Test savollari
“Boshqaruv” tushunchasi birinchi bor qaysi mamlakatda muomalaga kiritilgan?
AQSh
Germaniya
Rossiya
Fransiya
Sotsial jihatdan boshqaruv deyilganida....
insonlar o‘rtasida o‘rnatilgan sotsial munosabatlarning hokimiyat va bo‘ysunishga aloqador shakli tushuniladi.
mehnat tashkilotidagi insonlarning joylashgan joyi va vazifalari tushuniladi.
insonlar o‘rtasidagi o‘zaro xatti-harakatlarning birligi tushuniladi.
hokimiyat organlarining o‘zaro buyruq va ijro faoliyati tushuniladi.
Boshqaruv sotsiologiyasining ob'ekti....
jamiyatda kechuvchi boshqaruv jarayonlari bo‘lib, ular bir-biriga ta'sir ko‘rsatuvchi tag tizimlar sifatida o‘z ichiga siyosiy tizim, iqtisodiy tizim, sotsiomadaniy tizimni oladi; tashkilotlardagi munosabatlarga kiruvchi individlarning o‘zaro harakatlar tizimi ham kiradi.
turli xil jamiyatlardagi, sotsial tashkilotlardagi, sotsial institutlardagi boshqaruv jarayonlarini baholash, o‘rganish va mukammallashtirish.
Boshqaruv sotsiologiyasining asosiy nazariyalari qaysi olimlarga tegishli?
Teylor, Fayol, Veber, Meyo
Merton, Veber, Dyurkgeym, Fayol
Kont, Spenser, Sen-Simon
Meyo, Ch.Kuli, Dyurkgeym
Boshqaruv sotsiologiyaisining metodlari?
tashkiliy-ma'muriy, iqtisodiy metodlar, sotsial – psixologik metodlar
so‘rov, hujjatlarni tahlil qilish, sharhlash
tashkiliy-ma'muriy, psixologik, sotsiologik
huquqiy, psixololgik, iqtisodiy
“Sotsial boshqaruv” tushunchasi keng ma'noda qanday sharhlanadi?
boshqaruv sotsiologiyasi tushuniladi, ya'ni bu insonlarning ma'lum faoliyati sohasi bo‘lib, u ob'ektiv jihatdan ma'lum ishchilar guruhini – boshqaruvchilarni tashkil etadi.
sotsial jarayonlar, strukturalar va sotsial institutlarga avaldan rejalashtrilgan maqsad yo‘lida ta'sir ko‘rsatish jarayonidir.
boshqaruv sub'ektining boshqariluvchilarga nisbatan qaratilgan anglangan va rejalashtirilgan, maqsadli ta'sirini anglatadi.
Boshqaruv munosabatlarining tarkibiy elementlar?
boshqaruv sub'ektlari, ob'ektlari, boshqaruv faoliyati, vazifalarining turlari
boshqaruv sub'ektlari, ob'ektlari, boshqaruv faoliyati
boshqaruv sub'ektlari, ob'ektlari, vazifalari
boshqaruv sub'ektlari, boshqaruv faoliyati, vazifalari
Boshqaruv vazifalarining turlari?
maqsadli va tashkiliy
ijodkorlik va tashkiliy
nazorat va tashkiliy
yo‘nalganlitk va ijodkorlik
Boshqaruv qonunlari ichida turli – tumanlik qonuni nimani anglatadi?
Boshqaruv sub'ektlari qabul qilingan qarorlarni amalga oshirish va individlarning faoliyatini unga yo‘naltirish maqsadida har xil usullar va yo‘llarga ega bo‘lishi lozim.
Boshqaruv sub'ekti turli sohalardagi bilimlarni o‘zlashtirib, ularga tayangan holda boshqaruvdagi qarorlarni, loyihalarni, dastur va konsepsiyalarni ishlab chiqadi.
Boshqaruv jarayonining turli bosqichlarida va yo‘nalishlarida ixtisoslashtirilgan harakatlarning yagona tizim doirasidagi birlashuvini nazarda tutadi.
Qo‘yilgan maqsadga eng kam miqdorda vaqt sarflab erishini nazarda tutadi.
Sotsial boshqaruvning tamoyil, qonun va qonuniyatlarini qanday o‘zaro bog‘liqlikda tasavvur qilish mumkin?
sotsial rivojlanish qonunlari → sotsial rivojlanishning ma'lum bosqichiga mos bo‘lgan qonunlar → sotsial boshqaruvning qonun va qonuniyatlari → sotsial boshqaruv tamoyillari
sotsial rivojlanishning ma'lum bosqichiga mos bo‘lgan qonunlar → sotsial rivojlanish qonunlari → sotsial boshqaruvning qonun va qonuniyatlari → sotsial boshqaruv tamoyillari
sotsial rivojlanish qonunlari → sotsial boshqaruvning qonun va qonuniyatlari → sotsial boshqaruv tamoyillari
Boshqaruv faoliyatining so‘nggi bosqichi qaysi?
Nazorat va boshqaruv samaradorligini baholash
maqsadlarni ishlab chiqish
vazifalarni taqsimlash
vazifalarni ishlab chiqish
Sotsial nazoratni amalga oshirish usullari?
tarbiya va sotsializatsiya, majburlov, mas'uliyat
rag‘bat, sotsializatsiya, majburlov
tazyiq, sotsializatsiya, majburlov
majburlov va mas'uliyat
Do'stlaringiz bilan baham: |