Javoblar:
1.Operatsion tizimning ish stoli
Microsoft korporasiyasiga mansub bo’lgan Windows operatsion tizimlar oilasi, dunyoda eng ommalashgan operatsion tizimlar hisoblanadi. Bu operatsion tizim versiyalarining interfeyslari Windows 95, Windows 2000, Windows XP qadar va ulardan keyingi Windows 7, Windows 8., Windows 7 va Windows 10 versiyalarida farqlanadi. “Window” va “Windows” so’zi “Oyna” va “Oynalar” degan ma’no beradi. Operatsion tizim asosan oynalar bilan ishlashga asoslangan. Operatsion tizim yuklanganda dastlabki ochiladigan oyna ish stoli deyiladi. Bizda Windowsning ruslashtirilgan versiyalari qo’llanilishi sababli amaliyotda operatsion tizimning ob’yektlari va oynalari bilan ishlashda Рабочий стол atamasi qo’llaniladi. Bu oyna o’lchamlarini o’zgartirib yoki masalalar paneliga yig’ib bo’lmaydi, u kompyuter o’chirilishi jarayonida yopiladi. Рабочий стол odatda Компьютер (Kompyuter), Файлы пользователя (Foydalanuvchi fayli), Панель управления (Boshqarish paneli), Корзина (Savat), Сеть (Tarmoq) tizimli papkalaridan iborat bo’ladi. Operatsion tizimning Windows XP va undan oldingi versiyalarida Мой компьютер (Mening kompyuterim), Мои 1.1-rasm
документы (Mening hujjatlarim), сетевое окружение (Tarmoq muhiti) va Корзина (Savat) tizimli papkalari joylashtirilgan. Bu tizimli papkalar va ulardagi ma’lumotlar kompyuterdagi operatsion tizim o’chirilganda o’chib ketadi. Tizimli papka yoki foydalanuvchining papka va fayllari ish stolida nishoncha (znachok) ko’rinishida joylashtiriladi. Ularni umumiy holda ob’yektlar deb nomlash qabul qilingan. Operatsion tizimda kontekst menyu tushunchasi ishlatiladi. Ob’yekt faollashtirilib, sichqonchani chap klavishini bosish orqali oynaga ochiladigan menyu kontekst menyu deyiladi. Tizimli papkalarni ish stoliga joylashtirish. Bu ish Windows 7 da quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 1) Sichqoncha ko’rsatkichi ish stolini bo’sh joyida keltiriladi va kontekst menyudan Персонализация (Personallashtirish) buyrug’i beriladi (1.2-rasm);
2)Ekranga chiqariladigan Персонализация muloqot oynasidan Измениние значков рабочего стола (Ish stoli nishonchalarini o’zgartirish) buyrug’i beriladi (1.3-rasm). Natijada ekranga Параметры значков рабочего стола (Ish stoli nishonchalari parametrlari) muloqot oynasi chiqariladi. 3) Bu oynadan kerakli tizimli papka sichqoncha ko’rsatkichi bilan tanlanadi (masalan, Компьютер) va bayroqcha o’rnatiladi (1.4-rasm). 4) Параметры значков рабочего стола muloqot oynasidagi OK tugmasi bosiladi.
1.5-rasm. Рабочий стол oynasini ko’rinishidan fragment. Windows 7 operatsion tizimi oynalarida buyruqlar berishni klassik interfeysi joriy qilingan. Ish stolidan Компьютер►Рабочий стол buyrug’i berilsa uning 1.6-rasmda keltirilgan ko’rinishi ochiladi. Рабочий стол papkasi (umuman Windows 7 papkalari oynasi 1.6-rasmda keltirilgan ko’rinishda quyidagi vositalar o’rnatilgan: 1. Ochilgan papka nomi; 2. Faol papkadan kalit so’zlar orqali qidiruv maydoni; 3. Faol ob’ektlar ustida bajarilishi mumkin bo’lgan amallar qatori (menyusi); 4. Oyna va elementlar ko’rinishlarini sozlash menyulari; 5. Asosiy papkalar oynasi; 6. Faol papkadagi ob’ektlar oynasi; 7. Faollashgan faylni oldindan ko’rish oynasi; 8. Faollashgan ob’ekt haqidagi statistik ma’lumotlar qatori.
1.6-rasm. Рабочий стол oynasidan fragment.
Do'stlaringiz bilan baham: |