Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet297/607
Sana11.02.2023
Hajmi6,22 Mb.
#910102
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   607
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

13.2. Renta munosabatlari 
 
Renta nazariyasi dastlab, fiziokratlar maktabining asoschilari F.Kene va 
A.Tyurgolarning ilmiy asarlarida ko‘rib chiqilgan. Ular rentaning vujudga kelish 
sababini tabiat, yerning qandaydir sirli kuchi, tabiat ehsoni, yerning qo‘shimcha 
mahsulot yarata olish qobiliyati natijasi deb izohlaganlar. Ular qishloq xo‘jalik 
mahsulotlarini yaratishda, jumladan, sof va qo‘shimcha mahsulot yaratishda tabiat 
rolini ko‘rsatishga harakat qilganlar. Keyinchalik renta nazariyasining asoslari 
klassik iqtisodchilar U.Petti, J.Anderson, A.Smit va D.Rikardolar tadqiqotlarida 
turli darajada takomillashtirilgan. Jumladan, Anderson differensial renta 
to‘g‘risidagi qarashlarni ilgari surgan, biroq rentaning yaratilgan maxsuloti tovar 
qiymatining bir qismi ekanligini tushuntirib berolmagan. Rikardo esa, 
fiziokratlardan farqli o‘laroq, rentaga mahsulot ijtimoiy va individual qiymatlari 
o‘rtasidagi farq sifatida qarab, renta nazariyasini qiymatning mehnat nazariyasi, 
qiymat qonuni bilan bog‘lagan.
Renta nazariyasini rivojlantirishda rus iqtisodchilaridan N.G.Chernishevskiy 
va N.I.Ziberlar salmoqli hissa qo‘shganlar.
Hozirgi vaqtda Rossiyada «Iqtisodiyot nazariyasi» bo‘yicha chop etilgan 
qator o‘quv qo‘llanma va darsliklarda ham yer rentasi munosabatlari keng bayon 
etilmoqda. D.D.Moskvin tahriri ostida tayyorlangan darslikda yozilishicha, 
resurslarning turli-tumanligi natijasida ulardan foydalanish chog‘ida renta 
daromadlarining turli ko‘rinishlari paydo bo‘ladi, jumladan: qishloq xo‘jaligi 


384 
mahsulotlarini ishlab chiqarishda vujudga keluvchi yer rentasi; foydali 
qazilmalarni qazib olish chog‘ida vujudga keluvchi renta; o‘rmon resurslaridan 
foydalanishda hosil bo‘luvchi renta; qurilish uchastkalaridan olinuvchi renta va 
h.k. Barcha turdagi tabiiy resurslar yer bilan uzviy bog‘liq bo‘lganligi sababli 
ulardan foydalanishda rentaning vujudga kelishi uchun bir-biriga o‘xshash shart-
sharoitlar mavjud bo‘ladi. Qishloq xo‘jalik ekinlaridan foydalanishning iqtisodiy 
shart-sharoitlariga nisbatan ishlab chiqilgan renta munosabatlarini tahlil qilish 
uslubiyoti rentaning barcha turlariga tegishli bo‘ladi, shunga ko‘ra ularni yer 
rentasiga kiritish to‘g‘ri bo‘ladi. Haydaladigan er, qurilish uchastkasi, ruda koni, 
baliq ovi, o‘rmon va boshqalardan to‘lanishidan qat’iy nazar, renta ko‘rinishidagi 
mazkur pul summasi yer rentasi deb ataladi
1
.
Yer rentasining bir qancha tarixiy ko‘rinishlari mavjud. Masalan, uch 
shakldagi: barshchina (ishlab berish), obrok (natural soliq) va pul solig‘i 
shakllaridagi feodal rentalari shular jumlasidandir. Hozirgi paytda turli 
mamlakatlarda mavjud renta vujudga kelish sabablari va shart-sharoitlariga qarab 
quyidagi turlarga ajratiladi: absolyut yer rentasi, differensial (tabaqalashgan) 
renta I va II, monopol renta, qazilma boyliklar, qurilishlar joylashgan yerlardan 
olinadigan renta. Yuqorida aytib o‘tilgan qator nazariyalarni hamda yer rentasining 
tarixiy va zamonaviy shakllarini umumlashtirib aytish mumkinki, yer 

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   607




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish