2-BOB. ISHLAB CHIQARISH JARAYONI VA UNING NATIJALARI
Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning barcha bosqichlarida, barcha mamlakatlarda
inson hayotining asosini moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish
tashkil etadi. Chunki, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonlari bo‘lmasa,
ayirboshlaydigan, taqsimlaydigan va iste’mol qiladigan ne’matlarning o‘zi
bo‘lmaydi. Har qanday jamiyatda insoniyat iste’molsiz yashay olmaganidek, ishlab
chiqarmasdan ham turolmaydi. Bu masala hozirgi kunda jahon mamlakatlarining
katta muammosiga aylangan. Chunki, dunyoda ro‘y berayotgan jahon iqtisodiy
inqirozlari, aholi sonining oshib borishi va boshqa sabablarga ko‘ra, aholi jon
boshiga to‘g‘ri keladigan maxsulotlar miqdorining o‘sish sur’atlari susayishi, bu
ko‘rsatkichning ayrim mamlakatlarda sezilarli darajada pastligi kuzatilmoqda.
Dunyo mamlakatlari reytingida bu ko‘rsatkich bo‘yicha O‘zbekiston ham 187 ta
mamlakatlar ichida 134-o‘rinda turishi ham yaxshi ko‘rsatkich emas. Agar aholi
sonining oshib borishi va har bir kishining tovarlar va xizmatlarga bo‘lgan talabi
oshib borishini hisobga olsak, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish
o‘ta jiddiy va dolzarb hayotiy masala ekanligi hammaga ayon bo‘ladi. Shuning
uchun ham mamlakatimiz prezidenti va xukumati mustaqillikka erishgan kundan
boshlab to hozirgi kungacha ishlab chiqarish jarayonini
1
aholi turmush darajasi va
sifatini oshirishning asosiy manbai va yo‘li deb qarab uni rivojlantirishga alohida
e’tibor berib kelmoqda.
Aholining o‘sib boruvchi talablarini mavjud imkoniyat va resurslarimizni real
hisobga olgan holda 2030 yilgacha YaIM hajmini 2 baravardan ko‘proq oshirish
vazifasi qo‘yilgani va mamlakatimizda amalga oshirilayotgan investitsiyalar
hajmining asosiy qismini ishlab chiqarishni, unda qo‘llaniladigan yangi texnika va
texnologiyalarni rivojlantirishga sarflanayotgani bu sohaga qaratilgan katta
e’tiborning dalilidir. Buning ustiga O‘zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasida “ishlab chiqarishni modernizatsiya
qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-
1
Ishlab chiqarish jarayoni dеganda moddiy ishlab chiqarish bilan xizmat ko‘rsatishni birgalikda qaraladi.
45
kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan
faol investitsiya siyosatini olib borish”
1
vazifasi qo‘yilgani muammoning
jiddiyligidan dalolat beradi.
Biroq, bugungi kunda Iqtisodiyot nazariyasi bo‘yicha yozilgan ayrim ilmiy
ishlar, risolalar, darslik va o‘quv qo‘llanmalarda ishlab chiqarish jarayonining
mazmun-mohiyatini yoritish tamomila e’tibordan chetda qolmoqda. Bu bir
tomondan, ko‘pgina o‘quvchi yoshlarning, jumladan, talabalarning mahsulotlar
(tovarlar va xizmatlar) qayerda, kimning mehnati bilan, kim tomonidan, qanday
ishlab chiqarilishini, uni qanday rivojlantirishni, shu sohalarda kishilarning ter
to‘kib qilayotgan mehnatlarining ahamiyatini tushunmaslikka olib keladi, ikkinchi
tomondan, iqtisodiyotga qiziquvchi va u bilan shug‘ullanuvchi barcha kishilarning
butun ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonida sodir bo‘layotgan ishlab
chiqarish munosabatlaridan bexabar qolishiga sabab bo‘ladi, uchinchidan esa,
butun jahonda sodir bo‘layotgan iqtisodiy inqirozlarning tub sababini
tushunmaslikka olib keladi. Xolbuki inqiroz ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish
o‘zining turlari, sifati, hajmi bo‘yicha talabga javob bermasligi ya’ni muomaladagi
pul agregati ya’ni pul miqdori bilan tovarlar va xizmatlar hajmi, turlari va sifati
o‘rtasidagi nisbatning buzilishi sababli kelib chiqadi. Ishlab chiqarishni
rivojlantirish esa bunday inqirozlarning oldini olish omili bo‘lib xizmat qiladi.
Ushbu bobda bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarish omillari,
uning infratuzilmasi va ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo‘lgan iqtisodiy
munosabatlar va muammolar bayoni beriladi. Ishlab chiqarishning omillari va
infratuzilmasi tavsifi, maqsadi va mazmuni ochib beriladi, uning natijalari va
samaradorligi bilan bog‘liq masalalar bayoni ham yoritiladi va «ishlab chiqarish
imkoniyatlari» tushunchasiga ham o‘rin ajratiladi. Shuningdek, AQSh, Yevropa va
Rosiiya kabi mamlakatlarda keng tarqalgan keyingi qo‘shilgan mahsulot nafliligi
va uning kamayib borishi, keyingi qo‘shilgan mehnat va kapital unumdorligining
pasayib borish qonuni kabi g‘oyalar bilan tanishtiriladi, ularning kamchilik jihatlari
1
O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2017 yil 7 fеvraldagi “o‘zbеkiston Rеspublikasini yanada rivojlantirish
bo‘yicha harakatlar stratеgiyasi to‘g‘risida”gi, PF-4947-sonli Farmoni.
46
ochib beriladi. Bu yerda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonining har
taraflama rivojlantirilishi, bu jarayonlarni modernizatsiyalash, tarkibiy jihatdan
o‘zgartirish,
diversifikatsiyalash
hamda
muvozanatli
va
mutanosibli
rivojlantirilishi iqtisodiy inqirozdan qutilishning yoki uning oldini olishning
muhim yo‘li sifatida qaraladi. Undan tashqari, 2017 yil 7 fevralda mamlakatimiz
Prezidenti Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish strategiyasining mazmuniga, unda belgilangan
ishlab chiqarish jarayonini rivojlantirish vazifalarini, ularni amalga oshirishning
natijalarini yoritishga alohida e’tibor qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |