Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «sotsiologiya»


Sotsial munosabatlar va E.Dyurkgeymning sotsial birdamlik nazariyasi



Download 0,98 Mb.
bet36/127
Sana16.05.2020
Hajmi0,98 Mb.
#52003
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   127
Bog'liq
Sotsiologiya yangi darslik

2. Sotsial munosabatlar va E.Dyurkgeymning sotsial birdamlik nazariyasi

Sotsial munosabatlar – bu ikki hamkor tomonning ularni birlashtiruvchi biror manfaat yuzasidan amalga oshirgan o‘zaro harakatlaridir. Sotsial o‘zaro harakatdan farqli ravishda sotsial munosabatlar mustahkam tizimga ega bo‘lib, ma'lum formal va noformal normalar bilan cheklanadi

Sotsiologiya fani tizimida sotsial munosabatlar juda muhim o‘rin kasb etadi. Chunki u orqali jamiyat a'zolari bir-birlari bilan ma'lum bir muomala va ijtimoiy hamkorlikka intiladilar. Sotsiologiyadagi bu maxsus soha o‘zining o‘ta dolzarbligi va muhimligi bilan boshqa muammo va masalalardan ajralib tursada, u hali mutaxassislar tomonidan to‘liq ilmiy va sistemali ravishda o‘rganilmagan hamda ilmiy adabiyotlarda yetarli darajada yoritilmagan.

Sotsial munosabatlar ko‘pincha ijtimoiy munosabatlar tushunchasi bilan tenglashtiriladi yoki sotsial munosabatlar ijtimoiy munosabatlarning bir xususiy ko‘rinishi deb talqin qilinadi. Sotsial munosabatlar keng ma'noda quyidagicha ta'rif bilan belgilangan: Sotsial munosabatlar bu tabiat hodisalaridan o‘laroq bo‘lib, unda ijtimoiy munosabatlarning butun bir tizimi mujassamlashgandir.

O.Kont o‘zining pozitivistik ta'limotida sotsial munosabatlar muammolarini xuddi biologik hodisalar metodi bilan o‘rganish prinsiplarini keng targ‘ib qiladi. Pozitivistik-naturalistik yo‘nalishning ashaddiy raqibi bo‘lgan fenomenologik sotsiologiya sotsial hayot va sotsial munosabatlarni bunday usulda talqin qilganligi uchun O. Kont va uning izdoshlarini keskin tanqid qiladi. Naturalizmning jiddiy kamchilik va xatoliklarini bartaraf etish uchun fenomenologik sotsiologiya muammolar yechimining asosiy omili inson ongining faolligi, deb isbotlashga intiladi. Bu yo‘nalish vakillarining fikricha, faqatgina inson va uning tafakkuri tufayli sotsial voqe’likni hamda sotsial munosabatlarni yaratish mumkin bo‘ladi. Chunki sotsial reallik va sotsial munosabatlar insonning interpretatsion faoliyati orqaligina vujudga keladi. Fenomenologik sotsiologiyaning taniqli vakillaridan biri D. Silverman yuqoridagi g‘oyalarni asoslash uchun pozitivistik sotsiologiya nazariyasini tanqid qiladi.

Sotsial munosabatlarga berilgan ko‘plab ta'riflar asosida ularning ikki muhim xususiyatini ko‘rsatish mumkin: birinchi holatda, sotsial munosabatlar A va B o‘rtasidagi ularning sub'ektiv xohishiga aloqador bo‘lmagan bog‘liqlik sifatida tushuniladi (misol uchun ishlab chiqarish munosabatlari); ikkinchi holatda esa bu sub'ektiv mayl asosida vujudga kelgan o‘zaro harakatlarning mustahkam tizimi (misol uchun do‘stlik).

Sotsial munosabatlar bilvosita aloqaga kirgan tomonlar o‘rtasida ham o‘rnatilishi mumkin. Bunda tomnlar bir-birini shaxs sifatida tanimasligi ham mumkin. Bu kabi sotsial munosabatlar tomonlarning subb'ektiv xohishi yoki istagi asosida emas, balki ular tegishli bo‘lgan sotsial tashkilot yoki institut qoidalari va normalari asosida amalga oshiriladi va shu normalar mazkur sotsial munosabatlarni tashkil etuvchi asos sanaladi.

Shuning uchun sotsial munosabatlar deyilganida, keng ko‘lamdagi sotsial tizimlar ham tushuniladi. Sotsial munosabatlarga ikki qiz o‘rtasidagi do‘stlik, ustoz va shogird munosabatlari, ishchi va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuv, ikki tashkilot o‘rtasidagi hamkorlik, ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik kabilar misol bo‘lishi mumkin.

Sotsial munosabatlar tizimida quyidagi elementlarni ajratib ko‘rsatish mumkin:



  • Ikki individ, ikki guruh yoki indivi va guruh;

  • Ikki tomonni bog‘lab turuvchi biror manfaat, qadriyat, predmet yoki qiziqish;

  • Ikki tomon bir-birining oldida bajarishi majburiy bo‘lgan formal yoki noformal vazifalar tizimi.

Sotsial munosabatlar tufayli insonlar turli to‘plam va guruhlarga birlashadilar. Tartibsiz harakatlar esa sotsial guruhlardagi tartib uchun asos bo‘la olmaydi. Shuning uchun sotsial harakat va sotsial o‘zaro harakatlarni o‘rganish orqali tadqiqotchi aslida sotsial munosabatlarni tadqiq etishni ko‘zlaydi. Chunki sotsial munosabatlarning mohiyatini o‘rganish jamiyat manfaati nuqtai nazaridan muhimroq sanaladi.

Sotsial munosabatlar sotsial institutlar tizimi doirasida amal qilib, sotsial nazorat mexanizmlari orqali nazorat qilinadi. Ular jamiyat tomonidan belgilangan rasmiy talablar va normalarga asoslanadi. Sotsial munosabatlar kundalik hayotimizda doimiy uchraydigan munosabatlar bo‘lib, ular sotsial nazorat orqali nazorat qilinsada, ba'zan sotsial munosabatlarning buzilishi huquqiy yoki jamoatchilik tomonidan jazolanmasligi ham mumking. Masalan, qo‘pollik qilgan avtobus haydovchisini tartibga chaqiruvchi qoidalar va dashnom shakllari bo‘lsada, yo‘lovchi uni so‘zda urushibgina “jazolashi”, uning ustidan arz qilish darajasiga kamdan-kam xollarda borishi mumkin.

Sotsial munosabatlarda rollar, xulq-atvor modellari, norma, motiv va ehtiyojlarning miqdori kam. Sotsial munosabatlardan shaxsiy munosabatlarga o‘tish u qadar oson emas. Ammo shaxslararo munosabatlarning istalgan bosqichidan sotsial munosabatlarga osonlikcha o‘tish mumkin.


Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish