Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «sotsiologiya»



Download 0,98 Mb.
bet28/127
Sana16.05.2020
Hajmi0,98 Mb.
#52003
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   127
Bog'liq
Sotsiologiya yangi darslik

O.Toffler tomonidan qo‘llab-quvvatlangan va globalistlarning jamiyat sivilizatsion tasnifi nomini olgan nuqtai nazarga ko‘ra, jamiyat quyidagi rivojlanish bosqichlarini boshdan kechirgan:

  • Kosmogen sivilizatsiyalar

  • An'anaviy sivilizatsiyalar (XVI-XVII asrgacha)

  • Texnogen sivilizatsiyalar (XX asr o‘rtalarigacha)

  • Antropogen sivilizatsiyalar

Postindustirial tasnifning asosini jamiyatda fan va ta'lim rivojlanishi oqibatida ishlab chiqarish munosabatlarida va turmush tarzida sodir bo‘lgan texnik va texnologik taraqqiyot darajasi tashkil etadi. Unga ko‘ra jamiyat quyidagi turlarga ajratilgan:

  • Agrar jamiyat (sanoatlashishgacha bo‘lgan jamiyat)

  • Industrial jamiyat (sanoatlashgan jamiyat)

  • Postindustrial jamiyat (kompyuterlashtirish, axborotlashtirish asri)

Agrar jamiyatlar dastavval Misrda tashkil topdi, ular omoch va hayvonlardan ishchi kuchi sifatida foydalanishni yo‘lga qo‘ydilar. Ularning ishlab chiqarishdagi mahsuldorligi ham yuqori bo‘lgan. Agrar jamiyatda qo‘shimcha mahsulotning to`planishi natijasida davlat vujudga keldi, ma’muriy apparat va armiya tashkil topdi.Yozuv kashf qilindi, pul tizimi shakllandi, savdo kengaydi.

Industrial jamiyatlar XVIII asr oxirlarida Buyuk Britaniyada sanoatlashtirishning vujudga kelishi natijasida barpo bo‘ldi. Eng zamonaviy sanoat jamiyatlari Shimoliy Amerika, Yevropa, Sharqiy Osiyoda tashkil topdi. Texnologiyaning takomillashuvchi, energiyaning yangi manbalaridan foydalanish sanoat jamiyatlari rivojlanishida asosiy rol o‘ynadi.

Industrial jamiyat G‘arb sotsiologiyasida rivojlangan jamiyatning an’anaviy jamiyat kategoriyasidan ajratib turuvchi, uning kelib chiqishi va tabiati to‘g‘risidagi ikki asosiy kategoriyalarning biri. Ushbu tushunchani birinchi bo‘lib Sen-Simon ishlatgan, uni O.Kont, T.Spenser, E.Dyurkgeym va boshqalar rivojlantirishgan.



Postindustrial jamiyat konsepsiyasi amerikalik sotsiolog D.Bell tomonidan ishlab chiqilgan. Uning fikricha, bu jamiyatda kapitalistlar hukmronligi yo‘qolib, uning o‘rnini yuqori bilimga ega bo‘lgan malakali huquqiy elita egallaydi. Xususiylik jamiyatning asosiy mezoni sifatida o‘zining ma’nosini yo‘qotadi, uning o‘rnini ta’lim va bilimning yuksak darajasi egallaydi. Industrial jamiyatda asosiy nizo mehnat kapitali orasida bo‘lsa, post industrial jamiyatda asosiy nizo bilim va chuqur bilimga ega emaslik o‘rtasida boradi. Chet el mamlakatlariga tayyor mahsulotga qaraganda yangi ishlab chiqarish texnologiyalari ko‘proq eksport qilinadi. Davlat – monopolistik kapitalizm o‘rnini bosadi. Xizmat ko‘rsatish sohasida fan va maorifga e’tibor beradi. Olim, mutaxassis roliga yuksak baho ko‘rsatiladi. Sinflarga munosabati, uning ishlab chiqarishga egaligini inkor qiladi. Sotsial tengsizlik saqlanib qolishini e’tirof etadi.

XX asr o‘rtalaridan qator G‘arb davlatlari jamiyat rivojlanishining uchinchi bosqichi – postindustrial jamiyatga o‘ta boshladi. Sotsiologiyada bu jamiyat nomi har xil, jumladan «informatsion» jamiyat, maishiy xizmat qilish jamiyati deb yuritiladi.



Ochiq va yopiq jamiyat tushunchasi sotsiologiyaga K.Popper tomonidan kiritilgan bo‘lib, taraqqiyotning turli bosqichlarida turli jamiyatlarning madaniy-tarixiy va siyosiy tasvirlanishi ifoda etiladi. Ochiq jamiyat – demokratik jamiyat bo‘lib, tashqi muhit sharoitlarida oson o‘zgaruvchi va moslashuvchi, tanqidni yorib o‘tmoqqa moslashgan jamiyat tushuniladi. Yopiq jamiyat esa dogmatik-avtoritar rejim asosida bo‘lib, sehrli tafakkur, dogmatizm va kollektivizm tamoyillari bilan xarakterlanadi. K.Popper yopiq jamiyatlarga o‘zining siyosiy va ijtimoiy kelib chiqishi turlicha bo‘lgan davlatlarni kiritadi, ya’ni Sparta, Prussiya, chor Rossiyasi, natsistlar Germaniyasi va Sovet Ittifoqi. Ochiq jamiyatga qadimgi Afina va G‘arb rivojlangan davlatlarini kiritadi. Ochiq va yopiq jamiyat konsepsiyasi hozirgi zamon davlatlarining uchun ideologik-siyosiy va ijtimoiy-psixologik nuqtai nazardan muhim hisoblanadi.


Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish