Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet320/607
Sana11.02.2023
Hajmi6,22 Mb.
#910102
1   ...   316   317   318   319   320   321   322   323   ...   607
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Yalpi ichki 
mahsulot
– ma’lum vaqt davomida, masalan, bir yilda shu mamlakat 
hududidagi barcha korxonalarda yaratilgan shu mamlakat taraqqiyoti va 
aholisi farovonligi yo‘lida foydalanadigan, bevosita iste’molchilarga borib 
yetadigan tayyor mahsulot va ko‘rsatilgan xizmatlar yig‘indisidan iboratdir.


419 
Yalpi ichki mahsulot umumlashtiruvchi iqtisodiy ko‘rsatkich bo‘lib, u faqat 
mazkur mamlakat ishlab chiqarish omillaridan foydalangan holda mamlakat ichida 
yaratilgan tovar va xizmatlar jami hajmining ifodasini namoyon etadi. U barcha 
ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilgan mahsulotlar yig‘indisi sifatida 
namoyon bo‘ladi. Yalpi ichki mahsulot xuddi yalpi milliy mahsulot kabi 
hisoblanadi, biroq YaIM ko‘rsatkichiga mazkur mamlakatning chet ellardagi ishlab 
chiqarish omillaridan foydalanib olib borilgan ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish 
hajmlari kiritilmaydi, lekin shu mamlakat ichidagi xorijiy mamlakat korxonalari 
mahsuloti kiritiladi. Shuning uchun YaMM bilan YaIM miqdor jihatdan juda kam 
farq qiladi.
YaMM va YaIMning o‘zaro farqini quyidagi rasm orqali yaqqolroq ifodalash 
mumkin (14.2-rasm). 
Mamlakat ichidagi ishlab chiqarish 
Chet ellardagi 
milliy
korxonalar
mahsuloti 
Xorijiy
korxonalar
mahsuloti 
Milliy
korxonalar
mahsuloti 
20 trln.so‘m 
84 trln.so‘m 
16 trln.so‘m 
14.2-rasm. YaMM va YaIM o‘rtasidagi tarkibiy nisbatlar 
Demak, rasmdan ko‘rinadiki, mamlakat YaMM 100 trln. so‘mni (M
2
va M
3
shartli raqamlar yig‘indisi), YaIM esa 104 trln. so‘mni (M
2
va M
1
shartli raqamlar 
yig‘indisi) tashkil etadi. 
YaMM va YaIM o‘rtasidagi u qadar ahamiyatli bo‘lmagan farq rivojlangan 
mamlakatlarda YaIMning taxminan ±1% ini tashkil etadi. BMT statistika xizmati 
asosiy ko‘rsatkich sifatida YaIMdan foydalanishni tavsiya etadi. Yaqin vaqtlarga 
М

М

М

YaIM 
YaMM 


420 
qadar AQSh va Yaponiyada YaMM ko‘rsatkichi qo‘llanilar edi, endilikda bu 
mamlakatlar ham YaIM ko‘rsatkichini qo‘llay boshladilar. 
Hozirgi paytda O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot ko‘rsatkichi hisobga 
olinmoqda. Shuning uchun biz bundan keyingi o‘rinlarda yalpi ichki mahsulot 
to‘g‘risida so‘z yuritamiz.
Mamlakatimizda oqilona iqtisodiy siyosat yurgizilib, taraqqiyotning o‘zbek 
modelida belgilangan strategik tamoyillarni izchil amalga oshirish natijasida 
makroiqtisodiy barqarorlik saqlanib kelinmoqda. Jumladan, YaIMning o‘sish 
darajasiga qaraydigan bo‘lsak, 2019 yilda bu ko‘rsatkich 5,6 foizni tashkil etdi.
Olib borilgan tarkibiy o‘zgarishlar natijasida sanoatning yalpi ichki 
mahsulotdagi ulushi 2000 yildagi 20,2 foiz o‘rniga 2019 yilda 36,4 foizni, 
xizmatlar ko‘rsatish sohasining ulushi 37,2 foiz o‘rniga 35,5 foizni tashkil etdi. 
Qishloq xo‘jaligida esa 2000 yildagi 30,1 foizdan 2019 yilda 28,1 foizga o‘zgardi 
(14.1-jadval). 

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   316   317   318   319   320   321   322   323   ...   607




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish