Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/607
Sana11.02.2023
Hajmi6,22 Mb.
#910102
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   607
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

keynschilik 
maktabidir. 
1936 yilda ingliz iqtisodchisi Jon Meynard Keyns o‘zining «Bandlik, 


27 
foiz va pulning umumiy nazariyasi» degan kitobida makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar: 
milliy daromad, kapital xarajatlar, iste’mol va jamg‘arishning o‘zaro bog‘liqligini 
tahlil qilib, investitsiya va iste’molning eng maqsadga muvofiq tarzda tashkil 
topishi iqtisodiy taraqqiyotning muhim omili deb ko‘rsatadi. Keyns ta’limoti, ya’ni 
keynschilik maktabi ta’sirida iqtisodiyotda makroiqtisodiy tahlil yo‘lga qo‘yildi. U 
iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning faol ishtiroki zarurligini isbotladi.
Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasining muhim yo‘nalishlaridan biri 
monetarizm
deb ataladi. Agar Keyns nazariyasining ishlab chiqilishida markaziy 
muammo ishsizlik bo‘lgan bo‘lsa, monetarizm nazariyasining asosiy muammosi 
ishlab chiqarish hajmining pasayib borish sharoitida inflyatsiyaning vujudga 
kelishidir. Ushbu holat stagflyasiya degan nom oldi. Monetarizm maktabining 
asoschisi Milton Fridmen bo‘lib, uning iqtisodiyot nazariyasiga qo‘shgan hissasi 
pul nazariyasini yangi mazmun bilan boyitdi. Monetaristlar tovar ishlab chiqarish 
jarayoniga pulning qayta ta’sir etish mexanizmini, pul dastaklari va monetar 
siyosatning iqtisodiyotni rivojlanishiga ta’sirini chuqur tadqiq etishdi. Monetarizm 
pul-kredit dastaklari yordamida iqtisodiyotni tartibga solishda o‘ziga xos 
yondashuvni vujudga keltirgan nazariyadir. 
Hozirgi paytda marjinalizm, monetarizm, keynschilik va boshqa qator 
yo‘nalishdagi iqtisodiy nazariyalar yig‘indisi «Ekonomiks» nomli kitobda 
mujassamlashgan bo‘lib, u AQSh, Angliya va boshqa qator mamlakatlarda darslik 
sifatida o‘qitiladi. Rus tilidagi tarjimasi orqali bizga ma’lum bo‘lgan P.Samuelson, 
R.Makkonnell va L.Bryularning kitoblari uning namunalaridir. Hozirda bu 
yo‘nalishdagi fan bizda va boshqa qator MDH mamlakatlarida «Iqtisodiyot 
nazariyasi» deb atala boshladi. 
Yuqorida bayon etilgan va boshqa qator nazariyalar taxlili shuni ko‘rsatadiki, 
«Iqtisodiyot nazariyasi» fan sifatida shakllangunga qadar bosib o‘tgan yo‘l va unda 
vujudga kelgan g‘oyalar, oqimlar juda murakkab, ko‘pincha bir-biriga zid va 
qarama-qarshidir. Shu bilan birga aytishimiz kerakki, hech qaysi iqtisodiy 
maktabning nazariyalari mutlaq va doimiy haqiqat kursisiga egalik qila olmaydi. 
Har bir maktab ma’lum darajada muammolarga bir tomonlama yondashganligini 


28 
yoki bo‘lmasa ba’zi bir nazariy savollarni yoritishda anglashilmovchilikka yo‘l 
qo‘yganligi bilan ajralib turadi, sababi barcha nazariy oqimlar qaysidir ijtimoiy 
guruh manfaatlari nuqtai nazaridan va o‘sha davr real holatidan kelib chiqqan 
bo‘lib, masalaga bir tomonlama yondashuvga yo‘l qo‘yilganligi ko‘rinib turadi.
 
Shunday bo‘lsada, ular bir-birini to‘ldiradi, iqtisodiy jarayonlar va hodisalarning 
ichki ziddiyatlarini, qonunlarini ma’lum darajada umumlashtirib ifodalaydi. 
Demak, jamiyat o‘z taraqqiyotini belgilashda alohida bir nazariya asiri bo‘lib 
qolmasligi kerak, chuqur nazariy taxlil asosida ularning salbiy tomonlarini tashlab 
yuborib, ratsional mag‘izlarini olib, ulardan oqilona foydalangan holda jamiyat 
rivojlanishi umummilliy manfaatlar bilan uyg‘unlashtirilishi zarur. 

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   607




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish