Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


-rasm.  Iqtisodiy resurslar va ehtiyojlarning qondirilish darajasi o‘rtasidagi



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/607
Sana11.02.2023
Hajmi6,22 Mb.
#910102
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   607
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

1.2-rasm. 
Iqtisodiy resurslar va ehtiyojlarning qondirilish darajasi o‘rtasidagi 
bog‘liqlik 
Cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, ishlab chiqarish 
imkoniyatlarini va binobarin ehtiyojlarni qondirish darajasini oshirish zarurligi 
iqtisodiyot oldiga quyidagi muammolarni qo‘yadi: 
1) ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishning optimal variantlarini (eng zarur 
va tejamli turlarini) tanlab olish va resurslarni ko‘proq ishlab chiqarishga jalb 
qilish; 
2) mavjud resurslarning har bir birligidan tejab-tergab, samarali foydalanish; 
3) fan-texnika yutuqlarini va yangi texnologiyalarni joriy qilib, yangi 
energiya, material, xomashyo turlari, ularning manbalarini topib, foydalanishga 
jalb qilish, resurslar unumdorligining oshishiga erishish. 
Bu muammolarni hal qilish zaruriyati kishilardan chuqur iqtisodiy boshqa 
bilimlarga ega bo‘lib, doimo izlanish va yuksalishda bo‘lishini taqozo qiladi. 
Iqtisodiy rеsurslar, 
imkoniyatlar 
Ishlab chiqarish yoki 
xizmat ko‘rsatish 
darajasi 
Ehtiyojlarning 
qondirilish darajasi 


22 
1.2. Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishi va rivojlanishi 
Iqtisodiy hayot sirlarini bilish va shu yo‘ldagi faoliyatning asosiy 
yo‘nalishlarini aniqlashga intilish juda qadim zamonlardan mavjud bo‘lib, bu 
intilish iqtisodiy faoliyatni tartibga solish, uni kishilarga kerak bo‘lgan tomonga 
yo‘naltirishga ijobiy ta’sir etish zaruriyatidan kelib chiqqan. 
Iqtisodiyotga oid bilimlarga dastlab, antik dunyoning ko‘zga ko‘ringan 
olimlari Ksenofont, Platon, Aristotel asarlarida, shuningdek, qadimgi Misr, Xitoy, 
Hindiston va Markaziy Osiyo olimlarining asarlarida e’tibor qaratilgan edi. 
Biz ming yillar osha bizgacha etib kelgan muqaddas Qur’oni Karim, hadislar, 
Qobusnoma, Ibn Xoldun asarlari

bobolarimiz Abu Ali Ibn Sino, Abu Nasr 
Forobiy, Al-Xorazmiy, Abu Rayxon Beruniy, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug‘bek, 
Zaxiriddin Muxammad Bobur asarlarini o‘qir ekanmiz, ularda insonning yashashi 
uchun tabiat ehsonlari yetarli emasligi, ijodiy mehnat qilish kerakligi qayta-qayta 
uqtirilganligiga yana bir karra amin bo‘lamiz. Jumladan, arab mutafakkiri Ibn 
Xoldun Abdurahmon Abu Zayd (1332-1406)ning iqtisodiyot bilimlarini 
rivojlantirishdagi hissasi juda kattadir. U o‘zining 1370 yilda yozilgan «Kitob-ul-
ibar» («Ibratli misollar kitobi») asarida dunyoda birinchi bo‘lib tovarning ikki xil 
xususiyatini – iste’mol qiymati va qiymat tushunchalarini, oddiy va murakkab 
mehnatni, zaruriy va qo‘shimcha mehnat hamda zaruriy va qo‘shimcha mahsulot 
tushunchalarini ajrata bildi. Shuningdek, Ibn Xoldun tomonidan tovarlarni 
ayirboshlash jarayonida ular bir-biriga taqqoslanganda mehnatni tenglashtirish 
shaklida yuzaga chiqishi, ya’ni tovarda gavdalangan mehnatning miqdori va uning 
nafliligining hisobga olinishi ham ta’kidlangan
1

Alisher Navoiyning iqtisodiy masalalarga oid g‘oyalari «Vaqfiya» (1482) va 
«Mahbub-ul-qulub» (1500) asarlarida bayon etilgan. U mahsulotni uch qismga 
bo‘lib, birinchi qismini ketgan xarajatga, ikkinchi qismini o‘zining va oilasining 
ehtiyojlariga, uchinchi qismini esa aholining ijtimoiy manfaatlari uchun sarflashga 
chaqiradi. Bundan tashqari mahsulotni yaratishda mehnatning roliga va ishlab 
1
A.Razzoqov, Sh.Toshmatov, N.O‘rmonov. Iqtisodiy ta'limotlar tarixi. T.: «Moliya». 2002, 42-bеt. 


23 
chiqarish vositalarining ishtirokiga alohida e’tibor beradi. Shu bilan birga boylikni 
halol mehnat bilan topish, to‘plash va foydalanish zarurligini ta’kidlaydi
1

Lekin Aristoteldan boshlab butun dunyoning, jumladan Markaziy Osiyoning 
ko‘pgina olimlari iqtisodiyotni izchil o‘rganish asosida uning ko‘pgina qonun-
qoidalarini, tushunchalarini yoritib bergan bo‘lsalar ham, hali iqtisodiyot 
nazariyasi fan sifatida shakllanmagan edi.
Iqtisodiyot nazariyasi mustaqil fan sifatida ko‘pgina mamlakatlarda milliy 
bozor shakllangan va jahon bozori vujudga kelayotgan davrlarda «siyosiy iqtisod» 
nomi bilan shakllana boshladi.
Siyosiy iqtisod grekcha so‘zdan olingan bo‘lib «politikos» - ijtimoiy, «oykos» 
- uy, uy xo‘jaligi, «nomos» - qonun degani. Ya’ni uy yoki ijtimoiy xo‘jalik yuritish 
qonunlari ma’nosini beradi. 1575-1621 yillarda yashab, ijod qilgan fransuz 
iqtisodchisi Antuan Monkreten birinchi marta 1615 yilda «Siyosiy iqtisod traktati» 
nomli kichik ilmiy asar yozib, bu fanni mamlakat miqyosida iqtisodiyotni 
boshqarish fani sifatida asosladi. Keyinchalik klassik iqtisodchilar bu fikrni 
tasdiqlab, siyosiy iqtisod keng ma’noda moddiy va boshqa hayotiy vositalarni 
ishlab chiqarish va ayirboshlashni boshqaruvchi qonunlar to‘g‘risidagi fandir, deb 
yozgan edilar.
Iqtisodiyot nazariyasi fani shakllanishi jarayonida bir qancha g‘oyaviy 
oqimlar, maktablar vujudga kelgan. Ular jamiyat boyligining manbai nima, u 
qaerda va qanday qilib ko‘payadi, degan savollarga javob topishga urinishgan. 
Bunday iqtisodiy oqimlardan dastlabkisi 

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   607




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish