Bosqichma – bosqich o‘tish bu:
- ijtimoiy rivojlanishning tadrijiy o‘zgarishlari;
-jamiyat taraqqiyotining bir davridan ikkinchisiga o‘tish shakllaridan biri;
- jamiyat hayotining turli sohalarida islohotlar olib borish usuli.
Bosqichma – bosqich o‘tish eskilik o‘rniga yangiliklarni uzluksiz, izchil shakllantirish va yangi sifatni yuzaga kеltirishni anglatadi. U jamiyat o‘zgarishining inqilobiy yo‘lini rad etadi.
Unga xos bo‘lgan xususiyatni aniqlashtirib quyidagicha izohlash mumkin. Mamlakatda amaldagi siyosiy hokimiyat tugatilib, o‘rniga yangi hokimiyat vujudga kеlishi bilan eski tizim bir zarb bilan tugatilmasdan bosqichma–bosqich, vazminlik bilan tugatilib boriladi. Hatto, ularning ayrim imkoniyatlaridan ham foydalanib boriladi. Xuddi ana shu jarayonda iqtisodiy islohotlarni olib borishda va boshqa yo‘nalishlarda yangi munosabatlar shakllantiriladi.
4. O‘zbеkistonda tadrijiy islohot yo‘lining hayotga tatbiqi va uning natijalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |