Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Download 190,09 Kb.
bet1/7
Sana12.03.2020
Hajmi190,09 Kb.
#42229
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Abubakr nazariya (2)

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI




Sirtqi bo'limi

Iqtisodiyot nazariyasi fanidan

KURS ISHI

Mavzu: Milliy Iqtisodiyot va makroiqtisodiy ko`rsatkichlar
Bajardi:_________________________

_________________________________

Tekshirdi:_______________________




Registratsiya

№_____ _______________



Taqriz uchun topshirilgan sana: __________________

Kurs ishi himoyasi sanasi:________

Taqriz olingan sana:________________

Komissiya a'zolari:

_______________________________

_______________________________

________ _________________________

________ _________________________

________ _________________________

Talaba olgan ball “_____”__________




Toshkent 2020

MUNDARIJA

Kirish…………………………………………………………………………........ 3



  1. Milliy iqtisodiyotning qaror topishi va uning tuzilish………..………………. 6

2. “Makroiqtisodiy tahlil va iqtisodiyotning real sektorini prognozlashtirish” boshqarmasining vazifalari…………………………………………………………8

3. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi faoliyatini reglamentlovchi me’yoriy - huquqiy hujjatlar.........................................................16

4. O‘zbekiston Respublikasi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va ularning tahlili……………………………………................................................................20

5. O‘zbekiston iqtisodiyotni rivojlantirishning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi.…………………………………………………………………..………24

Xulosa……………………………………………………………………………..30

Ilovalar…………………………………………………………………………….33

Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………...41

KIRISH

Milliy iqtisodiyot - ijtimoiy iqtisodiyotning mavjudlik shakli; mamlakat, davlat qududida yashovchi millat (xalqlar)ning tarixan shakllangan yoki tubdan yangilanayotgan, oʻzgarayotgan va rivojlanayotgan mulkiy va boshqa ijtimoiyiqtisodiy munosabatlari, ular bilan shartlangan, mahalliy xususiyatlarga ham ega boʻlgan iqtisodiy faoliyat sohalari, tarmoqlari, tashkilotlari, korxonalari, hududlari va mintaqalari sistemasi. Imkon darajasida tashqi bozor taʼsiridan xoli boʻlgan milliy xoʻjalik sistemasi. Milliy iqtisodiyot kapitalizmning vujudga kelishi va qaror topishi bilan bogʻliq boʻlib, eng avvalo, Angliyada shakllandi. Hozirgi paytda Milliy iqtisodiyotning kapitalistik, sotsi-alistik, postsotsialistik va kam rivojlangan mamlakatlardagi kapitalistik yoʻnalishli kabi turlari maʼlum. Shu bilan birga har bir muayyan turdagi iqtisodiyotining oʻz milliy modellari va shakllari bor. Mas, kapitalistik Milliy iqtisodiyotning amerikacha, yevropacha va yaponcha turlari, milliy modellari va ularning "aralash iqtisodiyot" deb atalayotgan zamonaviy shakli bor . Rivojlangan mamlakatlardagi "aralash iqtisodiyot" xususiy va davlat kapitallariga asoslangan hamda bozor va davlat tomonidan tartiblanadigan, boshqariladigan, umumdemokratik tamoyillar ham karor topa borayotgan kapitalistik Milliy iqtisodiyotdir .



Zamonaviy sotsialistik Milliy iqtisodiyot Xitoy, Vyetnam va Kubada mavjud boʻlib, unga eng muhim tarmoqlarda sotsialistik davlat mulkini va korxonalarini saqlab qolgan holda, xususiy mulkchilikka, tovarli-pulli xoʻjaliklarga va bozor munosabatlariga keng yoʻl ochilmoqda.

Sharqiy Yevropa mamlakatlarida va SSSRda oʻta markazlashgan maʼmuriydavlat sotsializmi inqirozga uchrab, parchalanishi natijasida vujudga kelgan yangi mustaqil davlatlarda (Polsha, Rossiya va boshqalarda) postsotsialistik Milliy iqtisodiyotga aylanmoqda. Boshqa baʼzi postsotsialistik mamlakatlarda, jumladan, Oʻzbekistonda oʻziga xos demokratik, bozorga asoslangan umumdemokratik Milliy iqtisodiyot shakllantirilmoqda. Oʻzbekiston mustaqilligining dastlabki oʻn yilida mamlakatda umummilliy va xususiy mulkchilikka asoslangan koʻp ukladli Milliy iqtisodiyot — xilma-xil xususiy va davlat xoʻjaliklari sistemasi shakllandi. Unda xususiy sektor ustuvor oʻringa, asosiy mavqega ega boʻldi. Xoʻjalik yurituvchi subʼyektlarning mutlaq koʻpchiligini yakka shaxsiy, guruhiy, shirkat, jamoa, aksiyali korxonalar, fermer va dehqon xoʻjaliklari tashkil etadi; ularning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi uchdan ikki qismdan oshib ketdi va tobora oʻsmoqda. Milliy ehtiyojlarni yaxshiroq qondirish zarurati iqtisodiy resurslardan samarali foydalanishni, tovarlar va xizmatlarning ijtimoiy zarur maksimal hajmlariga erishishni taqozo etadi. Ayniqsa, ijtimoiy zarur mahsulot (tovar) ishlab chiqarish, uni zarur mik,dorlarda va sifatlarda, tabiatni asrab-avaylab, ekologiyani yaxshilab ishlab chiqarish har qanday Milliy iqtisodiyotning asosiy krnunidir. Milliy iqtisodiyotning ishlab chiqarish va no-ishlab chiqarish sohalari oʻrtasida maqsadga muvofiq nisbati taʼminlanishining , ishlab chiqariladigan mahsulotlarning va koʻrsatiladigan xizmatlarning mumkin qadar ijtimoiy zarur yuqori hajmlarda boʻlishining muhim sharti fantexnika taraqqiyotini tezlashtirish, zamonaviy va samarali texnologiyalarni qoʻllash, kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, ishlashni xoxlovchi barcha mehnatga qobil kishilarning ish bilan taʼminlanishiga erishishdir. Birinchi navbatda, moddiy ishlab chiqarish sohasini intensiv rivojlantirish, mahsulot hajmini, ayniqsa, sof mahsulot hajmini sarf-harajatlarning va aholining oʻsishiga nisbatan tezroq oʻstirish Milliy iqtisodiyot va iqtisodiy taraqqiyot muammolarini hal etishning , uni uzluksiz yuksaltirishning bosh yoʻlidir. Bundan tashqari Milliy iqtisodiyotning sanoat, qishloq xoʻjaligi, qurilish, transport, aloqa va boshqa tarmoqlari ichida hamda shu tarmoqlar oʻrtasida barqaror, oʻsuvchan tarkibiy oʻzgarishlar va maqsadga muvofiq nisbatlar, mutanosibliklar boʻlishi muhimdir. Fuqaroviy va harbiy ishlab chiqarishlar nisbati ham toʻgʻri, meʼyorida boʻlishi kerak. Ishlab chikarilayotgan tovarlarning va koʻrsatilayotgan xizmatlarning asosiy qismi, birinchi navbatda, ichki bozor talab-ehtiyojlarini qondirishga yoʻnaltirilishi, eng avvalo ichki bozorni sifatli va arzon milliy tovarlar bilan toʻyin-tirish (toʻldirish) maqsadga muvofiqsir. Shu bilan birga tashqi iqtisodiy aloqalarni har tomonlama kengaytirish, jahon iqtisodiyotiga tobora qoʻshilib borish, uning imkoniyatlaridan samarali foydalanish obʼyektiv zaruratdir, xoʻjalik yurituvchi subʼyektlarga, aholiga soliq yukini yengillatish, davlat byudjetini va undan qilinadigan sarf-harajatlarni optimallashtirish, inflyasiyani jilovlash kabilar Milliy iqtisodiyotning rivojlanishiga jidsiy va ijobiy taʼsir etadi.1

1. .Milliy iqtisodiyotning qaror topishi va uning tuzilishi

O‘tmishda O ‘zbekiston iqtisodiyoti sobiq ittifoq iqtisodiyotining tarkibiy qismi hisoblanib, uni mustaqil milliy iqtisodiyot deb boimas edi. Bizga bir yoqlama rivojlangan paxta yakkahokimligiga, xomashyo ishlab chiqarishga va boy mineral xomashyo resurslaridan nazoratsiz, ayovsiz foydalanish asosiga qurilgan, yonilg‘i, g‘alla va boshqa ko‘pgina ishlab chiqarish vositalari, iste’mol tovarlarining ta’minlanishi bo‘yicha markazga qaram boigan iqtisodiyot meros boyib qolgan edi. Birinchi Prezidentimiz I. A. Karimov ta’kidlaganlaridek,

« O‘zbekiston bir yoqlama iqtisodiyotga - markazga butunlay qaram, izdan chiqqan iqtisodiyotga ega boyigan» 2mamlakat edi..

Lekin, eng yomoni O‘zbekiston iqtisodiyoti, asosan, xomashyo tayyorlashga yo‘naltirilgani, biryoqlama rivojlanish hisobidan mo‘rt va nochor holga tushib qolgan boiib, iqtisodiyotga, ekologiya va aholi genofondiga halokatli ta’sir o‘tkazadigari paxta yakkahokimligi yurtimizdagi vaziyatni jar yoqasiga olib kelib qo‘ygan edi. Buning oqibatida ulkan tabiiy, mineral-xomashyo, mehnat va inson salohiyatiga ega bo‘lishiga qaramay, respublikamiz sobiq SSSRda aholi turmush darajasi, ijtimoiy va gumanitar sohalar rivoji bo‘yicha oxirgi o‘rinlardan birida turar edi.3

Yangi energetika, mashinasozlik va boshqa sanoat tarmoqlarining vujudga kelishi, ko‘plab yirik inshootlar, korxonalar, zavod va fabrikalar qurilganligi, yonilg‘i va g‘alla mustaqilligiga erishilganligi iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar, modemizatsiyalash, yangilash, diversifikatsiyalash, izchil o‘sish sur’atlari milliy mustaqil iqtisodiyotni mustahkamlash sari harakat natijalaridir.

Mamlakatimizda mustaqil amal qiladigan bozor iqtisodiyotining qator infratuzilmalari: savdo, bozor, biija, moliya, bank, kredit, soliq, sug‘urta, bojxona tizimlari va boshqa qator funksional iqtisodiyot tarmoqlari barpo etildi. Shunday qilib, O‘zbekistonda erkin, zamonaviy bozor munosabatlariga asoslangan yangi, mustaqil rivojlanayotgan, o‘z xalqi, millati manfaatlariga xizmat qiladigan milliy iqtisodiyot shakllantirildi.

Milliy iqtisodiyot ko‘plab o‘zaro bog`liq iqtisodiy unsurlardan iborat bo‘lgan murakkab iqtisodiy tizimni namoyon etadi. Mazkur unsurlar o‘rtasidagi amalda tarkib topgan munosabatlarning butun majmui iqtisodiyotning tarkibiy tuzilmasini tavsiflab beradi.

Milliy iqtisodiyot - barcha tarmoqlar va sohalarni, mikrova makrodarajadagi iqtisodiyotlarni, funksional iqtisodiyotni, ko‘plab infratuzilmalarni o‘z ichiga olgan yaxlit iqtisodiyotdir. Milliy xo‘jalikning tarkib topgan tuzilishi ijtimoiy mehnat taqsimoti rivojining natijasi hisoblanadi.

Makrodarajada qaralganda milliy iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi quyidagilar o‘rtasidagi munosabat sifatida namoyon bo‘ladi:

- mavjud ishlab chiqarish resurslari;

- resurslarning ijtimoiy mehnat taqsimoti asosida ajralib chiqqan iqtisodiy subyektlar о‘rtasidagi taqsimot hajmi;

- iqtisodiy subyektlaming ishlab chiqarish hajmlari;

- milliy mahsulotning ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonlarida shakllanuvchi tarkibiy qismlari.



Milliy iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini sodda ko‘rinishda rasm orqali tasvirlash mumkin:

1 – rasm. Milliy iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi
Download 190,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish