Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filliali,,iqtisodiyot’’ fakulteti 2-kurs,,soliqlar va soliqqa tortish’’ yo’nalishi 120-guruh talabasi qo’chqarov bunyodning statistika fanidan mustaqil ish
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filliali ,,iqtisodiyot’’ fakulteti 2-kurs ,,soliqlar va soliqqa tortish’’ yo’nalishi 120-guruh talabasi qo’chqarov bunyodning statistika fanidan mustaqil ish
Mavzu: Dinamik qatorlarning o’rtacha darajasini hisoblash va tahlil ko’rsatkichlari Reja: 1. Dinamika qatorlarining o’rtacha darajasini hisoblash 2. Dinamikaning statistik qatorlari va turlari 3. Dinamika qatorlarini tahlil qilish ko’rsatkichlari
O‘rtacha dinamika ko‘rsatkichlari nafaqat qisqa va uzoqroq davrlarga xos umumiy yoki lokal tendensiyalarni belgilash uchun zarur, balki shu bilan birga trendlarning analitik shakllarini aniqlash va vaqt kengligi turlicha bo‘lgan davrlar ichidagi sur’atlarini qiyosiy o‘rganish uchun tengi yo‘q vosita hisoblanadi. Bunday ko‘rsatkichlar safi dinamika qatorining o‘rtacha darajasi, o‘rtacha mutlaq o‘sish (yoki kamayish) tezlashish (yoki so‘nish) qiymati, o‘rtacha o‘sish va orttirma sur’atlari, o‘rtacha jadallashish (yoki so‘nish) sur’atlari va boshqa o‘rtacha me’yorlarni o‘z ichiga oladi.
.
O‘rtacha mutlaq qo‘shimcha o‘sish zanjirsimon mutlaq o‘sishlardan oddiy arifmetik o‘rtacha hisoblash yo‘li bilan aniqlanadi.
.
Dinamika qatorining xarakterini e’tiborga olib uning o‘rtacha darajasi hisoblanadi. Davriy qatorlarda u ayrim darajalardan o‘rtacha arifmetik miqdor olish yo‘li bilan aniqlanadi.
.
Momentli dinamika qatorlarida o‘rtacha daraja xronologik o‘rtacha ko‘rinishida hisoblanadi. Momentli dinamika qatorlarida o‘rtacha daraja maxsus yo‘l bilan aniqlanadi. Buning uchun boshlang‘ich va eng so‘nggi qator darajalari yarim miqdorda qolganlari esa to‘la holda olinib qo‘shiladi, so‘ngra hosil bo‘lgan yig‘indi darajalar sonida bitta kamiga bo‘linadi, ya’ni: Davriy qatorlarda o‘rtacha daraja arifmetik o‘rtacha shaklida hisoblanadi.
Dinamika qatorlaridagi mavjud tendentsiyalarni aniqlash va baholash statistikaning muhim vazifalaridan biridir. Asosiy tendentsiyalarni o’rganish jarayonida o’zaro bog’langan ikkita vazifa hal etiladi: 1) o’rganilayotgan hodisada trendning mavjudligi; 2) aniqlangan trendni statistik o’lchash.
Dinamika qatorlaridagi trendning mavjudligini aniqlash bir qancha mezonlar bilan amalga oshiriladi. 1. O’rtachalar metodi. O’rganilayotgan dinamika qatori bir necha bo’laklarga bo’linadi va har bir bo’lak bo’yicha o’rtacha ( ) уi hisoblaniladi. O’rtachalar o’rtasida farq bor degan gipoteza oldinga suriladi. Agarda shu gipoteza tasdiqlansa, trendning mavjudligi tan olinadi.
2. Valliss va mur mezoni. Bu mezonning mazmuni shundan iboratki, dinamika qatorida trend bor deb tan olinadi, agar bu qator birinchi tartibli farqlarni o’zgarish belgisiga ega bo’lmasa. 3. Koks va styuart mezoni. Tahlil qilinayotgan dinamika qatorining darajalari teng uchga bo’linadi (agarda darajalarni teng uchga bo’lish uchun ular etishmasa, bir nechta daraja qo’shiladi) hamda birinchi va oxirgi guruh darajalari o’zaro solishtiriladi.
4. Seriyali metod. Bu metodning mazmuni shundaki, qatorning har bir aniq darajasini u yoki bu tipga tegishli deb hisoblanadi. Masalan, qatorning hadi medianadan kichik bo’lsa, u A tipga ega, aks holda V tipga ega. 5. Dinamika qatorida o’zgarish ko’rsatkichlarini hisoblash va ularni grafiklarda tasvirlash metodlari. Amaliyotda trendni statistik o’rganishning eng ko’p tarqalgan metodlari:
Bizning misolimizda 4 a’zoli sirg’anchiq o’rtacha qo’llaniladi. Ularni hisoblash texnologiyasi quyidagicha: to’rtta had qo’shilib 4 ga bo’linadi, ikkinchi o’rtachani aniqlashda birinchi o’rtachaning birinchi hadi tushirib qoldiriladi va uning o’rniga navbatdagi beshinchi had qo’shilib olingan natija yana to’rtga bo’linadi va h.K.:
Birinchi o’rtacha = ikkinchi o’rtacha O’N UCHUNCHI O’RTACHA
SILLIQLANGAN DARAJALARINI QIYMATLARINI OLISH UCHUN HISOBLANGAN O’RTACHALARINI MARKAZLASHTIRISH KERAK. BIRINCHI YILNING 3 CHORAGI UCHUN SILLIQLANGAN O’RTACHANI ANIQLASHDA MLN SO’M =