Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida oʻtkaziladigan “iqtisodiyot” boʻyicha talabalar onlayn fan olimpiadasi toʻGʻrisida



Download 55,7 Kb.
Pdf ko'rish
Sana11.02.2022
Hajmi55,7 Kb.
#443387
Bog'liq
TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETIDA OʻTKAZILADIGAN “IQTISODIYOT” BOʻYICHA TALABALAR ONLAYN FAN OLIMPIADASI TOʻGʻRISIDA



TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETIDA OʻTKAZILADIGAN
“IQTISODIYOT” BOʻYICHA TALABALAR ONLAYN FAN OLIMPIADASI TOʻGʻRISIDA
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur muvaqqat nizom “Iqtisodiyot” boʻyicha talabalar oʻrtasida respublika onlayn fan
olimpiadasining tashkil etish, oʻtkazish hamda unda qatnashish va olimpiada gʻoliblarini
aniqlash tartibini belgilaydi.
2. Olimpiadani oʻtkazishga Istiqbolli izlanishlar va qoʻshimcha taʼlim markazi, Toshkent
davlat iqtisodiyot universiteti Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti yetakchisi hamda Taʼlim
muassasalarida elektron taʼlimni rivojlantirish markazi masʼul hisoblanadi.
3. Olimpiada Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-martdagi
“Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 176-son
qarorida belgilangan talablarni inobatga olib, oliy taʼlim muassasalari talabalarining ixtisoslik
va umumkasbiy fanlar boʻyicha oʻz qobiliyatlarini namoyon etish, rivojlantirish va ularning
isteʼdodlarini roʻyobga chiqarishga keng imkoniyatlar yaratishga yoʻnaltirilgan.
4. Olimpiadani tashkil etish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim
vazirining buyrugʻiga muvofiq Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida oʻtkaziladigan
respublika onlayn fan olimpiadasini oʻtkazish boʻyicha universitet Tashkiliy qoʻmitasi tarkibi
tasdiqlanadi.
5. Tashkiliy qoʻmita olimpiadaning tashkiliy-texnik va axborot tizimlarini tashkil etish,
olimpiada gʻoliblari va ishtirokchilarini ragʻbatlantirish vazifalarini taʼminlaydi.
II. Olimpiadaning maqsad va vazifalari
6. Olimpiadaning asosiy maqsadi quyidagilar hisoblanadi:
talabalarda ijodiy qobiliyatlarni hamda ilmiy-tadqiqotchilik faoliyatiga boʻlgan qiziqishni
rivojlantirish;
tayanch kompetensiyalarni, kasbiy-ahamiyatli shaxs sifatlarini, egallangan bilimlarni
amaliyotda qoʻllash motivatsiyalarini shakllantirish;
yoshlar oʻrtasida ilmiy bilimlarning keng tarqalishi va ommalashishiga erishish;
iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va intellektual rivojlanishi uchun shart-sharoitlarni
kengaytirish.
7. Olimpiadaning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
iqtidorli va qobiliyatli talabalarni saralash va qoʻllab quvvatlash hamda ijodiy qobiliyatlarini
namoyon etishlariga sharoit yaratish;
intellektual salohiyatini rivojlanish imkoniyatlarni kengaytirish;
mantiqiy fikirlash va ilmiy faoliyatga qiziqishlarini oshirish;
nostandart vaziyatlarda mustaqil yechimlar qabul qilish koʻnikmalarini rivojlantirish.
III. Olimpiadani oʻtkazish bosqichlari va tartibi
8. “Iqtisodiyot” boʻyicha fan olimpiadasi bir bosqichda test shaklida tashkil etiladi:
9. Olimpiadani oʻtkazish uchun universitetda jamoatchilik asosida tuziladigan Tashkiliy
qoʻmita tarkibi rektor buyrugʻi bilan tasdiqlanadi va quyidagi shaxslardan iborat boʻladi:
rais (universitet rektori);
rais oʻrinbosari (ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor);
masʼul kotib (Istiqbolli izlanishlar va qoʻshimcha taʼlim markazi boshligʻi);
boshqa aʼzolar (maʼnaviy-maʼrifiy masalalar va yoshlar bilan ishlash boʻyicha prorektor, oʻquv
ishlari boʻyicha prorektor, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Yoshlar ittifoqi vakili, fakultet
dekanlari, universitetning yetakchi olimlari va mutaxassislari).


10. Olimpiada natijalari eʼlon qilingandan soʻng 24 soat ichida tushgan yozma shikoyat va
arizalar tegishli tashkiliy qoʻmita tomonidan onlayn yoki telefon aloqasi orqali hal etiladi yoki
tushuntirish beriladi.
11. Olimpiada ishtirokchilarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining imkoniyati va
qurilmalaridagi texnik nosozliklar boʻyicha shikoyat va arizalar koʻrib chiqilmaydi.
12. Olimpiadani oʻtkazish jarayoni va natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Oʻzbekiston Milliy
teleradiokompaniyasi, ommaviy axborot vositalarida hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim
vazirligi, universitet rasmiy veb-saytlarida yoritiladi.
IV. Olimpiada gʻoliblarini taqdirlash
13. Olimpiada gʻoliblari olimpiada topshiriqlarining talabalar tomonidan bajarilish darajasiga
qarab 1, 2 va 3-oʻrinni olgan olimpiada qatnashchilari pul mukofotlari va universitetning
sertifikatlari bilan taqdirlanadilar:
1-oʻrin – 5.000.000 (besh million) soʻm;
2-oʻrin – 4.000.000 (toʻrt million) soʻm;
3-oʻrin – 3.000.000 (uch million) soʻm.
V. Yakuniy qoidalar
14. Olimpiadaning ishtirokchisi tomonidan olimpiadani tashkil etish va oʻtkazish hamda
uning natijasi bilan bogʻliq murojaat (eʼtiroz)lar qabul qilinmaydi.

Download 55,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish