Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «sotsiologiya»


-mavzu. Jamoatchilik fikri sotsiologiyasi



Download 0,98 Mb.
bet74/127
Sana16.05.2020
Hajmi0,98 Mb.
#52003
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   127
Bog'liq
Sotsiologiya yangi darslik

8-mavzu. Jamoatchilik fikri sotsiologiyasi

Reja:

  1. Jamoatchilik fikri tushunchasining shakllanish tarixi

  2. Jamoatchilik fikri tushunchasining mohiyati, sub'ekti, ob'ekti, xususiyatlari

  3. Jamoatchilik fikrining tarkibiy komponentlari va vazifalari

  4. Jamoatchilik fikrining shakllanish bosqichlar va uni o‘rganish metodologiyasi

  5. Jamoatchilik fikrining ijtimoiy hayotda namoyon bo‘lishi

  6. Stereotip va mish-mishlar



  1. Jamoatchilik fikri tushunchasining shakllanish tarixi

Volter ta'biri bilan aytganda, “jamoatchilik fikri dunyoni boshqaradi, ammo oxir oqibat jamoatchilik fikrini donolar boshqaradi”.

Qadim Yunonistondayoq jamoatchilik fikrining jamiyat rivoji va hayotidagi o‘rniga alohida e'tibor qaratilgan. Klassik feodalizm davrida “jamoatchilik fikri” tushunchasi ingliz yozuvchisi va davlat arbobi Solsberi tomonidan XII asrning ikkinchi yarmida birinchi bor ishlatilgan, ammo u keng tarqalmadi. Mazkur tushunchani 1759 yil Djon Solbern toomnidan parlamentda so‘zlagan nutqi davomida ishlatilgach, keng yoyildi va qo‘llanila boshlandi. Jamoatchilik fikri tushunchasi Angliyada 18 asrda so‘rov usuli orqali ommaviy muhokamaga qo‘yilgan masalalar yuzasidan bildirilgan ijobiy va salbiy baholovchi fikrlarning yig‘indisini anglatgan.

Tarixiy rivojlanish davomida tadqiqotchi olimlarning jamoatchilik fikri to‘g‘risidagi qarashlari taraqqiy etib bormoqda. Jamoatchilik fikriga sotsial fenomen sifatidagi asosiy yondashuvlarni ko‘rib chiqamiz.

Antik davr. Qadimgi Yunonistonda erkin fuqarolarning fikrlari xalq yig‘inlari va forumlarida ularning bildirgan ovozlari orqali inobatga olingan. Qadim Yunonistonning adabiyotlarida xalq fikri va uni inobatga olish masalasi keng yoritilgan. Aristotel o‘zining “Siyosat” asarida “xalq ommasini yig‘in va muhokamalrga jalb qilish” orqali jamoatchilik fikriga davlat ishlarini boshqarish imkonini berish lozimligi ta'kidlagan.

Qadimgi Rimda jamoatchilik diskussiyalari amaliyoti keng qo‘llanilib, ularning natijalari va axborotlar devoriy “Akt diurna” nomli gazetalarda chop etilgan. Aytib o‘tish kerakki, xalq fikri - «vox populi» haqida ilk bora rimliklar fikr bildirishgan va uning jamiyatdagi ahamiyatining ortishiga hissa qo‘shgan. Xalq fikri, Sitseronning yozishicha, Rim sud amaliyotida keng qo‘llanilgan. Rimda jamoatchilik fikrini bildiruvchi mahsus organ tashkil etilgan bo‘lib, uning asosiy vazifasi fuqarolarning ahloqiy qarashlarini nazorat qilishdan iborat bo‘lgan. Rimning xalq yig‘inlari oxir oqibat fikrlarni bildirish makoni maqomini yo‘qotib borgan.134

Platon, Sokrat, Protagor, Aristotelning asralarida jamoatchilik fikri to‘g‘risidagi qarashlarni ko‘rish mumkin. Ular birinchilardan bo‘lib, jamoatchilik fikrining roli va jamiyat hayotidagi ahamiyatini ochib berishga harakat qilishgan.

Sofistlar demokratik davlat tarafdorlari sifatida uning ishlarida jamoatchilik fikriga katta ahamiyat berishgan.

Protagorning fikricha, jamoatchilik fikri adolat va adolatsizlik, haqiqat va yolg‘on borasida bir fikrga kelish uchun o‘rganilishi kerakli sanalgan. Olimning mazkur yondashuvi ko‘p hollarda fuqarolik jamoasining kuchli pozitsiyalari bilan asoslanadi. Bunda jamoatchilik fikrining jamiyat, davlat, jamiyat hokimiyat tizimi bilan uyg‘unlashuvi nazarda tutilgan.

Sokratning maktabi vakillari dono va bilimlilarning aristokratik boshqaruvi xalqning o‘zboshimcha boshqaruvini yengishi uchun jamoatchilik fikridan xabardor bo‘lish kerakligini ilgari surishgan. Mazkur fikr Platonning ishlarida o‘z rivojini topgan. Uning fikricha, dono va bilimli insonlarning fikrlari keng ommaning fikriga qaraganda ahamiyatliroq, qadrliroq, jamiyat uchun foydaliroq, to‘g‘riroq sanaladi.

Aristotel “Siyosat” asarida turli masalalarni tahlil qilish paytida yakka insonning imkoniyatlari chegaralangan bo‘ladi. Jamiyatdagi ayrim voqyea va hodisalarni tushunishda ko‘pchilikning mushohadasi o‘rinliroq va samaraliroq sanaladi. Olim boylik va ilmiy asosga ega bo‘lmagan erkin fuqarolarning jamiyat hayotining qaysi jabhasini boshqarishi kerak, degan savolga javob qqidirishga intilgan. Bir tomondan, yetarlicha ko‘nikma va bilimg ega bo‘lmagan keng ommani yuqori lavozimlar ustidan nazoratini o‘rnatish u qadar xavfsiz emas. Chunki ular adolatsizlikka va noto‘g‘ri qarorlarga yo‘l qo‘yishlari mumkin. Ikkinchi tomondan, ularni hhokimiyatdan butkul chetlatish ham xavf tug‘dirishi mumkin. Chunki davlatda ko‘pchilik siyosiy huqulardan mahrum qilinsa, qashshoqlar soni ko‘p bo‘lsa, bunday davlatda norozilik va qarshilik kayfiyati kuzatilib, nizolarga sabab bo‘lishi mumkin. Aristotel mazkur yo‘nalishda fikr olib borib, oddiy xalqni yig‘inlarda va sub hokimiyatidagi huquqlarni cheklash lozimligini ko‘rsatgan.135

O‘rta asrlar. Feodal tuzumi davrida cherkov mafkurasining hukmronligiga qaramay ijtimoiy-siyosiy fikrda jamoatchilik fikriga alohida e'tibror qaratilgan. Aynan klassik feodalizm davrida “jamoatchilik fikri” tushunchasi paydo bo‘lgan. U birinchi bo‘lib ingliz yozuvchisi va davlat arbobi Solsberi tomonidan XII asrning ikkinchi yarmida qo‘llanilgan. U jamoatchilik fikrini parlamentning ma'naviy vqa ruhiy jihatdan qo‘llab-quvvatlanishi vositasi sifatida ishlatgan. Garchi mazkur tushuncha, o‘sha davrda keng qo‘llanilmagan bo‘lsada, jamoatchilik fikri fenomeni uchun katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Angliyadan mazkur tushuncha boshqa mamlakatlarga yoyila boshladi va XVIII asrga kelib umum tomonidan qabul qilindi. Fransiyada jamoatchilik fikri (commune opinion) XII — XIII asrlardan boshlab ilmiy adabiyotlarda ishlatilgan

Feodal tuzumning yemirilishi davrida qadimgi yunon mutafakkirlarining jamoatchilik fikri borasidagi qarashlari rivojlanishda davom etadi. Misol uchun XV asrda Italiyadagi gumanistik fikr jamoatchilik fikrining jamiyat hayotidagi ahamiyatini ifoda etib, fuqarolik gumanizmi yo‘nalishi shakllandi. Ularning yorqin namoyondalari L. Bruni, M. Palmieri, A. Rinuchchini hisoblanadi136. Fuqarolik gumanizmi davomchilari Florentiya respublikasining demokratik boshlanishlari uchun kurashishgan. Ular teng huquqli fuqarolarning davlat boshqaruvida bir xil imkorniyatlarga ega bo‘lishlari uchun kurashishgan. L. Bruni137 Aristotel kabi boshqaruvchi sardorni demokratik usulda tanlash tarafdori bo‘lgan. U boshqaruvdagi shaxschlarning tez-tez almashib turishi holatida fuqarolarning tengligini, hamda tironiyadan saqlanish va demokratiyani o‘rnatish usulini ko‘rgan.

Feodalizm davrida ekspluatatsiyaga qarshi bo‘lgan ko‘pgina qarashlar paydo bo‘ldi. Ularning asosini utopik sotsializm va kommunistik g‘oyalartashkil etgan. O‘zining ilk paydo bo‘lish bosqichlarida mazkur g‘oyalar diniy ta'limotlar sifatida yoki ularning ichida, xalq og‘zaki ijodida shakllangan. Ko‘p hollarda ular patriarxal demokratiyaning (T.Myunser, taboritlar, anabaptistlar) tarafdorlari bo‘lgan.

Jamoatchilik fikrini o‘rgangan olim V. Korobeynikovning ta'kidlashicha, feodalizm o‘zining bo‘linish xususiyati tufayli jamoatchilik fikrining guruhlar fikri sifatida qaror topishi va shakllanishida o‘z izini qoldirdi. Bu diniy omillar bilan ham aniqlangan. Jumladan, yevropada katolik cherkovining hokimiyati va nufuzi, siyosiy va jamoatchilik fikrining nisbiy harakatsizligi, fikr almashuvi imkoniyatining cheklanganligi.

Bu davrda jamoatchilik fikri diniy mushohadalar bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan. O‘rta asrlarning so‘ngida bu holat yacherkovni isloh etish uchun asos bo‘ldi. Feodal davlatning siyosiy tashkiloti jamoatchilik fikri sub'ektiga o‘z ta'sirini ko‘rsatgan. Monarxning fikri dvoryanlar va diniy rahnamolarning manfaatlarini ifodalagan. Misol uchun Lyudovik XIV davrida, G.Tardning yozishicha, “monarxning qarorlari saroy ayonlarining fikrini birinchi navbatda inobatga olgan, shaharning fikriga e'tibor berilmagan, provinsiyalarning ovozi esa umuman yo‘q deb sanalgan”.

“Jamoatchilik fikri” tushunchasining ilmiy jihatdan qaror topishi va ishlab chiqilishi XVII—XIX asrlarga to‘g‘ri keladi. XIXasr so‘ngiga qadar jamoatchilik fikri falsafaning muammosi sifatida ko‘rilgan. T.Mor va T.Kampanellaning bu borada yaratgan asarlari va fikrlarini misol qilishimiz mumkin138

.

T.Mor o‘zining “Utopiya” asarida barcha milliy kulfatlarning sababi sifatida xususiy mulkni ko‘rsatgan. Uning fikricha, bunday sharoitda davlat boshqaruvi adolatli va baxtli bo‘la olmaydi. Ammo shu bilan birgalikda u xalqning erki va fikrlarini jilovlab turuvchi institutlarning mavjudligi yoqlaydi – quldorlik, sotsial ierarxiya, yuqori knyaz hokimiyati va h.k.



Kampanella esa sotsial tenglik tamoyillarini ishlab chiqadi va yigirma yoshdan oshgan barcha fuqarolarning davlat boshqaruvi borasida o‘z fikrlarini bildirishi imkoniyatini yoqlab chiqadi. Uning fikricha, mansayubdor shaxslarning almashinuvi xalq irodasiga asoslanishi lozim.

Kapitalizm davrida jamoatchilik fikri fenomenining nazariy jihatdan anglash, uning davlat va jamiyat hayotidagi o‘rnini o‘rganish uchun asoslar va imkoniyatlar yaratila boshlandi.

Italiyalik mutafakkir Makiavelli o‘zining “Xukmdor” asarida jamoatchilik fikrining ko‘pqirrali ekanligini aytib o‘tadi. Siyosiy ong va siyosiy xatti-harakatni yoritish maqsadida olim jamoatchilik fikrini ham o‘rganadi. U xalqni ulkan kuch sifatida ta'riflab, u xukmdorning mustahkam asosi bo‘lishi mumkinligini ta'kidlaydi. U shunday yozgan: “tashqi dushmanlaridan ko‘ra o‘z xalqidan ko‘proq qo‘rqqan xukmdor uchun qal'ani o‘rab turuvchi devorlar foyda berishi mumkin, ammo o‘z xalqidan emas, balki tashqi dushmanlardan xadiksragan xukmdor uchun qal'alarning keragi yo‘q... ularning eng katta himoyasi xalqining muhabbatidir”.

Makiavelli jamoatchilik fikrida xukmdorning aks etuvchi ba'zi sotsial-psixologik xususiyatlarini ta'kidlab o‘tgan: “Har birimizning ko‘zimiz borligi uchun insonlar eng avvalo tashqi ko‘rinish asosida baho berishadi, qo‘l bilan tegib ko‘rish imkoni esa hammaga berilmagan va seni tashqi qiyofang asosida biluvchilarning soni seni ichki olaming asosida biluvchilar sonidan ancha ko‘p. Ko‘pchilikni tashkil etuvchilarning fikriga hamisha ozchilik ergashadi. Ko‘pchilikning fikrini davlat qo‘llab-quvvatlaydi”.

Yangi davr. Mazkur davrda jamoatchilik fikri borasida A. Smit, F. Bekon, Dj.Lokk, T.Gobbs kabi olimlar o‘z fikrlarini bildirishgan.



  1. Download 0,98 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish