Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


G.Xaberlerning muqobil xarajatlar modeli



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet562/607
Sana11.02.2023
Hajmi6,22 Mb.
#910102
1   ...   558   559   560   561   562   563   564   565   ...   607
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

G.Xaberlerning muqobil xarajatlar modeli
yetakchi o‘rin tutadi. U 
har bir mamlakat uchun barcha resurs va eng yaxshi texnologiyalardan 
foydalangan holda ikki turdagi tovarni qanday nisbatda ishlab chiqara olishi 
mumkinligini ko‘rsatuvchi ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig‘idan 
foydalanishni taklif etadi. Bu qarashlarga ko‘ra, har bir mamlakat boshqa 
mamlakatlarga taqqoslaganda yuqori texnologiyaga ega bo‘lgan tarmoqlardagi 
mahsulotlarni eksport qiladi. Keyinchalik ilg‘or texnologiya muqarrar ravishda 
dunyo bo‘ylab tarqalib, texnologiyadagi farqlar yo‘qoladi, eksport pasayib, jahon 
savdosi tarkibiy tuzilishida keyingi o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. 
R.Vernonning
tovarning hayotiy sikli nazariyasida
mamlakatning jahon 
savdosidagi muvaffaqiyati ichki bozorga bog‘liqligi ta’kidlanadi. Vernon 
nazariyasiga
 
ko‘ra mahsulotlarning ba’zi bir turlari to‘rt bosqichdan iborat sikldan 
o‘tadi (joriy etish, o‘sish, etuklik, pasayish), ularni ishlab chiqarish esa xalqaro 
miqyosda siklning bosqichidan kelib chiqqan holda siljiydi. R.Vernon AQShning 
yangi va istiqbolli tovarlarning ahamiyatli miqdorini ishlab chiqarishda yetakchilik 
qilishi sabablarini ochib berishga harakat qildi. U milliy bozorda xorijiy bozorga 
nisbatan ertaroq paydo bo‘lgan tovarlarga talab AQShning texnologik ustunligiga 
olib kelishini ta’kidladi. Amerika firmalari ishlab chiqarishning rivojlanishi 
bosqichida bu yangiliklarni eksport qiladi, ularga bo‘lgan talabning o‘sishi bilan 
esa xorijiy mamlakatlarda ishlab chiqarishni tashkil etadi. Yangi texnologiyaning 
tarqalishi bilan xorijiy korxonalar ham yangi tovarlarni ishlab chiqarishni 


744 
o‘zlashtirib, ularni AQShga olib kela boshlaydilar. «Tovar sikli» tushunchasi milliy 
va tashqi bozorlarning o‘zaro bog‘liqligini izohlovchi nazariyaning asosiga 
aylandi. Xalqaro mehnat taqsimoti va jahon savdosi tarkibiy tuzilishining 
samaradorligi mustaqillik, o‘zaro bog‘liqlik va bog‘liqlik konsepsiyalarini 
tushuntirishga yordam beradi. 
Yuqori iqtisodiy mustaqillik ba’zi bir tovar, xizmat va texnologiyalarning 
mavjud bo‘lmasligini bildiradi, shunga ko‘ra hozirda hech bir mamlakat to‘liq 
mustaqillikka intilmaydi. Biroq, ko‘plab mamlakatlar xalqaro mehnat taqsimoti 
tizimiga kirish hamda tashqi savdo tarkibini shakllantirishda talab va taklif ustidan 
xorijiy nazoratning o‘rnatilishi xavfini past darajada bo‘lishiga harakat qiladilar.
Xorijdagi o‘zgarishlardan himoyalanganlikning o‘sishini o‘zaro ehtiyoj 
asosidagi savdo aloqalarini rivojlantirish orqali ta’minlash mumkin. Mamlakatlar 
(masalan, Fransiya va Germaniya) ning savdo sheriklari sifatidagi o‘zaro 
bog‘liqligi holatida ulardan birining tovarlarni yetkazib berish yoki bozor hajmini 
qisqartirishi ehtimoldan uzoq, chunki boshqa tomon ham bunga darhol javob 
qaytaradi. O‘ta yuqori darajadagi bog‘liqlik mamlakatning boshqa mamlakatlarda 
ro‘y beruvchi o‘zgarishlarga bog‘liqligini keltirib chiqaradi. 
Xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi barcha nazariyalarning hayotiy 
layoqatliligini va ularni doimiy ravishda modifikatsiyalab, yangi qirralarni qo‘shib 
turish zarurligini tasdiqlaydi. Xalqaro aloqalarning jahon amaliyotida esa bu 
nazariyalardan keng foydalanilmoqda. 

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   558   559   560   561   562   563   564   565   ...   607




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish