Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/607
Sana11.02.2023
Hajmi6,22 Mb.
#910102
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   607
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

narxlarni 
erkinlashtirishdir
. Narxlarning erkin shakllanishi uchun narxlar tizimini isloh 
qilish ham zarurdir. Dastlab davlat xarid narxlarining amal qilish doirasi 
qisqartiriladi va keyin ichki narxlar jahon narxlariga muvofiqlashtirib boriladi. 
Shuningdek, narxlarni erkinlashtirishda ayrim turdagi xomashyo va mahsulot 


203 
narxlari bilan aholi va korxonalar daromadlari o‘rtasidagi tenglikka erishishga 
harakat qilinadi. 
Narxlar islohoti boshlangandan 1994 yilgacha hamma turdagi xomashyo va 
mahsulotlar bo‘yicha erkin narxlarga o‘tildi, barcha iste’mol mollari narxi ustidan 
davlat nazorati bekor qilindi.
Isloh qilishning 
dastlabki bosqichida
(1992 yil) keng doiradagi ishlab 
chiqarish-texnik vositasi bo‘lgan mahsulotlar, ayrim turdagi xalq iste’mol mollari, 
bajarilgan ishlar va xizmatlarning kelishilgan narxlari va tariflarga o‘tildi. Aholini 
himoyalash maqsadida cheklangan doiradagi oziq-ovqat va sanoat tovarlari 
narxlarining chegarasi belgilab qo‘yildi. Narxlar islohotining 
ikkinchi bosqichida
(1993 yil) kelishilgan ulgurji narxlarni davlat tomonidan tartibga solish umuman 
to‘xtatildi. Narxlarni erkinlashtirishning 
uchinchi bosqichida
(1994 yil oktabr-
noyabr) xalq iste’mol mollari asosiy turlarining narxi erkin qo‘yib yuborildi. 
Shunday qilib, iqtisodiyotni isloh qilishning birinchi bosqichi narxlarni to‘liq 
erkinlashtirish bilan tugadi. 
Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish 
boshqarishning tegishli tizimini 
yaratishni
talab qiladi. Shunga asosan respublikada butun iqtisodiyotni, tarmoqlar 
va hududlarni boshqarishning eng maqbul va hozirgi davrga mos bo‘lgan 
tuzilmalari ishlab chiqildi. Ko‘plab markaziy iqtisodiy organlar va vazirliklar 
tugatildi (Davlat reja qo‘mitasi, Davlat ta’minot qo‘mitasi, Davlat narxlar 
qo‘mitasi, Davlat agrosanoat qo‘mitasi va boshqa qo‘mita hamda vazirliklar) yoki 
ularning faoliyati tubdan qayta qurildi. Faoliyati tugatilgan ma’muriy apparatlar 
o‘rniga bozor iqtisodiyotiga xos yangi boshqarish bo‘g‘inlari tuzildi. 
Boshqarishning mahalliy darajasida (viloyat, tuman, shahar) ijroiya-
boshqaruv vazifalarini bajarish uchun hokimliklar joriy qilindi. Quyi bo‘g‘in 
boshqaruvida korxona va tashkilotlarga iqtisodiy erkinlik berilib, ular yangicha ish 
uslubiga o‘tdi. 
Isloh qilish natijasida tarkib topgan boshqaruv tizimi bozor iqtisodiyotiga 
o‘tib borish bilan yanada takomillashib va rivojlanib boradi. 


204 
Bozor islohotlari 

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   607




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish