Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Jamg‘arish – milliy daromadning bir qismining (jamg‘armaning) asosiy



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet360/607
Sana11.02.2023
Hajmi6,22 Mb.
#910102
1   ...   356   357   358   359   360   361   362   363   ...   607
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Jamg‘arish
– milliy daromadning bir qismining (jamg‘armaning) asosiy 
va aylanma kapitallarni, shuningdek, ehtiyot zaxiralarini ko‘paytirish uchun 
sarflanishidir.
Bu yerda shuni ta’kidlash joizki, jamg‘arma summasi bilan jamg‘arish 
(sarflanish) summasi bir-biriga mos kelmasligi mumkin. Chunki jamg‘arilgan 
summadan aholi uzoq muddatli iste’mol tovarlarini sotib olishga, to‘y-hashamga, 
uy qurishga ishlatishi mumkin. Jamg‘arma mablag‘larning to‘planishini 
bildirsa,jamg‘arish uning sarflanishini bildiradi.
Ishlab chiqarish va noishlab chiqarish maqsadidagi jamg‘arish bir-biridan 
farqlanadi. Jamg‘arilgan mablag‘larning moddiy ishlab chiqarish va xizmat 
ko‘rsatish sohalarining asosiy kapitallarini va aylanma mablag‘larini 
kengaytirishga ketadigan qismi ishlab chiqarish sohasidagi 
jamg‘arish summasini 
hosil qiladi. Ishlab chiqarish sohasidagi jamg‘arish iqtisodiy o‘sishning muhim 
omilidir. 
Ijtimoiy-madaniy sohadagi jamg‘arish
(noishlab chiqarish jamg‘arishi) uy-
joy fondini, kasalxonalar, o‘quv muassasalari, madaniyat, sog‘liqni saqlash, sport 
muassasalari, ya’ni nomoddiy soha va tarmoqlarni kengaytirish, rekonstruksiyalash, 
yangilashga sarflanadi. Noishlab chiqarish sohasini kengaytirish ham ishlab 
chiqarishni rivojlantirishning zarur shartidir. 
Jamg‘arish summasi, uning hajmi va tarkibi takror ishlab chiqarish sur’atlarini 
belgilab beradigan hal qiluvchi omillardir. 
Jamg‘arish normasi 
bevosita 
jamg‘arish summasining butun milliy daromad hajmiga nisbati bilan aniqlanadi:
%
100
)
/
(


MD
JS
JN

bunda: JN - jamg‘arish normasi;
JS - jamg‘arish summasi;
MD - milliy daromad. 
Jamg‘arish normasining ham o‘z chegarasi bo‘lib, uni me’yoridan oshirish 
iqtisodiy jihatdan samarasiz bo‘lib chiqishi va salbiy oqibatlarga olib kelishi 
mumkin. Masalan, uning haddan tashqari ortishi natijasida iste’mol fondining 


468 
hajmi kamayishi, investitsion sarflar samaradorligi pasayib ketishi mumkin, chunki 
kapital mablag‘lar hajmi bilan qurilish tashkilotlarining quvvatlari, materiallar va 
uskunalar yetkazib berish imkoniyatlari, infratuzilmaning rivojlanishi o‘rtasida 
nomutanosiblik paydo bo‘ladi. Oqibatda iqtisodiy o‘sish pasayib ketish tamoyiliga 
ega bo‘ladi. Shunday qilib, jamg‘arish hajmi iqtisodiy o‘sish sur’atlari va sifatiga 
faqat o‘zining miqdori bilangina hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatib qolmaydi. Fan-texnika 
revolyusiyasi sharoitida ulardan foydalanish samaradorligi birinchi o‘ringa chiqadi. 
Jamg‘arish hajmi milliy daromadning bir qismini tashkil etadi va shu sababli 
milliy daromad hajmi ko‘payishini belgilaydigan omillar jamg‘arish miqdorini 
ham belgilab beradi. Bu omillardan asosiysi qo‘llaniladigan resurslar massasi va 
ularning unumdorligidir. Jamg‘arish miqdori ishlab chiqarish jarayonida 
xomashyo, materiallar, energiyani tejab-tergab sarflashga ham bog‘liq. Mahsulot 
birligiga ularni sarflashni kamaytirish moddiy vositalarning o‘sha miqdorida 
mahsulotlarni ko‘proq hajmda ishlab chiqarishga imkon beradi. 

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   356   357   358   359   360   361   362   363   ...   607




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish