Bog'liq Pul va banklar UUM 2021-2022.25.08.21y — копия
7.2. Milliy valyutaning muomalaga chiqarilishi O‘zbekiston Respublikasi uz mustaqilligini qo‘lga kiritgandan so‘ng o‘zining bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘lini tanlab oldi. Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tishda milliy valyutaning muomalaga chiqarilishi asosiy vazifalardan biri edi va 1994 yil 1 iyuldan boshlab muomalaga o‘zimizning milliy valyutamiz «so‘m» chiqarildi.
Yosh davlatimiz amalga oshirayotgan iqtisodiy isloxotlar strategiyasida o‘z milliy valyutamizni joriy etish va uning barqaror muomalada bo‘lishi muammosini hal etishga g‘oyat katta ahamiyat berilayotir. Milliy valyuta - milliy iftixor, davlat mustaqilligining ramzi, suveren davlatga xos belgidir. Bu respublikaga tegishli umumiy boylik va mulkdir.
O‘zbekiston Respublikasi hududida to‘la qiymatli milliy valyuta yagona qonunning to‘lov vositasi bo‘lgan sumning muomalaga kiritilishi haqiqatdan ham inqilobiy qadam bo‘ldi. Biz O‘zbekiston xalqining manfaatlariga mos moliyaviy, pul-kredit siyosatini va umuman butun iqtisodiy siyosatimizni amalga oshirishning aniq mexanizmiga ega bo‘ldik. Milliy valyuta muomalaga kiritilgan dastlabki oylar tajribasi u iqtisodiy barqarorlikning, korxonalar va tarmoqlar moliyaviy ahvolni mustahkamlashning, respublika aholisini ijtimoiy himoyalashning va iste’mol bozorning kuchli omili bulib qolganini ko‘rsatdi.
Milliy valyutaning barqarorligi, uning ichki bozorda erkin almashunuvi yetarli miqdorda raqobatbardosh mahsulotlar, zarur rezervlar orqali ta’minlanadi. Bunga erishmoq uchun biz aniq vazifalarni hal etishga qaratilgan to‘rtta alohida dasturlar to‘plamini amalga oshirmoqdamiz.
Birinchidan - o‘z valyutamiz tovar bilan barqaror ta’minlangan takdirdagina real kuch va obruyga ega buladi. So‘mning harid kuvvatini oshirish uchun respublika bozorini mumkin qadar tezroq iste’mol mollari bilan to‘ldirish zarur. Bozorni o‘zimizda ishlab chiqarilgan mollar bilan ham, chetdan keltiriladigan mollar bilan to‘ldirish choralarini ko‘rish kerak.
Ikkinchidan, valyutani barqaror amal qilishi, uning muhimligi, erkin almashuvini yetarli valyuta zahirasi bo‘lishiga bog‘liq. Bizning valyutamiz har qanday barqaror valyutaga erkin almashina oladigan bo‘lsagina, u tan olingan va xurmat qozongan valyuta bo‘ladi. Buning uchun butun tashqi iqtisodiy siyosatimizni tubdan qayta ko‘rib chiqish zarur.
Uchinchidan - har bir korxona, har bir kishi ishlab topgan so‘mini qadrlashni o‘rgangan taqdirdagina milliy valyuta real to‘lov vositasiga aylanadi.
To‘rtinchidan - milliy valyutani mustahamlashning eng muhim sharti inflyatsiyaga qarshi baquvvat, puxta o‘ylangan siyosat o‘tkazishdir. Inflyatsiya darajasini keskin kamaytirishgina milliy valyutani barqaror valyutaga aylantira olish mumkin.
So‘m o‘zining yuksak to‘lov qobiliyatini uzoq muddat davomida saqlab qolgan tamirdagina milliy valyutamiz o‘z kuvvatiga va obro‘siga ega bo‘ladi.
Milliy valyutaning boshqa davlatlar valyutalariga nisbatan almashuv kursini aniq belgilash maqsadida 1994 yil 15 oktyabrdan boshlab O‘zbekiston Respublika banklararo valyuta birjasida muntazam ravishda valyuta savdolarini o‘tkazayotirmiz. Valyuta operatsiyalarining barcha turlari uchun valyutaga talab va taklif natijasida shakllanadigan yagona almashinuv kursi belgilangan.
Valyuta almashtirish operatsiyalarining dastlabki bosqichida banklararo valyuta birjasida valyutani nam pulsiz almashtirish hajmini ko‘paytirishga ustunlik berilishi muhim.
Biz pul miqdori tovarlar va xizmatlarning miqdori tegishli darajada o‘sishi bilan mustahkamlangan holda ortib borishga yo‘l qo‘yilmasligi kerak. Harid qilish uchun mollar yetarli bo‘lmagan holda aholi qo‘lida pulning ortiqcha ko‘payib ketishi avvalo narxlarning oshishiga, inflyatsiyaning yana avj olishiga olib keladi.
Xususan, tovarlar va xizmatalarni ishlab chiqarish va taqsimlashda yakka hokimlik mavjud bo‘lgan, narxlar erkinlashtirilgan sharoitda iste’mol bozorida ularning yetishmasligi, tovar ishlab chiqaruvchi korxonalar va savdo tashkilotlarini narxlarni oshirishga undaydi. Natijada real ish haqi pasayadi, aholining harid qobiliyati va uning amaldagi iste’mol darajasi cheklanadi. Pul miqdorining va narxlarning tobora oshib borishi muqarrar ravishda uzoq davom etadigan geperinflyatsiyani keltirib chiqaradi. Bu esa o‘z navbatida iqtisodiyot tizimi buziladi.
Har bir davlat qog‘oz banknotlar, xazina biletlari va tangalar tarzida o‘zining birliklarini muomalaga chiqarish huquqiga ega. Bu emissiya deb ataladi.
Pul chiqarishdan maqsad turli xil bo‘lishi mumkin. Birinchidan, eskirgan yaroqsiz bo‘lib qolganlari o‘rniga yangisini vaqti-vaqti bilan chiqarib turish kerak. Bu tarzda qog‘oz pullarni chiqarish yoki tangalarni zabt etishni emissiya deb bulmaydi. Chunki bunda pulning muomaladagi umumiy hajmi o‘zgarmay qolaveradi.
Ikkinchidan, muomalada pul yetishmaganda yoki yiriqroq pul belgilariga o‘tishi zaruriyati bilan pul chiqarish mumkin.
Uchinchidan, pul emissiyasining maqsadi kuyidagilarni ko‘zda tutishi mumkin: davlatning ichki qarzini to‘lash uchun yetishmagan pulni qoplatish, byudjet yetishmovchiligini qoplash, ijtimoiy to‘lovlarni amalga oshirish, mavjud mablag‘dar ortiq, talab qilingan davlat dasturini moliyalash va boshqarish.
Nihoyat pul islohotlarining o‘tkazilishi zaruriyati amaldagi pullarni yangilari bilan almashtirish jarayoni bilan bog‘liq.
Emissiyaning ikki turi mavjud: naqd pul va depozit. Birinchisida qog‘oz pullar, tangalar chiqarilsa, ikkinchisida - ssuda yoki boshqa bir shakldagi naqd pul bo‘lmagan qo‘shimcha manbalar izlab topiladi.
Markazlashgan rejali iqtisod mavjud bo‘lgan mamlakatlarda naqd pul emissiyasining miqdori banklardagi rejalar bilan davlat rejalarining moliyaviy proporsiyalar bilan, depozit emissiyasi miqori esa kredit rejalar bilan belgilanadi. Bozor iqtisodiyotiga asoslangan mamlakatlarda esa pul emissiyasini tashkil etish ancha erkin amalga oshadi, ammo bunda hamma davlatning boshqaruv roli kerak bo‘ladi.
Naqd pul emissiyasining amalga oshirishda markaziy bank xazinachilik va davlatning ijroya va qonunchilik organlariga katta ta’sir qiladi.
Naqd bo‘lmagan pullarni muomalaga chiqarishni markaziy bank bevosita yoki bilvosita amalga oshiradi. Agar emissiya masshtabini mamlakatda zarur bo‘lgan pul muomalasidan yuqori bo‘lsa, iqtisod «kuyadi», inflyatsiya kuchayadi. Agar emissiya kamroq miqdorda bo‘lsa, unda pul vositalari kamayadi, tadbirkorlik faoliyati susayadi.