2.3.3-rasm. Innovatsion xizmatlar bozori infratuzilmasini guruhlash
Innovatsion xizmatlar bozori infratuzilma elementlarining o‘zaro aloqasisxema tarzda tarkib topishi maqsadga muvofiqdir.
Keltirilgan innovatsion xizmatlar bozori infratuzilma majmuasining har bir elementi o‘zining funksiyalarini amalga oshirish mexanizmi hamda mazkur mexanizmlarning faoliyatini ta’minlaydigan maxsus va ko‘p funksiyali korxonalar shaklida tegishli tuzilmaviy elementlariga ega bo‘lishi zarur. Ko‘zda tutilayotgan infratuzilma majmuasi mulkchilik shakli va maqomidan qat’iy nazar barcha sub’ektlarga xizmat ko‘rsatadigan o‘ziga xos tarmoqning asosi hisoblanadi (2.3.4-rasm).
2.3.4-rasm. Innovatsion xizmatlar bozori infratuzilma elementlarining o‘zaro aloqasi
Y.V.Xolopenkovaning fikricha bugungi kunda hududlar iqtisodiyotining innovatsion rivojlanishi ko‘p hollarda ularning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga erishish sifatida qaraladi. Bunda mamlakat iqtisodiyotining innovatsion rivojlanishi hududlar iqtisodiyotining o‘zaro va chambarchas bog‘liqligi hamda hududlarning o‘zaro yagona innovatsion muhitga integratsiyalashuvi jarayonlari asosida innovatsion rivojlanishiga b evosita asoslangan bo‘ladi.
M.N.Popov ijtimoiy-iqtisodiy muhitni hududlardagi investitsion loyihalarning amalga oshirilishining kompleks baholavchi ko‘rsatkichlar tizimi sifatida ko‘rib, mamlaktning yagona iqtisodiy muhitida hududiy omillardan unumli foydalanuvchining sharti va sharoiti deb hisoblanadi. Shu tariqa ijtimoiy-iqtisodiy muhitning holati bir qator omillar asosida belgilanadi, shu jumladan, innovatsiyalarni rivojlantirish omillari bilan ham.
N.V.Krakovetskaya va I.O.Chistiqovalar innovatsion infratuzilmalarga alohida e’tibor bergan holda “Jahonda innovatsion infratuzilmalarni rivojlantirish tendensiyalariga ko‘ra, davlatning hududlarda va umuman mamlakat bo‘yicha innovatsion faoliyatni muvofiqlashtirishdagi muhim instrumentlaridan biri hisoblanadi” degan g‘oyani ilgari surishadi.
Y.S.Makarova o‘zining “Hududning innovatsion salohiyati omillarini klassifikatsiyalash nomli tadqiqotida bugungi kunda Rossiya hududlarida innovatsion faoliyatning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘ratayotgan bir nechta to‘siqlarni yoritib bergan, jumladan yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish tizimi rivojlanmaganligi, ayrim hududlarda mavjud emasligi, ilmiy-tadqiqotlar va texnoloik ishlanmalarni moliyalashtirish tizimi yaxshi rivojlanmaganligi, kichik korxonlarning himoya qilishning huquqiy tomonidan to‘liq amal qilmasligi.
O.A.Staritseeva va N.N.Avakumova o‘zlarining “Hududlarni rivojlantirishning institutsional asoslari” deb nomlangan ilmiy-tadqiqotlarda milliy iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishning institutsional asoslarini mamlakat hududlarida amalga oshiriladigan islohotlar bilan bog‘lashadi.
Umuman olganda, iqtisodiyot fanida innovatsion faoliyatga oid ma’lumotlar shundan dalolat beradiki, bu aylanishning nazariy asoslari juda keng bo‘lib, uning aosiy xususiyatlarini xorij olimlaridan N.Druker, N.D.Kondratiev, J.Grossi, Y.Shumpeter, M.Porter va boshqalar tomonidan chuqur o‘rnatilgan.
Mahalliy adabiyotlarda innovatsion jarayonlarning mohiyati g‘oyalarning tug‘ilishi, texnik amalga oshirilishini tekshirish va bozor talabini o‘rganish, tajriba namunasini yaratish, kompleks sinovdan o‘tkazish, texnik tavsiflarni takomillashtirish, bozorni o‘rganish, keng miqyoslarda ishlab chiqarish va marketingni tashkil etish kabilaradn iborat bosqichlar ketma-ketligini ifodalovchi innovatsion zanjir ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
Yuqoridagi olimlarning fikriga ko‘ra, hududlarda amalga oshirilishi belgilangan islohotlar institutlar tizimidagi o‘zgarishlar bilan birgalikda amalga oshirilishi lozim. Hududlarni rivojlanishini aks ettiruvchi institutsional ko‘rsatkichlardan biri bu uning innovatsion rivojlanganligi hisoblanadi. O‘z navbatida, innovatsiya faoliyatining rivojlanishi yangi g‘oyalarni ishlab chiqarish va kadrlar salohiyatini rivojlanishidan tortib to moliyaviy, moddiy-texnik, axborot, qounchilik, metodologik va tashkiliy ta’minotgacha bo‘lgan innovatsion jarayonning asosini tashkil qiluvchi turli tadbrlar majmuining amalga oshirilishini talab qiladi.
Fan-texnika taraqqiyotining asosiy tarkibiy qismlaridan biri innovatsion faoliyat, iqtisodiy rivojlanishning mazkur yo‘nalishida faollikni ta’minlovchi omillarni, shuningdek, innovatsion jarayonlarni qo‘llab-quvvatlovchi va tartibga soluvchi tashkiliy tuzilmalar xususiyatlari o‘rganish va ulardan foydalanish hisoblanadi.
Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish va rag‘batlantirish haqida yuqorida shakllantirilgan asos jahon tajribalaridan kelib chiqqan holda mamlakatimizdagi vaziyatda innovatsion o‘sish strategiyasini amalga oshirish ustuvor hisoblansada bir qator sabablarga ko‘ra bugungi kunda uni amalga oshirib bo‘lmaydi.
Muvaffaqiyatga erishish uchun mamlakat korxonalari hamkorlar e’tiborini jalb qilish o‘zaro raqobatlashishi lozim. Buning uchun nima sababdan xorijiy firmalar strategik ittifoq va hamkorlikka qadam qo‘yishini aniq tasavvur etish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |