Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


«kapital» ham qiymatga, ham naflilikka ega bo‘lgan, ma’lum foyda olish



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/607
Sana11.02.2023
Hajmi6,22 Mb.
#910102
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   607
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

«kapital» ham qiymatga, ham naflilikka ega bo‘lgan, ma’lum foyda olish 
maqsadida ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonida foydalaniladigan, 
yollanma ishchi kuchi tomonidan harakatga keltiriladigan
 
vositalardir. 
Hamma adabiyotlarda yerga deyarli bir xil tushuncha beriladi, ya’ni yer 
deganda tuproqning unumli qatlami, o‘tloqlar, yaylovlar, suv, havo, o‘rmon, 
qazilma boyliklar, umuman tabiiy resurslar tushuniladi. 
Ma’lumki, keyingi 
vaqtlarda quyoshdan, shamoldan energiya olinmoqda, havodan foydalanilmoqda. 
Shularni hisobga olgshan holda yer degan so‘z o‘rniga tabiat so‘zini ishlatsak 
to‘g‘ri bo‘lar deb o‘ylaymiz. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida katta e’tibor beriladigan omillardan biri 
tadbirkorlik qobiliyatidir. 
Tadbirkor deb iqtisodiy resurslar, ya’ni ishlab 
chiqarish vositalari va ishchi kuchi resurslarining, tabiiy resurslarning bir-
biriga qo‘shilishini ta’minlaydigan, tashkilotchi, yangilikka intiluvchi, 
tashabbuskor, iqtisodiy va boshqa xavfdan, javobgarlikdan qo‘rqmaydigan 
kishilarga aytiladi; bu xislatlar majmui esa tadbirkorlik qobiliyati deb 
yuritiladi.
Mamlakatimiz prezidenti Sh.Mirziyoyev aytganlaridek, “Faol 
tadbirkorlik biznes faoliyatini innovatsion, ya’ni zamonaviy yondashuvlar, ilg‘or 
texnologiya va boshqaruv usullari asosida tashkil etadigan iqtisodiy yo‘nalishdir”
1

Hozirgi davrda ayrim adabiyotlarda axborot va uning vositalarini, ekologiyani ham 
alohida omil deb ko‘rsatadilar. Bizning fikrimizcha, ular tabiat va kapital 
omillarida o‘z ifodasini topadi. Shuning uchun ularni alohida omil deb qarashga 
hojat yo‘q.
Ishlab chiqarish omillari hech qachon bir joyda qotib turmaydi, balki doimo 
rivojlanib o‘sib boradi. Ishlab chiqarish vositalari ham, ishchi kuchi ham doimo 
harakatda, rivojlanishda bo‘ladi. Ilgarigi oddiy omoch-bo‘yintiriqqa, bolg‘a va 
boltaga asoslangan ishlab chiqarishdan hozirgi zamon avtomatlashgan ishlab 
chiqarishgacha kelish fikrimizning dalilidir. 
1
O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Shavkat Mirziyoyеvning Oliy Majlisga Murojaatnomasi // Xalq s o‘zi 
gazеtasi, 2018 yil 23 dеkabr. 


51 
Ishlab chiqarish jarayonining sodir bo‘lishi uchun uning omillari bilan bir 
qatorda infratuzilmasi ma’lum darajada rivojlangan bo‘lishi zarur. Chunki, shu 
infratuzilma bo‘lmagan, rivojlanmagan joyda ishlab chiqarish va xizmat 
ko‘rsatishning ko‘pgina turlarini amalga oshirib bo‘lmaydi. Shuning uchun ular 
bir-biriga mos ravishda rivojlanib borishi zarur.
Milliy iqtisodiyotining taraqqiy etishida ishlab chiqarish infratuzilmasining 
roli hisobga olingan holda uning iqtisodiy kategoriya sifatidagi mazmun-
mohiyatini 
chuqurroq 
tushunishni 
hamda 
ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyotni 
ta’minlashdagi o‘rnini aniqlab olishni taqozo etadi.
“Infratuzilma” tushunchasi lotincha “infra” – quyi, osti va “struktura” – 
tuzilma so‘zlaridan paydo bo‘lgan (ya’ni, “ostki tuzilma” yoki “qo‘shimcha” 
ma’nosida talqin qilish mumkin). XX asr boshlarida bu atama orqali qurolli 
kuchlarning harakatini ta’minlovchi front orti inshootlar majmui ifodalangan 
(moddiy vositalar omborlari, harbiy bazalar, poligonlar va h.k.). 40-yillarning 
o‘rtalaridan boshlab mazkur tushuncha g‘arb iqtisodiy fanidan boshlab amaliy 
iqtisodiyotga kirib keldi. U orqali sanoat va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga 
xizmat qiluvchi xo‘jalik tarmoqlari majmui tushunila boshlandi
1

Yuqoridagi bir qator fikr-mulohazalardan xulosa qilish mumkinki, ishlab 
chiqarish infratuzilmasi deganda asosiy ishlab chiqarish sohasiga xizmat qiluvchi, 
ya’ni ijtimoiy ishlab chiqarishning normal amal qilishi uchun zarur bo‘lgan 
umumiy shart-sharoitlarni yaratuvchi va ta’minlovchi obyektlar majmuini 
tushuniladi. 
Bundan ko‘rinadiki, ishlab chiqarish infratuzilmasining tabiati asosiy ishlab 
chiqarishga yordamchi xizmatlar ko‘rsatuvchi subyektlarni muntazam ajratib 
borish hamda tarmoqdagi alohida korxonalar ko‘rinishida tashkil etish orqali 
namoyon bo‘ladi. Ishlab chiqarish infratuzilmasi korxonalari asosiy ishlab 
chiqarishga nisbatan ikkilamchi darajani namoyon etib, o‘z taraqqiyotida doimo 
tovar ishlab chiqaruvchilarning ehtiyojlariga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Ishlab 
chiqarish infratuzilmasi iqtisodiy tizimda takror ishlab chiqarish barcha 
1
Комаров М.П. Инфраструктура регионов мира. – М., 2006. – стр.20. 


52 
fazalarining (ishlab chiqarish, taqsimot, ayirboshlash va iste’mol) birligini, uning 
uzluksiz amal qilishini ta’minlab, iqtisodiy tizim amal qilishi va rivojlanishining 
bevosita va majburiy shartlaridan biriga aylanadi. 
Ishlab chiqarish jarayoni, uning omillari va infratuzilmasining bir-biri bilan 
bog‘liqligini va o‘zaro ta’sirini quyidagicha ifoda etish mumkin (2.2-rasm). 

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   607




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish