Tog’-kon tayyorgarlik ishlarida foydalanilgan qurilish materialarning hisobdan chiqarilishi
2010, 0800
1050
Mol yuboruvchi korxonalar tomonidan jo’natilgan mahsulot uchun to’lov talabnoma – topshiriq va schyot-faktura yozib xaridorga beradi yoki pochta orqali jo’natadi, xaridor pulini to’lash uchun ularning bir nusxasini o’zining bankiga topshiradi. Korxonada shartnoma majburiyatlarining bajarilishini marketing bo’limi bajaradi, shuning uchun to’lov talabnoma – topshiriq va schyot-faktura birinchi navbatda ularga yoki moliyaviy bo’limga kelib tushadi. Bu yerda ularni shartnomaga mos kelishi tekshiriladi, kelib tushgan yuklarni hisobga olish jurnalida ro’yxatga olinadi, shartnomalarning bajarilishini hisobga olish daftariga belgi qo’yadi va to’lashga rozilik beradi. Kelib tushgan yuklarni ro’yxatga olish jurnalida aks ettirilgandan so’ng hujjatlar ichki ro’yxatga olish raqamiga ega bo’ladi va pulini to’lash uchun buxgalteriyaga beriladi, kvitansiya bilan tovar-transport nakladnoy esa yukni qabul qilib olish va olib kelish uchun ekspeditsiya bo’limiga topshiriladi. Korxona buxgalteriyasida shu daqiqadan boshlab mol yuboruvchilar bilan hisob-kitoblar vujudga keladi. Yuklarni omborga tushishiga qarab kirim orderi yoziladi va reestr bilan birga buxgalteriyaga topshiriladi. Buxgalteriyada taksirovka qilinib to’lov hujjatiga qo’shib qo’yiladi. Bu hujjatni bankda to’lanishiga qarab mol yuboruvchining foydasiga pul o’tkazilganligi to’g’risida buxgalteriya hisob-kitob schyotidan ko’chirma oladi. Тovar-material qiymatliklar va xizmatlar bo’yicha mol yuboruvchilar bilan hisob-kitoblar 6010 - «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar» schyotida hisobga olinadi. Bu schyot passiv bo’lib, kredit qoldig’i to’lanmagan schyotlar va fakturlanmagan yuklar bo’yicha korxonaning mol yuboruvchilar va pudratchilardan bo’lgan qarzini ko’rsatadi; debet aylanmasi - hisobot oyida to’langan, hisobdan chiqarilgan va rachyot qilingan summani ko’rsatadi; kredit aylanmasi - hisobot oyida akseptlangan to’lov hujjatlari bo’yicha to’lashga qabul qilingan va fakturlanmagan yuklar summalarini ko’rsatadi