344
bu yerda: R' –
foyda normasi; R –
foyda massasi; W – ishlab chiqarish
xarajatlari;
2.
%
100
)
(
'
avavns
K
R
R
,
bu yerda: R' – foyda normasi; R – foyda massasi; K
avans
– korxona avanslangan
mablag‘lari yoki asosiy va aylanma kapitalning o‘rtacha yillik qiymati.
Bizning misolimizdagi korxonaning «A» mahsulot ishlab chiqarishdan olgan
foyda massasi 40 mln. so‘mni, foyda normasi esa 66,7 % ((40 mln. so‘m / 60 mln.
so‘m) × 100%) ni tashkil etadi.
Foyda normasi ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmiga to‘g‘ri mutanosib
hamda ishlab chiqarish xarajatlari yoki avanslangan mablag‘lar qiymatiga teskari
mutanosibdir. Shu tufayli foyda normasi korxona ish
samaradorligining integral
ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Foydaning o‘sishiga chiqarilayotgan mahsulot umumiy hajmi o‘zgarmagan
holda ikki yo‘l bilan: 1) ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish hisobiga; 2)
narxning oshishi hisobiga erishish mumkin.
Yuqorida aytganimizdek, yalpi foyda korxonada
yaratilgan tovar va
xizmatlarni sotishdan kelgan umumiy pul daromadlaridan bevosita ushbu tovarni
ishlab chiqarish xarajatlarini chegirib tashlash yo‘li bilan aniqlanadi. Buni hozirgi
davrda korxonaning umumiy foydasi deb yuritiladi. Foydadan davlat soliq sifatida,
ssuda kapital egalari esa foiz sifatida, yer egalari renta sifatida o‘z
ulushlarini
oladilar. Foydaning turli to‘lovlardan qolgan qismi esa tadbirkorlarning sof foydasi
bo‘lib, uning hisobidan o‘zlarining iste’molini qondiradi, investitsiyani,
turli
sotsial yo‘nalishdagi ishlarni amalga oshiradilar. Ko‘rinib turibdiki, qo‘shimcha
mahsulotni ko‘paytirish hech kimga zarar bermaydi, aksincha jamiyat a’zolarining
hammasi uchun manfaatlidir. Bu daromad turlari qo‘shimcha mahsulotning sotilib,
dastlabki taqsimlangandan keyingi o‘zgargan shakllaridir.
Bundan ko‘rinib turibdiki, olingan yalpi foydaning haqiqiy manbai korxonada
yaratilgan qo‘shimcha mahsulotdir. Mamlakat iqtisodiyotining barcha sohalaridagi
olingan yalpi foyda miqdori darajasi qo‘shimcha mahsulot massasiga teng bo‘ladi.
345
Lekin tarmoqlar, hududlar va korxonalarda yaratilgan qo‘shimcha
mahsulot
miqdori bilan yalpi foyda hajmi bir-biriga teng kelmaydi, chunki, raqobat
kurashlari, narxlar va boshqa taqsimlash mexanizmlari
orqali bir muayyan
korxona, tarmoq yoki hududda yaratilgan qo‘shimcha mahsulot boshqalariga o‘tib
ketish holatlari yuz berib turadi.
Shu o‘rinda, ta’kidlash joizki, respublikamizda tahlil qilinayotgan davrda
qo‘shimcha mahsulot modifikatsiyalashgan shakllaridan biri bo‘lgan foyda hajmi
iqtisodiyotning turli xil tarmoq va sohalarida turlicha darajada o‘sish tendensiyasi
kuzatildi. Bu esa, o‘z
navbatida, iqtisodiyot tarmoqlarida foyda miqdorining
oshishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. (11.3-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: