Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «sotsiologiya»


Sotsial mobillik tushunchasi va uning turlari



Download 0,98 Mb.
bet65/127
Sana01.01.2022
Hajmi0,98 Mb.
#299143
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   127
Bog'liq
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «sotsiologiya»

Sotsial mobillik tushunchasi va uning turlari

Sotsial stratifikatsiya nazariyasi jamiyatni turli qatlamlarga bo’lish kriteriylarini ishlab chiqish bilan birga sotsial mobillik nazariyasi uchun nazariy asos sanaladi. Jamiyatning ierarxik tuzilishi doimiy va o’zgarmas emas, undagi elementlar orasida doimiy ravioshda o’zaro ta’sirlar, o’zgarishlar va harakatlar bo’ladi. Mana shu holatlar sotsiologiyada sotsial mobillik nuqtai nazaridan tadqiq etiladi.

Sotsial mobillik individ yoki guruhning jamiyat stratifikatsion tizimida egallagan sotsial maqomini,statusini o‘zgartirilishi,ya'ni insonlarning sotsial ko‘chishlaridir.Bu yerdf shaxsning bir sinfdan ikkinchi bir sinfga, bir ijtimoiy guruhdan ikkinchi bir ijtimoiy guruhga o‘tishi va jamiyat ijtimoiy tarkibida tutgan o‘rnini o‘zgarishinazarda tutilmoqda.

Shaxsning umri misolida bu uning go‘daklik, o‘smirlik, yoshlik, o‘rta yoshlik, qarilik davrlarida namoyon bo’ladi. Undan tashqari insonma'lumot olishi, oila qurishi, hunar o‘rganishi, kasb egallashi orqali ijtimoiy o’zaruvchanlikka uchraydi va uning jamiyatdagi o‘rni - statusi o‘zgarib boradi. O‘quvchi, talaba, muhandis, nafaqaxo‘r kabi.

Jamiyat misolida bu undagi insonlar hayotida ro’y beruvchi ijtimoiy o‘zgaruvchanlik jarayoni orqali namoyon bo’ladi. Sinflarning paydo bo‘lishi, sinflarning bir ko‘rinishdan ikkinchi bir ko‘rinishga o‘tishi, jamiyat sinfiy strukturasining o’zgarishi,jamiyat ishlab chiqarish kuchlari joylashuvining o’zgarishi, fan, texnika, madaniyat va sa'nat taraqqiyotida o‘z aksini topadi. Masalan, qul, dehqon, ishchi, sovxozchi, pomeshchik, kapitalist, fermer.

«Sotsial mobillik» termini sotsiologiyaga P.Sorokin tomonidan 1927 yilda kiritilgan.Mobillik inglizcha“mobilite” so’zidan olingan bo’lib, «ko‘chish», «safarbarlik» ma'nosini anglatadi. P.Sorokin o’z nazariyasida sotsial mobillikni ikki turga ajratgan: vertikal va gorizontal sotsial mobillik118.

Gorizontal mobillik individning bir sotsial qatlamdan shu darajada joylashgan boshqa qatlamga o‘tishini anglatadi.Mobillikning bu turi yashash joyini o’zgartirish, boshqa diniy guruhga o’tish kabilarda namoyon bo’ladi.Vertikal sotsial mobillik bir stratadan boshqasiga o‘tishni, ya’ni hayoti davomida insonning yuqori statusni quyiga, quyi statusni yuqori darajadagisiga almashtirishni nazarda tutadi. Masalan, oddiy ishchining korxona prezidenti darajasiga ko‘tarilishi yoki teskari jarayon.

Vertikal mobillik o‘z o‘rnida yuqoriga va pastga yo‘naltirilgan bo‘ladi.Yuqoriga yo‘naltirilgan sotsial ko‘tarilish,yuqoriga harakatni,pastga yo‘naltirilgani -sotsial tushish,pastga harakatni anglatadi.

Shunga ko‘ra, P.Sorokin ko‘tariluvchi sotsial mobillik va quyiga yo‘naltirilgan sotsial mobillik tushunchalarini ham kiritgan. Sotsial ierarxiya bo‘yicha yuqoriga ko‘tarilish ijtimoiy ko‘tarilish nomi bilan atalgan. Uning aksi esa sotsial tushish nomi bilan yuritiladi.

Sotsial mobillik boshqa shaxs va guruh nuqtai nazaridanindividual va guruhiy mobillik119 turlariga ajratiladi.

Individual mobillik-individning boshqalarga bog‘liq bo‘lmagan holda gorizontal yoki vertikal chiziq bo‘yicha yuqoriga va pastga ko‘chishidir.

Guruhiy mobillikda ko‘chishlar guruhiy,kollektiv holda sodir bo‘ladi,u yoki bu strataning sotsial mavqe’i o‘zgaradi.P.Sorokinning fikricha, guruhiy mobillikning sababi sifatida quyidagi holatlar namoyon bo’ladi:


  • sotsialistik revolyusiyalar

  • chet el intervensiyasi, bostirib kirishi

  • davlatlararo urushlar

  • fuqarolik urushlarti

  • harbiy to’ntarishlar

  • siyosiy rejimlarning o’zgarishi

  • eski konstitutsiyaning yangisiga almashtirilishi

  • dehqonlar qo’zg’olonlari

  • aristocrat zotiga mansub bo’lgan zodagonlarning o’zaro yer yuzasidan olib borilgan urushlari

  • imperiyaning tashkil etilishi.


Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish