Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


 Bozor iqtisodiyotida inqirozlar: mazmuni, kelib chiqish sabablari va



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet400/607
Sana11.02.2023
Hajmi6,22 Mb.
#910102
1   ...   396   397   398   399   400   401   402   403   ...   607
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

18.3. Bozor iqtisodiyotida inqirozlar: mazmuni, kelib chiqish sabablari va 
turlari 
Biz oldingi bandlarda bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotning goh o‘sib, 
goh tushib siklik tarzda rivojlanishini aytgan edik. Siklli rivojlanishning asosiy 
fazalaridan biri inqiroz hisoblanadi. Shunga ko‘ra ushbu fazaning mazmuni va 
uning turlarini batafsil ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Inqiroz bir siklni nihoyasiga yetkazib, yana muqarrar ravishda inqiroz bilan 
tugaydigan yangisining boshlanishiga asos soladi; inqiroz vaziyatida asosiy 
kapitalning ortiqcha jamg‘arilishi uning hamma funksional shakllarida namoyon 
bo‘ladi. 
Inqiroz fazasida ishlab chiqarish va bandlik qisqaradi, ammo narxlar pasayish 
tamoyiliga berilmaydi. Bu fazaning quyi nuqtasida ishlab chiqarish va bandlik 
o‘zining eng past darajasiga tushib ketishi mumkin. Bunda narxlar oshib pul 
qadrsizlashadi, ishsizlik oshib ketadi. 
Shunga ko‘ra, iqtisodiy inqiroz deb ishlab 
chiqarish va xizmat ko‘rsatish hajmining asosiy makroiqtisodiy 
ko‘rsatkichlarining keskin tushib ketishiga aytiladi.


531 
Inqirozning sababi shundan iboratki, jamiyatda ishlab chiqarilgan tovarlar 
massasi to‘lovga qobil talabga mos kelmay (undan oshib ketadi yoki kam bo‘ladi) 
qoladi. Natijada ishlab chiqarishning bir qismi to‘xtab qoladi, tovarlar ishlab 
chiqarish kamayadi, ishlab chiqarishning o‘sish davri uning tushkunligi bilan 
almashinadi. Iqtisodiyotning o‘sishi inflyatsiya, ya’ni narx darajasining asossiz 
ravishda keskin ko‘tarilishi sababli orqaga ketadi. Shunday davrlar ham bo‘ladiki, 
bunda iqtisodiy o‘sish bandlik va ishlab chiqarishning past darajasiga o‘rin beradi, 
ayrim hollarda narx darajasining ko‘tarilishi bilan birga ishsizlik ham keskin 
o‘sadi. Qisqacha aytganda, iqtisodiy o‘sishning uzoq muddatli tamoyillari ham 
ishsizlik, ham inflyatsiya oqibatida uzilib qoladi va murakkablashadi. 
Inqirozlarning asosiy sababi – takror ishlab chiqarishdagi beqarorlik va 
nomutanosiblik-lardir. Bu avvalo, ishlab chiqarish va uning natijalarini 
o‘zlashtirish o‘rtasidagi nomutanosiblik bo‘lib, u turli ishlab chiqarish usullari va 
iqtisodiy tizimning har xil nusxalarida turli shakllarda namoyon bo‘ladi. 
Ishlab chiqarish bilan iste’mol, talab va taklif o‘rtasidagi vaqti-vaqti bilan 
yuzaga kelib turadigan nomutanosibliklar ham iqtisodiy inqirozlarning yuzaga 
chiqish imkoniyatini kengaytiradi. 
Rivojlangan tovar xo‘jaligi paydo bo‘lgunga qadar ishlab chiqarishning 
keskin qisqarishi odatda tabiiy ofatlar (qurg‘oqchilik, toshqinlar va h.k.) yoki 
urushlar va ular keltiradigan vayronagarchiliklar bilan bog‘liq bo‘lgan. Yirik 
mashinali ishlab chiqarishga o‘tilgan davrdan keyingi vaqti-vaqti bilan 
iqtisodiyotni larzaga solib turuvchi iqtisodiy inqirozlar ijtimoiy takror ishlab 
chiqarishga siklik tavsifni kasb etadi. Inqirozlar turli-tuman tarzda ro‘y bersada, 
ularning umumiy, o‘xshash tomonlarini nazarda tutib, guruhlarga ajratish mumkin. 
Xo‘jalik tizimida 

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   396   397   398   399   400   401   402   403   ...   607




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish