Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


-BOB. TALAB VA TAKLIF NAZARIYASI. BOZOR MUVOZANATI



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/607
Sana11.02.2023
Hajmi6,22 Mb.
#910102
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   607
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

7-BOB. TALAB VA TAKLIF NAZARIYASI. BOZOR MUVOZANATI
 
Ushbu darslikning birinchi bobida extiyoj kategoriyasining mazmuni, turlari 
va unga ta’sir etuvchi omillarni, shuningdek, ikkinchi bobda ishlab chiqarishning 
mazmuni omillari kabi masalalarni ko‘rib chiqilgan edi. Bu bobda shu 
kategoriyalarning bozor iqtisodiyoti davridagi ko‘rinishi va amal qilish 
mexanizmlari yoritishga harakat qilinadi. 
Bozor mexanizmining amal qilishida talab va taklif kategoriyalari va ularning 
amal qilish qonunlari muhim o‘rin tutadi. Talab va taklif nisbatining o‘zgarishi 
narx shakllanishi hamda darajasiga sezilarli ta’sir qiladi. Bu bobda dastlab talab va 
taklif tushunchalari, talab va taklif ta’sirida muvozanatlashgan narxning o‘rnatilishi 
tushuntirib beriladi. Shu o‘rinda talab va taklif qonunlari, ularning miqdoriga ta’sir 
etuvchi omillar, ular o‘rtasidagi muvozanatlikni bayon etishga alohida e’tibor 
beriladi. Shuningdek, talabning shakllanishi va amal qilishi, unga ta’sir etuvchi 
omillarni o‘rganishda iqtisodiyot nazariyasida muhim yo‘nalishlardan biriga 
aylangan iste’molchi xatti-harakati nazariyasi bilan ham tanishib chiqamiz. 
7.1. Talab tushunchasi va uning miqdoriga ta’sir 
qiluvchi omillar. Talab qonuni 
 
Ehtiyoj kishilarning hayotiy vositalarga bo‘lgan zaruriyatini ifodalovchi ilmiy 
kategoriya sifatida insoniyat taraqqiyotining hamma bosqichlari uchun umumiy va 
doimiydir. Lekin u taraqqiyotning turli davrlarida o‘z shaklini o‘zgartirib turishi 
mumkin. Xususan, uning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi tarixiy ko‘rinishi talab 
tushunchasidir. Talab ehtiyojdan farq qilib, mustaqil iqtisodiy kategoriya (ilmiy 
tushuncha) sifatida amal qiladi. 
Ehtiyojning faqat pul bilan ta’minlangan qismi talabga aylanadi. Demak, 
talab – bu pul bilan ta’minlangan ehtiyojdir.
Ehtiyoj zarur miqdordagi pul bilan 
ta’minlanmasa, u «xohish», «istak» bo‘lib qolaveradi. Masalan, talaba yangi 
rusumdagi qo‘l telefonini xarid qilish maqsadida do‘konga kirdi. Qo‘l telefonining 


210 
narxi 300 ming so‘m bo‘lib, talabada faqat 200 ming so‘m mavjud, deb faraz 
qilaylik. Bu holda talabaning yangi rusumdagi telefonga nisbatan ehtiyoji talabga 
aylanmaydi va binobarin, qondirilmaydi. Bu o‘rinda talaba yana 100 ming so‘m 
miqdorida pul qidirib topishi yoki narxi 200 ming so‘mgacha bo‘lgan telefon xarid 
qilishi mumkin. Shu holdagina uning qo‘l telefoniga nisbatan ehtiyoji talabga 
aylanadi. 
Talabning bir qator muqobil variantlari mavjud bo‘ladi, chunki narx 
o‘zgarishi bilan tovarning sotib olinadigan miqdori ham o‘zgaradi. Shu 
bog‘liqlikdan kelib chiqib, talabga quyidagicha ta’rif berish mumkin: 

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   607




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish