Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali


Tashqi savdo strategiyasi



Download 42,87 Kb.
bet4/4
Sana31.12.2021
Hajmi42,87 Kb.
#253076
1   2   3   4
Bog'liq
Karimov M

3. Tashqi savdo strategiyasi.

Har qanday mamlakatdagi tashqi iqtisodiy faoliyatning tartibga solinishi boshqa mamlakatlar tashqi iqtisodiy faoliyati natijalarida, albatta, aks etadi, chunki jahonning har xil mamlakatlari ishlab chiqarishi, tovar almashinuvi va iste‘moli bir-biriga bog‘liqdir. Tashqi iqtisodiy aloqalarning chuqurlashishi va kengayishi bilan TIFni ko‘p tomonli taribga solish kuchaymokda. Har bir mamlakatda tashqi iqtisodiy faoliyat milliy huquq me‘yorlari, ikki taraflama bitimlar, mintaqaviy hamda xalqaro tashkilotlar doirasidagi ko‘p tomonli kelishuvlar asosida tartibga solinadi.

Tashqi iqtisodiy faoliyatni xalqaro tartibga solish BMT tizimidagi va unga kirmaydigan xalqaro tashkilotlar doirasidagi shartnomalarda ko‘rsatilgan. Bu 1947 yilda jahon savdosining bojxona-tarif masalalarini tartibga solish uchun tuzilgan ta‘rif va savdo bo‘yicha asosiy kelishuv–. Savdo va tariflar bo‘yicha bosh assambleya (GATT) dir.

Barcha mamlakatlarining jahon savdosini erkinlashtirishga intilishi Savdo va tariflar bo‘yicha bosh assambleya (GATT) doirasidagi kelishuvlarni ishlab chiqish va qabul qilish tamoyillarida aks etadi. Ular quyidagilardan iborat:

- kamsitmaslik, o‘zaro eng qulay usullarni taqdim etish;
- milliy bozorlarni muhofaza qilishning ko‘prok tarif vositalaridan
foydalanish;
- bojxona tariflarini uzluksiz tarzda tushirish;
- savdo-siyosiy yon berishda hamkorlik qilish;
- mojarolarni kengash va muzokaralar yordamida yechish.
Savdo va tariflar bo‘yicha bosh assambleya (GATT) 1948 yildan 1994 yilgacha yagona savdoni tartibga soluvchi xalqaro tashkilot edi. (YUNKTAD kabi boshqa xalqaro tashkilotlarning savdo-siyosiy masalalardagi qarorlari ko‘proq tavsiyaviy xususiyatga ega). Savdo va tariflar bo‘yicha bosh assambleya (GATT) "raund"larda ishlab chiqilgan va qabul qilingan qator kodeks va kelishuvlardan iboratdir. Savdo va tariflar bo‘yicha bosh assambleya (GATT)ning mavjudligi davrida 8 ta raund o‘tkazilgan. Ularning har birida sanoati rivojlangan mamlakatlarda bojxona tariflarini pasaytirish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqilgan, natijada o‘rtacha import tariflari stavkasi 1947 dagi 40-60% dan 1990 yillar boshida 3-5% gacha kamaydi.

TIFning bevosita qatnashchilari uchun tarifsiz (tarifdan tashqari) cheklashlarni, ya‘ni chet el tovarlarining ichki bozorga kirishga har xil to‘siqlarni tartibga solish bo‘yicha Savdo va tariflar bo‘yicha bosh assambleya (GATT)ning oxirgi ikki - Tokio va Urugvay raundlari muhim ahamiyat kasb etadi.

Urugvay raundida savdo munosabatlarini tartibga solishning yangi shartnoma-huquqiy tizimini yaratish to‘g‘risidagi va GATTning barcha asosiy bitim va tamoyillarini o‘zida saqlagan yangi tashkilot - Umumjahon savdo tashkiloti (UST) tashqil etilishi to‘g‘risida bitim qabul qilindi, shuning uchun ham adabiyotlarda ko‘p hollarda Savdo va tariflar bo‘yicha bosh assambleya (GATT) UST deb yoziladi.

SHunday qilib, savdoning xalqaro qoidalariga rioya qilishni nazorat etish va tashqi savdo aloqalarini tartibga solishning kuchaytirilishi an‘analariga rioya qilinmokda.

Xulosa

Iqtisodiy faoliyat va uning turlari haqida xulosa qilib shuni aytish mumkinki barcha iatisodiy jarayonlarning zaminida inson manfaatlari hamda uni ta'minlanishi turadi

Inson ehtiyojlari turli-tuman bo’lib, ularni turli usullar, vositalar orqali qondirishga harakat qiladi. Insonning ehtiyojini qondirish, ya’ni tirikchilik, hayot kechirishini ta’minlashning vosita va usullari majmui iqtisodiy faoliyat deb ataladi. Agar iqtisodiy faoliyatni insonni hayot kechirishini ta’minlovchi faoliyat tarzida qarasak, uni kishilik jamiyati taraqqiyoti tarixi davomida rivojlanishini ikki asosiy tipga bo’lishimiz mumkin:

1) o’zlashtiruvchi va 2) ishlab chiqaruvchi.

Kishilik jamiyatining dastlabki bosqichida insonlar tabiatdagi bor narsalarni to’g’ridanto’g’ri o’zlashtirish bilan hayot kechirganlar.

Insoniyat ma’lum bir paytdan esa ob’ektiv zarurat tufayli tabiatdagi tayyor ne’matlarni o’zlashtiruvchidan ishlab chiqaruvchiga aylandi. Shu paytdan boshlab, uning mehnati sifat jihatdan yangi bosqichga ko’tarildi. Mehnat iqtisodiy jarayonga aylandi. Endi insonlar tabiat ne’matlarini ehtiyojlariga moslashtirishga o’tdilar.

Iqtisodiy faoliyat inson hayotining asosini tashkil etadi. U juda murakkab, turli hodisa va jarayonlarni o’z ichiga oladi. Kishilik jamiyati yashar ekan, bu jarayonlar uzluksiz davom etadi.

Iqtisodchilar iqtisodiy faoliyatni nazariy jihatdan to’rt fazaga bo’lishadi: ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimot, iste’mol. Insonlarning xo’jalik yuritish aoliyatining natijasi ijtimoiy mahsulot bo’lib, uning harakati ana shu to’rt fazani bosib o’tadi va uzluksiz takrorlanadi.

Iqtisodiy faoliyat ishlab chiqarishdan boshlanadi. Bu jarayondan ishlab chiqarish omillari o’zaro birikib, insonlarning turli-tuman ehtiyojlarini qondiradigan ne’matlar yaratiladi.

Iqtisodchilar ishlab chiqarishda uch marta yirik inqilob yuz bergan va u muvofiq tarzda iqtisodiy taraqqiyotda uch marta yangi davrni boshlab berganini e’tirof etadilar. Bunda o’ziga xos boshlang’ich nuqta rivojlangan industrial (sanoat) ishlab chiqarishning vujudga kelishi bo’lib u markaziy o’rinni egallaydi, undan so’ng: industrial ishlab chiqarishga qadar bo’lgan davr, ya’ni toindustrial va postindustrial (lotincha post - keyin) davrlarga bo’linadi.

Ishlab chiqarishning industrial rivojlanishga qadar bo’lgan (toindustrial) bosqichi quyidagi xususiyatlarga ega:

— iqtisodiyotning dastlabki sferasi — qishloq xo’jaligi ustun bo’ladi;

— aholi asosan dehqonchilik va chorvachilik bilan band;

— asosan qo’l mehnatiga tayanadi;

— mehnat taqsimoti nihoyatda past, natural xo’jalik yuritishga asoslanadi;

— aholi ehtiyojlari turg’un holatda bo’lgan ishlab chiqarishga xos.

Ishlab chiqarishning bu bosqichi hozir ham ayrim Afrika mamlakatlari (Mali, Gvineya) ga xos bo’lib, qishloq xo’jaligida band bo’lganlar mehnat unumi 2 kishini boqishga etadi. Yer shari aholisining ko’payishi, ehtiyojlarning o’sishi, ularni qondirish yo’llarini qidirishga majbur qildi. Bu oxir-oqibat sanoat to’ntarishiga olib keldiki, u Angliyada XVIII asrning 60-yillarida boshlanib, AQShda XIX asrning 50—60- yillarida yakunlandi. Qo’l mehnati mashinalar zimmasiga yuklatildi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
1. Nazarova G.G. va b. O‘zbekistonning xalqaro iqtisodiy munosabatlari. T.:TDIU, 2007.
2. SHodiev R.X. ―Jahon iqtisodiyoti‖. – T.: ―G‘ofur G‘ulom‖, 2005.- 215 b.
3. Alimov A., Hamedov I. O‘zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyat asoslari. T., 2004.
4. Vahobov A. va boshqalar. Xalqaro moliya munosabatlari: Darslik. – T.: «SHarq», 2003.

5. G‘ozibekov D.G‘. Investitsiyalarni moliyalashtirish masalalari. – T.:«Moliya», 2003.


1. www.ziyonet.uz

2. www.arxiv.uz


3. www.aim.uz
http://fayllar.org


Download 42,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish