Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning tartibga soluvchi



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet529/607
Sana11.02.2023
Hajmi6,22 Mb.
#910102
1   ...   525   526   527   528   529   530   531   532   ...   607
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

xalqaro
iqtisodiy tashkilotlarning tartibga soluvchi 
roli rivojlanadi. 
Jahon xo‘jaligi
 
subyektlarining o‘zaro aloqasi hamda o‘zaro 
bog‘liqligining kengayishi va kuchayishi global muammolarni hal etishda tobora 
ko‘proq davlatlarning ishtirok etishini taqozo etadi. Bunga jahon moliyaviy-
iqtisodiy inqirozidan chiqish va uning salbiy ta’sirini yumshatish maqsadida 20 ta 
rivojlangan mamlakatlar ishtirokida o‘tkazilgan Sammitlarni misol qilib keltirish 
mumkin. Bu va shunga o‘xshash muammolarning murakkablashuvi ularning o‘z 
vaqtida va tezkorlik bilan hal etilishida hukumatlararo va nohukumat (ishlab 
chiqaruvchilar, kompaniyalar va firmalar, ilmiy jamiyatlar va boshqa 
tashkilotlarning birlashmalari) xalqaro iqtisodiy tashkilotlarining birgalikdagi 
faoliyatini zaruriyatga aylantiradi. 
Shuningdek, jahon xo‘jaligi globallashuvi jarayonlarining 
ziddiyatli 
tomonlari
ham mavjud. Bu ziddiyatlarning asosiylari quyidagilardan iborat: 
1) turli mamlakatlardagi iqtisodiy rivojlanishning bir tekisda bormasligi. 
Iqtisodiy o‘sishning jadallashuvida ilmiy-texnika inqilobi (ITI) hal qiluvchi 
rol o‘ynaydi. XX asrning ikkinchi yarmiga kelib yangi texnika va texnologiyalarga 
«sakrab» o‘tilishi o‘ziga xos «tutash zanjir» hosil qildi. Global miqyosdagi 
axborotlashtirish 
natijasida 
turli 
mamlakatlarning 
texnologik 
jihatdan 
baravarlashuvi tendensiyasi kuchaydi. Axborot, aloqa va transport vositalari 
rivojlanishidagi texnikaviy to‘ntarish yer sharining barcha mintaqalarida ITI 


703 
yutuqlarini tezlik bilan o‘zlashtirish imkonini berdi. Natijada, bir mamlakatda 
yaratilgan yangi texnika va texnologiyalar, sun’iy to‘siqlarni bartaraf etgan holda, 
jahon bo‘yicha tezlik bilan tarqalmoqda. Biroq, XX asrning oxiriga kelib, jahon 
xo‘jaligidagi iqtisodiy o‘sish sur’atlarida jiddiy tafovutlar sezilmoqda. Birinchidan, 
rivojlanayotgan mamlakatlarda ishlab chiqarishning ko‘payish tezligi juda o‘sib 
ketdi. Aholi jon boshiga YaIM o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lgan rivojlanayotgan 
mamlakatlar soni ko‘paydi. Ikkinchidan, iqtisodiy rivojlanish sur’atlaridagi 
tafovutlar natijasida g‘arb mamlakatlari iqtisodiy qudratining sekin-asta, biroq 
muntazam ravishdagi nisbatan pasayish tendensiyasi kuzatilmoqda. Ba’zi 
mamlakatlar o‘zlarining iqtisodiy o‘sish sur’atlarini sezilarli darajada oshirgan 
holda zamonaviy sanoatlashgan ishlab chiqarishning eng yuqori darajasiga 
erishishga harakat qilmoqdalar. Masalan, 1970-1980 yillarda yangi industrial 
mamlakatlarning «dastlabki avlodi» – Koreya Respublikasi, Tayvan, Singapur va 
Gonkong ancha tez sur’atlarda rivojlandi. 1990 yillarning oxiriga kelib yangi 
industrial mamlakatlarning «ikkinchi avlodi» – Indoneziya, Filippin, Malayziya
Tailand jadal sur’atda taraqiy etdi. Ular rivojlangan mamlakatlar bilan nafaqat 
an’anaviy ishlab chiqarish sohalari, balki murakkab texnika mahsulotlari, jumladan 
ishlab chiqarish vositalari bozori bo‘yicha raqobatlasha boshladilar. Biroq, hali 
jahon xo‘jaligi tarkibida ishlab chiqarishning sanoatlashuvi darajasiga etmagan, 
taraqqiyotda ilgarilab ketgan mamlakatlarga etib olish uchun zarur resurslarga ega 
bo‘lmagan ko‘plab mamlakatlar ham mavjud. 

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   525   526   527   528   529   530   531   532   ...   607




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish