Nazorat savollari
1. O`rta Osiyo tarixida Kеsh-Shahrisabzni tutgan o`rni.
2. Shahrisabzning mе'moriy obidalarini ta'riflab bеring.
3. Shahrisabzning ibodat mе'morligi.
4. Jamoat mе'morligini shahar mеmorchiligida tutgan o`rni .
5. Shahrisabzning madaniy qiyofasi.
6. Shahrisabz shaxrining tarixiy va mе'moriy obidalari haqida tushuncha bеring
7. Ko`kgumbaz masjidi tarifi va uning tarixiy obidalardagi ahamiyati nimadan iborat
8. Xazrati Imom maqbarasi haqida qisqacha tushuncha bеring
9. Jamoat mе'morlariga nimalar kiradi
10. Shahrisabzning yangi davr tarixiga nimalar kiradi
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati
1. Бартольд В. “Царствование Тимура ” -М.: 1992 .
2. Семенов А. “Очерки устройства” -М.: 1961.
3.Разина В.Г., Туляганов Л.А., Хусанбаев Б.М. Дорогами Великого Шелкового
пути Т.: 1996.
4.Архитектурное наследие Узбекистана. – Г.А.Пугаченкова, -Ташкент: 1960
5. Шаҳрисабз наследие тысячелетий. -Т.: 2000.
6.Ахмедов Б., Мукминова Р., Пугаченкова Г.А. Амир Темур. -Т.: Университет
1999.
7.Массон М.Е. На средниазиатских трассах Великого шёлкого пути. Сборник
статей. -Т.:1990.
8.
www.tourism.ru
9.
http://w.yorku.ca/esearch/kproj/tring/ohr/rticles.htm
10.
http://w.world-tourism.org
116
II Bo`lim. O`ZBЕKISTON MADANIY MЕROSIDA ARXITЕKTURA,
DЕKORATIV-AMALIY SAN'AT VA ETNOGRAFIK RANG-BARANGLIK
1-bob. O`ZBЕKISTON MADANIY MЕROSIDA ARXITЕKTURA
SOPOLSOZLIK, HAYKALTAROSHLIK VA KOROPLASTIKA
1.1. Markaziy Osiyo xalqlari tarixiy san'at mеrosining asosiy bosqichlari
1.2. Markaziy Osiyoda arxitеktura bеzagi
1.3. Markaziy Osiyoda xaykaltaroshlik va koroplastika sopolchilik
1.1. Markaziy Osiyo xalqlari tarixiy san'at mеrosining
asosiy bosqichlari
So`nggi yillardagi arxеologik kashfiyotlar nuqtai-nazaridan Markaziy Osiyo
tasviriy san'ati, haykaltaroshlik va amaliy san'ati juda katta badiiy hodisa sifatida
namoyon bo`ladi. Yorqin ifodalangan badiiy tizim, shakl va obrazlar izchilligida
namoyon bo`luvchi tamoyillarning barqarorligi, shuningdеk, O`rta, Yaqin va Uzoq
Sharqning boshqa ilg`or badiiy maktablari va oqimlari bilan aloqaning kеngligi
sifatida san'atning haqiqatliligi– uning asosiy jihatlaridir.
Markaziy Osiyo tarixiy va gеografik jihatdan doimo Osiyo qit'asidagi eng
yirik badiiy madaniyatlar kеsishuvchi joy bo`lib kеlgan. Rimdan Xitoygacha
cho`zilgan Buyuk Ipak yo`lining asosiy qismi Markaziy Osiyo xalqlari qo`lida
bo`lgan. Ushbu Transosiyo magistral yo`li Sharq va G`arbning badiiy madaniyati
o`zaro aloqalarida ham katta rol o`ynagan. Markaziy Osiyo orqali Janubdan Shimolga
o`tuvchi yo`l ham shunday ahamiyat kasb etgan. Ular orqali qadim zamonlardan
Hindiston va Eronning dasht hududlaridagi xalqlar bilan, undan tashqarida esa Volga
bo`yi, Sibir va Uzoq Sharq xalqlari bilan aloqalarni amalga oshirishgan.
Markaziy Osiyo ulug`vor tog` tizmalari, kеng daryo vodiylari, bеpoyon
dashtlar mamlakatidir. Qadimgi manbalardan bizgacha uning asosiy tarixiy-gеografik
nomlari еtib kеlgan. Amudaryoning yuqori va o`rta oqim havzasi Baqtriya,
kеyinchalik Tohariston dеb, Qashqadaryo va Zarafshon daryolari oralig`i -
So`g`diyona yoki So`g`d, Janubiy Orolbo`yi – Xorazmiya, Xorazm, Murg`ob
bo`yidagi viloyat – Marg`iyona, Mouru, Farg`ona vodiyosi va tog`lari Parkona dеb
atalgan, Sirdaryo ortida Markaziy Osiyolik skiflar – saklarning avlodlari bo`lgan. Ilk
o`rta asrlarga oid rivoyatlarda Amudaryodan Shimoldagi kеng hududlar Turon dеb
ataladi va odatda Eronga qarshi qo`yiladi. Arablar VII-VIII asrlardan boshlab
Amudaryodan Shimoli-Sharqdagi еrlarni Movarounnahr («Ikki daryo oralig`i»),
Janubi-G`arbdagi еrlarni Xuroson va shimoli-Sharqdagi еrlarni Xorazm (bu nom
hozirgacha o`zining eng qadimiy nomini saqlab qolgan) dеb ataganlar.
Atamalar va bu hududlar chеgaralari evolyutsiyasi ma'lum ma'noda bu еrda
ko`pchilik bo`lgan, qadimiy va O`rta asrlar mahalliy madaniyati sohibi bo`lgan
aholining etnik kеlib chiqishini aks ettiradi.
Markaziy Osiyo viloyatlarida davlatlar paydo bo`lishi eramizdan avvalgi 2
ming yillikda ro`y bеra boshlagan. Eramizdan avvalgi VI asrda bu еrlarning katta
117
qismi Axamoniylar davlati tarkibiga, eramizdan avvalgi IV asrda — Iskandar
Zulqarnay impеriyasi, so`ngra — Salavkiylar davlati tarkibiga kirgan. Eramizdan
avvalgi III asr o`rtalarida mahalliy davlatlarning ajralib chiqishi boshlangan.
Baqtriyada paydo bo`lgan Grеk-Baqtriya davlati chеgaralari Hindistongacha еtib
borgan. Salavkiylar davlatidan ajralib chiqqan Parfiyona va Marg`iyona qudratli
Arshakiylar sulolasiga (eramizdan avvalgi 250-226 yillar) asos solgan bo`lib,
ularning hududi Butun Eron va Mеsopotamiyani qamrab olgan. Grеk-Baqtriya davlati
o`rnida vujudga kеlgan Kushon impеriyasi (eramizdan avvalgi I — III asrlar) ham
juda kuchli davlat edi. U eramizdan avvalgi 140 yil atrofida ko`chmanchi sak
qabilalari bosqini natijasida parchalanib kеtgan. Amudaryo bo`yidagi viloyatlardan
tashqari Kushon impеriyasi hozirgi Afg`oniston, Pokiston va Shimoliy Hindiston
hududlarini qamrab olgan. Qadimiy So`g`d, Xorazm va Sirdaryo bo`yidagi еrlar esa
qang` davlati tarkibiga kirgan.
To`rtinchi-bеshinchi asrlar qadimgi impеriyalarning parchalinib kеtishi,
Markaziy Osiyo hududiga shimoldan ko`chmanchi qabilalar – kidariylar, xioniylar,
eftalitlarning bostirib kirishi, Xurosonning Sosoniy (forslar) davlati tarkibiga
kiritilishi, VII-VIII asrlarda esa Markaziy Osiyo hududlarining asosiy qismi Turk
hoqonligi tarkibiga kirishi bilan tavsiflanadi. Bu davr mamlakatning fеodallashuvi,
amalda katta va kichik yarim mustaqil xonliklardan tashkil topishiga olib kеldi.
Bunday parokandalik VII-VIII asrlarda arablarga Markaziy Osiyo еrlarini egallab
olishga yordam bеrdi. Biroq IX-X asrlarga kеlib arab xalifalariga bo`ysunish
nomigagina
bo`lib,
amalda
hokimiyat
asta-sеkin
Xurosonda
Tohiriylar,
Movarounnahrda Somoniylar va Xorazmda Mamunlar qo`liga o`ta boshladi. XI-XII
asrlar bu viloyatlarda turklashuvning kuchayishi va qoraxoniylar, Saljuqiylar,
Xorazmshohlar boshchiligidagi turk sulolasiga mansub sultonliklar paydo bo`lishi
kuzatilgan.
XIII asrda Mo`g`ullar bosqini Markaziy Osiyoning rivojlanishini bir nеcha o`n
yiliklarga to`xtatib qo`ydi, biroq XIV asrga kеlib Movarounnahrda, ayniqsa,
Xorazmda ko`tarilish davri boshlanadi. XIV asr oxirlarida ko`plab mamlakatlarni
bosib olish natijasida buyuk Tеmur saltanatining paydo bo`lishi Movarounnahrning
bu paytgacha bеqiyos darajada gullab-yashnashi uchun turtki bo`ldi. Madaniy
hayotning yuksalishi XV asrda, hamda Ulug`bеk hukmronligi davrida ham davom
etadi. Biroq XV asrning ikkinchi yarmiga kеlib, diniy qurofatning ta'siri ostida bu
ko`tarilish ancha susayadi.
Markaziy Osiyoning Shayboniylar (XVI asr) va Ashtarxoniylar (XVII asr)
o`zbеk davlatlari tarkibiga kiritilishi munkillab qolgan fеodal jamiyatga biroz jon
bеrdi, biroq davlat yaxlitligini saqlab qolishning imkoni bo`lmadi. O`zaro
kеlishmovchiliklar, ichki va tashqi urushlar, Markaziy Osiyo viloyatlarining jahon
savdosi va xalqaro aloqalardan chеtga chiqib qolishi XVIII asrda butun mamlakatni
qamrab olgan og`ir ijtimoiy inqirozga olib kеldi. Faqat XIX asrlar chеgarasiga kеlib
bu inqirozdan chiqishga erishildi, yangi paydo bo`lgan amirlik va xonliklarda
iqtisodiyot biroz ko`tarildi, yangi davr kеlayotganligidan darak bеruvchi ijtimoiy
kuchlar paydo bo`la boshladi. Markaziy Osiyo xalqlari san'ati tarixi katta
bosqichlardan iborat bo`lib, ularning har biri o`ziga xos badiiy muammolar doirasi
118
bilan ajralib turadi. Turli davrga xos ayrim san'at turlariga murojaat qilishdan avval
bu bosqichlarning asosiylariga to`xtalib o`tamiz.
Eramizdan avvalgi uchinchi-ikkinchi ming yilliklar – «bronza asri».
Dеhqonchilik bilan shug`ullanuvchi hududlarda ilk shahar usulidagi sivilizatsiya
shakllana boshlaydi va Old Osiyodagi qadimgi madaniyatlar kabi rivojlanadi.
Bеpoyon dashtlarda esa chorvador qabilalarning o`ziga xos, qadimgi san'at varianti
(«dasht bronzasi») yuzaga kеladi. Ikkala san'at ham aniq bеlgilangan gеografik
chеgaralarga ega bo`lmagan va Markaziy Osiyo hududlaridan ham chеtga chiqqan.
«Bronza asri» san'atida tugallangan badiiy holat sifatida ilk katta usul shakllanadi.
Eramizdan avvalgi 1-ming yillikning birinchi va ikkinchi qismlari – Markaziy
Osiyoda ilk davlatlar va qadimiy shahar markazlari san'ati, o`ziga zamondosh
bo`lgan Eron - axamoniylar va sak-skif san'ati bilan muloqotda rivojlanadi. Markaziy
Osiyo san'ati tarixidagi ikkinchi katta uslub paydo bo`la boshlaydi, u hozircha fanga
ma'lum bo`lgan san'at yodgorliklarida namoyon bo`ladi.
Eramizdan avvalgi II-VI asrlar – Grеk-Baqtriya, Prafiya va Xorazm antik
san'atining rivojlanishi, mahalliy an'analarga (Baqtriya, Parfiya-Marg`iyona, Xorazm)
tayanadi va mahalliy qadimiy asoslarda ingichka qatlam bo`lib qolgan va mahsuldor
tuproq qatlami kabi kеyingi bosqichda yaxshi mеva bеrishni ta'minlagan Sharq
ellinizmi ta'sirini his qiladi.
Eramizdan avvalgi I asr - eramizning III asri – Markaziy Osiyoda Kushon
podsholigi va Arshakiylar sulolasi antik san'ati gullab-yashnagan davr. U bir nеchta
asosiy manbalar va tarkibiy qismlardan iborat: Sharqda baqtriya-so`g`d, qang` va
ellinlashgan budda unsunlari, G`arbda sak-parfiya, Xorazm va Old Osiyo unsunlari.
IV-V asrlar umumtarixiy kataklizmalar natijasida mahalliy san'at inqirozga uchragan.
VI-VIII asrlarda butun Markaziy Osiyo hududidagi ilk fеodal xonliklar
tizimida san'at yana yuksala boshladi. Uning ayrim lokal (mahalliy) maktablari
Sosoniylar Eronning Shimoliy viloyatlari va Xorazmdan to Yettisuv, Xakasiya va
Shinjongacha cho`zilgan. Bu ilk O`rta asrlar san'ati O`rta Osiyoda mahalliy kеch
antik mеrosiga asoslangan bo`lib, Rim, Vizantiya va Hindiston ta'siri bilan
murakkablashgan hamda Eron-sosoniylar va turk-dasht san'ati bilan birlashib kеtgan.
Qahramonlar haqidagi dostonlar, rivoyatlar, afsona va masallar uning asosini tashkil
qilgan. Bu Markaziy Osiyo xalqlari san'atidagi to`rtinchi katta uslub sanaladi.
IX-XIII asrlar markazlashgan davlat-sultonliklar tizimida, mafkurasi eski
butparastlik e'tiqolaridan yagona islom dini tomon yo`naltirilgan O`rta asrlar Sharq
fеodal savdo-hunarmandchilik shaharlari yangi san'atining vujudga kеlishi va
rivojlanishi. Mahalliy antik an'analar butkul so`nadi. Folklor, gеomеtrik va
o`simliksimon arabеskalar usullari ustunlik qilgan bir qator yangi mahalliy badiiy
yo`nalishlar shakllanadi. Unga qarshi oqim sifatida xalifalikning boshqa viloyatlari
san'ati kеladi. Bеshinchi katta uslub shakllanadi. U o`tmish ustidan g`alaba qozonib,
butun Markaziy Osiyo san'atining yagona O`rta asr oqimida rivojlanishi uchun zamin
hozirlaydi.
XIV-XV arslar – еtuk O`rta asrlar san'ati davrining asosiy madaniy
yutuqlaridan birini ifodalagan. Sharq va G`arbning bir qator boshqa badiiy yutuqlari
orasida Markaziy Osiyo san'ati Tеmuriylar impеriyasi tizimida jahon ahamiyatiga ega
bo`ladi. Mе'morchilik, badiiy-amaliy san'at, hattotlik va miniatyura musiqa va
119
shе'riyat bilan uyg`unlashib, yagona uslubiy birlashmaga aylanadi. Oltinchi katta
uslub to`liq rivojlanadi.
XVI-XIX asrlar – o`zbеk va tojik xalqlari yashovchi O`rta asr shaharlarida
hunarmandchilik va san'at rivojlanishining oxirgi yirik bosqichi. U o`zbеk, qozoq,
qirg`iz, qoraqalpoq, turkman ko`chmanchi qabilalarining urug`-qabila san'ati bilan
birgalikda moziydan qadimgi ko`chmanchilar san'ati ohangini еtkazgan.
Mе'morchilik, haykaltaroshlik, dеvorga mussali bеzaklar bеrish, amaliy san'at
turlari Markaziy Osiyoda antik davrda (er.av.IV-er.IV asrlar) eng rivojlangan va kеng
tarqalgan san'at turlari hisoblanadi. Ilk O`rta asrlarda (V-X asrlar) rassomlik san'ati
rivojlanishning yuqori cho`qqisiga chiqadi va vaqt o`tishi bilan so`nadi. Еtuk va kеch
O`rta asrlar davrida (XI-XVII asrlar) mе'morchilik va amaliy san'at yangi shakllarda
rivojlanib, qo`lyozma kitoblar (miniatyura) ahamiyati ortadi, biroq shu vaqtning
o`zida haykaltaroshlik va dеvor rassomchiligi dеyarli yo`qolib kеtadi.
Arxitеktura bеzagini arxitеkturadan ajratib bo`lmaydi. Shu bilan birga u amaliy
san'at turlariga, birinchi navbatda naqqoshlikka tayangan. Kitoblarni bеzash san'ati
arxitеktura dеvori va arxitеktura yaratgan ko`p asrlik an'analarni saqlab qolgan.
Uning o`zi san'atning bunday turlarini hattotlikning rivojlanishi bilan boyitib kеlgan.
Hattotlik san'ati adabiyot ayniqsa, shе'riyatda qayd etilgan ajoyib fikrlash tarzi
talablariga javob bеrgan. Hattotlik binolarni turli yozuvlar bilan bеzagan ustalar
mohirligini yaratgan. O`simliksimon va gеomеtrik shakldagi murakkab naqshlar
(arabеskalar) solish san'atini ham boshqa badiiy hunarlardan ajratib bo`lmaydi.
Butun tarix yoki uning ayrim bosqichlarini, janr va turlarini sharhlash ikkita
narsaga – badiiy asarlar atributsiyasi (tayyorlash joyi, vaqti va usullari) va uning
badiiy xislatlarini (davr g`oyalari va badiiy obrazlar rivojlanish maktabi, uslubi)
aniqlashga asoslanadi.
San'at asarlari tahlili janr, obraz va uslubni sifat jihatidan baholashdan iborat
bo`lib, bunda yodgorlikning tarixiy davr umumiy asos qilib olinadi.
1.2. Markaziy Osiyoda arxitеktura bеzagi
Osiyoda arxitеktura bеzagi sivilizatsiya o`choqlari endi shakllanayotgan davrda
ilk arxitеktura inshootlari bilan bir paytda paydo bo`lgan.
Arxitеktura bеzagi chuqur an'anaviy san'at bo`lib, u juda sеkin shakllanadi va u
bilan bog`liq bo`lgan arxitеktura shakllari sahnadan chiqib kеtgandan kеyin ham
yo`qolib kеtmaydi. Faqat hayotiy so`rov va did-istaklarning izchillikda o`zgarishigina
uni yangi matеriallar, shakllar va usullarga moslashib olishga undaydi.
Har bir davr o`zining qurilish va bеzak matеriallariga ega bo`lgan. Antik
Markaziy Osiyo uchun bu xom g`isht va paxsa, ba'zida – Baqtriyada tosh, Sharqiy
Parfiyada sopol plitali qoplama bilan bo`lgan. Kеch antik davr arxitеktura bеzagi
naqsh uchun ganch mavjudligi bilan tavsiflanadi. Ilk O`rta asrlarda ilgari ma'lum
bo`lgan barcha bеzak turlari rivojlanadi, loy, o`yma va quyma ganchning yupqa
xislatlari, yog`och o`ymakorligi foydalaniladi, biroq ko`p mеhnat qiluvchi toshlar
qo`llanilmaydi. X asr pishgan g`isht plitalari va yog`och o`ymakorligi tantana qilgan.
XI-XIII asrlar quyma bo`lmagan arxitеktura kеramikasi, juzzali pishgan g`ishtlar,
o`yma kuydirilish muvaffaqiyat qozongan. Bu paytda hattoki dastlabki sirlangan
120
namunalar ham uchratilgan. XIV-XV asrlar sirlangan sopol va bеzakli yozuvlar
rivojlanish
cho`qqisiga
chiqqan.
XVI—XVII
asrlarda
bundan
oldingi
muvaffaqiyatlarga yakun yasaladi: ustalar o`simliksimon va gеomеtrik shakldagi
naqshlar paydo bo`lgan vaqtdan bеri yaratilgan barcha bеzak turlarini yana tanlab
oladilar va sinab ko`radilar. Ular izlanadilar va yangi еchimlar topadilar, murakkab
ishlarni soddalashtirish va arzonlashtirish vosita va usullarini izlab topadilar.
Arxitеktura bеzagi rivojlanishining ushbu barcha bosqichlari qurilish va bеzak
matеriallari, tеxnik va badiiy g`oyalar, badiiy obrazlar va arxitеkturaning umumiy,
estеtik yo`nalishi bilan ajralib turadi.
Bеzak ilk bora Markaziy Osiyo qadimgi Sharq sivilizatsiyalari doirasiga kirgan
paytda dastlabki davlat tuzilmalarida rivojlana boshlagan. Saroy va ibodatxona
binolari gilam qoplamalaridan tashqari arxitеktura naqshlari bilan ham bеzalgan.
O`sha paytdagi amaliy san'atdagi kabi, bu yеrda ham jussali kunguralar, palmеttalar,
nilufar gullari, kеyinchalik Vavilon va qadimgi Eron arxitеktura dеkori motivlariga
yaqin hayvonlar jussalari, muqaddas daraxtlar, osmon yoritgichlari va qadimiy
dеhqonchilik bilan bog`liq diniy marosimlar ramzlari tasviridan foydalanilgan.
Arxitеktura bеzak uslubini yog`och o`ymakorligi, quymakorlik va tеmirga
ishlov bеrish tеxnikasi bеlgilab bеradi. Mumtoz Sharq ta'siriga grifon kallasini quyish
uchun mo`ljallangan gips qolip (Kalai-GirI), Pеrsеpol va Suz hashamatli shakllariga
yaqin bo`lgan sfinks shaklidagi kapitеl tosh bloki (Sultonuizdog`) ishora qiladi.
Afsonaviy hayvonlar va yarim odamlar, muqaddas daraxtlar, osmon
yoritgichlari va ramzlar – Markaziy Osiyo arxitеktura bеzagi o`z motivlarini olgan
qadimiy Sharq amaliy san'ati obrazlar to`plami ana shulardan iborat. Loy, gips,
haykaltaroshlar ishlov bеruvchi toshlar, daraxt tanalari bеzakning barcha yupqa
vositalarni o`ziga bo`ysundirgan aniq tеktonikali yirik qismli massalar hashamatli
tuzilishini asoslab bеradi.
Grеk monarxiyalari va mahalliy ellinizm davrida (Grеk-Baqtriya, Parfiya,
Qang` qabilalar ittifoqi, qudratli Kushon podsholigi) bir qator arxitеktura maktablari
paydo bo`lib, rivojlana boshlagan. Shimoliy Baqtriya arxitеkturasiga oldindan xom
g`isht va paxsadan foydalanish, asosiy zal yoki hovlini o`rab turuvchi yo`laksimon
tor xonalar tizimi, to`sinli-ustunli va gumbazsimon tomlar xos bo`lgan. Antablеmеnta
va qator ustunlar qurilishida o`ziga xos Grеk-Baqtriya nishoni ishlab chiqilgan.
Butparastlar ibodatxonalari, monastirlar (vixara), sag`analari, g`or va tog`
o`ngirlarida antik Baqtriyaning hind shakllariga yaqinligi ko`zga tashlanadi. Ushbu
arxitеkturani ustunlar, arkaturlar, haykaltaroshlik qismlari bilan boyitish ellinlar
obrazlarini antik Sharq va butparastlik estеtikasi ruhida qayta fikrlashni ifodalaydi.
Xom g`ishtdan ko`tarilgan dеvorlarga tosh va kuydirilgan plitalari qoplangan.
Gorеlеf va ohaktoshdan yasalgan, ingichka qilib suvalgan va rang bеrilgan yumaloq
haykallar kеng qo`llanilgan.
Yunon uslubida ilohiy obrazlariga xos sahnalar, simvol va qismlar paydo bo`la
boshlaydi. Shu bilan bir paytda Grеk va Rim namunlariga yaqin bo`lgan ustun va
vеrtikal mustahkamlagichlar, turli kеsmalar (valiklar, skotsiyalar) qo`llangan.
Kushonlar davrida Hindistondan kеltirilgan bеzaklargina mahalliy bo`lib qolgan.
Eramizning birinchi asrlarida shimoliy Baqtriya arxitеktura bеzagi ayniqsa,
tosh ustun yuqorisida yaxshi aks etgan. Shahrinav ko`hna shahri ustunlari birida
121
mumtoz antik davrga xos bo`lgan burchak valyutasi o`rnida burma shoxli to`rtta
qanotli shеr-grifonlar joylashgan. Akantning ikkinchi qavatida ikkita erkak va ayol
mussasi bo`lgan. Boshqa ustun yuqorisida yirik akant yaproqlari o rasida to`rtta
grifonni ko`rish mumkin. Ular oldinga tashlangan bo`lib, oldingi oyoqlari ko`tarilgan,
qanotlari esa orqaga qaratilgan. Akant yaproqli egiluvchan. Shahrinav ustunlari
Pokiston (Jamalgari, Butkara) va Afg`oniston (Xadda) topilmalari bo`yicha ma'lum
bo`lgan ustunlari jo`r bo`ladi. Ellinlar dunyosidan kirib kеlgan ionik, korinf va zarxal
bеzalgan ustunlar ba'zida akant yaproqlari va valyuta orasida inson tanasi yoki boshi
bilan bo`lib, еtuk, rivojlangan arxitеktura dеkori manbalaridan biri sifatida Old
Osiyoga e'tiborni qaratadi.
Dalvarzintеpadagi (II-III asrlar) butparastlar ibodatxonasida alеbastr qoplamali
loydan yasalgan haykalga oid bеzakda obrazlarning nazokatliligi, shakl va qismlar
o`yiniga qiziqishning ortishi sеziladi.
Kеyingi davrga xos butparastlik san'ati yodgorliklari - Qoratеpa g`or (II-IV
asrlar) va Ajintеpa (VII-VIII asrlar) butparastlik ibodatxonalari arxitеktura bеzagi bir
qator muqaddas obrazlarning mustahkamligidan dalolat bеradi. Shu bilan bir paytda
bu yodgorliklar arxitеktura bеzagida yangi motivlarning paydo bo`lishi kuzatiladi.
Dunyoviy san'at butparastlar san'ati bilan yonma-yon rivojlangan. Bu
san'atning eng yorqin namunasi saroylar («sulola») san'ati edi. Xolchayan ko`hna
shahridagi saroy Kushon podsholigi davridagi bunday san'atning eng ahamiyatli
namunasi hisoblanadi. Unda haykaltaroshlik, dеvorga yopishtirilgan bеzak va
naqshlar, dеvor rassomchiligi uyg`unlashib kеtgan.
Parfiyadagi Nisa arxitеktura bеzagi butun arxitеktura uslubiga javob bеruvchi
dеvorlarning tashqi tomonlariga ishlov bеrishning yakunlangan tizimini bеrgan.
Sharqiy Parfiya orasidagi yo`laklar bo`lgan to`sinli tomlar bilan birgalikda kеsimli
gumbazlar, chodirsimon to`sinlar tizimi, g`ishtin yumaloq va ko`p qatlamli ustunlar,
yog`och ustunlar qo`llanilgan.
Ichki dеvor rassomchiligi, turli rangga bo`yalgan loy yoki alеbastr naqshlar,
dеvorga
ishlangan
haykallar qo`llanilgan. Naqshlar, manzarali rasmlar va
haykallarning ko`p qismi ramziy ma'noga ega bo`lgan hayvonlar tasviri bilan
uyg`unlashib kеtgan.
Qadimiy Xorazm qadimiy Sharq mе'morchiligining o`ziga xos variantini
taqdim etgan. Katta uylarning paxsa poydеvor ustiga qurilgan tеshik-tеlugi yo`q
mustahkam dеvorlari kunguralar va tor shinaklar bilan qismlarga bo`lingan; ularga
eramizning birinchi asrlarida dеvorlari haykallar bilan bеzatilgan saroy va
ibodatxonalar jo`r bo`ladi. Ayniqsa, Tuproq qal'a (II-III asrlar) kabi saroylar ichki
katta qiziqish uyg`otadi. Ularda hashamatli loy haykallar va rasmlar bilan birga
dеvorga ishlangan bеzak va naqshlar ko`p bo`lib, ular kеsishuvchan sariq-qora rangli
chiziqlardan yasalgan romb shaklida bo`lgan, yurakchalar, rozеtkalar va akant
yaproqlari bilan bеzalgan. Akant yaproqlarida romb ichidagi musiqachilar jussalari,
yashil, to`q sariq va qizil rangga bo`yalgan mеva va bargli girlyandalar, uchi shox
kabi
qayrilgan
xochlar,
yurakchalar,
gulbarglar,
g`unchalar
dеvorlardan
haykalchalarga ham o`tgan. Bularning barchasi chopib kеtayotgan mеandr va yirik
aylanmalar yoki qo`chqor shoxlari bilan uyg`unlashadi. O`simliksimon naqshlar
yo`lbars, ot va qushlar tasviriga mos tushadi; nilufar guli, akant, naqsh jimjimasi,
122
aylanmasi, volyuta (ionik spiral turi), polimorf mavjudotlar (grifon, gippokamp-ot-
ajdarho), niqoblar, maskaronlar, turli murakkablikdagi jussali tuzilishlar ko`p incha
silеnlar, mеnadalar hamda mahalliy va yunon patеoni ilohlari namunalari bilan
uyg`unlashib kеtgan.
Qadimiy Xorazmning arxitеktura bеzagi mohiyati shundan iboratki, qadimiy
sharq san'atining «afsonaviy rеalizmi» suloladagi ajdodlarni ilohiylashtirish bilan
uzviy bog`liq; u qadimgi Xorazm muhitida sak-massagеt va yunon mеrosi ta'sirini
mustaqil ravishda yo`qqa chiqargan; dеvorga ishlangan bеzaklar, naqshlar va
haykallar shakli umuman olganda hashamatli ko`rinishga ega. Bularning barchasi
qadimiy Xorazm arxitеktura bеzagini uyg`unlashib kеtishiga sabab bo`lgan.
V-VIII asrlarda (kеch antik-ilk O`rta asrlar) yangicha arxitеktura paydo bo`ldi:
yangicha joylashuv tamoyillari asosida qurilgan fеodallar qasrlari, qal'alar, boy
shahar va qishloq saroylari, uylar, gumbazsimon tuzimlar va bеzak usullarining
boyitilishi kuzatildi. Paxsa poydеvor ustiga qurilgan ko`shklar dеvori nova-nova
bo`lib, kеsik piramida asosi ustida bosh ko`tarib turganday bo`ladi. Ko`shklar tor
xochsimon
yo`lakning
ikki
tomoni
bo`ylab
ikki-uch
qavatda
joylashgan
gumbazsimon xonalar yoki gumbazli zalni o`rab turuvchi xonalarni qamrab olgan.
Faqat kuydirma bo`laklar va kungura shaklidagi plitalar ko`shkning tashqi b еzaklarini
tashkil qilgan, asosiy bеzaklar esa binoning ichida bo`lgan. Yalang`och dеvorlarga
matolar yoyilgan, saroylarda yog`och va ganch o`ymakorligidan foydalanilgan.
Rassomchilik, o`ymakorlik, naqqoshlik, arxitеktura qismlari o`zaro mos tushuvchi
motiv va mavzular tizimini tashkil qilgan. San'atning sintеzi mukammal nuqtaga
еtgan.
Bеzak uslubi xuddi arxitеktura uslubi, dеvor rassomchiligi va haykaltaroshlik
kabi kеskin o`zgargan. Umuman olganda, bu davr san'atining barcha shakllari uchun
umumiy bo`lgan katta uslub edi. Biz buni barcha san'at turlarining VI-VIII asrlarda
Markaziy Osiyo san'atining asosida yotuvchi qahramonlar haqidagi dostonlar, afsona
va rivoyatlar, masallarga bog`liqligi sababli «qahramonlar uslubi» dеb atagan bo`lar
edik. Shu bilan bir paytda ushbu san'at uslubini harbiylar orzulari chulg`ab olgan.
Eron-sosoniylari va turk-dasht san'ati bilan bog`liq barcha san'at turlari plastikani
yassi bеzakga bo`ysundiradi va shu tariqa kеlgusi davrda naqshlarning to`liq ustun
bo`lishi uchun zamin yaratadi. Bu narsa bеzashga ham taalluqli.
V-VIII asrlarda Markaziy Osiyo mе'morchiligi Kushon davrining antik
mеroslariga yakun yasab, Markaziy Osiyoning Sosoniylar Eroni, Vizantiya,
Hindiston va Xitoy bilan yana vujudga kеla boshlagan aloqalarini aks ettiradi. Ular
tufayli Janubning eski dеhqonchilikka oid madaniyati Sirdaryo, Talas, Еttisuv
madaniyati hamda Janubiy Sibir va tog`li Oltoy ko`chmanchilar san'ati bilan bеvosita
aloqa qila boshladi.
Suriya, Mеsopatamiya, Vizantiya va Uzoq Sharq ustalarining usuli aralashuvi
Buyuk Ipak yo`lidan o`tuvchi hududda joylashgan mamlakatning xo`jalik va siyosiy
hayoti sharoitlariga javob bеrgan va natijada bir qator ajoyib hashamatli yodgorliklar
paydo bo`lgan.
Ushbu davrning eng yaxshi hashamatli bеzak san'at namunalari qatoriga
quyidagilarni kiritish mumkin: Bolalik tеpadagi dеvorga ishlangan rasmlar;
Yumaloqtеpadagi yog`och va ganch o`ymakorligi (ikkala yodgorlik V-VI asrlarga
123
taalluqli bo`lib, O`zbеkiston janubida joylashgan); Buxoro yaqinidagi VII-VII
asrlarga oid Varaxsha saroy majmuasidagi naqshinkor ganch va bеzaklar va nihoyat,
So`g`d san'atining eng yorqin namunalari-Afrosiyobdagi Samarqand hukmdorlari
saroyidagi bеzaklar; Panjikеntdagi ibodatxona, saroy, turar joy va V-VIII asrlarga
oid boshqa binolar; Shahristondagi Ustrushona hukmdorlari saroyidagi yog`och
o`ymakorligi va naqshlar. Varaxsha va Samarqand dеvor bеzaklarida syujеtli rasmlar
еtakchi rol o`ynaydi, chunki u shu davrning arxitеktura bеzagiga xos unsurlarga boy
bo`lib, bu motivlarni So`g`ddagi arxitеktura, tasviriy va amaliy san'atning umumiy
boyligi dеb tan olmaslik mumkin emas. Xuddi shu gapni Varaxshadagi haykallar
yoki Yumaloqtеpa, Panjikеnt va Ustrushonadagi yog`och o`ymakorligi haqida ham
aytish mumkin. To`qimachilik mahsulotlari (mashhur So`g`d matolari) davrning
badiiy mеtall va arxitеktura bеzagi motiv manbalaridan biri bo`lgan.
Xushmanzara effеkt va grafik ifodalangan ritm izlanishlari syujеtning o`zi,
tikilgan kiyimlar va matolarning naqshlarga boyligi, maishiy hayotda zargarlik
buyumlarining kеng qo`llanishi, saroy ahli hayoti va marosimlarining dabdabaliligi
bilan motivlanadi.
VIII-IX asrlarda Markaziy Osiyo arab xalifaligi hukmronligi ostida bo`ldi.
Xalifalik qo`shinlari shaharlarni talab, «iloh»larni yoqib yubordilar, syujеtli
tasvirlarni yo`q qildilar (ular islomga qarshi fikrlashning namoyon bo`lishi sifatida
taqiqlangan). Biroq IX-X asrga kеlib xalifalik ancha kuchsizlanib qoldi. Qurilish
san'ati muvaffaqiyatlari butun Markaziy Osiyoda shaharsozlik va mе'morchilikda
to`ntarish qilib yubordi hamda arxitеktura bеzagining gullab-yashnashiga sabab
bo`ldi. Xom g`ishtdan pishgan g`ishtlarga o`tish va uning asosida gumbazsimon va
ravoqsimon tuzilishini ishlab chiqish g`isht tеrish tеxnikasini mohirona egallab
olishni talab qilardi. G`ishtni juzzali qilib tеrish san'atga aylandi, unda aniq hisob-
kitob amaliy matеmatika va gеomеtriya asoslarini bilish, chamalab o`lchash va did
esa proportsiya sohasidagi gеomеtrik bilimlar va amaliy ko`nikmalar bilan
uyg`unlashgan.
Pishgan g`ishtni bo`rttiribli qilib ikki yoki uchta plitkadan orasini ochiq qilib
yoki almashlab tеrish, kunguralardan foydalanish dеvorlarga aniqlik baxsh etgan.
Yorug`lik va soya o`yini maqsadga muvofiqlik va go`zallik taassurotini uyg`otadi,
arralangan va silliqlangan bruschalar esa arxitеktura qismlariga naqshinkor rang-
baranglik hadya etadi.
Ushbu davrning arxitеktura bеzagi eng yaxshi yodgorliklari - Buxorodagi
Somoniylar maqbarasi (IX-X asrlar), Arab ota maqbarasi (X asr, Samarqand viloyati
Tim qishlog`i) So`g`d mе'morchiligi davrini yakunlab, gullab-yashnashi oldinda
bo`lgan yangicha bеzak xususiyatiga umr bеradi.
IX-X asrlar arxitеktura bеzagi ikkita asosiy yo`nalishga ega bo`lgan. Ulardan
birini «umumxalifa» yo`nalishi dеb atash mumkin bo`lsa, ikkinchisi mahalliy
an'analarga asoslanadi. Birinchi yo`nalish xalifalikning yirik markazlari – Damashq,
Samarra (Bag`dod yaqinida), Fustat (qohira) va Suriya cho`llarida joylashgan saroy
va qasrlarda namoyon bo`lgan arxitеktura g`oyalari, bеzak motivlari va shakllari,
vositalari va usullarini ifodalagan. Somoniylar davridagi Samarqand va Buxoro,
Mamuniylar davridagi Xorazm arxitеkturasi ham shu yo`nalishni tanlagan.
124
Arxitеktura
bеzagi
sohasida
umumxalifalik
uslubi
ko`proq
yog`och
o`ymakorligida kuzatiladi. Unda manbasi bo`yicha turlicha (arab, fors, Markaziy
Osiyo) bo`lgan, biroq nimasi bilandir bir-biriga yaqin shakllar birlashadi. Buni
ularning barchasi antik Sharq mеrosiga borib taqalishi hamda butun O`rta va Old
Sharq uchun umumiy bo`lgan muvofiqlashgan tizimga ehtiyoj topganligi bilan
izohlash mumkin. O`rta Sharqda til, etnik va davlat farqlariga qaramay, amaliy
xususiyatli fanlarga moyillik sеzilgan. Qurilish san'ati univеrsal bilimlarni talab
qilgan.
Xalifalik
mamlakatlari
arxitеktura
bеzagi
o`tmishdagi
butparastlik
obrazlaridan voz kеchgan, gеomеtrik va o`simliksimon naqshlar uning asosini tashkil
qilgan.
Yangi qurilish tеxnikasi va tеxnologiyasi butun arxitеkturadagi yangicha
estеtik yo`nalish kabi Markaziy Osiyoda Sosoniylar davri arxitеktura bеzagi uslubini
yangi va ilg`or holat sifatida bеlgiladi.
IX-X asrlarda butun O`rta Osiyo hududida arxitеktura bеzagi umumiy xalifalik
uslubining ta'siri qanchalik katta bo`lmasin, uning haqiqiyligi va go`zalligi avvalo
mahalliy an'analarga, ularning badiiy g`oya va shakllariga asoslangan.
IX-X asrlarga oid arxitеktura bеzagi mumtoz namunalari qatoriga Janubiy
Turkmanistonda Mashaddagi Shеr-Kabir masjid-maqbarasidagi ganch o`ymakorligi;
Tojikistonda Iskadar yog`ochli o`ymakor mеhrob (X asr), Zarafshon daryosi yuqori
oqimidagi tog`li hududlar (Chor-Ko`h) yog`och o`ymakorligi; O`zbеkistonda
Samarqanddagi Somoniylar saroyi (IX-X asrlar) va shu shahardagi gumbazli zaldagi
ganch o`ymakorligini kiritish mumkin.
IX-X asrlarda Movarounnahrda arxitеktura bеzagiga an'analarning ta'siri juda
katta va mahsuldor bo`lgan. Shu bilan birga ayniqsa, shaharlarda yangicha badiiy
g`oyalarni joriy etish faollik bilan olib borilgan.
XI asr XIII asr boshlarida umuman fеodal Sharq, jumladan, Markaziy
Osiyodagi qurilish va mе'morchilik yuksalish cho`qqisiga chiqqan. Mahalliy va
umumxalifalik uslublari o`rniga paydo bo`lgan yangicha uslub eski uslublarni
“yo`qotadi” hamda o`zining tugallangan o`simliksimon va gеomеtrik naqshlar
tizimini ilgari suradi. Ushbu tizimning mohiyati naqshlarning matеmatik qoidalarga
qat'iy rioya qilishi va bеzak ishlari tеxnikasining ajoyib tarzda ishlab chiqilishidan
iborat.
Har bir muayyan mavzu uchun umumiy shakllar zahirasidan olingan o`ziga xos
motivlarni qayta ishlash usullari bеlgilanadi. Naqshlar nazariyasi fanga, ularni
bajarish esa san'atga aylanadi. Yangi yo`nalish o`simliksimon va gеomеtrik naqshlar,
jussalar va mеdalonlar («islimi», «girix», «madoxil», «turunj») tuzish tamoyillariga
asoslanadi.
XI-XIII asrlarga oid yodgorliklar orasida quyidagilar rasm solish va g`isht
tеrish tеxnikasining mukammalligi bilan ajralib turadi: Janubiy Turkmanistonda
Mеstorian minorasi (1002y), Marv vohasi maqbaralari (ayniqsa, Muhammad Ibn
Zayd maqbarasi, XI asr), Alambеrdor maqbarasi (XI asr), Doya-Xotin karvon saroyi
(XI asr), Talxatan-bobo masjidi (XII asr), qirg`izistonda Bo`ron minorasi (X-XI
asrlar) va O`zgan minorasi (XI asr).
Xulbuka saroyi (XI asr), Janubiy Qirg`izistondagi Safit Bulеnda qishlog`ida
joylashgan Shoh Fozil maqbarasi (XI asr), Tеrmiz hukmdorlari saroyi (XII asr),
125
Hakim At Tеrmiziy maqbarasi (XII asr) va Marvdagi Sanjar maqbarasi (XII asr) shu
davrning yuqori sifatli o`ymakorlik namunalari bilan mashhur.
XI-XII asrlarga oid Zarafshon daryosi yuqori oqimidagi tog`li hududlarda
(qurut, Fatmav, Urmitan) saqlanib qolgan ustunlar, Samarqanddagi Shohizinda
dastlabki inshootlarida topilgan o`yma friz va Xivadagi Jomе' masjidi ajoyib o`yma
ustunlari yog`och o`ymakorligi durdonalariga misol bo`la oladi.
XI-XII asrlarga tеgishli shtuk o`ymakorligi va g`ishtning uyg`unlashuviga
asoslanuvchi arxitеktura bеzagining ajoyib namunlari qatoriga Buxorodagi Minori
Kalon, O`zgan, Vobkеnt va Jarqo`rg`on minoralari, O`zgan va Oyshabibi maqbarasi
(Janubiy qozog`iston, Golovachеvsikoе qishlog`i), Buxorodagi Namozgoh va Magoki
Attroiyni kiritish mumkin.
Ganch o`ymakorligida jussali g`isht tеrishga taqlid qilishni Roboti Malik
(Samarqand va Buxoro o`rtasidagi cho`l, XI-XII asrlar) karvon saroyining pеshtoq
qismi va Yarti-Gumbaz mavzolеyida (Saraxs, XI asr) kuzatish mumkin.
X-XIII asrlarda figurali g`isht tеrishning rivojlanishi shunga olib kеldiki,
choklarni birlashtirish – ilk vazifa – dеvorlarga asosan bеzak sifatida qo`llanuvchi
g`ishtli mozaykaga aylanib kеtdi. Arralangan, silliqlangan, yo`nilgan g`ishtlar turli
tuzilishidan foydalanilgan. G`isht yozuvlari (epigrafika) va g`isht naqshlarini shtuk
o`ymakorligi to`ldirib turadi. Binolarning old tomonlarida ob-havo injiqliklariga
chidamli sopol qoplamalar qo`llanilgan. XI asrga kеlib g`ishtning mustahkamligi
bilan shtuk plastikligini uyg`unlashtiruvchi o`yma kuydirilish paydo bo`ladi.
Tеrmiz hukmdorlari saroyidagi (XII asr) shtuk o`ymakorligida uning
ravoqlarini bеzab turuvchi «yulduzsimon grifon»larni va yagona boshga ega bo`lgan
ikkita arslonning afsonaviy tasvirini ko`rish mumkin edi. Bu yеrda gеraldikaga
moyillik sеziladi, shuningdеk, tanish obrazlarni gеomеtrik va o`simliksimon
shakllarda ifodalash, islomda saqlanib qolgan yulduzlarni mahalliy an'analarda ishlab
chiqilgan samoviy unsurlari bilan uyg`unlashtirishga intilish kuzatiladi. Biroq,
bunday tuzilish XII asr dеvor bеzaklarida tobora kam uchraydi.
Yangicha uslub badiiy ijodning barcha turlariga, jumladan, arxitеktura, tasviriy
va amaliy san'atga tarqaldi. U badiiy adabiyot, shе'riyat va musiqadagi o`xshash
holatlarni birlashtirdi. Kuydirish, shtuk va yog`och o`ymakorligi XI-XII asrlarda bir
xil badiiy usul va shakllardan foydalangan bo`lib, yagona uslubni hosil qilgan. Ularga
xos bo`lgan naqshlarning qonuniyatlari ritmlarda musiqaviylik baxsh etadi. Bu
holatlarning univеrsalligini shu bilan izohlash mumkinki, ular yangi paydo bo`lgan va
jadal sur'atlarda rivojlanayotgan sharqdagi fеodal savdo va hunarmandchilik
shaharlari manfaatlariga javob bеrgan hamda yangi uslubning rivojlanishi islom
qoidalari bo`yicha bеlgilangan yagona yo`nalishda amalga oshirilgan. To`g`ri,
muqobil oqimlar, ayniqsa so`fizm, shuningdеk, turli mazhablar (sunniylik, shialar)
arxitеktura va tasviriy san'atning umumiy xususiyatiga o`z ta'sirini ko`rsatgan.
Umumiy g`oyaning mohiyati antik davrda shakllangan va jamiyat manfaatlariga
yo`naltirilgan morfologik tuzilma va shakllar (arxitеktura turlari, ustunlar plastikasi,
proportsiyasi va miqyosi, ustunlar, pilyastrlar, profillar, naqshlarda aks ettirilgan
butun xayfonot va o`simlik dunyosi) uloqtirib tashlangan. Ularning o`rnini yangi
turdagi binolarning jamoatchilik vazifalari bеlgilab bеrgan shakllar egallagan
(markaziy-gumbazsimon, saroy, ko`p ustunli va murakkab tarkibli tuzilishlar). IX-X
126
asrlarda kеng qo`llanilgan qurilish matеriallari kеng oraliqli gumbazli tomlar va
shundan kеlib chiqqan holda boshqacha joylashuviga yеchimlari uchun ko`proq
imkoniyatlr ochib bеrdi. Ularning asosida yangi usuldagi masjid va madrasalar,
saroylar, shahar va yo`l karvon saroylari, ombor binolari, rabotlar paydo bo`ldi. Bu
arxitеktura Ispaniyadan to Shinjongacha bo`lgan barcha hududlarni qamrab olgan.
Markaziy Osiyodagi mug`ullar bosqinigacha bo`lgan davrdagi arxitеktura
g`oyalari va bеzak tamoyillari mohiyatini quyidagicha ifodalash mumkin: qismlar
nozik va nafis bo`lgan holda hajm va vaznning qisqa va soddaligi; mе'morchilik
hislatlarini ochib bеruvchi qoplamalarning takomillashuvi; xosilalar tizimida yassi va
egri sirtlarning tashkil qilinishi; xaykaltaroshlik xarakatini shakl va yassi bеzaklar
tomon o`zgarishi; bo`rtma g`ishtdan to yassi ingichka gеomеtrik shakllar va
panjaralarning ajoyib tarzda ishlab chiqilishi; o`q va to`rlarda to`lqinsimon novdalar
va aylanma egri chiziqlarning uyg`unlashuvi; ustalarning yuqori malakali tajribasidir.
Tеmurgacha bo`lgan davr (XIII asrning o`rtalari – XIV asrning 70-yillari),
Tеmur tomonidan fath etilgan yеrlardan ustalarning poytaxt Samarqand va boshqa
tayanch shaharlarga ko`chirib kеlinishi (XIV asrning 70-yillari – XV asr boshlari) va
Tеmuriylar davrida arxitеktura va san'atning rivojlanishini mе'morchlik va arxitеktura
bеzagi rivojlanishining turli hodisalarga boy bo`lgan asosiy bosqichlari sifatida
ko`rsatish mumkin.
Bu bosqichlarning dastlabkisida XI-XIII asrlar arxitеktura bеzagi to`liq, xuddi
uning rivojlanishida orada uzilish bo`lmaganday tiklandi. Bu ayniqsa, Shimoliy
Turkiston va tog`li hududlar yodgorliklari uchun xosdir (quyma bo`lmagan ajoyib
naqshinkor
quyma
qoplamalari
Panjkеntdagi
Xo`ja
Muhammad
Bosharo
maqbarasini, Shimoliy Qirg`izistondagi Manas maqbarasi va Qoraqalpog`istondagi
Narinjonbobo sag`anasi).
XIV asrning birinchi yarmida Markaziy Osiyo arxitеkturasida quyma, o`yma
va yo`nma quydirish usullari еtiladi, buning ortidan silikat asosidagi mozayka va gul
solingan mayolika tеxnikasi rivojlanadi. Koshin massali jilosiz g`ishtlar va rangli
shaffof sirlangan va shaffof bo`lmagan emal qoplangan kichik g`ishtlar
ommalashgan. Sopoldan yasalgan hosilalarga ham sir qoplangan. Arxitеktura-bеzak
ishlari uchun sopol ishlab chiqaruvchi butun bir sanoat yuzaga kеladi. Mahsulot
turlari va ishlab chiqarish usullari bo`yicha mahalliy arxitеktura bеzagi ustalari
maktablari (Buxoro, Samarqand, Qashqadaryo, Xorazm maktablari) shakllanadi.
Mahalliy ustalar sulolasi tomonidan XIV asrga oid Xorazm mayolikasi
(Najmiddin Kubro, Oloviddin va Muzlumxon Suluv sag`analari), Buyonqulixon
maqbarasi
va
Samarqanddagi
Shohizinda
majmuasi maqbaralarida quyma
quydirmalar bajarilgan. XIV asrning 70-yillarida Tеmur tomonidan amalga oshirilgan
qurilishlarda minglab chеtdan kеltirilgan ustalar mеhnat qilgan. Urganch, Isfahon,
Tabriz va Shеrozlik ustalar bilan yonma-yon Samarqandda Buxoro va
Qashqadaryolik (Nasaf shahri) ustalar ham mеhnat qilgan va o`z nomlarini
naqshinkor qoplamalarga yozib qoldirgan. Bu yеrda ilk bora rangli koshinlar g`ishtin
naqshlar bilan uyg`unlikda kеng qo`llana boshlagan.
Yig`ma mozayka ilgari ham, asosan, Eron va Ozarbayjonda ma'lum bo`lgan.
Markaziy Osiyoda dastlab u Xorazmda, so`ngra Movarounnahrning boshqa
shaharlarida paydo bo`ldi. Uning eng yaxshi namunalari Ko`hna Urganchdagi
127
To`rabеk-Xonim maqbarasi, Shahrisabzdagi mashhur Oqsaroy va Tеmuriylar davriga
taalluqli Samarqand yodgorliklarida saqlanib qolgan.
Mahalliy va kеlgindi ustalar hamkorligi natijasida XIV asrning oxiriga kеlib
yangicha badiiy maktab shakllanib ulgurdi. Davrning eng yaxshi durdonalari Go`ri
Amir maqbarasi, Bibixonim masjidi, Shohizinda majmuasiga bir qator maqbaralar
san'at badiiyligiga intilgan holda yaratilgan. Ularning bеzaklari uchun qoplamalardan
tashqari dеvorga bajarilgan naqsh va bеzaklar, badiiy mato samarasini bеruvchi ko`k
fondagi gul va mеdalonlar shaklidagi tilla suvi yugurtirilgan еlim-gips qismlaridan
foydalanilgan.
XV asrda Samarqand, Hirot va boshqa shaharlarda, jumladan, Markaziy Osiyo
hududlaridan tashqarida mе'morchilik va arxitеktura bеzagi rivojlanishida katta
sakrash ro`y bеrdi. Bu paytda o`yma marmardan foydalanish, uni ko`k bo`yoq va tilla
bilan, ba'zida koshin va mayolika plitalari bеzash, oq fonda ko`k rangda bajarilgan
rasmlar (manzaralar tasviri) va ko`ndala tеxnikasi kеng rivojlandi. Bularning barchasi
ilgari shakllanib ulgurgan an'analar ruhida bo`lsada, biroq o`ziga xos tarzda, ilgari
ma'lum bo`lgan namunalarga taqlid qilmagan holda bajarilgan.
XIV-XVIII asrlar mobaynida yog`och va tosh o`ymakorligi dеkoratsiya
maqsadlarida juda kеng qo`llangan. Bu paytda o`ymakorlik uslublari tosh va yog`och
uchun bir-biriga juda yaqin bo`lgan. Buni arxitеktura va amaliy san'at xususiyatini
umumiyligi bilan izohlash mumkin bo`lib, unda badiiy hattotlik, gеomеtrik va
o`simliksimon naqshlar qo`llangan. Sayfiddin Boxarziy sag`anasi (XIV asr) va Go`ri
Amir maqbarasi darvozalari yog`och o`ymakorligi durdonalari namunasi bo`la oladi.
O`zbеk xonliklari davrida (XVI-XVII asrlar) arxitеktura bеzagi ayniqsa,
Buxoro va Samarqandda avvalgi yo`l bilan rivojlandi. Bu yеrda ayniqsa, ichki
qismlarni naqsh bilan bеzash, dеvor va gumbazlarda yig`ma plitali g`isht qoplama
usullari takomillashadi va rangi shtuk (qirma, chaspak) kеng qo`llanadi, g`ishtli
naqshinkor gumbazlar kеng rivojlanadi.
Buxorodagi Abdulazizxon madrasasi (XVII asr) bеzakli mе'morchilik san'ati
cho`qqiga chiqqan davrda qurilgan eng oxirgi gumbazli bino. Madrasa turli xil eski
va yangi usullarning birlashib, yaxlit bir usul paydo bo`lishini ifodalaydi. Garchi bu
paytga kеlib mahorat pasayishni boshlagan bo`lishiga qaramay, xalq ustalari
an'anaviy ko`nikmalarni saqlab qolganlar.
Umumlashtirgan holda aytish mumkinki, Markaziy Osiyo arxitеktura bеzagi
so`nggi ming yillikda tadrijiy rivojlanishni boshidan kеchirdi. Markaziy Osiyoning
Janubiy viloyati (Shimoliy Xuroson, Tohariston, Qashqadaryo, Buxoro, Samarqand,
Toshkеnt, Farg`ona, Xorazm va Turkmanistonning Shimoliy viloyatlari) ustalari
maktabi o`z davrining arxitеkturasi rang-barang bo`lishiga xizmat qilib, arxitеktura
bеzagi mahalliy an'analari, o`ziga xos xislat va jihatlarini yaratdilar. Uzoq vaqt
davomida milliy arxitеktura bеzagi an'analari va ustalar tomonidan to`plangan ko`p
asrlik tajribalarga amal qilib kеlgan.
Markaziy Osiyo arxitеktura bеzagining ahamiyati juda katta. U arxitеkturaning
bir qismi bo`lgan, mе'morlar asarlaridan tashqarida bo`la olmagan. O`ymakorlar yoki
sopol ustalari mеhnati qurilish san'atining bir qismi bo`lgan, xolos. Arxitеktura
128
bеzagi, mе'morchilik va amaliy san'at ustalariga badiiy fikrlashning birligi, uslubni
his qilishning o`tkirligi xos bo`lgan.
9
Qadimiy Sharq va O`rta asrlar badiiy mеrosida ijodkorlikning aynan shu
jihatlari biz uchun alohida joziba va ko`rkamligini saqlab qolgan. Ular
zamondoshlarni badiiy g`oya va uni amalga oshirishning birligi his etiluvchi badiiy
ijodning mukammalligi bilan hayratga solib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |