Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali pul va banklar



Download 1,74 Mb.
bet44/174
Sana29.04.2022
Hajmi1,74 Mb.
#593619
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   174
Bog'liq
Pul va banklar UUM 2021-2022.25.08.21y — копия

Kreditning samaradorligi. Bu tamoyil nafaqat kredit va foiz summasini bankka qaytarib to’lashni, balki shu kredit yordamida kreditlanadigan yoki moliyalashtiriladigan soha, tarmoq, korxona qancha samaradorlikka erishishini ifodalashi zarur. SHuning uchun ham har bir loyiha kredit hisobiga bajariladigan boshqa tadbirlar samara beradigan bo’lsagina ularga mablag’ ajratilishi lozim.

Binobarin samaradorlik kreditning zaruriy tamoyillaridan biri bo’lib unga rioya qilish kreditning boshqa tamoyillarining bajarilishi uchun asos hisoblanadi.
Ijtimoiy iqtisodiy tizimda kreditning o’rni va ro’li u bajarayotgan funksiyalar bilan aniqlanadi. Kreditning funksiyasi - bu kreditning iqtisodiyotdagi faoliyatining muayyan ravishda namoyon bo’lishidir.
Kreditning funksiyalari:
1. Qarzga beriluvchi qiymatni vaqtincha foydalanishga berish. Bunda kreditor va qarz oluvchi o’rtasidagi munosabat shunday aniqlanadiki, kreditor qarz oluvchiga resurslarni taklif qiladi, qarz oluvchi bu resurslarni ishlatadi va bunda qarzga beriluvchi qiymat kreditor va qarz oluvchi o’rtasida aylanadi.
2. Qayta taqsimlash. Kredit takror ishlab chiqarish jarayonining barcha bosqichlariga - ta'minot, ishlab chiqarish, taqsimlash, muomala va iste'molga xizmat qiladi.
Ushbu funksiya yordamida korxonalar, tashkilotlar, davlat va shaxsiy sektorning bo’sh pul mablag’lari va daromadlari ssuda kapitaliga aylantiriladi va vaqtincha foydalanishga, muayyan to’lov asosida beriladi. Bu funksiya yordamida ishlab chiqarishdagi proporsiyalar va pul kapitali harakati boshqarilib turiladi
3. Muomala xarajatlarini tejash. Bu funksiya yordamida naqd pulsiz hisob - kitoblar rivojlantirilib, hisob - kitoblarni tezligini va kam xarajatliligi ta'minlanadi. Kapitalning muomalada bo’lish vaqtini tejalishi uning ishlab chiqarishda bo’lish vaqtini oshiradi va ishlab chiqarishni kengaytirishga, foydani ortishiga olib keladi.
4. Kapital to’planishining jadallashuvi va markazlashuvi. Kapital to’planishi jarayoni iqtisodiy rivojlanishning barqarorlashuvi va xo’jalik yurituvchi sub'yektning o’z maqsadiga erishishining muhim sharti hisoblanadi. Bu ishlab chiqarishni kengaytirish uchun kredit yordamida katta hajmdagi mablag’ga ega bo’lishga imkon yaratadi. Ushbu funksiya hozirgi sharoitda rejali iqtisodiyot davrida rivojlanmagan va mablag’lar bilan ta'minlanmagan faoliyat jabhalarini moliyaviy mablag’lar bilan ta'minlash jarayonini sezilarli tezlashtiradi.

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish