Tayanch iboralar
Ijtimoiy strata, “sinf”, stratifikatsiya, piramida modeli, romb modeli, limon va bosiq piramida modeli, eyfel minorasi modeli, sotsial mobillik, vertikal va gorizontal sotsial mobillik, individual va guruhiy mobillik, avlodlararo mobillik, avlodlar ichidagi mobillik; marginallik.
Test savollari
1. Sotsial stratifikatsiya – bu?
A. jamiyat va uning ayrim qatlamlari tuzilishini, ijtimoiy tabaqalanish, tengsizlik belgilari tizimini ifodalaydi
B. o’z ichiga sotsial mobillik tushunchasini, iqtisodiy va taqsimot munosabatlarini, ijtimoiy-sinfiy munosabatlar, ijtimoiy-demografik munosabatlarni oladi
C.individning bir sotsial qatlamdan shu darajada joylashgan boshqa qatlamga o‘tishini anglatadi.
2. Qadimgi yunon faylasufi Aflotun jamiyat a'zolarini qanday guruhga ajratgan?
mulkdorlar va mulksizlar
faylasuflar, harbiy jangchilar, qullar.
Burjua va proletariy
3. K.Marksning sinflar nazariyasida qaysi sotsial guruhlar kiritilmaganva ikki sinf oralig‘idagi ko‘rinishlar yoki oraliq sinflar nomi bilan atagan?
Intelligensiya
Burjuaziya
Proletariy
4. M.Veberning stratifikatsion nazariyasi qaysi kriteriylarga asoslanadi?
Mulkka egalik
Daromad miqdori
Hokimiyat
Ma’lumot
Prestij
Millat
Yosh
Jins
2,3,4,5
1,2,3,4
3,4,7,8
1,4,5,8
2,3,4,7
5. Germaniyalik sotsiolog R.Darendorf jamiyatni qanday toifalarga ajratgan?
boshqaruvchi va boshqariluvchilar
«ishchi aristokratiyasi» va quyi - past malakali ishchilar.
Burjuaziya va proletariat
6. Bernard Barber individlarning sotsial tizimlarda turli xolatlarni egallashiga qarab, ularning ierarxiyasi asosida sotsial stratifikatsiyaning qanday modellarini yaratgan?
piramida va romb
limon va bosiq piramida
eyfel minorasi va piramida
limon va eyfel minorasi
7. AQSH jamiyatining olti sotsial sinfdan iborat bo‘lgan stratifikatsion modelini yaratygan olim?
U.Uorner
K.Devis
U.Mur
R.Koleman
L.Reyuoter
R.Darendorf
8. Sotsial stratifikatsiya nazariyasi jamiyatni turli qatlamlarga bo’lish kriteriylarini ishlab chiqish bilan birga qaysi nazariya uchun nazariy asos sanaladi?
Sotsial mobillik
Sotsial nazorat
Sotsial adolat
Sotsial tengsizlik
Deviant xulq-atvor
9. «Sotsial mobillik» termini sotsiologiyaga kim tomonidan kiritilgan?
A. P.Sorokin
B. M.Veber
C. R.Darendorf
D. V.Paretto
10. P.Sorokinning fikricha, mobillikning qaysi turi jamiyatdagi revolyusiyalar, chet el intervensiyasi, davlatlararo urushlar, fuqarolik urushlari kabi holatlar oqibatida amalga oshadi?
Gorizontal mobillik
Vertikal mobillik
Individual mobillik
Guruhiy mobillik
Avlodlararo mobillik
Avlodlar ichidagi mobillik
Do'stlaringiz bilan baham: |