2. “Makroiqtisodiy tahlil va iqtisodiyotning real sektorini prognozlashtirish” boshqarmasining vazifalari
Boshqarmaning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarini tahlil qilish;
iqtisodiyotning real sektorining holati, tarmoqlar tarkibiy o‘zgarishlaridagi tendensiyalari va asosiy sohalarni rivojlanishini bo‘yicha takliflar tayyorlash;
makroiqtisodiy prognozlarda mamlakat barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlarini, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan strategiya dasturlari, kompleks, maqsadli, hududiy dasturlar ko‘rsatkichlarini aks ettirish va hisoblash;
makroiqtisodiy prognozlarni pul-kredit sohasi parametrlari, davlat byudjeti, tashqi savdo va to‘lov balanslari bilan muvozanatini ta’minlash;
mamkatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari bo‘yicha tahliliy materiallar va ma’lumotnomalarni tayyorlash, mamlakat iqtisodiy dasturlarining eng muhim yo‘nalishlari va ustuvor yo‘nalishlarining amalga oshirilish jarayoniga baho berish;
qabul qilingan Konsepsiya, Strategiya, kompleks dasturlar va ustuvor yo‘nalishlardan iqtisodiyotni isloh qilish va jaxon iqtisodiyotining rivojlanish tendensiyasidan kelib chiqib, qisqa muddatli va o‘rta muddatli makroiqtisodiy prognozlarni ishlab chiqish;
mamlakatni yanada rivojlantirish, 2017 – 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirishni hisobga olgan holda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish prognozi Konsepsiyasini shakllantirish.
Qo‘yilgan vazifalardan kelib chiqib, boshqarma quyidagi funksiyalarni bajaradi:
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning tahlili, monitoringi va respublikaning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish dinamikasini, shuningdek undagi muammolarni aniqlash;
iqtisodiy rivojlanish uchun kompleks dasturlarni, ustuvorliklar va maqsadlarni amalga oshirishni hisobga olgan holda, makro prognozlarni tashkil etish va ishlab chiqish;
jahon bozorlari va iqtisodiyotida kutilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy ta’sirlarning makroiqtisodiy baholashini amalga oshirish;
iqtisodiyot, ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari, pul-kredit sektorlari, davlat byudjeti va tashqi savdo ko‘rsatkichlari bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy o‘sishning prognoz ko‘rsatkichlarini hisoblash;
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasini, real sektor tarmoqlarini makroiqtisodiy tahlil qilish va prognoz qilish va rivojlanish tendensiyalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, shuningdek vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va yirik korxonalar takliflari asosida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning prognoz ko‘rsatkichlarini shakllantirishda ishtirok etish;
makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va iqtisodiy o‘sishning prognoz parametrlariga erishish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
iqtisodiy o‘sishning barqarorligini va aholi bandligi va daromadlarini oshirishni ta’minlash bo‘yicha makroiqtisodiy siyosat choralari bo‘yicha takliflar tayyorlash;
islohotlarni yanada chuqurlashtirish va iqtisodiyotni liberallashtirishga yo‘naltirilgan makroiqtisodiy boshqaruv vositalarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
iqtisodiyotda tarkibiy va institutsional o‘zgarishlar, mamlakat iqtisodiyotining barqaror va yaxlit rivojlanishini ta’minlash bo‘yicha takliflar tayyorlashda ishtirok etish;
respublika ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining yakunlari va prognozlarini ishlab chiqish va iqtisodiyotni isloh qilish masalalari bo‘yicha Vazirlikning markaziy apparati, hududiy boshqarmalari, shuningdek boshqa vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tuzilmaviy bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorlik qilish;
mamlakat va mintaqalar rivojlanishining makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarining prognoz qilinishini doimiy muvofiqlashtirish;
tegishli vazirlik va idoralarning ma’lumotlari asosida asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha ma’lumotlar bazasini muntazam ravishda yangilab turish va shakllantirish;
mavjud tartib, shuningdek, xalqaro tajriba va ilmiy-tadqiqotlar tahlili asosida makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni prognozlashtirish metodologiyasini takomillashtirish;
mamlakatni rivojlantirishning asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarini shakllantirish va prognozlashtirish bo‘yicha tashkiliy va uslubiy ko‘rsatmalarni amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, tegishli davlat organlari tomonidan taqdim etiladigan qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarning loyihalarini ko‘rib chiqish va muhokama qilishda ishtirok etish;
departament, boshqarma va bo‘limlar bilan hududiy prognozlarni ishlab chiqishda hududiy bo‘linmalarning monitoringini o‘tkazish va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish natijalari bo‘yicha tahliliy axborot va jadvallarni shakllantirish;
vazirlikning axborot xavfsizligi yagona siyosatini amalga oshirishda kelgusida yangi axborot tizimlarini joriy etish va axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha takliflar tayyorlash;
boshqarmaning vakolatiga taalluqli iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni hal qilish bo‘yicha aholi va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning fikrlari, takliflari, qonuniy talablarini o‘rganish va tahlil qilish va shu asosda ularni hal etishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqish;
ommaviy axborot vositalarida va Vazirlikning rasmiy saytida yoritib borish maqsadida ijtimoiy-iqtisodiy dolzarb masalalar bo‘yicha tahliliy materiallarni tayyorlash,
boshqarma xodimlarining matbuot anjumanlari va brifinglarda ishtirok etishi;
boshqarma xodimlarining o‘zlariga biriktirilgan masalalari bo‘yicha ma’lumotlar bazasini shakllantirish, yuritish va yangilash.
Boshqarmaning huquq va majburiyatlari:
Boshqarma quyidagi huquqlarga ega:
iqtisodiyot sohalari va tarmoqlari kesimida tayyorlangan prognozlarni vazirlikning boshqa tarmoq boshqarmalari bilan birgalikda tayyorlashda va muvofiqlashtirishda ishtirok etish;
vazirlik rahbariyatiga eng muhim makroiqtisodiy muammolarni ishlab chiqish va ko‘rib chiqish bo‘yicha idoralararo ijchi guruhlar tashkil etish, boshqarma vakolatiga taalluqli masalalar oid uslubiy va me’yoriy materiallarni tasdiqlash bo‘yicha takliflar kiritish;
prognozlarni ishlab chiqish va mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini har tomonlama tahlil qilish uchun zarur bo‘lgan vazirlik, davlatning boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan tahliliy materiallar va statistik ma’lumotlarni o‘rnatilgan tartibda so‘rash va olish;
boshqarma o‘z vakolatlari doirasida prognozlashtirish, maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va boshqa prognozlashtirish va tahliliy materiallarni tayyorlashga davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, ilmiy markazlar va institutlarning hududiy boshqarmalari mutaxassislarini o‘rnatilgan tartibda jalb qilish;
berilgan vakolatlar doirasida tegishli tashkilotlarda, idoralarda va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda Vazirlik manfaatlarini ifodalash, kelishuv bo‘yicha o‘zlarining yakuniy va boshqa yig‘ilishlarida ishtirok etish;
boshqarmaning moddiy-texnika bazasini takomillashtirish, boshqarma xodimlarining moddiy va ijtimoiy holatini yaxshilash, ularning malakasi va kasbiy o‘sishi uchun vazirlik rahbariyatiga takliflar kiritish;
belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, boshqarmaga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarini bajarish bilan bog‘liq boshqa hujjatlarni kiritish;
boshqarma o‘z vakolati doirasida davlat va xo‘jalik organlari, joylardagi mahalliy davlat hokimiyati organlari, Markaziy bank va tijorat banklaridan ma’lumotlarni so‘rov asosida o‘rnatilgan tartibda olish;
boshqarmaning vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha davlat statistika organlaridan zarur statistik ma’lumotlarni bepul asosda olish;
yuqoridagilarga taalluqli masalalar bo‘yicha uslubiy materiallar va tavsiyalar ishlab chiqishda ishtirok etish.
Boshqarma quyidagilarni bajarish majburiyatiga ega:
boshqarma vakolatiga kiruvchi prognoz hisob kitoblar, tahliliy ma’lumotlar va boshqa materiallarni o‘z vaqtida va sifatli tayyorlash;
rahbariyat topshiriqlarini so‘zsiz bajarish;
iqtisodiyot va uning tarmoqlari faoliyatining prognoz ko‘rsatkichlarini hisoblash va makroiqtisodiy tahlillar bo‘yicha rahbariyatga taqdim etish;
ish yuritishda, ayniqsa nazorat hujjatlarini (1,2,3 Kartotekalar) yuritishda ijro intizomiga rioya qilish;
o‘ziga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni samarali bajarish;
boshqarma xizmatchilari nazorat qiladigan masalalar bo‘yicha ma’lumotlar bazasining to‘liq va sifatli yuritilishini ta’minlash;
yuqori malakali kadrlarni tanlash, keyinchalik ularning nomzodlarini Vazirlik rahbariyatiga taqdim etish.
Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish departamenti quyidagicha tarkibiy tuzilishiga ega:
Makroiqtisodiy tahlil va iqtisodiyotning real sektorini prognozlashtirish yig‘ma Boshqarmasi;
Iqtisodiyot tashqi sektorini prognozlashtirish va rivojlantirish Boshqarmasi;
Tarkibiy o‘zgarishlar masalalari va rivojlanish strategiyalarini shakllantirsh Boshqarmasi;
Soliq-byudjet va pul-kredit siyosati bo‘limi;
O‘rta va uzoq muddatli kompleks rivojlantirish dasturlarini shakllantirirsh bo‘limi.
“O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Urbanizatsiya agentligi direktorining o‘rinbosarlari, shu jumladan birinchi o‘rinbosari hamda Markaz direktori va direktor o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri tomonidan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri, uning o‘rinbosari — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri bilan kelishilgan holda;
viloyatlar iqtisodiyot va sanoat bosh boshqarmalari boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari — viloyatlar hokimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri bilan kelishilgan holda;
tumanlar va shaharlar iqtisodiyot va sanoat bo‘limlari boshliqlari — tegishli tumanlar (shaharlar) hokimlari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vaziri, viloyatlar iqtisodiyot va sanoat bosh boshqarmalari boshliqlari taqdimnomasiga ko‘ra hamda O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.”4
Xodimlarining cheklangan umumiy soni 70 birlikdan iborat Vazirlikning Ma’muriy binosidan foydalanish boshqarmasi byudjet tashkilotiga tenglashtiriladi.
“2019 yil 1 fevraldan boshlab tovarlar (ishklar, xizmatlar) davlat xaridalari bo‘yicha texnik topshiriqlar narx ko‘rsatkichlarining o‘rtacha bozor darajasini o‘rganish natijalari bo‘yicha dastlabki hisob-kitoblar asosida shakllantiriladigan ularning cheklangan qiymatini belgilagan holda ekspertizadan o‘tkazish uchun Markazga taqdim etiladi.
Kontraktlar, import kontraktlari va ularga qo‘shimcha kelishuvlar markazda majburiy ekspertiza va ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi.”5
Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish Departamenti
Makroiqtisodiy tahlil va iqtisodiyotning real sektorini prognozlashtirish yig‘ma Boshqarmasi
Iqtisodiyot tashqi sektorini prognozlashtirish va rivojlantirish Boshqarmasi
Tarkibiy o‘zgarishlar masalalari va rivojlanish strategiyalarini shakllantirsh
Boshqarmasi
Soliq-byudjet va pul-kredit siyosati bo‘limi
O‘rta va uzoq muddatli kompleks rivojlantirish dasturlarini shakllantirirsh bo‘limi
2-rasm. Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish departamentining tarkibiy tuzilishi6.
Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish departamenti tarkibiy tuzilishiga ko‘ra department 3 ta boshqarma va 2 ta bo‘limdan iborat. Departament yuqoridagi tarkibiy tuzilishga ko‘ra o‘z ishini olib boradi. Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish departamenti vazirlikning eng asosiy departamentidan biri hisoblanadi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining faoliyatini reglamentlovchi meyoriy va huquqiy hujjatlar
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining faoliyatini reglamentlovchi meyoriy va huquqiy hujjatlar quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi to‘g‘risida nizom.
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining maqomi, vazifalari, funksiyalari, vakolatini va faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PQ-4105 sonli “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” gi qarori.
Ushbu qaror quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining tashkiliy tuzilmasi;
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining markaziy apparati tuzilmasi;
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi to‘g‘risida nizom;
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni 30 birlikdan iborat bo‘lgan Urbanizatsiya agentligi tuzilmasi;
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutining tuzilmasi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining tuzilmasi, viloyatlar iqtisodiyot va sanoat bosh boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, viloyatlar iqtisodiyot va sanoat bosh boshqarmalari, shuningdek tumanlar va shaharlar iqtisodiyot va sanoat bo‘limlari xodimlarining umumiy cheklangan soni;
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi markaziy apparati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, viloyatlar iqtisodiyot va sanoat bosh boshqarmalari, tumanlar va shaharlar iqtisodiyot va sanoat bo‘limlari xodimlari mehnatiga haq to‘lash razryadlarini tasdiqlanishi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24 apreldagi PQ-4297-sonli “Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda ma’muriy tartib-taomillarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori.
Mamlakatimizda tashqi iqtisodiy faoliyatni liberallashtirish, eksport salohiyatini kuchaytirish, investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish va bojxona ma’muriyatchiligini takomillashtirish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, fitosanitariya, sanitar-epidemiologik, veterinariya, ekologik nazorat organlari va sertifikatlash organlari (keyingi o‘rinda — vakolatli organlar) faoliyatini o‘rganish natijalari ularning O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali o‘tuvchi tovarlar va transport vositalariga nisbatan nazorat funksiyalarini amalga oshirish samaradorligi va tezkorligini oshirish, shu jumladan idoralararo elektron hamkorlikni jadal joriy qilish orqali takomillashtirish zarurati mavjudligini ko‘rsatmoqda.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda ma’muriy tartib-taomillarni yanada takomillashtirish, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash, shuningdek, 2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 dekabrdagi «Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4059-son qarorida belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida ushbu qaror qabul qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10- yanvardagi PF-5623-sonli “Urbanizatsiya jarayonlarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni.
Olib borilayotgan tarkibiy islohotlar doirasida yirik strategik investitsiya loyihalarini amalga oshirish bilan bir qatorda shaharlar aholisi farovonligining o‘sishi va barqaror rivojlanishiga etaklovchi omil sifatida urbanizatsiya jarayoni tegishli darajada hisobga olinmagan. Natijada so‘nggi yillarda urbanizatsiya darajasining pasayish tendensiyasi kuzatilmoqda, shahar aholi punktlari soni esa atigi 1065 dan 1071 gacha ko‘paygan.
Yirik qishloq aholi punktlarini shahar posyolkalariga aylantirish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlarga qaramasdan, bugungi urbanizatsiya darajasi shaharlarni kompleks rivojlantirish bo‘yicha zamonaviy talablariga javob bermaydi va jahon tendensiyalaridan sezilarli darajada qolib ketmoqda. Bunda urbanizatsiya darajasi hanuzgacha barqaror xususiyatga ega emas.
Urbanizatsiya jarayonlarining davlat tomonidan samarali tartibga solinishini ta’minlash hamda er uchastkalarining aylanmasi va ulardan foydalanishda zamonaviy bozor mexanizmlarini joriy etish maqsadida ushbu farmon qabul qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-dekabrdagi PQ-2691-sonli “Mahalliy ijroiya hokimyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori.
Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatining samaradorligini oshirish, tashkiliy tuzilmasini yanada takomillashtirish va mustahkamlash, hududlarni kompleks rivojlantirishni ta’minlash, ijtimoiy soha rivojini yanada rag‘batlantirish, ishlab chiqarish kuchlarini optimal joylashtirish, hududlarning tabiiy-xomashyo, yer-suv, ishlab chiqarish va mehnat salohiyatidan oqilona foydalanish, aholi bilan muloqot qilish, ularning manfaatlarini himoya qilish uchun ehtiyoj va talablarini o‘rganish asosida turmush darajasi va sifatini izchil oshirib borish, yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishni samarali tashkil qilish maqsadida ushbu qaror qabul qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-mart PQ-2840-sonli “ O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hududiy boshqarmalari faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2016-yil 22-dekabrdagi PQ-2691-sonli qaroriga muvofiq, shuningdek, hududlar iqtisodiy kompleksi faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish maqsadida ushbu qaror qabul qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-avgustdagi PQ-3204-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Markaziy apparati tuzulmasiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qarori.
Ushbu qarorda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Markaziy apparati tuzulmasiga o‘zgartirish kiritish masalalari aks ettirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 1-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi urbanizatsiya agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
Ushbu qarorda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Urbanizatsiya jarayonlarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 10-yanvardagi PF-5623 Farmoniga muvofiq, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2019-yil 10-yanvardagi PQ-4105-son qarorini ijro etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Urbanizatsiya agentligi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlash qaoririni qabul qilgan.
O‘zbekiston Respublikasi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va ularning tahlili
Har bir mamlakat iqtisodiyotiga baho berishda eng avvalo uning yalpi ichki mahsulotiga va makroiqtisodiy ko‘rsatkichlariga e’tibor qaratiladi. Mamlakatimiz iqtisodiyoti yildan yilga rivojlanib, yalpi ichki mahsulotimiz ortib bormoqda. Bu mamlakatimizda olib borilayotgan islohatlarning mevasidir. Quyida mamlakatimiz makroiqtisodiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari tahlil berilgan.
1-jadval.7
Asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar kutilishi to‘g‘risida ma’lumot
|
t/r
|
Ko‘rsatkichlar
|
Yillar(yanvar-dekabr)
|
2016 y.
|
2017 y.
|
2018 y.
|
1.
|
YAIM, mlrd.so‘m
|
242 495,5
|
302 536,8
|
407 514,5
|
|
oldingi yilning mos davriga nisbatan, %
|
106,0
|
104,5
|
105,1
|
|
YAIM deflyatori, %
|
108,3
|
119,4
|
128,1
|
2.
|
YAIM strukturasi, %
|
100,0
|
100,0
|
100,0
|
|
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi
|
34,0
|
34,0
|
32,4
|
|
oldingi yilning mos davriga nisbatan, %
|
106,2
|
101,2
|
100,3
|
|
Sanoat (qurilish bilan birga)
|
26,6
|
27,9
|
32,0
|
|
oldingi yilning mos davriga nisbatan, %
|
105,6
|
105,4
|
110,5
|
|
Xizmatlar
|
39,4
|
38,1
|
35,6
|
|
oldingi yilning mos davriga nisbatan, %
|
106,4
|
106,4
|
105,4
|
3.
|
Iste’mol narxlari indeksi, (inflyasiya)
|
|
|
|
|
oldingi yilning mos davriga nisbatan, %
|
105,6
|
109,5
|
117,5
|
4.
|
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi masulotlari mlrd.so‘m
|
115 599,2
|
148 199,3
|
192 699,2
|
|
oldingi yilning mos davriga nisbatan, %
|
106,3
|
101,0
|
100,2
|
5.
|
Sanoat maxsulotlari, mlrd.so‘m
|
111869,4
|
148816,0
|
228866,2
|
|
oldingi yilning mos davriga nisbatan, %
|
106,2
|
108,0
|
114,4
|
6.
|
Qurilish ishlari, mlrd.so‘m
|
29413,9
|
34698,0
|
47260,7
|
|
oldingi yilning mos davriga nisbatan, %
|
107,2
|
106,0
|
109,9
|
7.
|
Chakana savdo aylanmasi, mlrd.so‘m
|
88071,6
|
105121,8
|
131 768,2
|
|
oldingi yilning mos davriga nisbatan, %
|
114,4
|
101,9
|
105,5
|
8.
|
Jami xizmatlar, mlrd.so‘m
|
92536,0
|
118811,0
|
146 836,3
|
|
oldingi yilning mos davriga nisbatan, %
|
114,5
|
110,7
|
108,4
|
9.
|
Tovarlar va xizmatlar eksporti
|
12094,6
|
12553,7
|
14 257,9
|
|
oldingi yilning mos davriga nisbatan, %
|
96,7
|
103,8
|
113,6
|
10.
|
Tovarlar va xizmatlar importi
|
12137,6
|
14012,4
|
19 557,4
|
|
oldingi yilning mos davriga nisbatan, %
|
97,8
|
115,4
|
139,6
|
O‘zbekiston Respublikasi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlariga e’tibor qaratadigaan bo‘lsak, unga ko‘ra, YaIM 2016-yilda 242 495,5 mlrd.so‘m ni tashkil qilgan bo‘lsa, 2017-yilda 302 536,8 mlrd.so‘m ni, 2018-yilda 407 514,5 mlrd.so‘m ni tashkil qilgan. Unda o‘sish sur’atlari esa quyidagicha, 2016-yilda 106,0 % ni, 2017-yilda 104,5 % ni, 2018-yilda esa 105,1 % ni tashkil qilgan. YaIM strukturasiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, unda Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi 2016-yilda 34,0 % ni, 2017-yilda 34,0 % ni , 2018-yilda 32,4 % ni tashkil qilgan. Sanoat (qurilish bilan birga) esa 2016-yilda 26,6 % ni, 2017-yilda 27,9 % ni, 2018-yilda 32,0 % ni tashkil qilgan.
2-jadval8.
Asosiy maqsadli makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozlari
|
№
|
Ko‘rsatkichlar
|
2018y. Fakt
|
Prognoz
|
O‘rtacha yillik, %
|
2030 yilning 2018 yilga nisbatan barobar
|
2019y.
|
2020y.
|
2021y.
|
2025y.
|
2030y.
|
2019-2021
|
2022-2025
|
2026-2030
|
2019-2030
|
|
yillar.
|
yillar.
|
yillar
|
yillar
|
|
uchun
|
uchun
|
uchun
|
uchun
|
|
1
|
YAIM, mlrd.so‘m
|
407 514
|
522 459
|
642 978
|
780 671
|
1 326 329
|
2 321 635
|
|
|
|
|
|
o‘tgan yilga nisbatan, % da
|
105,1
|
105,4
|
106
|
107
|
106,5
|
106,8
|
106,1
|
106,4
|
106,6
|
106,4
|
2,1
|
deflyator YAIM, %
|
128,1
|
121,6
|
116,1
|
113,5
|
105,9
|
104,7
|
117,1
|
107,3
|
104,9
|
108,7
|
3,1
|
YAIM, mln.doll.
|
50 505
|
61 323
|
71 442
|
82 176
|
118 605
|
176 780
|
|
|
|
|
|
YAIM aholi jon boshiga, ming.so‘m
|
12 366
|
15 647
|
18 979
|
22 736
|
36 055
|
59 594
|
19 121
|
30 687
|
49 268
|
x
|
x
|
YAIM aholi jon boshiga, doll.
|
1 533
|
1 837
|
2 109
|
2 393
|
3 224
|
4 538
|
2 113
|
2 901
|
3 961
|
x
|
3
|
2.
|
Sanoat, mlrd.sum
|
95 084
|
126 799
|
160 466
|
202 340
|
355 252
|
676 393
|
|
|
|
|
|
ulushi, % da
|
26,3
|
27,5
|
28,3
|
29,3
|
30,5
|
33,3
|
|
|
|
|
|
o‘tgan yilga nisbatan, % da
|
110,6
|
105,2
|
106,3
|
108
|
107,5
|
108,2
|
106,5
|
107,2
|
108
|
107,4
|
2,3
|
3.
|
Qurilish
|
20 734
|
28 203
|
36 453
|
47 853
|
86 729
|
130 605
|
|
|
|
|
|
ulushi, % da
|
5,7
|
6,1
|
6,4
|
6,9
|
7,4
|
6,4
|
|
|
|
|
|
o‘tgan yilga nisbatan, % da
|
109,9
|
108,4
|
110
|
114,6
|
108,2
|
105,1
|
111
|
108,9
|
105,5
|
108
|
2,1
|
4.
|
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi
|
117 316
|
142 149
|
168 995
|
196 373
|
278 009
|
426 472
|
|
|
|
|
|
ulushi, YAIM nisbatan % da
|
32,4
|
30,8
|
29,8
|
28,4
|
23,9
|
21
|
|
|
|
|
|
o‘tgan yilga nisbatan, % da
|
100,2
|
104,3
|
104,5
|
104,8
|
104,8
|
105,3
|
104,5
|
104,6
|
105,2
|
104,8
|
1,8
|
5.
|
Xizmat
|
128 817
|
163 675
|
201 715
|
243 962
|
445 541
|
798 036
|
|
|
|
|
|
2-jadvalning davomi
|
ulushi, YAIM nisbatan % da
|
35,6
|
35,5
|
35,5
|
35,3
|
38,2
|
39,3
|
|
|
|
|
|
o‘tgan yilga nisbatan, % da
|
105,4
|
106,3
|
106,2
|
106,5
|
106,2
|
106,4
|
106,3
|
106,1
|
106,3
|
106,2
|
2,1
|
Mahsulot va eksport-import operatsiyalariga sof soliqlar
|
45 563
|
61 632
|
75 349
|
90 142
|
160 799
|
290 129
|
|
|
|
|
|
ulushi, YAIM nisbatan % da
|
11,2
|
11,8
|
11,7
|
11,5
|
12,1
|
12,5
|
|
|
|
|
|
o‘tgan yilga nisbatan, % da
|
105,5
|
105
|
106
|
107,7
|
107,7
|
107,7
|
|
|
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |