Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali pul va banklar


Tijorat banklari aktivlari shakllanishi



Download 1,74 Mb.
bet71/174
Sana29.04.2022
Hajmi1,74 Mb.
#593619
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   174
Bog'liq
Pul va banklar UUM 2021-2022.25.08.21y — копия

16.5. Tijorat banklari aktivlari shakllanishi.

O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 13-yundagi 14/5 sonli “Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar bo`yicha ehtimoliy yo`qotishlarni qoplash uchun zahiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish, tartibi to`g`risida”gi Nizomga asosan bank aktivlariga:



  • Kredit, overdraft, lizing, faktoring, qimmatli qog`ozlar, investitsiyalar, boshqa banklardagi mablag`lar, bo`lib-bo`lib to`lash shaklidagi sotilgan mulklar balansdan tashqari moddalar (chaqarib olinmaydigan kredit majburiyatlari, foydalangan kredit ishlari, akkreditivlar, kafolatlar) hamda moliyalash bilan bog`liq barcha boshqa talablar;

  • Muammoli aktivlar – sifati “Qoniqarsiz”, “Shubhali” va “Umidsiz” deb tasniflangan aktivlar.

  • Maxsus zahiralar – sifati “substandart”, “qoniqarsiz”, “shubxali” va “umidsiz” deb tasniflangan aktivlar bo`yicha ehtimoliy yo`qotishlarni qoplashga mo`ljallangan majburiy zahiralar;

- Standart aktivlarga yaratiladigan zahiralar – tijorat banki foliyati davomida yoki
biror-bir faoliyat turi natijasida ehtimoliy yuqotishlarni qoplash maqsadida
tashkil qilingan zahiralar;

  • Shartlari qayta ko`rib chiqilgan aktivlar-shartnoma va unga qo`shimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari o`zgartirilgan aktivlar;

  • Tijorat banki aktivlari bo`yicha ehtimoliy yuqotishlarni qoplash uchun majburiy zahiralar depozitlar – aktivlar bo`yicha ehtimoliy yuqotishlarni qoplash uchun tijorat banklarining O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankidagi majburiy zahiralri depozitlari;

  • Ta`minlanmagan aktivlar – ta`minotsiz berilgan yoki ta`minoti belgilangan

tartibda rasmiylashtirilmagan aktivlar kiradi.
Umuman, banklar bajaradigan operatsiyalar ichida bank aktivlari bilan bog`liq operatsiyalar banklar faoliyatida muhim o`rinni egallaydi, chunki banklarni daromadi aynan aktivlarni joylashtirish bilan bog`liq. Bunda asosiy o`rinni kreditor bilan bog`liq operatsiyalar egallaydi.
Bank amaliyotida banklar tomonidan beriladigan kreditlar ularni sifat darajasiga ko`ra “standart”, “substandard”, “qoniqarsiz”, “shubhali” va “umidsiz” toifalarga bo`linadi.
Markaziy bank Boshqaruvining yuqoridagi 14/5-sonli qarorida keltirilganidek, “standart” kredit deyilganda qarzlarning o`z muddatida to`lanishiga shunxa tug`dirmaydigan kredit tushiniladi.
Qarzdorning moliyaviy holati barqaror hisoblangan, lekin ayrim salbiy holatlar yoki tendensiyalar ma`lum bo`lib, agar ular bartaraf etilsa, moliyalashtirilgan loyihaning amalga oshishiga yoki qarzdorning aktivi o`z vaqtida to`lash qobilyatiga nisbatan shubha paydo bo`lishi mumkin bo`lgan aktivlar sifati “substandart” deb tasniflanadi.
Tijorat banki “substandart” deb tasniflangan aktivlar uchun ularning qaytarilmagan asosiy qarz (qoldiq) summasining o`n foizi miqdorida maxsus zahira shakllantirishi lozim.
Quyida keltirilgan omillardan hech bo`lmaganda bittasi mavjud bo`lsa, aktivlarning sifati “qoniqarsiz” deb tasniflanadi:

  • Asosiy to`lov manbalari qarz to`lash uchun yetarli bo`lmasa, ta`minotga qo`yilgan mulkni qarz oluvchining boshqa asosiy vositalarini sotish, to`lanishi lozim bo`lgan qarzni uzaytirishlarni hisobga olgan holda qo`shimcha to`lov manbalarini topish talab etiladigan bo`lsa;

  • Qarz oluvchining joriy moliyaviy holati yoki uning pul mablag`larining muljallanayotgan oqimi majburiyatlarni qoplash uchun yetarli bo`lmasa;

  • Qarz oluvchining kapitali yetarli darajada bo`lmasa;

  • Ushbu sohaga nisbatan tendensiya va istiqbollar barqaror bo`lmasa;

  • Ta`minot qiymati asosiy qarz summasidan oshmagan, hech bo`lmaganda

asosiy qarzining to`lanmagan summasiga teng bo`lsa;

  • Asosiy qarz foizlar bo`yicha muddati o`tgan qarzdorlik mavjud bo`lib, uning

muddati 90 kundan oshmagan bo`lsa;
Tijorat banki sifati “qoniqarsiz” deb tasniflangan aktivlar uchun ularning qaytarilmagan asosiy qarz (qoldiq) summasining 25% miqdorida maxsus zahira shakllantirilishi lozim.
Quyida keltirilgan omillardan hech bo`lmaganda bittasi mavjud bo`lsa, aktivlarning sifati “shubxali” deb tasniflanadi.

  • “qoniqarsiz” aktivlarning hech bo`lmaganda birorta ko`rsatkichi,

shuningdek, ayrim boshqa salbiy tavsiflari ma`vjud bo`lsa (bozorda oson sotiladigan ta`minotning mavjud emasligi yoki ta`minlanmagan aktivlarning mavjudliligi yoxud qarz oluvchining bankrot deb e`lon qilinishi);

  • Yaqin kelajakda aktivning qisman to`lanish ehtimoli mavjud bo`lsa;

  • Asosiy qarz va foizlar bo`yicha 90 kundan ortiq, lekn 180 kundan

oshmagan muddati o`tgan qarzdorlik mavjud bo`lsa.
Tijorat banki sifati “shubxali” deb tasniflangan aktivlar uchun ularning qaytarilmagan asosiy qarz (qoldiq) summasining 50 % miqdorida maxsus zahira shakllanishi lozim.
Quyida keltirilganlardan hech bo`lmaganda bittasi mavjud bo`lsa, aktivlarni sifati “umidisz” deb tasniflanadi.

  • Aktivlarning undirilishi sud jarayonida bo`lsa;

  • Qarzdor va lizing oluvchi undirilgan, garovga qo`yilgan mol mulkga bo`lgan

huquqlardan foydalanish yo`li bilan tijorat banki tomonidan balansga qabul qilingan kundan boshlab o`n oy muddatda sotilmagan va bank faoliyatini kengaytirish uchun sotib olingan binodan ikki yil mobaynida foydalanilmagan hamda bank faoliyati uchun ortiq foydalanilmay qo`yilgan paytdan boshlab bir yil mobaynida sotilmagan bo`lsa;

  • Aktivlarni to`lash muddati uzaytirilgan bo`lsa;

  • Asosiy qarz va foizlar bo`yicha 180 kundan ortiq kunga muddati o`tgan qarzdorlik mavjud bo`lsa;

  • Tijorat banki sifati “umidsiz” deb tasniflangan aktivlar uchun ularning

qaytarilmagan asosiy qarz(qoldiq) summasini 100 % miqdorida maxsus zahira shakllantirilishi lozim.
Ushbu maxsus zahiralar banklarning foydasi hisobiga, foyda yetmagan xollarda bank sarmoyasi hisobiga tashkil etiladi.
2017 yil iyul oyida Markaziy bank jismoniy shaxslarga overdraft kreditlarini bank plastik kartasi orqali berish tartibini tasdiqladi.
2019 yil avgust oyi holatiga ko‘ra, banklar 16%dan 38%gacha bo‘lgan overdraftlarni taklif qilmoqdalar. Kredit muddati — bir yilgacha. Qarz oluvchining oylik daromadidan kelib chiqib, limit individual ravishda belgilanadi.
Foizlar faqat amalda ishlatilgan pullar bo‘yicha hisoblanadi. Overdraft avtomatik ravishda ish haqi yoki boshqa to‘lov hisobvaraqga o‘tkazilishi bilan o‘chiriladi. Shuning uchun, qarz oluvchi qarzni to‘lash haqida tashvishlanishiga hojat yo‘q. Bu overdraftning kreditlar bo‘yicha afzalliklaridan biridir.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun pasport, daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumotnoma va kamdan-kam hollarda ish beruvchining ruxsati kerak bo‘ladi.
Mijoz muayyan miqdordagi mablag‘ni sarflab, qisqa vaqt ichida qarzni to‘laydi va darhol belgilangan limit doirasida yana bank vositalaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Masalan, iste’mol kreditini har safar pul kerak bo‘lganda qayta rasmiylashtirilish kerak.
Overdraftni yanada jozibador qiladigan asosiy element bu kreditning qisqa muddatliligidadir. Albatta, kreditlar bo‘yicha to‘lovlarni oddiy kreditlardagi kabi bir necha yilga teng taqsimlab bo‘lmaydi. Ammo qarzni tezda qaytarish ortiqcha pul to‘lamaslik imkonini beradi.
Masalan, qarz oluvchi smartfon sotib olmoqchi, kartada esa 2 mln so‘m yetmayabdi. U 30%li stavkada (o‘rtacha stavka) kredit oladi. 20 kundan so‘ng, uning kartasiga ish haqi tushiriladi, shundan so‘ng bank overdraftning barcha miqdorini yechib oladi. Bunday holda, ortiqcha to‘lov taxminan 33 ming so‘mni tashkil qiladi.
Quyida O‘zbekiston banklarida overdraft olish uchun shartlar ko‘rsatilgan.

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish