Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet185/607
Sana11.02.2023
Hajmi6,22 Mb.
#910102
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   607
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Sof monopoliyada
tarmoq bitta korxona yoki firmadan iborat bo‘lganligi 
sababli, u mavjud mahsulot (xizmat)ning yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi 
va yakkahukmronlik shakllanadi. Monopoliya sharoitida firma narx ustidan 
sezilarli nazoratni amalga oshiradi. Buning sababi oddiy bo‘lib, u mahsulot 
(xizmat)ning yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi va demak, taklifning 
umumiy hajmi ustidan nazorat qiladi.
Monopolistik raqobat
o‘z ichiga ham monopoliya, ham raqobat unsurlarini 
oladi. Bunda tarmoqdagi bir turdagi mahsulotning o‘nlab ishlab chiqaruvchilari 
bir-birlari bilan qulay narx hamda ishlab chiqarish hajmiga erishish borasida 
raqobatlashadilar. Biroq, ayni paytda, har bir ishlab chiqaruvchi o‘z mahsulotini 
tabaqalashtirish, ya’ni shu turdagi boshqa mahsulotlardan qaysi bir jihati (sifat 
darajasi, shakli, qadoqlanishi, sotish sharoitlari va h.k.) bo‘yicha farqlantirish 
orqali uning monopol ishlab chiqaruvchisiga aylanadi.
Oligopoliya
– tarmoqda u qadar ko‘p bo‘lmagan korxonalarning mavjud 
bo‘lishi va hukmronlik qilishidir. Bu oligopoliyaning eng muhim belgisi bo‘lib, 
qaysi tovarlar va xizmatlar bozorida nisbatan kam sonli ishlab chiqaruvchilar 
hukmronlik qilsa, shu tarmoq oligopolistik tarmoq hisoblanadi.
Oligopolistik tarmoq bir xil yoki tabaqalashgan mahsulot ishlab chiqarishi 
mumkin. Ko‘pchilik sanoat mahsulotlari – po‘lat, mis, alyuminiy, qo‘rg‘oshin, 
temir va shu kabilar fizik ma’noda bir turdagi mahsulotlar hisoblanadi va 
oligopoliya sharoitida ishlab chiqariladi. Iste’mol tovarlari – avtomobillar, kir 
yuvish vositalari, sigaretlar, maishiy elektr buyumlari va shu kabilarni ishlab 
chiqaruvchi tarmoqlar tabaqalashagan oligopoliya hisoblanadi. 


244 
Oligopoliya sharoitida korxonalar o‘rtasidagi raqobat o‘zaro bog‘liq bo‘ladi. 
Oligopolistik tarmoqda hech qaysi firma o‘zining narx siyosatini mustaqil 
o‘zgartirishga botina olmaydi.
Biz qarab chiqqan raqobatning to‘rtta shaklining har biri milliy iqtisodiyotda 
alohida-alohida, ya’ni sof holda uchramaydi. Iqtisodiyot sohalarini batafsil 
o‘rganish, cheksiz ko‘p har xil raqobatli vaziyatlar mavjudligi sharoitida, ikkita bir 
xil tarmoqni topish qiyinligini ko‘rsatadi. Hozirda turli darajadagi monopolistik 
tuzilmalar rivojlanib borishi bilan ular o‘rtasidagi raqobatning shakllari ham turli 
ko‘rinishlarda namoyon bo‘lib bormoqda. Jumladan, 

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   607




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish