rahbari tashkil qiladi va boshqaradi. Inventarizatsiya o’tkazish ishini korxona rahbarining buyrug’i bilan tayinlanadigan komissiya bajaradi.
Inventarizatsiya o’tkazish vaqtiga buxgalteriya tomonidan omborlar bo’yicha buxgalteriya hisobidagi qoldiqni ko’rsatib tovar-material qiymatliklar inventarizatsiya ro’yxati tuziladi. Bu davrda ombor muomalalari amalga oshirilmaydi. Ombor mudiri mazkur ro’yxatda barcha hujjatlarni materiallarni ombor hisobi kartochkasiga yozilganligi va korxona buxgalteriyasiga topshirganligi to’g’risida tilxat beradi. Inventarizatsiya natijasini aniqlash uchun materiallar qoldig’i daftaridan foydalanish mumkin. Bu daftarda inventarizatsiya ro’yxatiga binoan materiallarni haqiqiy qoldiqlarini yozish uchun maxsus kataklar ajratilgan.
Inventarizatsiya natijasida aniqlangan farqlar barcha hollarda ham taqqoslash qaydnomalari bilan rasmiylashtiriladi va haqiqiy tannarx bo’yicha baholanadi. Ortiqcha chiqqan qiymatliklar operatsion daromad va tushumlarni ko’paytirish yo’li bilan kirimga olinadi: Dt 1010 «Materiallar schyotining tegishli schyotlari, Kt 9390«Boshqa operatsion daromadlar» schyoti. Invеntarizatsiya o’tkazish natijasida aniqlangan moddiy boyliklarning har qanday kamomadi (asosiy vositalardan tashqari) 5910 «Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo’qotishlar» schеti orqali rasmiylashtiriladi. Dеylik, korxonada balans qiymati 1800000 so’mlik xom ashyo va matеriallar еtishmasligi aniqlandi. Ushbu kamomad summasi quyidagi yozuv bilan rasmiylashtiriladi: D-t 5910 «Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo’qotishlar» - 1800000 so’m, K-t 1010 Xom ashyo va matеriallar schеti - 1800000 so’m. Ushbu kamomadning tabiiy kamayish mе'yori 15 foiz bo’lib, 270000 so’mni tashkil etgan bo’lsa, matеrial rеsurslarining tabiiy kamayish normasi doirasidagi kamomadi va nobudgarchiligi matеrial xarajatlari tarkibiga kiritilib mahsulot tannarxiga quyidagi yozuvlar bilan o’tkaziladi: D-t 2010, 2310, 2510 va boshqa schеtlar - 270000 so’m, K-t 5910 «Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo’qotishlar» - 270000 so’m.
Tabiiy kamayish mе'yoridan ortiq kamomad, navlar orasidagi kam, ko’p chiqishlarni aks ettirgandan so’ng, bozor bahosida kamomadga o’tkaziladi.
Bizning misolimizda tabiiy kamayish mе'yoridan ortiq kamomad 1530000 so’mni (1800000 - 270000) tashkil etadi. Faraz qilaylik ushbu kamomadni bozor bahosida, ya'ni 2250000 so’m qilib undirib olishga qaror qilindi.
Bozor bahosida undirib olinadigan kamomad summasi tеgishli aybdor shaxs zimmasiga o’tkazilganda quyidagicha rasmiylashtiriladi:
D-t 4730 «Moddiy zararni qoplash bo’yicha xodimlarning qarzi» -2250000 so’m,
K-t 5910 «Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo’qotishlar» - 2250000 so’m.
Kamomadning balans qiymati bilan aybdor shaxslardan undirib olinadigan qiymati orasidagi farqi Moliya Vazirligining 56-sonli va Davlat soliq qo’mitasining 2001-38-sonli 2001 yil 20 iyundagi qaroriga binoan foydaga o’tkaziladi. Bizning misolimizda bu foyda 450000 so’mni (2250000-1800000) tashkil etib quyidagi yozuv bilan rasmiylashtiriladi:
D-t 5910 «Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo’qotishlar» - 450000 so’m,
K-t 9320 «Boshqa aktivlarning sotilishi va boshqacha chiqib kеtishidan olingan foyda» - 450000 so’m.
Korxonalarda matеrial qiymatliklarning kamomadi va nobudgarchiligi bo’yicha aniq aybdor aniqlanmasa, ular 9430 «Boshqa opеratsion xarajatlar» schеtiga o’tkaziladi va quyidagicha rasmiylashtiriladi: Dt 9430 «Boshqa opеratsion xarajatlar» 1800000 so’m, Kt 5910 «Kamomadlar va qiymatliklarning shikastlanishidan talofatlar» - 1800000 so’m.
Shunday qilib, xo’jalik yurituvchi subyektlar materiallardan optimal foydalanish va ularning ishlatilishini belgilangan me’yorlarga muvofiq sarflashda bevosita buxgalteriya hisobining naqadar to’g’ri tashkil etilishi hamda uning nazorat qilish funksiyasining amal qilinayotganligiga ham bog’liqdir.