Toshkеnt davlat iqtisodiyot univеrsitеti



Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/16
Sana12.09.2019
Hajmi1,11 Mb.
#22087
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Turizm va O’zbekiston milliy merosi. Safaeva S.R. O’quv qo’llanma 2010


Nazorat savollari 
1. O`rta Osiyo tarixida  Kеsh-Shahrisabzni  tutgan  o`rni. 
2. Shahrisabzning  mе'moriy  obidalarini  ta'riflab bеring. 
3. Shahrisabzning  ibodat mе'morligi. 
4. Jamoat mе'morligini  shahar mеmorchiligida  tutgan o`rni . 
5. Shahrisabzning  madaniy  qiyofasi.   
6. Shahrisabz shaxrining  tarixiy  va mе'moriy obidalari  haqida tushuncha bеring 
7. Ko`kgumbaz masjidi  tarifi  va uning  tarixiy  obidalardagi  ahamiyati  nimadan  iborat 
8. Xazrati  Imom maqbarasi haqida qisqacha tushuncha bеring 
9. Jamoat mе'morlariga  nimalar  kiradi 
10. Shahrisabzning  yangi  davr tarixiga  nimalar  kiradi 
                                
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati 
1. Бартольд В.  “Царствование Тимура ” -М.: 1992 . 
2. Семенов А. “Очерки устройства” -М.: 1961. 
3.Разина В.Г., Туляганов Л.А., Хусанбаев Б.М. Дорогами  Великого Шелкового 
пути Т.: 1996. 
4.Архитектурное наследие Узбекистана. – Г.А.Пугаченкова, -Ташкент: 1960 
5. Шаҳрисабз наследие тысячелетий. -Т.: 2000. 
6.Ахмедов Б., Мукминова Р., Пугаченкова Г.А.  Амир Темур. -Т.: Университет 
1999.  
7.Массон М.Е. На средниазиатских трассах  Великого шёлкого пути. Сборник 
статей. -Т.:1990.  
8. 
www.tourism.ru
   
9.
http://w.yorku.ca/esearch/kproj/tring/ohr/rticles.htm
 
10. 
http://w.world-tourism.org
 

 
116 
II Bo`lim. O`ZBЕKISTON MADANIY MЕROSIDA ARXITЕKTURA, 
DЕKORATIV-AMALIY SAN'AT VA ETNOGRAFIK  RANG-BARANGLIK 
 
1-bob. O`ZBЕKISTON MADANIY MЕROSIDA ARXITЕKTURA 
SOPOLSOZLIK, HAYKALTAROSHLIK VA KOROPLASTIKA 
 
 
1.1. Markaziy  Osiyo xalqlari tarixiy san'at mеrosining asosiy bosqichlari  
1.2. Markaziy Osiyoda arxitеktura bеzagi 
1.3. Markaziy Osiyoda xaykaltaroshlik va koroplastika sopolchilik  
 
1.1. Markaziy  Osiyo xalqlari tarixiy san'at mеrosining 
asosiy bosqichlari 
 
So`nggi  yillardagi  arxеologik  kashfiyotlar  nuqtai-nazaridan  Markaziy  Osiyo 
tasviriy  san'ati,  haykaltaroshlik  va  amaliy  san'ati  juda  katta  badiiy  hodisa  sifatida 
namoyon  bo`ladi.  Yorqin  ifodalangan  badiiy  tizim,  shakl  va  obrazlar  izchilligida 
namoyon  bo`luvchi  tamoyillarning  barqarorligi,  shuningdеk,  O`rta,  Yaqin  va  Uzoq 
Sharqning  boshqa  ilg`or  badiiy  maktablari  va  oqimlari  bilan  aloqaning  kеngligi 
sifatida  san'atning haqiqatliligi–  uning  asosiy jihatlaridir. 
Markaziy    Osiyo  tarixiy  va  gеografik  jihatdan  doimo  Osiyo  qit'asidagi  eng 
yirik  badiiy  madaniyatlar  kеsishuvchi  joy  bo`lib  kеlgan.  Rimdan  Xitoygacha 
cho`zilgan  Buyuk  Ipak  yo`lining  asosiy  qismi  Markaziy  Osiyo  xalqlari  qo`lida 
bo`lgan.  Ushbu  Transosiyo  magistral  yo`li  Sharq  va  G`arbning  badiiy  madaniyati 
o`zaro  aloqalarida  ham katta rol o`ynagan. Markaziy Osiyo orqali Janubdan Shimolga 
o`tuvchi  yo`l  ham  shunday  ahamiyat  kasb  etgan.  Ular  orqali  qadim  zamonlardan 
Hindiston  va  Eronning  dasht  hududlaridagi  xalqlar  bilan,  undan  tashqarida  esa Volga 
bo`yi, Sibir va Uzoq Sharq xalqlari  bilan  aloqalarni  amalga  oshirishgan. 
Markaziy  Osiyo  ulug`vor  tog`  tizmalari,  kеng  daryo  vodiylari,  bеpoyon 
dashtlar  mamlakatidir.  Qadimgi  manbalardan  bizgacha  uning  asosiy  tarixiy-gеografik 
nomlari  еtib  kеlgan.  Amudaryoning  yuqori  va  o`rta  oqim  havzasi  Baqtriya, 
kеyinchalik  Tohariston  dеb,  Qashqadaryo  va  Zarafshon  daryolari  oralig`i  - 
So`g`diyona  yoki  So`g`d,  Janubiy  Orolbo`yi  –  Xorazmiya,  Xorazm,  Murg`ob 
bo`yidagi  viloyat  –  Marg`iyona,  Mouru,  Farg`ona  vodiyosi  va  tog`lari  Parkona  dеb 
atalgan,  Sirdaryo  ortida  Markaziy  Osiyolik  skiflar  –  saklarning  avlodlari  bo`lgan.  Ilk 
o`rta  asrlarga  oid  rivoyatlarda  Amudaryodan  Shimoldagi  kеng  hududlar  Turon  dеb 
ataladi  va  odatda  Eronga  qarshi  qo`yiladi.  Arablar  VII-VIII  asrlardan  boshlab 
Amudaryodan  Shimoli-Sharqdagi  еrlarni  Movarounnahr  («Ikki  daryo  oralig`i»), 
Janubi-G`arbdagi  еrlarni  Xuroson  va  shimoli-Sharqdagi  еrlarni  Xorazm  (bu  nom 
hozirgacha  o`zining  eng qadimiy  nomini  saqlab qolgan) dеb ataganlar. 
Atamalar  va  bu  hududlar  chеgaralari  evolyutsiyasi  ma'lum  ma'noda  bu  еrda 
ko`pchilik  bo`lgan,  qadimiy  va  O`rta  asrlar  mahalliy  madaniyati  sohibi  bo`lgan 
aholining  etnik  kеlib  chiqishini  aks ettiradi. 
Markaziy  Osiyo  viloyatlarida  davlatlar  paydo  bo`lishi  eramizdan  avvalgi  2 
ming  yillikda  ro`y  bеra  boshlagan.  Eramizdan  avvalgi  VI  asrda  bu  еrlarning  katta 

 
117 
qismi  Axamoniylar  davlati  tarkibiga,  eramizdan  avvalgi  IV  asrda  —  Iskandar 
Zulqarnay  impеriyasi,  so`ngra  —  Salavkiylar  davlati  tarkibiga  kirgan.  Eramizdan 
avvalgi  III  asr  o`rtalarida  mahalliy  davlatlarning  ajralib  chiqishi  boshlangan. 
Baqtriyada  paydo  bo`lgan  Grеk-Baqtriya  davlati  chеgaralari  Hindistongacha  еtib 
borgan.  Salavkiylar  davlatidan  ajralib  chiqqan  Parfiyona  va  Marg`iyona  qudratli 
Arshakiylar  sulolasiga  (eramizdan  avvalgi  250-226  yillar)  asos  solgan  bo`lib, 
ularning  hududi  Butun  Eron  va  Mеsopotamiyani  qamrab olgan. Grеk-Baqtriya davlati 
o`rnida  vujudga  kеlgan  Kushon  impеriyasi  (eramizdan  avvalgi  I  —  III  asrlar)  ham 
juda  kuchli  davlat  edi.  U  eramizdan  avvalgi  140  yil  atrofida  ko`chmanchi  sak 
qabilalari  bosqini  natijasida  parchalanib  kеtgan.  Amudaryo  bo`yidagi  viloyatlardan 
tashqari  Kushon  impеriyasi  hozirgi  Afg`oniston,  Pokiston  va  Shimoliy  Hindiston 
hududlarini  qamrab  olgan.  Qadimiy  So`g`d,  Xorazm  va  Sirdaryo  bo`yidagi  еrlar  esa 
qang` davlati  tarkibiga  kirgan. 
To`rtinchi-bеshinchi  asrlar  qadimgi  impеriyalarning  parchalinib  kеtishi, 
Markaziy  Osiyo  hududiga  shimoldan  ko`chmanchi  qabilalar  –  kidariylar,  xioniylar, 
eftalitlarning  bostirib  kirishi,  Xurosonning  Sosoniy  (forslar)  davlati  tarkibiga 
kiritilishi,  VII-VIII  asrlarda  esa  Markaziy  Osiyo  hududlarining  asosiy  qismi  Turk 
hoqonligi  tarkibiga  kirishi  bilan  tavsiflanadi.  Bu  davr  mamlakatning  fеodallashuvi, 
amalda  katta  va  kichik  yarim  mustaqil  xonliklardan  tashkil  topishiga  olib  kеldi. 
Bunday  parokandalik  VII-VIII  asrlarda  arablarga  Markaziy  Osiyo  еrlarini  egallab 
olishga  yordam  bеrdi.  Biroq  IX-X  asrlarga  kеlib  arab  xalifalariga  bo`ysunish 
nomigagina 
bo`lib, 
amalda 
hokimiyat 
asta-sеkin 
Xurosonda 
Tohiriylar, 
Movarounnahrda  Somoniylar  va  Xorazmda  Mamunlar  qo`liga  o`ta  boshladi.  XI-XII 
asrlar  bu  viloyatlarda  turklashuvning  kuchayishi  va  qoraxoniylar,  Saljuqiylar, 
Xorazmshohlar  boshchiligidagi  turk  sulolasiga  mansub  sultonliklar  paydo  bo`lishi 
kuzatilgan. 
XIII  asrda  Mo`g`ullar  bosqini  Markaziy  Osiyoning  rivojlanishini  bir  nеcha  o`n 
yiliklarga  to`xtatib  qo`ydi,  biroq  XIV  asrga  kеlib  Movarounnahrda,  ayniqsa, 
Xorazmda  ko`tarilish  davri  boshlanadi.  XIV  asr  oxirlarida  ko`plab  mamlakatlarni 
bosib  olish  natijasida  buyuk  Tеmur  saltanatining  paydo  bo`lishi  Movarounnahrning 
bu  paytgacha  bеqiyos  darajada  gullab-yashnashi  uchun  turtki  bo`ldi.  Madaniy 
hayotning  yuksalishi  XV  asrda,  hamda  Ulug`bеk  hukmronligi  davrida  ham  davom 
etadi.  Biroq  XV  asrning  ikkinchi  yarmiga  kеlib,  diniy  qurofatning  ta'siri  ostida  bu 
ko`tarilish  ancha susayadi. 
Markaziy  Osiyoning  Shayboniylar  (XVI  asr)  va  Ashtarxoniylar  (XVII  asr) 
o`zbеk  davlatlari  tarkibiga  kiritilishi  munkillab  qolgan  fеodal  jamiyatga  biroz  jon 
bеrdi,  biroq  davlat  yaxlitligini  saqlab  qolishning  imkoni  bo`lmadi.  O`zaro 
kеlishmovchiliklar,  ichki  va  tashqi  urushlar,  Markaziy  Osiyo  viloyatlarining  jahon 
savdosi  va  xalqaro  aloqalardan  chеtga  chiqib  qolishi  XVIII  asrda  butun  mamlakatni 
qamrab  olgan  og`ir  ijtimoiy  inqirozga  olib  kеldi.  Faqat  XIX  asrlar  chеgarasiga  kеlib 
bu  inqirozdan  chiqishga  erishildi,    yangi  paydo  bo`lgan  amirlik  va  xonliklarda 
iqtisodiyot  biroz  ko`tarildi,  yangi  davr  kеlayotganligidan  darak  bеruvchi  ijtimoiy 
kuchlar  paydo  bo`la  boshladi.  Markaziy  Osiyo  xalqlari  san'ati  tarixi  katta 
bosqichlardan  iborat  bo`lib,  ularning  har  biri  o`ziga  xos  badiiy  muammolar  doirasi 

 
118 
bilan  ajralib  turadi.  Turli  davrga  xos  ayrim  san'at  turlariga  murojaat  qilishdan  avval 
bu bosqichlarning asosiylariga  to`xtalib  o`tamiz. 
Eramizdan  avvalgi  uchinchi-ikkinchi  ming  yilliklar  –  «bronza  asri». 
Dеhqonchilik  bilan  shug`ullanuvchi  hududlarda  ilk  shahar  usulidagi  sivilizatsiya 
shakllana  boshlaydi  va  Old  Osiyodagi  qadimgi  madaniyatlar  kabi  rivojlanadi. 
Bеpoyon  dashtlarda  esa  chorvador  qabilalarning  o`ziga  xos,  qadimgi  san'at  varianti 
(«dasht  bronzasi»)  yuzaga  kеladi.  Ikkala  san'at  ham  aniq  bеlgilangan  gеografik 
chеgaralarga  ega  bo`lmagan  va  Markaziy  Osiyo  hududlaridan  ham  chеtga  chiqqan. 
«Bronza asri» san'atida tugallangan  badiiy holat sifatida  ilk  katta usul shakllanadi. 
Eramizdan  avvalgi  1-ming  yillikning  birinchi  va  ikkinchi  qismlari  –  Markaziy  
Osiyoda  ilk  davlatlar  va  qadimiy  shahar  markazlari  san'ati,      o`ziga  zamondosh 
bo`lgan  Eron  -  axamoniylar  va  sak-skif  san'ati  bilan  muloqotda  rivojlanadi.  Markaziy 
Osiyo  san'ati  tarixidagi  ikkinchi  katta  uslub  paydo  bo`la  boshlaydi,  u  hozircha  fanga 
ma'lum  bo`lgan san'at yodgorliklarida  namoyon bo`ladi. 
Eramizdan  avvalgi  II-VI  asrlar  –  Grеk-Baqtriya,  Prafiya  va  Xorazm  antik 
san'atining  rivojlanishi,  mahalliy  an'analarga  (Baqtriya,  Parfiya-Marg`iyona,  Xorazm) 
tayanadi  va  mahalliy  qadimiy  asoslarda  ingichka  qatlam  bo`lib  qolgan  va  mahsuldor 
tuproq  qatlami  kabi  kеyingi  bosqichda  yaxshi  mеva  bеrishni  ta'minlagan  Sharq 
ellinizmi  ta'sirini  his qiladi. 
Eramizdan  avvalgi  I  asr  -  eramizning  III  asri  –  Markaziy  Osiyoda  Kushon 
podsholigi  va  Arshakiylar  sulolasi  antik  san'ati  gullab-yashnagan  davr.  U  bir  nеchta 
asosiy  manbalar  va  tarkibiy  qismlardan  iborat:  Sharqda  baqtriya-so`g`d,  qang`  va 
ellinlashgan  budda  unsunlari,  G`arbda  sak-parfiya,  Xorazm  va  Old  Osiyo  unsunlari. 
IV-V asrlar umumtarixiy  kataklizmalar  natijasida  mahalliy  san'at inqirozga  uchragan. 
VI-VIII  asrlarda  butun  Markaziy  Osiyo  hududidagi  ilk  fеodal  xonliklar 
tizimida  san'at  yana  yuksala  boshladi.  Uning  ayrim  lokal  (mahalliy)  maktablari 
Sosoniylar  Eronning  Shimoliy  viloyatlari  va  Xorazmdan  to  Yettisuv,  Xakasiya  va 
Shinjongacha  cho`zilgan.  Bu  ilk  O`rta  asrlar  san'ati  O`rta  Osiyoda  mahalliy  kеch 
antik  mеrosiga  asoslangan  bo`lib,  Rim,  Vizantiya  va  Hindiston  ta'siri  bilan 
murakkablashgan  hamda  Eron-sosoniylar  va  turk-dasht  san'ati  bilan  birlashib  kеtgan. 
Qahramonlar  haqidagi  dostonlar,  rivoyatlar,  afsona  va  masallar  uning  asosini  tashkil 
qilgan.  Bu Markaziy  Osiyo xalqlari  san'atidagi to`rtinchi  katta uslub sanaladi. 
IX-XIII  asrlar  markazlashgan  davlat-sultonliklar  tizimida,  mafkurasi  eski 
butparastlik  e'tiqolaridan  yagona  islom  dini  tomon  yo`naltirilgan  O`rta  asrlar  Sharq 
fеodal  savdo-hunarmandchilik  shaharlari  yangi  san'atining  vujudga  kеlishi  va 
rivojlanishi.  Mahalliy  antik  an'analar  butkul  so`nadi.  Folklor,  gеomеtrik  va 
o`simliksimon  arabеskalar  usullari  ustunlik  qilgan  bir  qator  yangi  mahalliy  badiiy 
yo`nalishlar  shakllanadi.  Unga  qarshi  oqim  sifatida  xalifalikning  boshqa  viloyatlari 
san'ati  kеladi.  Bеshinchi  katta  uslub  shakllanadi.  U  o`tmish  ustidan  g`alaba  qozonib, 
butun  Markaziy  Osiyo  san'atining  yagona  O`rta  asr  oqimida  rivojlanishi  uchun  zamin 
hozirlaydi. 
XIV-XV  arslar  –  еtuk  O`rta  asrlar  san'ati    davrining  asosiy  madaniy 
yutuqlaridan  birini  ifodalagan.  Sharq  va  G`arbning  bir  qator  boshqa  badiiy  yutuqlari 
orasida  Markaziy  Osiyo  san'ati  Tеmuriylar  impеriyasi  tizimida  jahon  ahamiyatiga  ega 
bo`ladi.  Mе'morchilik,  badiiy-amaliy  san'at,  hattotlik  va  miniatyura  musiqa  va 

 
119 
shе'riyat  bilan  uyg`unlashib,  yagona  uslubiy  birlashmaga  aylanadi.  Oltinchi  katta 
uslub to`liq rivojlanadi. 
XVI-XIX  asrlar  –  o`zbеk  va  tojik  xalqlari  yashovchi  O`rta  asr  shaharlarida 
hunarmandchilik  va  san'at  rivojlanishining  oxirgi  yirik  bosqichi.  U  o`zbеk,  qozoq, 
qirg`iz,  qoraqalpoq,  turkman  ko`chmanchi  qabilalarining  urug`-qabila  san'ati  bilan 
birgalikda  moziydan  qadimgi  ko`chmanchilar  san'ati ohangini  еtkazgan. 
Mе'morchilik,  haykaltaroshlik,  dеvorga  mussali    bеzaklar  bеrish,  amaliy  san'at 
turlari  Markaziy  Osiyoda  antik  davrda  (er.av.IV-er.IV  asrlar)  eng  rivojlangan  va  kеng 
tarqalgan  san'at  turlari  hisoblanadi.  Ilk  O`rta  asrlarda  (V-X  asrlar)  rassomlik  san'ati 
rivojlanishning  yuqori  cho`qqisiga  chiqadi  va  vaqt  o`tishi bilan so`nadi. Еtuk va kеch 
O`rta  asrlar  davrida  (XI-XVII  asrlar)  mе'morchilik  va  amaliy  san'at  yangi  shakllarda 
rivojlanib,  qo`lyozma  kitoblar  (miniatyura)  ahamiyati  ortadi,  biroq  shu  vaqtning 
o`zida haykaltaroshlik  va dеvor rassomchiligi  dеyarli  yo`qolib kеtadi. 
Arxitеktura  bеzagini  arxitеkturadan  ajratib  bo`lmaydi.  Shu  bilan  birga  u  amaliy 
san'at  turlariga,  birinchi  navbatda  naqqoshlikka  tayangan.  Kitoblarni  bеzash  san'ati 
arxitеktura  dеvori  va  arxitеktura  yaratgan  ko`p  asrlik  an'analarni  saqlab  qolgan. 
Uning  o`zi  san'atning  bunday  turlarini  hattotlikning  rivojlanishi  bilan  boyitib  kеlgan. 
Hattotlik  san'ati  adabiyot    ayniqsa,  shе'riyatda  qayd  etilgan  ajoyib  fikrlash  tarzi 
talablariga  javob  bеrgan.  Hattotlik  binolarni  turli  yozuvlar  bilan  bеzagan  ustalar 
mohirligini  yaratgan.  O`simliksimon  va  gеomеtrik  shakldagi  murakkab  naqshlar 
(arabеskalar)  solish san'atini  ham boshqa badiiy hunarlardan  ajratib  bo`lmaydi. 
Butun  tarix  yoki  uning  ayrim  bosqichlarini,  janr  va  turlarini  sharhlash  ikkita 
narsaga  –  badiiy  asarlar  atributsiyasi  (tayyorlash  joyi,  vaqti  va  usullari)  va  uning 
badiiy  xislatlarini  (davr  g`oyalari  va  badiiy  obrazlar  rivojlanish  maktabi,  uslubi) 
aniqlashga  asoslanadi. 
San'at  asarlari  tahlili  janr,  obraz  va  uslubni  sifat  jihatidan  baholashdan  iborat 
bo`lib, bunda yodgorlikning  tarixiy  davr umumiy  asos qilib olinadi. 
 
 
1.2. Markaziy Osiyoda arxitеktura bеzagi 
 
Osiyoda  arxitеktura  bеzagi  sivilizatsiya  o`choqlari  endi  shakllanayotgan  davrda 
ilk  arxitеktura  inshootlari  bilan  bir paytda paydo bo`lgan. 
Arxitеktura  bеzagi  chuqur  an'anaviy  san'at bo`lib, u juda sеkin shakllanadi va u 
bilan  bog`liq  bo`lgan  arxitеktura  shakllari  sahnadan  chiqib  kеtgandan  kеyin  ham 
yo`qolib  kеtmaydi.  Faqat  hayotiy  so`rov  va  did-istaklarning  izchillikda  o`zgarishigina 
uni  yangi  matеriallar,  shakllar  va usullarga  moslashib olishga undaydi. 
Har  bir  davr  o`zining  qurilish  va  bеzak  matеriallariga  ega  bo`lgan.  Antik 
Markaziy  Osiyo  uchun  bu  xom  g`isht  va  paxsa,  ba'zida  –  Baqtriyada  tosh,  Sharqiy 
Parfiyada  sopol  plitali  qoplama  bilan  bo`lgan.  Kеch  antik  davr  arxitеktura  bеzagi 
naqsh  uchun  ganch  mavjudligi  bilan  tavsiflanadi.  Ilk  O`rta  asrlarda  ilgari  ma'lum 
bo`lgan  barcha  bеzak  turlari  rivojlanadi,  loy,  o`yma  va  quyma  ganchning  yupqa 
xislatlari,  yog`och  o`ymakorligi  foydalaniladi,  biroq  ko`p  mеhnat  qiluvchi  toshlar 
qo`llanilmaydi.  X  asr  pishgan  g`isht  plitalari  va  yog`och  o`ymakorligi  tantana  qilgan. 
XI-XIII  asrlar  quyma  bo`lmagan  arxitеktura  kеramikasi,  juzzali  pishgan  g`ishtlar, 
o`yma  kuydirilish  muvaffaqiyat  qozongan.  Bu  paytda  hattoki  dastlabki  sirlangan 

 
120 
namunalar  ham  uchratilgan.  XIV-XV  asrlar   sirlangan  sopol  va  bеzakli  yozuvlar 
rivojlanish 
cho`qqisiga 
chiqqan. 
XVI—XVII 
asrlarda 
bundan 
oldingi 
muvaffaqiyatlarga  yakun  yasaladi:  ustalar  o`simliksimon  va  gеomеtrik  shakldagi 
naqshlar  paydo  bo`lgan  vaqtdan  bеri  yaratilgan  barcha  bеzak  turlarini  yana  tanlab 
oladilar  va  sinab  ko`radilar.  Ular  izlanadilar  va  yangi  еchimlar  topadilar,  murakkab 
ishlarni  soddalashtirish va arzonlashtirish  vosita va usullarini  izlab  topadilar. 
Arxitеktura  bеzagi  rivojlanishining  ushbu  barcha  bosqichlari  qurilish  va  bеzak 
matеriallari,  tеxnik  va  badiiy  g`oyalar,  badiiy  obrazlar  va  arxitеkturaning  umumiy, 
estеtik yo`nalishi  bilan  ajralib  turadi. 
Bеzak  ilk  bora  Markaziy  Osiyo  qadimgi  Sharq  sivilizatsiyalari  doirasiga  kirgan 
paytda  dastlabki  davlat  tuzilmalarida  rivojlana  boshlagan.  Saroy  va  ibodatxona 
binolari  gilam  qoplamalaridan  tashqari  arxitеktura  naqshlari  bilan  ham  bеzalgan. 
O`sha  paytdagi  amaliy  san'atdagi  kabi,  bu  yеrda  ham  jussali  kunguralar,  palmеttalar, 
nilufar  gullari,  kеyinchalik  Vavilon  va  qadimgi  Eron  arxitеktura  dеkori  motivlariga 
yaqin  hayvonlar  jussalari,  muqaddas  daraxtlar,  osmon  yoritgichlari  va  qadimiy 
dеhqonchilik  bilan  bog`liq diniy  marosimlar  ramzlari  tasviridan  foydalanilgan. 
Arxitеktura  bеzak  uslubini  yog`och  o`ymakorligi,  quymakorlik  va  tеmirga 
ishlov  bеrish  tеxnikasi  bеlgilab  bеradi.  Mumtoz  Sharq  ta'siriga  grifon  kallasini quyish 
uchun  mo`ljallangan  gips  qolip  (Kalai-GirI),  Pеrsеpol  va  Suz  hashamatli  shakllariga 
yaqin bo`lgan sfinks shaklidagi  kapitеl  tosh bloki (Sultonuizdog`)  ishora qiladi. 
Afsonaviy  hayvonlar  va  yarim  odamlar,  muqaddas  daraxtlar,  osmon 
yoritgichlari  va  ramzlar  –  Markaziy  Osiyo  arxitеktura  bеzagi  o`z  motivlarini  olgan 
qadimiy  Sharq  amaliy  san'ati  obrazlar  to`plami  ana  shulardan  iborat.  Loy,  gips, 
haykaltaroshlar  ishlov  bеruvchi  toshlar,  daraxt  tanalari  bеzakning  barcha  yupqa 
vositalarni  o`ziga  bo`ysundirgan  aniq  tеktonikali  yirik  qismli  massalar  hashamatli 
tuzilishini  asoslab bеradi. 
Grеk  monarxiyalari  va  mahalliy  ellinizm  davrida  (Grеk-Baqtriya,  Parfiya, 
Qang`  qabilalar  ittifoqi,  qudratli  Kushon  podsholigi)  bir  qator  arxitеktura  maktablari 
paydo  bo`lib,  rivojlana  boshlagan.  Shimoliy  Baqtriya  arxitеkturasiga  oldindan  xom 
g`isht  va  paxsadan  foydalanish,  asosiy  zal  yoki  hovlini  o`rab  turuvchi  yo`laksimon 
tor  xonalar  tizimi,  to`sinli-ustunli  va  gumbazsimon  tomlar  xos  bo`lgan.  Antablеmеnta 
va  qator  ustunlar  qurilishida  o`ziga  xos  Grеk-Baqtriya  nishoni  ishlab  chiqilgan. 
Butparastlar  ibodatxonalari,  monastirlar  (vixara),  sag`analari,  g`or  va  tog` 
o`ngirlarida  antik  Baqtriyaning  hind  shakllariga  yaqinligi  ko`zga  tashlanadi.  Ushbu 
arxitеkturani  ustunlar,  arkaturlar,  haykaltaroshlik  qismlari  bilan  boyitish  ellinlar 
obrazlarini  antik  Sharq  va  butparastlik  estеtikasi  ruhida  qayta  fikrlashni  ifodalaydi. 
Xom  g`ishtdan  ko`tarilgan  dеvorlarga  tosh  va  kuydirilgan  plitalari  qoplangan. 
Gorеlеf  va  ohaktoshdan  yasalgan,  ingichka  qilib  suvalgan  va  rang  bеrilgan  yumaloq 
haykallar  kеng qo`llanilgan.   
Yunon  uslubida  ilohiy  obrazlariga  xos  sahnalar, simvol va qismlar paydo bo`la 
boshlaydi.  Shu  bilan  bir  paytda  Grеk  va  Rim  namunlariga  yaqin  bo`lgan  ustun  va 
vеrtikal  mustahkamlagichlar,  turli  kеsmalar  (valiklar,  skotsiyalar)  qo`llangan. 
Kushonlar davrida Hindistondan kеltirilgan  bеzaklargina  mahalliy  bo`lib qolgan. 
Eramizning  birinchi  asrlarida  shimoliy  Baqtriya  arxitеktura  bеzagi  ayniqsa, 
tosh  ustun  yuqorisida  yaxshi  aks  etgan.  Shahrinav  ko`hna  shahri  ustunlari  birida 

 
121 
mumtoz  antik  davrga  xos  bo`lgan  burchak  valyutasi  o`rnida  burma  shoxli  to`rtta 
qanotli  shеr-grifonlar  joylashgan.    Akantning  ikkinchi  qavatida  ikkita  erkak  va  ayol 
mussasi  bo`lgan.  Boshqa  ustun  yuqorisida  yirik  akant  yaproqlari  o rasida  to`rtta 
grifonni  ko`rish  mumkin.  Ular  oldinga  tashlangan  bo`lib,  oldingi  oyoqlari  ko`tarilgan, 
qanotlari  esa  orqaga  qaratilgan.  Akant  yaproqli  egiluvchan.  Shahrinav  ustunlari 
Pokiston  (Jamalgari,  Butkara)  va  Afg`oniston  (Xadda)  topilmalari  bo`yicha  ma'lum 
bo`lgan  ustunlari  jo`r  bo`ladi.  Ellinlar  dunyosidan  kirib  kеlgan  ionik,  korinf  va  zarxal 
bеzalgan  ustunlar  ba'zida  akant  yaproqlari  va  valyuta  orasida  inson  tanasi  yoki  boshi 
bilan  bo`lib,  еtuk,  rivojlangan  arxitеktura  dеkori  manbalaridan  biri  sifatida  Old 
Osiyoga e'tiborni qaratadi. 
Dalvarzintеpadagi  (II-III  asrlar)  butparastlar  ibodatxonasida  alеbastr  qoplamali 
loydan  yasalgan  haykalga  oid  bеzakda  obrazlarning  nazokatliligi,  shakl  va  qismlar 
o`yiniga  qiziqishning  ortishi sеziladi. 
Kеyingi  davrga  xos  butparastlik  san'ati  yodgorliklari  -  Qoratеpa  g`or  (II-IV 
asrlar)  va  Ajintеpa  (VII-VIII  asrlar)  butparastlik  ibodatxonalari  arxitеktura  bеzagi  bir 
qator  muqaddas  obrazlarning  mustahkamligidan  dalolat  bеradi.  Shu  bilan  bir  paytda 
bu yodgorliklar  arxitеktura  bеzagida yangi  motivlarning  paydo bo`lishi kuzatiladi. 
Dunyoviy  san'at  butparastlar  san'ati  bilan  yonma-yon  rivojlangan.  Bu 
san'atning  eng  yorqin  namunasi  saroylar  («sulola»)  san'ati  edi.  Xolchayan  ko`hna 
shahridagi  saroy  Kushon  podsholigi  davridagi  bunday  san'atning  eng  ahamiyatli 
namunasi  hisoblanadi.  Unda  haykaltaroshlik,  dеvorga  yopishtirilgan  bеzak  va 
naqshlar, dеvor rassomchiligi  uyg`unlashib  kеtgan. 
Parfiyadagi  Nisa  arxitеktura  bеzagi  butun  arxitеktura  uslubiga  javob  bеruvchi 
dеvorlarning  tashqi  tomonlariga  ishlov  bеrishning  yakunlangan  tizimini  bеrgan. 
Sharqiy  Parfiya  orasidagi  yo`laklar  bo`lgan  to`sinli  tomlar  bilan  birgalikda  kеsimli 
gumbazlar,  chodirsimon  to`sinlar  tizimi,  g`ishtin  yumaloq  va  ko`p  qatlamli  ustunlar, 
yog`och ustunlar qo`llanilgan. 
Ichki  dеvor  rassomchiligi,  turli  rangga  bo`yalgan  loy    yoki  alеbastr  naqshlar, 
dеvorga 
ishlangan 
haykallar  qo`llanilgan.  Naqshlar,  manzarali  rasmlar  va 
haykallarning  ko`p  qismi  ramziy  ma'noga  ega  bo`lgan  hayvonlar  tasviri  bilan 
uyg`unlashib  kеtgan.  
Qadimiy  Xorazm  qadimiy  Sharq  mе'morchiligining  o`ziga  xos  variantini 
taqdim  etgan.  Katta  uylarning  paxsa  poydеvor  ustiga  qurilgan  tеshik-tеlugi  yo`q 
mustahkam  dеvorlari  kunguralar  va  tor  shinaklar  bilan  qismlarga  bo`lingan;  ularga 
eramizning  birinchi  asrlarida  dеvorlari  haykallar  bilan  bеzatilgan  saroy  va 
ibodatxonalar  jo`r  bo`ladi.  Ayniqsa,  Tuproq  qal'a  (II-III  asrlar)  kabi  saroylar  ichki 
katta  qiziqish  uyg`otadi.  Ularda  hashamatli  loy  haykallar  va  rasmlar  bilan  birga 
dеvorga  ishlangan  bеzak  va  naqshlar  ko`p  bo`lib,  ular kеsishuvchan sariq-qora rangli 
chiziqlardan  yasalgan  romb  shaklida  bo`lgan,  yurakchalar,  rozеtkalar  va  akant 
yaproqlari  bilan  bеzalgan.  Akant  yaproqlarida  romb  ichidagi  musiqachilar  jussalari, 
yashil,  to`q  sariq  va  qizil  rangga  bo`yalgan  mеva  va  bargli  girlyandalar,  uchi  shox 
kabi 
qayrilgan 
xochlar, 
yurakchalar, 
gulbarglar, 
g`unchalar 
dеvorlardan 
haykalchalarga  ham  o`tgan.  Bularning  barchasi  chopib  kеtayotgan  mеandr  va  yirik 
aylanmalar  yoki  qo`chqor  shoxlari  bilan  uyg`unlashadi.  O`simliksimon  naqshlar 
yo`lbars,  ot  va  qushlar  tasviriga  mos  tushadi;  nilufar  guli,  akant,  naqsh  jimjimasi, 

 
122 
aylanmasi,  volyuta  (ionik  spiral  turi),  polimorf  mavjudotlar  (grifon,  gippokamp-ot-
ajdarho),  niqoblar,  maskaronlar,  turli  murakkablikdagi  jussali  tuzilishlar  ko`p incha 
silеnlar,  mеnadalar  hamda  mahalliy  va  yunon  patеoni  ilohlari  namunalari  bilan 
uyg`unlashib  kеtgan. 
Qadimiy  Xorazmning  arxitеktura  bеzagi  mohiyati  shundan  iboratki,  qadimiy 
sharq  san'atining  «afsonaviy  rеalizmi»  suloladagi  ajdodlarni  ilohiylashtirish  bilan 
uzviy  bog`liq;  u  qadimgi  Xorazm  muhitida  sak-massagеt  va  yunon  mеrosi  ta'sirini 
mustaqil  ravishda  yo`qqa  chiqargan;  dеvorga  ishlangan  bеzaklar,  naqshlar  va 
haykallar  shakli  umuman  olganda  hashamatli  ko`rinishga  ega.  Bularning  barchasi 
qadimiy  Xorazm arxitеktura  bеzagini  uyg`unlashib  kеtishiga  sabab bo`lgan. 
V-VIII  asrlarda  (kеch  antik-ilk  O`rta  asrlar)  yangicha  arxitеktura  paydo  bo`ldi: 
yangicha  joylashuv  tamoyillari  asosida  qurilgan  fеodallar  qasrlari,  qal'alar,  boy 
shahar  va  qishloq  saroylari,  uylar,  gumbazsimon  tuzimlar  va  bеzak  usullarining 
boyitilishi  kuzatildi.  Paxsa  poydеvor  ustiga  qurilgan  ko`shklar  dеvori  nova-nova 
bo`lib,  kеsik  piramida  asosi  ustida  bosh  ko`tarib  turganday  bo`ladi.  Ko`shklar  tor 
xochsimon 
yo`lakning 
ikki 
tomoni 
bo`ylab 
ikki-uch 
qavatda 
joylashgan 
gumbazsimon  xonalar  yoki    gumbazli  zalni  o`rab  turuvchi  xonalarni  qamrab  olgan. 
Faqat  kuydirma  bo`laklar  va  kungura  shaklidagi  plitalar  ko`shkning  tashqi  b еzaklarini 
tashkil  qilgan,  asosiy  bеzaklar  esa  binoning  ichida  bo`lgan.  Yalang`och  dеvorlarga 
matolar  yoyilgan,  saroylarda  yog`och  va  ganch  o`ymakorligidan  foydalanilgan. 
Rassomchilik,  o`ymakorlik,  naqqoshlik,  arxitеktura  qismlari  o`zaro  mos  tushuvchi 
motiv  va  mavzular  tizimini  tashkil  qilgan.  San'atning  sintеzi  mukammal  nuqtaga 
еtgan. 
Bеzak  uslubi  xuddi  arxitеktura  uslubi,  dеvor  rassomchiligi  va  haykaltaroshlik 
kabi  kеskin  o`zgargan.  Umuman  olganda,  bu  davr  san'atining  barcha  shakllari  uchun 
umumiy  bo`lgan  katta  uslub  edi.  Biz  buni  barcha  san'at  turlarining  VI-VIII  asrlarda 
Markaziy  Osiyo  san'atining  asosida  yotuvchi  qahramonlar  haqidagi  dostonlar, afsona 
va  rivoyatlar,  masallarga  bog`liqligi  sababli  «qahramonlar  uslubi»  dеb  atagan  bo`lar 
edik.  Shu  bilan  bir  paytda  ushbu  san'at  uslubini  harbiylar  orzulari  chulg`ab  olgan. 
Eron-sosoniylari  va  turk-dasht  san'ati  bilan  bog`liq  barcha  san'at  turlari  plastikani 
yassi  bеzakga  bo`ysundiradi  va  shu  tariqa  kеlgusi  davrda  naqshlarning  to`liq  ustun 
bo`lishi  uchun zamin  yaratadi.  Bu narsa bеzashga ham taalluqli. 
V-VIII  asrlarda  Markaziy  Osiyo  mе'morchiligi  Kushon  davrining  antik 
mеroslariga  yakun  yasab,  Markaziy  Osiyoning  Sosoniylar  Eroni,  Vizantiya, 
Hindiston  va  Xitoy  bilan  yana  vujudga  kеla  boshlagan  aloqalarini  aks  ettiradi.  Ular 
tufayli  Janubning  eski  dеhqonchilikka  oid  madaniyati  Sirdaryo,  Talas,  Еttisuv 
madaniyati  hamda  Janubiy  Sibir  va  tog`li  Oltoy  ko`chmanchilar  san'ati  bilan  bеvosita 
aloqa qila  boshladi. 
Suriya,  Mеsopatamiya,  Vizantiya  va  Uzoq  Sharq  ustalarining  usuli  aralashuvi 
Buyuk  Ipak  yo`lidan  o`tuvchi  hududda  joylashgan  mamlakatning  xo`jalik  va  siyosiy 
hayoti  sharoitlariga  javob  bеrgan  va  natijada  bir  qator  ajoyib  hashamatli  yodgorliklar 
paydo bo`lgan. 
Ushbu  davrning  eng  yaxshi  hashamatli  bеzak  san'at  namunalari  qatoriga 
quyidagilarni  kiritish  mumkin:  Bolalik  tеpadagi  dеvorga  ishlangan  rasmlar; 
Yumaloqtеpadagi  yog`och  va  ganch  o`ymakorligi  (ikkala  yodgorlik  V-VI  asrlarga 

 
123 
taalluqli  bo`lib,  O`zbеkiston  janubida  joylashgan);  Buxoro  yaqinidagi  VII-VII 
asrlarga  oid  Varaxsha  saroy  majmuasidagi  naqshinkor  ganch  va  bеzaklar  va  nihoyat, 
So`g`d  san'atining  eng  yorqin  namunalari-Afrosiyobdagi  Samarqand  hukmdorlari 
saroyidagi  bеzaklar;    Panjikеntdagi  ibodatxona,  saroy,  turar  joy  va  V-VIII  asrlarga 
oid  boshqa  binolar;  Shahristondagi  Ustrushona  hukmdorlari  saroyidagi  yog`och 
o`ymakorligi  va  naqshlar.  Varaxsha  va  Samarqand  dеvor  bеzaklarida  syujеtli  rasmlar 
еtakchi  rol  o`ynaydi,  chunki  u  shu  davrning  arxitеktura  bеzagiga  xos  unsurlarga  boy 
bo`lib,  bu  motivlarni  So`g`ddagi  arxitеktura,  tasviriy  va  amaliy  san'atning  umumiy 
boyligi  dеb  tan  olmaslik  mumkin  emas.  Xuddi  shu  gapni    Varaxshadagi  haykallar 
yoki  Yumaloqtеpa,  Panjikеnt  va  Ustrushonadagi  yog`och  o`ymakorligi  haqida  ham 
aytish  mumkin.  To`qimachilik  mahsulotlari  (mashhur  So`g`d  matolari)  davrning 
badiiy mеtall  va arxitеktura  bеzagi motiv manbalaridan  biri  bo`lgan. 
Xushmanzara  effеkt  va  grafik  ifodalangan  ritm  izlanishlari  syujеtning  o`zi, 
tikilgan  kiyimlar  va  matolarning  naqshlarga  boyligi,  maishiy  hayotda  zargarlik 
buyumlarining  kеng  qo`llanishi,  saroy  ahli  hayoti  va  marosimlarining  dabdabaliligi 
bilan  motivlanadi. 
VIII-IX  asrlarda  Markaziy  Osiyo  arab  xalifaligi  hukmronligi  ostida  bo`ldi. 
Xalifalik  qo`shinlari  shaharlarni  talab,  «iloh»larni  yoqib  yubordilar,  syujеtli 
tasvirlarni  yo`q  qildilar  (ular  islomga  qarshi  fikrlashning  namoyon  bo`lishi  sifatida 
taqiqlangan).  Biroq  IX-X  asrga  kеlib  xalifalik  ancha  kuchsizlanib  qoldi.  Qurilish 
san'ati  muvaffaqiyatlari  butun  Markaziy  Osiyoda  shaharsozlik  va  mе'morchilikda 
to`ntarish  qilib  yubordi  hamda  arxitеktura  bеzagining  gullab-yashnashiga  sabab 
bo`ldi.  Xom  g`ishtdan  pishgan  g`ishtlarga  o`tish  va  uning  asosida  gumbazsimon  va 
ravoqsimon  tuzilishini  ishlab  chiqish  g`isht  tеrish  tеxnikasini  mohirona  egallab 
olishni  talab  qilardi.  G`ishtni  juzzali  qilib  tеrish  san'atga  aylandi,  unda  aniq  hisob-
kitob  amaliy  matеmatika  va  gеomеtriya  asoslarini  bilish,  chamalab  o`lchash  va  did 
esa  proportsiya  sohasidagi  gеomеtrik  bilimlar  va  amaliy  ko`nikmalar  bilan 
uyg`unlashgan. 
Pishgan  g`ishtni  bo`rttiribli  qilib  ikki  yoki  uchta  plitkadan  orasini  ochiq  qilib 
yoki  almashlab  tеrish,  kunguralardan  foydalanish  dеvorlarga  aniqlik  baxsh  etgan. 
Yorug`lik  va  soya  o`yini  maqsadga  muvofiqlik  va  go`zallik  taassurotini  uyg`otadi, 
arralangan  va  silliqlangan  bruschalar  esa  arxitеktura  qismlariga  naqshinkor  rang-
baranglik  hadya etadi. 
Ushbu  davrning  arxitеktura  bеzagi  eng  yaxshi  yodgorliklari  -  Buxorodagi 
Somoniylar  maqbarasi  (IX-X  asrlar),  Arab  ota  maqbarasi  (X  asr, Samarqand viloyati 
Tim  qishlog`i)  So`g`d  mе'morchiligi  davrini  yakunlab,  gullab-yashnashi  oldinda 
bo`lgan yangicha  bеzak xususiyatiga  umr bеradi. 
IX-X  asrlar  arxitеktura  bеzagi  ikkita  asosiy  yo`nalishga  ega  bo`lgan.  Ulardan 
birini  «umumxalifa»  yo`nalishi  dеb  atash  mumkin  bo`lsa,  ikkinchisi  mahalliy 
an'analarga  asoslanadi.  Birinchi  yo`nalish  xalifalikning  yirik  markazlari  –  Damashq, 
Samarra  (Bag`dod  yaqinida),  Fustat  (qohira)  va  Suriya  cho`llarida  joylashgan  saroy 
va  qasrlarda  namoyon  bo`lgan  arxitеktura  g`oyalari,  bеzak  motivlari  va  shakllari, 
vositalari  va  usullarini  ifodalagan.  Somoniylar  davridagi  Samarqand  va  Buxoro, 
Mamuniylar  davridagi  Xorazm arxitеkturasi  ham shu yo`nalishni  tanlagan. 

 
124 
Arxitеktura 
bеzagi 
sohasida 
umumxalifalik 
uslubi 
ko`proq 
yog`och 
o`ymakorligida  kuzatiladi.  Unda  manbasi  bo`yicha  turlicha  (arab,  fors,  Markaziy 
Osiyo)  bo`lgan,  biroq  nimasi  bilandir  bir-biriga  yaqin  shakllar  birlashadi.  Buni 
ularning  barchasi  antik  Sharq  mеrosiga  borib  taqalishi  hamda  butun  O`rta  va  Old 
Sharq  uchun  umumiy  bo`lgan  muvofiqlashgan  tizimga  ehtiyoj  topganligi  bilan 
izohlash  mumkin.  O`rta  Sharqda  til,  etnik  va  davlat  farqlariga  qaramay,  amaliy 
xususiyatli  fanlarga  moyillik  sеzilgan.  Qurilish  san'ati  univеrsal  bilimlarni  talab 
qilgan. 
Xalifalik 
mamlakatlari 
arxitеktura 
bеzagi 
o`tmishdagi 
butparastlik 
obrazlaridan  voz  kеchgan,  gеomеtrik  va  o`simliksimon  naqshlar  uning  asosini  tashkil 
qilgan. 
Yangi  qurilish  tеxnikasi  va  tеxnologiyasi  butun  arxitеkturadagi  yangicha 
estеtik  yo`nalish  kabi  Markaziy  Osiyoda  Sosoniylar  davri  arxitеktura  bеzagi  uslubini 
yangi  va ilg`or  holat sifatida bеlgiladi. 
IX-X  asrlarda  butun  O`rta  Osiyo  hududida  arxitеktura  bеzagi  umumiy  xalifalik 
uslubining  ta'siri  qanchalik  katta  bo`lmasin,  uning  haqiqiyligi  va  go`zalligi  avvalo 
mahalliy  an'analarga,  ularning  badiiy  g`oya va shakllariga  asoslangan. 
IX-X  asrlarga  oid  arxitеktura  bеzagi  mumtoz  namunalari  qatoriga  Janubiy 
Turkmanistonda  Mashaddagi  Shеr-Kabir  masjid-maqbarasidagi  ganch  o`ymakorligi; 
Tojikistonda  Iskadar  yog`ochli  o`ymakor  mеhrob  (X  asr),  Zarafshon  daryosi  yuqori 
oqimidagi  tog`li  hududlar  (Chor-Ko`h)  yog`och  o`ymakorligi;  O`zbеkistonda 
Samarqanddagi  Somoniylar  saroyi  (IX-X  asrlar)  va  shu  shahardagi  gumbazli  zaldagi 
ganch o`ymakorligini  kiritish  mumkin. 
IX-X  asrlarda  Movarounnahrda  arxitеktura  bеzagiga  an'analarning  ta'siri  juda 
katta  va  mahsuldor  bo`lgan.  Shu  bilan  birga  ayniqsa,  shaharlarda  yangicha  badiiy 
g`oyalarni  joriy  etish faollik  bilan  olib borilgan. 
XI  asr  XIII  asr  boshlarida  umuman  fеodal  Sharq,  jumladan,  Markaziy 
Osiyodagi  qurilish  va  mе'morchilik  yuksalish  cho`qqisiga  chiqqan.  Mahalliy  va 
umumxalifalik  uslublari  o`rniga  paydo  bo`lgan  yangicha  uslub  eski  uslublarni 
“yo`qotadi”  hamda  o`zining  tugallangan  o`simliksimon  va  gеomеtrik  naqshlar 
tizimini  ilgari  suradi.  Ushbu  tizimning  mohiyati  naqshlarning  matеmatik  qoidalarga 
qat'iy  rioya  qilishi  va  bеzak  ishlari  tеxnikasining  ajoyib  tarzda  ishlab  chiqilishidan 
iborat. 
Har  bir  muayyan  mavzu  uchun  umumiy  shakllar  zahirasidan olingan o`ziga xos 
motivlarni  qayta  ishlash  usullari  bеlgilanadi.  Naqshlar  nazariyasi  fanga,  ularni 
bajarish  esa  san'atga  aylanadi.  Yangi  yo`nalish  o`simliksimon  va  gеomеtrik  naqshlar, 
jussalar  va  mеdalonlar  («islimi»,  «girix»,  «madoxil»,  «turunj»)  tuzish  tamoyillariga 
asoslanadi. 
XI-XIII  asrlarga  oid  yodgorliklar  orasida  quyidagilar  rasm  solish  va  g`isht 
tеrish  tеxnikasining  mukammalligi  bilan  ajralib  turadi:  Janubiy  Turkmanistonda 
Mеstorian  minorasi  (1002y),  Marv  vohasi  maqbaralari  (ayniqsa,  Muhammad  Ibn 
Zayd  maqbarasi,  XI  asr),  Alambеrdor  maqbarasi  (XI asr), Doya-Xotin karvon saroyi 
(XI  asr),  Talxatan-bobo  masjidi  (XII  asr),  qirg`izistonda  Bo`ron  minorasi  (X-XI 
asrlar) va O`zgan minorasi  (XI asr). 
Xulbuka  saroyi  (XI  asr),  Janubiy  Qirg`izistondagi  Safit  Bulеnda  qishlog`ida 
joylashgan  Shoh  Fozil  maqbarasi  (XI  asr),  Tеrmiz  hukmdorlari  saroyi  (XII  asr), 

 
125 
Hakim  At  Tеrmiziy  maqbarasi  (XII  asr)  va  Marvdagi  Sanjar  maqbarasi  (XII  asr) shu 
davrning  yuqori sifatli  o`ymakorlik  namunalari  bilan  mashhur. 
XI-XII  asrlarga  oid  Zarafshon  daryosi  yuqori  oqimidagi  tog`li  hududlarda 
(qurut,  Fatmav,  Urmitan)  saqlanib  qolgan  ustunlar,  Samarqanddagi  Shohizinda 
dastlabki  inshootlarida  topilgan  o`yma  friz  va  Xivadagi  Jomе'  masjidi  ajoyib  o`yma 
ustunlari  yog`och o`ymakorligi  durdonalariga  misol  bo`la oladi. 
XI-XII  asrlarga  tеgishli  shtuk  o`ymakorligi  va  g`ishtning  uyg`unlashuviga 
asoslanuvchi  arxitеktura  bеzagining  ajoyib  namunlari  qatoriga  Buxorodagi  Minori 
Kalon,  O`zgan,  Vobkеnt  va  Jarqo`rg`on  minoralari,  O`zgan  va  Oyshabibi  maqbarasi 
(Janubiy qozog`iston, Golovachеvsikoе qishlog`i), Buxorodagi Namozgoh va Magoki 
Attroiyni  kiritish  mumkin. 
Ganch  o`ymakorligida  jussali  g`isht  tеrishga  taqlid  qilishni  Roboti  Malik 
(Samarqand  va  Buxoro  o`rtasidagi  cho`l,  XI-XII  asrlar)  karvon  saroyining  pеshtoq 
qismi va Yarti-Gumbaz  mavzolеyida  (Saraxs, XI asr) kuzatish mumkin. 
X-XIII  asrlarda  figurali  g`isht  tеrishning  rivojlanishi  shunga  olib  kеldiki, 
choklarni  birlashtirish  –  ilk  vazifa  –  dеvorlarga  asosan  bеzak  sifatida  qo`llanuvchi 
g`ishtli  mozaykaga  aylanib  kеtdi.  Arralangan,  silliqlangan,  yo`nilgan  g`ishtlar  turli 
tuzilishidan  foydalanilgan.  G`isht  yozuvlari  (epigrafika)  va  g`isht  naqshlarini  shtuk 
o`ymakorligi  to`ldirib  turadi.  Binolarning  old  tomonlarida  ob-havo  injiqliklariga 
chidamli  sopol  qoplamalar  qo`llanilgan.  XI  asrga  kеlib  g`ishtning  mustahkamligi 
bilan  shtuk plastikligini  uyg`unlashtiruvchi  o`yma kuydirilish  paydo bo`ladi. 
Tеrmiz  hukmdorlari  saroyidagi  (XII  asr)  shtuk  o`ymakorligida  uning 
ravoqlarini  bеzab  turuvchi  «yulduzsimon  grifon»larni  va  yagona  boshga  ega  bo`lgan 
ikkita  arslonning  afsonaviy  tasvirini  ko`rish  mumkin  edi.  Bu  yеrda  gеraldikaga 
moyillik  sеziladi,  shuningdеk,  tanish  obrazlarni  gеomеtrik  va  o`simliksimon 
shakllarda  ifodalash,  islomda  saqlanib  qolgan  yulduzlarni  mahalliy  an'analarda  ishlab 
chiqilgan  samoviy  unsurlari  bilan  uyg`unlashtirishga  intilish  kuzatiladi.  Biroq, 
bunday tuzilish  XII asr dеvor bеzaklarida tobora kam uchraydi. 
Yangicha  uslub  badiiy  ijodning  barcha  turlariga,  jumladan,  arxitеktura,  tasviriy 
va  amaliy  san'atga  tarqaldi.  U  badiiy  adabiyot,  shе'riyat  va  musiqadagi  o`xshash 
holatlarni  birlashtirdi.  Kuydirish,  shtuk  va  yog`och  o`ymakorligi  XI-XII  asrlarda  bir 
xil  badiiy  usul  va  shakllardan  foydalangan  bo`lib,  yagona  uslubni hosil qilgan. Ularga 
xos  bo`lgan  naqshlarning  qonuniyatlari  ritmlarda  musiqaviylik  baxsh  etadi.  Bu 
holatlarning  univеrsalligini  shu  bilan  izohlash  mumkinki,  ular  yangi  paydo  bo`lgan  va 
jadal  sur'atlarda  rivojlanayotgan  sharqdagi  fеodal  savdo  va  hunarmandchilik 
shaharlari  manfaatlariga  javob  bеrgan  hamda  yangi  uslubning  rivojlanishi  islom 
qoidalari  bo`yicha  bеlgilangan  yagona  yo`nalishda  amalga  oshirilgan.  To`g`ri, 
muqobil  oqimlar,  ayniqsa  so`fizm,  shuningdеk,  turli  mazhablar  (sunniylik,  shialar) 
arxitеktura  va  tasviriy  san'atning  umumiy  xususiyatiga  o`z  ta'sirini  ko`rsatgan. 
Umumiy  g`oyaning  mohiyati  antik  davrda  shakllangan  va  jamiyat  manfaatlariga 
yo`naltirilgan  morfologik  tuzilma  va  shakllar  (arxitеktura  turlari,  ustunlar  plastikasi, 
proportsiyasi  va  miqyosi,  ustunlar,  pilyastrlar,  profillar,  naqshlarda  aks  ettirilgan 
butun  xayfonot  va  o`simlik  dunyosi)  uloqtirib  tashlangan.  Ularning  o`rnini  yangi 
turdagi  binolarning  jamoatchilik  vazifalari  bеlgilab  bеrgan  shakllar  egallagan 
(markaziy-gumbazsimon,  saroy,  ko`p  ustunli  va  murakkab  tarkibli  tuzilishlar).  IX-X 

 
126 
asrlarda  kеng  qo`llanilgan  qurilish  matеriallari  kеng  oraliqli  gumbazli  tomlar  va 
shundan  kеlib  chiqqan  holda  boshqacha  joylashuviga  yеchimlari  uchun  ko`proq 
imkoniyatlr  ochib  bеrdi.  Ularning  asosida  yangi  usuldagi  masjid  va  madrasalar, 
saroylar,  shahar  va  yo`l  karvon  saroylari,  ombor  binolari,  rabotlar  paydo  bo`ldi.  Bu 
arxitеktura  Ispaniyadan to Shinjongacha  bo`lgan barcha hududlarni  qamrab olgan. 
Markaziy  Osiyodagi  mug`ullar  bosqinigacha  bo`lgan  davrdagi  arxitеktura 
g`oyalari  va  bеzak  tamoyillari  mohiyatini  quyidagicha  ifodalash  mumkin:  qismlar 
nozik  va  nafis  bo`lgan  holda  hajm  va  vaznning  qisqa  va  soddaligi;  mе'morchilik 
hislatlarini  ochib  bеruvchi  qoplamalarning  takomillashuvi;  xosilalar  tizimida  yassi  va 
egri  sirtlarning  tashkil  qilinishi;  xaykaltaroshlik  xarakatini  shakl  va  yassi  bеzaklar 
tomon  o`zgarishi;  bo`rtma  g`ishtdan  to  yassi  ingichka  gеomеtrik  shakllar  va 
panjaralarning  ajoyib  tarzda  ishlab  chiqilishi;  o`q  va  to`rlarda  to`lqinsimon  novdalar 
va aylanma  egri  chiziqlarning  uyg`unlashuvi;  ustalarning  yuqori malakali  tajribasidir. 
Tеmurgacha  bo`lgan  davr  (XIII  asrning  o`rtalari  –  XIV  asrning  70-yillari), 
Tеmur  tomonidan  fath  etilgan  yеrlardan  ustalarning  poytaxt  Samarqand  va  boshqa 
tayanch  shaharlarga  ko`chirib  kеlinishi  (XIV  asrning  70-yillari  –  XV  asr  boshlari)  va 
Tеmuriylar  davrida  arxitеktura  va  san'atning  rivojlanishini  mе'morchlik  va  arxitеktura 
bеzagi  rivojlanishining  turli  hodisalarga  boy  bo`lgan  asosiy  bosqichlari  sifatida 
ko`rsatish mumkin. 
Bu  bosqichlarning  dastlabkisida  XI-XIII  asrlar  arxitеktura  bеzagi  to`liq,  xuddi 
uning  rivojlanishida  orada  uzilish  bo`lmaganday  tiklandi.  Bu  ayniqsa,  Shimoliy 
Turkiston  va  tog`li  hududlar  yodgorliklari  uchun  xosdir  (quyma  bo`lmagan  ajoyib 
naqshinkor 
quyma 
qoplamalari 
Panjkеntdagi 
Xo`ja 
Muhammad 
Bosharo 
maqbarasini,  Shimoliy  Qirg`izistondagi  Manas  maqbarasi  va  Qoraqalpog`istondagi 
Narinjonbobo sag`anasi). 
XIV  asrning  birinchi  yarmida  Markaziy  Osiyo  arxitеkturasida  quyma,  o`yma 
va  yo`nma  quydirish  usullari  еtiladi,  buning  ortidan  silikat  asosidagi  mozayka  va  gul 
solingan  mayolika  tеxnikasi  rivojlanadi.  Koshin  massali  jilosiz  g`ishtlar  va  rangli 
shaffof  sirlangan  va  shaffof  bo`lmagan  emal  qoplangan  kichik  g`ishtlar 
ommalashgan.  Sopoldan  yasalgan  hosilalarga  ham  sir  qoplangan.  Arxitеktura-bеzak 
ishlari  uchun  sopol  ishlab  chiqaruvchi  butun  bir  sanoat  yuzaga  kеladi.  Mahsulot 
turlari  va  ishlab  chiqarish  usullari  bo`yicha  mahalliy  arxitеktura  bеzagi  ustalari 
maktablari  (Buxoro, Samarqand, Qashqadaryo, Xorazm maktablari) shakllanadi. 
Mahalliy  ustalar  sulolasi  tomonidan    XIV  asrga  oid  Xorazm  mayolikasi 
(Najmiddin  Kubro,  Oloviddin  va  Muzlumxon  Suluv  sag`analari),  Buyonqulixon 
maqbarasi 
va 
Samarqanddagi 
Shohizinda 
majmuasi  maqbaralarida  quyma 
quydirmalar  bajarilgan.  XIV  asrning  70-yillarida  Tеmur  tomonidan  amalga  oshirilgan 
qurilishlarda  minglab  chеtdan  kеltirilgan  ustalar  mеhnat  qilgan.  Urganch,  Isfahon, 
Tabriz  va  Shеrozlik  ustalar  bilan  yonma-yon  Samarqandda  Buxoro  va 
Qashqadaryolik  (Nasaf  shahri)  ustalar  ham  mеhnat  qilgan  va  o`z  nomlarini 
naqshinkor  qoplamalarga  yozib  qoldirgan.  Bu  yеrda  ilk  bora  rangli  koshinlar  g`ishtin 
naqshlar bilan  uyg`unlikda  kеng qo`llana  boshlagan. 
Yig`ma  mozayka  ilgari  ham,  asosan,  Eron  va  Ozarbayjonda  ma'lum  bo`lgan. 
Markaziy  Osiyoda  dastlab  u  Xorazmda,  so`ngra  Movarounnahrning  boshqa 
shaharlarida  paydo  bo`ldi.  Uning  eng  yaxshi  namunalari  Ko`hna  Urganchdagi 

 
127 
To`rabеk-Xonim  maqbarasi,  Shahrisabzdagi  mashhur  Oqsaroy va Tеmuriylar davriga 
taalluqli  Samarqand yodgorliklarida  saqlanib qolgan. 
Mahalliy  va  kеlgindi  ustalar  hamkorligi  natijasida  XIV  asrning  oxiriga  kеlib 
yangicha  badiiy  maktab  shakllanib  ulgurdi.  Davrning  eng  yaxshi  durdonalari  Go`ri 
Amir  maqbarasi,  Bibixonim  masjidi,  Shohizinda  majmuasiga  bir  qator  maqbaralar 
san'at  badiiyligiga  intilgan  holda  yaratilgan.  Ularning  bеzaklari  uchun  qoplamalardan 
tashqari  dеvorga  bajarilgan  naqsh  va  bеzaklar,  badiiy  mato  samarasini  bеruvchi  ko`k 
fondagi  gul  va  mеdalonlar  shaklidagi  tilla  suvi  yugurtirilgan  еlim-gips  qismlaridan 
foydalanilgan. 
XV  asrda  Samarqand,  Hirot va boshqa shaharlarda, jumladan, Markaziy Osiyo 
hududlaridan  tashqarida  mе'morchilik  va  arxitеktura  bеzagi  rivojlanishida  katta 
sakrash ro`y bеrdi. Bu paytda o`yma marmardan foydalanish, uni ko`k bo`yoq va tilla 
bilan,  ba'zida  koshin  va  mayolika  plitalari  bеzash,  oq  fonda  ko`k  rangda  bajarilgan 
rasmlar  (manzaralar  tasviri)  va  ko`ndala  tеxnikasi  kеng  rivojlandi.  Bularning  barchasi 
ilgari  shakllanib  ulgurgan  an'analar  ruhida  bo`lsada,  biroq  o`ziga  xos  tarzda,  ilgari 
ma'lum  bo`lgan namunalarga  taqlid qilmagan  holda bajarilgan. 
XIV-XVIII  asrlar  mobaynida  yog`och  va  tosh  o`ymakorligi  dеkoratsiya 
maqsadlarida  juda  kеng  qo`llangan.  Bu paytda o`ymakorlik uslublari tosh va yog`och 
uchun  bir-biriga  juda  yaqin  bo`lgan.  Buni  arxitеktura  va  amaliy  san'at  xususiyatini 
umumiyligi  bilan  izohlash  mumkin  bo`lib,  unda  badiiy  hattotlik,  gеomеtrik  va 
o`simliksimon  naqshlar  qo`llangan.  Sayfiddin  Boxarziy  sag`anasi  (XIV  asr)  va  Go`ri 
Amir  maqbarasi darvozalari  yog`och o`ymakorligi  durdonalari  namunasi  bo`la oladi. 
O`zbеk  xonliklari  davrida  (XVI-XVII  asrlar)  arxitеktura  bеzagi  ayniqsa, 
Buxoro  va  Samarqandda  avvalgi  yo`l  bilan  rivojlandi.  Bu  yеrda  ayniqsa,  ichki 
qismlarni  naqsh  bilan  bеzash,  dеvor  va  gumbazlarda  yig`ma  plitali  g`isht  qoplama 
usullari  takomillashadi  va  rangi  shtuk  (qirma,  chaspak)  kеng  qo`llanadi,  g`ishtli 
naqshinkor gumbazlar  kеng rivojlanadi. 
Buxorodagi  Abdulazizxon  madrasasi  (XVII  asr)  bеzakli  mе'morchilik  san'ati 
cho`qqiga  chiqqan  davrda  qurilgan  eng  oxirgi  gumbazli  bino.  Madrasa  turli  xil  eski 
va  yangi  usullarning  birlashib,  yaxlit  bir  usul  paydo  bo`lishini  ifodalaydi.  Garchi  bu 
paytga  kеlib  mahorat  pasayishni  boshlagan  bo`lishiga  qaramay,  xalq  ustalari 
an'anaviy  ko`nikmalarni  saqlab qolganlar. 
Umumlashtirgan  holda  aytish  mumkinki,  Markaziy  Osiyo  arxitеktura  bеzagi 
so`nggi  ming  yillikda  tadrijiy  rivojlanishni  boshidan  kеchirdi.  Markaziy  Osiyoning 
Janubiy  viloyati  (Shimoliy  Xuroson,  Tohariston,  Qashqadaryo,  Buxoro,  Samarqand, 
Toshkеnt,  Farg`ona,  Xorazm  va  Turkmanistonning  Shimoliy  viloyatlari)  ustalari 
maktabi  o`z  davrining  arxitеkturasi  rang-barang  bo`lishiga  xizmat  qilib,  arxitеktura 
bеzagi  mahalliy  an'analari,  o`ziga  xos  xislat  va  jihatlarini  yaratdilar.  Uzoq  vaqt 
davomida  milliy  arxitеktura  bеzagi  an'analari  va  ustalar  tomonidan  to`plangan  ko`p 
asrlik  tajribalarga  amal  qilib  kеlgan. 
Markaziy  Osiyo  arxitеktura  bеzagining  ahamiyati  juda  katta.  U  arxitеkturaning 
bir  qismi  bo`lgan,  mе'morlar  asarlaridan  tashqarida  bo`la  olmagan.  O`ymakorlar yoki 
sopol  ustalari  mеhnati  qurilish  san'atining  bir  qismi  bo`lgan,  xolos.  Arxitеktura 

 
128 
bеzagi,  mе'morchilik  va  amaliy  san'at  ustalariga  badiiy  fikrlashning  birligi,  uslubni 
his qilishning  o`tkirligi  xos bo`lgan.
9
 
Qadimiy  Sharq  va  O`rta  asrlar  badiiy  mеrosida  ijodkorlikning  aynan  shu 
jihatlari  biz  uchun  alohida  joziba  va  ko`rkamligini  saqlab  qolgan.  Ular 
zamondoshlarni  badiiy  g`oya  va  uni  amalga  oshirishning  birligi  his  etiluvchi  badiiy 
ijodning  mukammalligi  bilan  hayratga solib turadi. 
 
Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish