Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet459/607
Sana11.02.2023
Hajmi6,22 Mb.
#910102
1   ...   455   456   457   458   459   460   461   462   ...   607
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

21.4-jadval 
Soliq stavkalarining o‘zgarishi, foizda 
Soliq turi 
2009 
2012 2014 2015 2016 
2017 
2018 
2019 
Yuridik shaxslardan 
olinadigan foyda 
solig‘i 
10 


7,5 
7,5 
7,5 
14 
14 
Dividend/foizlar 
shaklida 
olinadigan 
daromadlardan foyda 
solig‘i 
10 
10 
10 
10 
10 
10 
10 
10 
Aksiz solig‘i 
21,5 
20 
23 
23 
23 
20 
20 
20 
Yagona soliq to‘lovi 








Yagona 
ijtimoiy 
to‘lov 
25 
25 
25 
15 
15 
15 
15 
15 
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq Qo‘mitasi ma’lumotlari. 


611 
2017 yilga qadar yuridik shaxslardan olinadigan soliq stavkasi 10 foizdan 7,5 
foizgacha pasayib keldi va 2018 yilda tashkilotlar
 
uchun obodonlashtirish va 
ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i (shu vaqtga qadar 8%) foyda solig‘i 
tarkibiga qo‘shilganligi sababli 14 foiz qilib belgilandi. 
Iqtisodiyotga soliq yukining pasaytirilishida soliqlar sonining kamaytirilishi
soliq imtiyozlarining kengaytirilishi bilan birga soliq stavkalarining pasaytirilishi 
ham muhim ahamiyat kasb etadi. 
Soliq stavkalarining pasaytirilishi ishlab chiqarish hajmi va daromadlarning 
ortishi natijasida soliq bazasining kengayishiga, davlat budjeti xarajatlarini 
taqchillikka yo‘l qo‘ymasdan moliyalashtirishga zamin yaratadi. 
Bugungi kunda “soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini 
soddalashtirish yo‘lini davom ettirish, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish 
va rag‘batlantirishning tegishli choralarini kengaytirish”
1
dolzarb ahamiyat kasb 
etmoqda.
Soliq stavkalarining pasaytirishi ishlab chiqarish va daromadlarning o‘sishiga 
ijobiy ta’sir ko‘rsatishi natijasida soliqqa tortish bazasining kengayishiga imkon 
tug‘iladi. Aynan shu holat mamlakatimizda soliq stavkalari kamaytirilishiga 
qaramasdan, budjet xarajatlarini taqchilliksiz moliyalashtirishga yetarli bo‘lgan 
soliq tushumlari ko‘rinishidagi budjet daromadlarini shakllantirishga asos 
bo‘lmoqda.
Belgilangan soliq imtiyozlari kichik biznes va xususiy tadbirkorlik 
subyektlarining faoliyatini yanada kengaytirish va iqtisodiyotimiz salohiyatini 
oshirishga qulay imkon yaratadi.
O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasining Soliq 
kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi 2019 yil 30 
dekabrdagi O‘RQ-599-sonli Qonuniga muvofiq yangi Soliq Kodeksi qabul qilindi. 
Yangi Soliq kodeksiga ko‘ra, 2020 yil 1 yanvardan soliq turlari 13 tadan 9 tagacha 
qisqartirildi. Xususan, yagona yer solig‘i, davlat boji, bojxona to‘lovlari va 
1
O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2017 yil 7 fеvraldagi “O‘zbеkiston Rеspublikasini yanada rivojlantirish 
bo‘yicha harakatlar stratеgiyasi to‘g‘risida”gi, PF-4947-sonli Farmoni. 1-ilova. 3.1-band. 


612 
tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan soliq turlari 
bekor qilindi.
Yangi tahrirdagi Soliq kodeksida soliqlarni ortiqcha undirganlik uchun davlat 
soliq xizmati organlarining javobgarligi kuchaytirildi, zamonaviy usullarni 
qo‘llagan holda xorijiy amaliyotda sinalgan soliq nazorati shakllari joriy etildi, 
shuningdek, soliqlarni hisoblash va to‘lash tartiblari soddalashtirildi. 

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   455   456   457   458   459   460   461   462   ...   607




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish