Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «sotsiologiya»


-mavzu. Jamiyat sotsiologiyaning tadqiqot ob’yekti sifatida



Download 0,98 Mb.
bet26/127
Sana16.05.2020
Hajmi0,98 Mb.
#52003
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   127
Bog'liq
Sotsiologiya yangi darslik

3-mavzu. Jamiyat sotsiologiyaning tadqiqot ob’yekti sifatida

Reja:

  1. Sotsiologiyada sotsial tizim va sotsial struktura tushunchalarining mohiyati

  2. Jamiyat strukturasi va uning tasnifi

  3. V.Pareto – jamiyat individlarning o‘zaro munosabatlari tizimi sifatida

  4. F.Tyonnisning “Jamoa va jamiyat asari”

  5. Jamiyatning sotsial rivojlanishi

  6. T.Parsons va jamiyat evolyusiyasi bosqichlari



  1. Sotsial tizim va sotsial struktura tushunchalarining mohiyati

Sotsial tizim tushunchasi qadimgi mutafakkirlarning asarlarida ham uchraydi. Ammo u ko‘proq “ijtimoiy tartib” sifatida talqin qilingan. Sotsiologiyada tizimli yondashuvning rivojlanishi oqibatida sotsial tizim tushunchasi ilmiy jihatdan ishlab chiqildi. Ilmiy adabiyotlarda “tizim” (sistema) tushunchasining ellikdan ortiq turli xil ta'riflari mavjud. Ularni umumlashtirgan holda tizim – bu bir butunlikni tashkil etuvchi, o‘zaro aloqalarga ega bo‘lgan elementlar yig‘indisi, desa bo‘ladi. Shu bilan birgalikda aytib o‘tish kerakki, alohida elementlarga tegishli bo‘lgan xususiyatlar va ular tashkil etuvchi butunlikning xususiyatdariga bir-biriga muvoffiq kelmaydi. Shuning uchun tizim bir vaqtningn o‘zida uni tashkil etuvchi elementlarga bog‘liq va ulardan mustaqil sanaladi.

Tizimli yondashuv asosida tadqiqot ob'ekti o‘rganilganida tizmini tashkil etuvchi elementlarning o‘zaro aloqalari, shuningdek, tizimning o‘z elementlari bilan aloqalari tadqiq qilinadi. Har bir tizimning ichida tagtizimlarning mavjud bo‘lishi aloqalar sonining ortishiga olib keladi.

Tagtizimlar tizim ichida o‘zaro bog‘liq bo‘lishi bilan birgalikda ma'lum tartib va bo‘ysunish asosida joylashadi, shunga ko‘ra, o‘z vazifalarini bajaradi. Shuning uchun asosiy tagtizimni aniqlash orqali tizimning rivojlanish qonuniyatlarini va butun tizimning faoliyatini ochish imkonini beradi.

Tizimli tahlilda, ayniqsa, rivojlanish jarayonini o‘rganish davomida “struktura” tushunchasi muhim ahamiyat kasb etadi. “Struktura” tushunchasi lotincha “structura” so‘zidan olingan bo‘lib, tuzilish, tartib, joylashuv ma'nolarini anglatadi. Mohiyati jihatidan struktura - bu ob'ektni tashkil etuvchi tarkibiy elementlarning o‘zaro joylashuvi va qat'iy aloqalari yig‘indisi bo‘lib, ob'ektning tashqi va ichki o‘zgarishlar oqibatida ham xususiyatlarining o‘zgarmasdan saqlanib qolishini ta'minlaydi.

Sotsial struktura bu ma'lum sotsial tizimda qabul qilingan norma va qadriyatlarga mos ravishda o‘zining vazifalarni (rollar) bajarib, ma'lum statusni egallagan individlarning o‘ziga xos aloqa va o‘zaro harakat usullaridir.

Mazkur tushunchani aniqlashtirish maqsadida sotsi al strukturaga xos bo‘lgan quyidagi xususiyatlarni kekltirish mumkin:



  1. jamiyatning barcha a'zolari o‘rtasidagi qat'iy aloqalar, o‘zaro bog‘liqlik, korrelyasiya

  2. mazkur o‘zaro harakatlarning doimo bo‘lishi, qat'iyligi, takrorlanishi;

3) strukturaga kiruvchi elementlarning muhimlik darajasiga ko‘ra ma'lum pog‘onalarda joylashishi;

4) elementlarning xulq-atvorini boshqaruvchi, belgilovchi va dinamik nazoratning borligi68.

Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan omillar jamiyatning shakllanishi va faoliyatida muhim ahamiyatga ega.

Demak, sotsial struktura deyilganida, tizimni tashkil etuvchi elementlarning o‘zaro qat'iy aloqalari va munosabatlari tushuniladi. Integratsion aloqalar yig‘indisi sifatida namoyon bo‘luvchi tizimdan farqli ravishda sotsial struktura uni tashkil etuvchi elementlarning sifatiy ko‘rsatkichlarini belgilab beradi, tizimning qat'iylik xususiyatini shakllantirib, vazifalarini aniqlab beradi. Struktura – bu elementlar o‘zaro aloqasining usullari to‘plami bo‘lib, turli vazifalar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.

Demak, har qanday tizim jarayon yoki hodisaga tegishli bo‘lgan butunlikni namoyon qiladi, struktura esa uning bajarayotgan vazifalari asosida sifatiy belgisini aniqlab beradi.

Strukturadagi aloqalar undagi elementlarning joylashuviga uzviy bog‘liq bo‘lgani uchun strukturaning rivojlanishi undagi asosiy elementlarning ikkilamchi elementlar bilan aloqalariga bog‘liq bo‘ladi. Misol uchun boshliqning mehnat jamoasidagi o‘rni. Elementlarning o‘zaro harakati va rivojlanishi oqibatida tizimdagi aloqalar sonining ortishiga olib keladi. Demak, strukturadagi ahamiyatli o‘zgarish tizimga bevosita ta'sir ko‘rsatadi. Tizim ham strukturaga elementlari vositasida ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Bu strukturadagi elementlarning rivojlanish va shakllanishining susayishi yoki jadallashuvida o‘z ifodasini topadi.

Shu dialektik aloqadorlik oqibatida tizim rivojlanishining asosiy qonuniyatlarini aniqlash mumkin. Buning uchun eng avvalo elementlarning ahamiyati, strukturadagi o‘rni hamda tizimdagi asosiy aloqalar aniqlanadi. Aniqlangan aloqalar tagtizimlarning o‘zaro bo‘ysunishi nuqtai nazaridan ko‘rib chiqiladi. Natijada o‘rganish ob'ekti sifatida tizimning ma'lum qismi, uning birlamchi elementi tanlab olinadi.

Birlamchi element tanlab olingach, tizimdagi asosiy tagtizimlar va ularning ierarxik aloqalari ajratib olinadi. Tizimning strukturasini bilish uning asosiy aloqalarini aniqlash imkonini beradi. Tizim va struktura masalasini aniq tushunish uchun jamiyatni yagona sotsial borliq sifatida o‘rganish talab etiladi.

Ma'lumki, “jamiyat” sotsiologiya fanining aschosiy tushunchalaridan biri sanaladi. Mazkur so‘zni ilmiy adabiyotlarda va kundalik hayotda juda ko‘p ishlatishadi.

Ilmiy jihatdan jamiyat deyilganida, odatda keng ko‘lamdagi insonlar birligi, ya'ni umumiy faoliyat, madaniyat va ratsional tashkil etilgan o‘zaro harakatlar asosida birlashgan individlar va guruhlarning eng yirik umumiy sotsial aloqa ko‘rinishi tushuniladi. O.Kont jamiyatni fuknksional tizim sifatida ko‘rib, uning asosini oilalar, sinflar va davlatlarning o‘zaro mehnat taqsimoti va birdamlikka asoslangan munosabatlari tashkil etadi, degan.

Keiyinchalik sotsiolog olimlar tomonidan jamiyat tizimni tashkil etuvchi boshqa qator omillar ajratib ko‘rsatilgan. Ammo ularning barchasi jamiyat murakkab tuzilishga ega bo‘lgan va butunlikni ifodalaydigan sotsial organizm, degan g‘oyani qo‘llab- quvvatlashgan.

Aksariyat sotsiologik lug‘atlarda jamiyat deyilganida, “tarixiy rivojlanish jarayoni davomida tashkil topgan inson o‘rtasidagi moddiy boyliklarni ishlab chiqarish va o‘z ehtiyojlarini qondirish maqsadidagi o‘zaro faoliyati natijasida yuzaga kelgan sotsial aloqalar va munosabatlarning mustahkam tizimi69” tushuniladi.

Demak, keng ma'noda jamiyat – insonlarning tarixiy jihatdan shakllangan aniq birligi bo‘lib, ularning faoliyati davomidagi o‘zaro harakatlari asosida tashkil topgan. Shu ma'noda jamiyatni eng yirik sotsial tizim sifatida baholash o‘rinlidir. Unga boshqa barcha tizimlaga xos bo‘lgani kabi eelementlarining o‘ziga xos tarkibi, ularning aloqalarining mustahkam tartibi xos bo‘lib, shunga muvoffiq jamiyat yaxlit tizim sifatida o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Murakkablik sotsial tizimning asosiy xususiyatlaridan biri sanaladi. Jamiyat tabiat elementlaridan farqli ravishda o‘zidagi aloqalar va munosabatlar, jarayonlarning xilma-xilligi, shuningdek, rivojlanish tendensiyalari va imkoniyatlari jihatidan murakkabroq sanaladi. Jamiyatning rivojlanish darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, undagi sotsial o‘zaro munosabatlar shunchalik xilma-xil bo‘ladi. Mazkur xilma-xilliklar jamiyatni sotsiologik jihatdan o‘rganish davomida qiyinchiliklarga olib kelishi mumkin.

Demak, jamiyat o‘zining ichki soitsal strukturasiga ega bo‘lgan murakkab tizim sanaladi. Misol uchun mehnat guruhlarining sotsial strukturasi – bu ma'lum sotsial –demografik (yoshlar, qariyalar), sotsial (guruh, qatlam, sinf), professional-malakaviy, hududiy (qishloq, shahar) va etnik birliklarning yig‘indisi bo‘lib, ular nisbatan mustahkam o‘zaro munosabatlar bilan bog‘langan bo‘ladi. Sotsiologiyaning asosiy maqsadi sotsial struktura va uning mukammallashuv yo‘llarini tadqiq etishga qaratilgan.

Jamiyatning dinamikasi ko‘p xollarda uning sotsial strukturasiga bog‘liq bo‘ladi. Ammo jamiyatdagi iqtisod, siyosat, madaniyat, mafkura va ta'lim ham jamiyat evolyusiyasida muhim o‘rin tutadi. Ularning faoliyati faol sotsial guruhlarning harakatlari natijasida amalga oshib, mazkur harakatlar sotsial gurug‘hlarning jamiyatda egallagan o‘rniga bevosita bog‘liq.

Sotsial tizimlarning yana bir xususiyati bu ularning insonlardan tashkil topishidir. Sotsial tizimlar bir vaqtning o‘zida inson faoliyatining mahsuli va inson faoliyatining sohasi sanaladi. Mazkur xususiyatni jamiyatni o‘rganish davomida albatta inobatga olish lozim. Barcha tagtizimlarda va ijtimoiy hayotning sohalarida inson universal element sifatida namoyon bo‘ladi. Bu yerda o‘zaro ta'sir holati o‘rin topgan, ya'ni jamiyat insonni ishlab chiqaradi, inson esa o‘z navbatida jamiyatni yaratadi. Max'lum insonlarning o‘zaro harakatlari natijasida jamiyat sotsial strukturasi vujudga keladi. Shuning uchun sotsial struktura insonlarning munosabatlari, shaxsiy o‘zaro aloqalarining yig‘indisi bo‘lib, sotsial vazifalar - bu inson faoliyatining natijasidir.

Keng ma'noda sotsial struktura deyilganida, jamiyatning umumiy tuzilishi tushunilib, uning asosiy funksional sohalari o‘rtasidagi mustahkam aloqalar nazarda tutiladi. Funksional sohalar deyilganida, iqtisod, siyosat, madaniyat kabi sohalar tushuniladi. Shu ma'noda sotsial strukturaning elementlari sifatida mazkur sohalarga mos bo‘lgan sotsial institutlar namoyon bo‘ladi: istisod instituti, davlat instituti, madaniyat instituti va h.k.

Tor ma'noda sotsial tizim deyilganida, jamiyatdagi turli sotsial guruhlar, guruhlar o‘rtasidagi mustahkam aloqalar tizimi, shuningdek, turli sotsial jamoalarning ichki tuzilishi tushuniladi.

Sotsial jamoalarning tipiga ko‘ra, tashkilotning strukturasi ikki darajada o‘rganiladi: makrostruktura va mikrostruktura.

Makrostruktura darajasida jamiyatdagi sinflar, qatlamlar, etnik guruhlar, turli sotsial kategoriyalar va ular o‘rtasidagi mustahkam sotsial aloqalar hamda ularning ichki tuzilishiga xos bo‘lgan xususiyatlar tushuniladi.

Mikrostruktura kichik guruhlardagi mustahkam munosabatlar va aloqalarni ko‘rsatadi. Misol uchun talabalar guruhi, mehnat guruhi va h.k. mazkur holatda strukturaviy tahlilning asosiy elementlari sifatida ma'lum statusga ega bo‘lgan va alohida funksiyalarni bajaruvchi individlar namoyon bo‘ladi. Mikrostrukturani o‘rganish juda muhim ahamiyatga ega. Chunki u jamiyatdagi ko‘plab jarayonlarda o‘z aksini topadi. Misol uchun individlarning sotsializatsiya jarayoni va jamoatchilik fikrining shakllanishi.


Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish